Genetics.uz
Image default
Sport ozuqalari

Zamonaviy sport ozuqalarining tasnifi

Sport ozuqasi sportsmenning ratsionidagi bo’shliqlarni samarali to’ldirib, organizmning to’liq tiklanishi uchun zarur bo’lgan elementlarni yetishmaganini to’ldiradi va mashg’ulotlardan maksimal darajada samaraga erishishiga yordam beradi.

Sportsmenlar uchun ishlab chiqilgan maxsus ovqatlanish dasturlari orqali ratsionga sport ozuqasi qo’shmaslik ham mumkin bo’lib, lekin turli sharoitlar ostida, bu dasturlarga har doim ham amal qilish imkoniyati bo’lmaydi. Aslini olganda, kundalik hayotda, sport zalida shug’ullanadigan va ishlaydiganlarning hamma ham, kuniga uch-to’rt marotaba (har uch soatda) ovqatlanishga amal qila olmaydi. Bunday tez-tez ovqatlanish uchun tanaffus qilinishiga hamma rahbar ham chidamaydi. Bunday vaziyatlarda tovuq go’shti va sabzavot solingan bir necha konteynerlardan ko’ra, har doim yoningizda bo’ladigan protein solingan sheyker ancha qulaydir. Suv yoki sut bilan aralashtirilgan proteinli kokteyllarni ishdan chalg’imay ichib olib, kechqurungi mashg’ulotlar oldidan oqsil zahirasini shu tarzda to’ldirib olinadi.

Sport ozuqasi qabul qilishdagi cheklanma va mumkin bo’lmagan holatlar

Sport ozuqasi steroidlar (anabolik gormonlar) analogi bo’lmasligiga qaramay, sport ozuqlarining barchasida qo’llash bo’yicha bir qator cheklanish va mumkin bo’lmagan holatlar mavjud. Har qanday sport ozuqasini ruhsat etilgan dozirovkasidan oshirilganida va quyidagi kasalliklar mavjud bo’lganida, sog’liq uchun sezilarli ta’siri bor.

  1. Modda almashinuvi buzilganligi
  2. Oziq-ovqat allergiyasi
  3. Surunkali yurak, buyrak, jigar, oshqozon-ichak trakti kasalliklari
  4. Surunkali ko’rinishdagi qand diabeti

Yuqorida sanab o’tilgan kasalliklardan biri yoki bir nechasi mavjud bo’lganida, sport ozuqasini qabul qilishdan avval, tajribali shifokor bilan maslahatlashing.

Bundan tashqari, sport qo’shimchalari muntazam qabul qilinadigan asosiy to’liq ratsionli ovqat emasligini, u vitaminlar, aminokislotalar, oqsillar va uglevodlar yetmaganini to’ldirish maqsadidagi unga faqatgina qo’shimcha ekanligi tushunish kerak.

Aynan qanday sport ozuqasi kerak

Sport ozuqasi bozori bugungi kunda juda katta maiqdordagi turli firma-ishlab chiqaruvchilarning sport qo’shimchalarini taklif qilib kelmoqda. Bunday turli-tumanlikda boshlovchi sportsmenlar emas, balki yetarlicha tajribaga ega bo’lganlarga ham oson emas. Bunday mahsulotlarning organizmga ta’siri, ko’rinishi bo’yicha tasnifi to’g’ri tanlov qabul qilishga yordam beradi. Sport ozuqasi markasini tanlayotganda, tajribali sportsmenlar va trenerlar Amerika va Yevropa firma-ishlab chiqaruvchilarini afzal ko’rishadi.

Quyida keltirilgan sport qo’shimchalari mushak massalari oshishini tezlashishiga va mashg’ulotlardan keyingi qayta tiklanishga yordam beradi.

Protein

Zamonaviy sport ozuqalarining tasnifi

Har qanday sport ozuqasining asosi, oqsil manbai. Sportsmen mushaklari uchun bu qo’shimcha o’ziga xos fundamentdir. Aynan u keyingi relyefni qurilishi uchun kerakli mushak massasini yig’ishga yordam beradi. Ammo, oqsil ikki turda: “tez” – zardobli va “sekin” – kazeinli bo’lishini bilish lozim. Unisi ham, bunisi ham bir xil ishlab chiqarish shaklida – kukun ko’rinishida bo’lib, ularni suv, sok, sut hatto kefir bilan aralashtirib ichish kerak.

Zardobli proteinni ertalab, nonushtadan 15-20 daqiqa avval, yog’ yo’qotuvchi mashg’ulotlardan (sushka) keyin qabul qilish tavsiya etiladi. Bu proteindagi “tez” oqsil tunda pasaygan qand darajasini oshiradi, metabolizmni rag’batlantiradi, bu esa yog’ qatlamlarini yo’qolishini tezlashishiga imkon beradi. Protein bankalarida “Whey” yozuvi aynan “tez” oqsilli – zardobli protein ekanligini bildiradi.

Kazein proteini kechki ovqatni to’liq o’rnini bosishi mumkin bo’lib, bunga sabab, undagi bir necha turdagi va turli vaqtda hazm bo’ladigan, organizmni uyqu paytida ozuqaviy modda bilan ta’minlab turadigan “sekin” oqsillar mavjudligidir. Shu bilan birga, bu protein turi mushak massaini oshirish uchun yetarli bo’lgan uglevodlardan tashkil topgan. Kazein proteinini ovqatdan 1-1,5 soat keyin qabul qilgan ma’quldir. Kazein proteinini banka ustiga “Casein” deb ko’rsatilganini qidirgan yaxshi.

Aminokislotalar

Zamonaviy sport ozuqalarining tasnifi
Rasm: shutterstock.com | @itakdalee

Sport ozuqalari orasidagi eng ko’p munozarali elementdir. Sport ozuqasi mutaxassislarining fikrlari ikkiga bo’linadi: birinchilari aminokislotalarni protein solingan sheykerni o’zi bilan olib yurishdan qutultiruvchi dori ko’rinishidagi ichishga qulay bo’lgan zardobli proteinning shunchaki o’rnini bosuvchisi deb hisoblaydilar.

Boshqa mutaxassislar esa, aminokislotalar majmuasi – mushak massasini o’stirayotganda va mushak massasini shakllantirayotganda, shu bilan birga, sushka (yog’ yo’qotuvchi mashg’ulotlar) jadal mashg’ulotlarida zarur bo’lgan yetarlicha mustaqil sport ozuqasi deb ishonishadi.

Juda ko’p jismoniy og’irliklar va katta hajmdagi mashg’ulotlarda, mushaklar mashqlar orasidagi dam olish kunlarida qayta tiklanib olish qiyin. Va shunda, ularga aminokislota kerak.

Ular o’z strukurasiga ko’ra, to’g’ri modda almashinuvini me’yorga keltiradi. Shu bilan birga, butun organizmning va navbatdagi mashg’ulotdan keyin mushaklarni tezroq umumiy qayta tiklanishiga hamroh bo’ladi.

Aminokislotalarning turiga qarab tavsiflanishi u taraf va bu taraf bo’lganlarning to’g’riligini tasdiqlashga yordam beradi:

  • Gidrolizatlar – erkin organik kislotalargacha parchalangan, bir soniyada o’zlashtiriluvchi oqsillar. Organizm oqsillarni to’liq gidroliziga qodir emas, ammo ularning samaradorligi BCAAnikidan pastroq.
  • BCAA – organizm o’zi mustaqil ishlab chiqara olmaydigan, mashg’ulotlardan keyin qayta tiklanishi uchun (jarohatlangan mushak paylarini bitishi uchun ham) kerak bo’lgan uch organik kislotalar majmuasi.
  • Erkin aminokislotalar – mushak to’qimalariga maksimal darajada tez yetkazib beriladigan. izolyatsiya qilingan moddalar. Bularga sog’lom, to’g’ri faoliyat olib borayotgan organizmda mustaqil ishlab chiqariladigan – glitsin, arginine, glyutain va shunga o’hshashlar kiradi. Erkin aminokislotalarni tashqaridan qabul qilish – organizm mustaqil ravishda yetarlicha ishlab chiqarmaganida yoki faoliyati buzilganida kerak bo’ladi.

Aminokislotalarni mashg’ulotdan avval va keyin, ko’rsatilgan dozirovkada qabul qilish tavsiya etiladi. Shu bilan birga, o’zingiz uchun optimal bo’lgan shaklda: kukun, kapsula, in’eksiya tanlab olishingiz mumkin. Ohirgilari hech qanday ustunlikka ega emas, lekin noto’g’ri qo’llanilganida, yoqimsiz nojo’ya tasir sovg’a qilishi mumkin. Birinchi ikki shakli hech qanday nojo’ya ta’sirga ega emas, agar dozirovka me’yoriga amal qilinsa.

Geynerlar

Zamonaviy sport ozuqalarining tasnifi

Yengil singadigan oqsil va uglevodlar kombinatsiyasini o’zida namoyon etadi. Aynan singishning tezligi bilan, u nafaqat mushak massasi o’sishini, balki energiya oshishini, jadal mashg’ulotlarda kuch va chidamlilikni oshishirishda tengi yo’q. Sport ozuqasidagi ushbu elementni pauerlifting va og’ir kuch ishlatuvchi mashg’ulotlarni tanlaydiganlar uchun mos keladi. Fitnesni yaqinda boshlaganlarda kuch ortiqcha ishlatilmaydigan rejim va eneriya kam sarflanadigan mashg’ulotlar dasturi bo’lgani uchun bu mahsulot shart emas. Geynerni proteinga qo’shimcha tarzda, mashg’ulotlardan oldin va keyin iste’mol qilish tavsiya etiladi. Ushbu mahsulotni yog’ qatlami oshishidan qochish uchun uni uyqudan oldin qabul qilish tavsiya etilmaydi.

L-karnitin

Zamonaviy sport ozuqalarining tasnifi
Rasm: shutterstock.com | @Aleksandra Gigowska

Bu qo’shimcha, o’z faoliyatga ko’ra, qo’pol qilib aytganda, yog’ qatlamlarini yo’qotishga yo’naltirilgan organizmdagi to’g’ri va kerakli metabolizmni sozlaydi. Chidamlilikni oshiradi, jadal mashg’ulotlarda yoki yoz, issiqda yurak-qon tomir tizimining ishini stabillashtiradi. Uch shaklda ishlab chiqiladi: kapsula, ampula va suyuq holda. Kapsula foydalanishga qulayroq chunki har doim ham o’zingizga in’eksiya qilish undan tashqari, moddani to’g’ri tushishini ta’minlash uchun o’zingizga igna tiqishingiz yetarlicha murakkab. Suyuq ko’rinishdagisini qabul qilinganida, qo’shimcha tezroq o’zlashtiriladi, lekin dozirovkasi oshganda, oshqozon ichak traktining ish faoliyati buzilishi mumkin.

Kreatin

Zamonaviy sport ozuqalarining tasnifi

Hech kimga sir emaski, og’ir jismoniy mashqlarda, ertami kechmi erishish mumkin bo’lgan cho’qqiga-marraga yetib kelinadi. Inson imkoniyatlarining chegarasi deb nomlanadigan. Va bu hammada har hil bo’lib, o’z qulay hududining ostonasidan chiqish uchun Kreatin kerak bo’ladi.

U o’z navbatida, chidamlilikni sezilarli oshishiga yo’naltirilgan. Va mashg’ulotlarda mashq qilayotganda yuklanishlarni oshirishga yordam berib, bu esa, ohirida yangi cho’qqiga erishishga turtki bo’ladi. Sport ozuqasining ushbu turi kam takrorlanishlar bilan qilinadgian katta og’irlikdagi jadal kuch mashg’ulotlarida samara beradi. Yengil ko’rinishdagi sport yuklanishlarida, bu qo’shimcha qabul qilish maqsadsizdir.

Energetiklar

Zamonaviy sport ozuqalarining tasnifi

Sport ozuqasining mashg’ulotlar bajarishda o’zingizda kuchli motivatsiya yetarli bo’lganida qo’llash shart bo’lmagan turidir. Kukun va suyuqlik ko’rinishida ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat do’konlarida sotiladigan energetik ichimliklar bilan umumiy hech nimasi yo’q, chunki sport energetiklarida shakar mavjud emas.

Ammo haftada ikk marotabadan ko’p, kunda esa bir portsiyadan ko’p qabul qilish qati’yan tavsiya etilmaydi. Ishlab chiqaruvchi tomonidan qo’llash instruksiyasiga befarq bo’lmang. Qabul qilishdan oldin, shifokor bilan maslahatlashing.

Proteinli batonchalar

Zamonaviy sport ozuqalarining tasnifi

Bular ham oziq-ovqat do’konlarida sotiladigan analoglaridan tarkibi bo’yicha farqlanadi. Majburiy sport ozuqasi emas, balki asosiy ovqatlar oralig’ida ochlikni yengib turish uchun va “zararli” yemaklar: pechen’e yoki bulochkalarning ajoyib o’rin bosuvchisidir. Kunlik me’yorni 2-3 batonchadan oshirmaslik kerak, chunki ko’p iste’mol qilinganida, ishtaha bilan muammo va ovqatlanish grafigi buzilishi mumkin.

Ushbu maqolada tavsiflangan sport ozuqalarini birini yoki bir qancha turini ko’rsatilgan dozirovkasida va qabul qilish qoidasiga amal qilib qo’llanilganida, jadal mashg’ulotlarda kuchni qayta tiklash va tezda mushak massasini to’plashimizga yordam beradi.

Buni ham o’qing

Ozishni istagan ayollar uchun sportchilarga xos ovqatlanish

Genetics

Vitaminlarning mushaklarning o‘sishi va qayta tiklanishidagi o‘rni

Genetics

L-karnitin nima bu? Afsona va faktlar

Genetics

Protein nima va inson organizmiga nima uchun zarur?

Genetics

Geyner: bu nima va uni qanday qabul qilinadi?

Genetics

WHEY protein – zardob oqsili haqida batafsil ma’lumot

Genetics

Saytdan foydalanishni davom ettirish orqali, siz Konfidensiallik siyosatiga mos ravishda cookie-fayl va boshqa ma’lumotlarning to’planilishi va foydalanilishiga o’z roziligingizni bildirasiz. Roziman Batafsil