Genetics.uz
Image default
Sport ozuqalari

WHEY protein – zardob oqsili haqida batafsil ma’lumot

Zardob oqsili juda ko’p miqdorda oson hazm bo’ladigan muhim aminokislotalarni o’z ichiga oladi. Bir qator tadqiqotlar ushbu mahsulotning mushak massasi va kuchni oshirish, shuningdek, yog’ yo’qotish jarayonini tezlashtirish qobiliyatini ham namoyish etdi. Biroq, zardob oqsilining qiymati faqatgina uning tarkibiy qismidagi oqsil emas. Uning tarkibida kuchli biogen samaraga ega bo’lganlar bilan bir qatorda, ko’plab ozuqaviy moddalar mavjud. Kreatin kabi, u dunyodagi eng ko’p o’rganilgan ozuqaviy qo’shimchalarga tegishlidir.

Bu yerda zardob oqsilihaqida batafsil ma’lumot berilgan bo’lib, u nima, qanday ishlaydi va u yordamida sog’liq va jismoniy holatni qanday yaxshilash mumkinligini bilib olish mumkin.

Zardob proteini haqida ma’lumot

WHEY protein – zardob oqsili haqida batafsil ma'lumot

Zardob oqsili tarkibiga tvorog va pishloqni ishlab chiqarish jarayonida, sutdan ajralib chiqadigan suyuq fazasi – zardobdan olingan bir qator oqsillar kiradi. Asosiy sut oqsillari kazein (80%) va zardob oqsili (20%) hisoblanadi. Oqsilning ikkinchi turi suyuq sut komponentida uchratilishi mumkin. Pishloq tayyorlash jarayonida sutning yog’ komponentlari tvorogga aylanishi natijasida ikkilamchi mahsulot – zardob hosil bo’ladi. Uning asosida zardob oqsilning turli xil variantlari yaratiladi. U yoki bu mahsulotning tarkibini o’rganish juda muhim bo’lib, ba’zi hollarda tarkibiy qismlarida foydali bo’lmagan, masalan, oq qand kabilar bo’lishi mumkin. Oq qandni iste’mol qilish ratsionning kaloriyaga boyligini oshiradi va ayniqsa, yog’ birikmalarini kamaytirishga harakat qilganda zararli bo’ladi. Sut zardob oqsillarini kunlik oqsil iste’molidan tashqari 25-50 gr qo’shish juda foydali hisoblanadi. Bu bodibilderlar va sport muxlislari uchun, shuningdek, ratsionida oqsil yetishmasligi yoki ozishni istaganlar uchun muhimdir.

Zardob oqsili protein va BCAA-aminokislotalarni iste’mol qilishni oshiradi

WHEY protein – zardob oqsili haqida batafsil ma'lumot

Proteinlar tananing asosiy qurilish elementi hisoblanadi. Ular turli to’qimalar va organlarni shakllantirish, shuningdek gormonlar, enzimlar, neyromediatorlar va boshqa bioaktiv birikmalarni sintez qilish uchun zarurdir. Proteinlar qisqartirish funksiyani ta’minlaydigan mushak tolalarini qurish uchun ham zarur hisoblanadi.

Ular ipga tortilgan munchoqlarni eslatuvchi bir-biriga bog’langan kichik aminokislotalardan iborat. Bir qator aminokislotalar organizm tomonidan sintezlanadi, bu organik birikmalarning katta qismi faqat oziq-ovqat orqali yetib keladi. Quyidagi muhim aminokislotalar ma’lum: gistidin, lizin, izoleytsin, metionin, leytsin, fenilalanin, triptofan, treonin va valin. Optimal protein – bu yuqoridagi barcha aminokislotalarni o’z ichiga olgani va zardob oqsili aynan shunday oqsil hisoblanadi.

Zardob oqsilining afzalliklariga leytsin kabi shoxlangan zanjirli aminokislotalarning (BCCA) juda yuqori darajasi kiradi. Bundan tashqari, u yuqori sistein tarkibiga ega. Leytsin maksimal anabolik xususiyatlarga ega bo’lgan aminokislotadir (o’sish tezlashishi) va sistein glutation darajasini – hujayra ichidagi antioksidantni oshirishga yordam beradi.

Zardob oqsilining konsentrat, izolyat va gidrolizatini taqqoslash

WHEY protein – zardob oqsili haqida batafsil ma'lumot

Ishlab chiqarish texnologiyasiga ko’ra farq qiluvchi bir nechta protein turlari keng qo’llaniladi:

  • Konsentrat: mahsulotning 70-80% ini oqsil tashkil qiladi, muhim qismi yog’lar va laktoza (sut shakari) hisobiga to’g’ri keladi; eng yaxshi ta’mi bilan ajralib turadi.
  • Izolyat: konsentratga qaraganda ko’proq oqsilga ega – 90% va undan yuqori, lekin yog’ va laktoza miqdori kamroq; izolyatda konsentratda mavjud bo’lgan ko’plab biologik ahamiyatga ega moddalar yo’q.
  • Gidrolizat: shuningdek, gidrolizlangan zardob sifatida ham tanilgan – bu turdagi protein oqsilning hazm bo’lishini yaxshilash uchun maxsus tayyorlanadi. Ushbu xususiyati sabab uni iste’mol qilganda insulin darajasidagi keskin o’sish izolyat qabul qilgandagiga ko’ra 28-43% ga yuqori.

Tavsiya etiladigan zardob turi mahsulot qo’llanilishdan ko’zlangan maqsadga bog’liq. Misol uchun, zardob konsentratini qabul qilish og’ir kechganda yoki sportsmenni musobaqalarga tayyorlanish vaqtida, yog’ iste’mol qilishni minimal darajaga keltirish kerak bo’lganida, zardob konsentrati o’rniga izolyatni yoki gidrolizatni tanlash ma’qul ko’riladi. Shunga qaramay, ko’pchilik uchun konsentrat afzalroqdir, chunki bu mahsulot eng arzon varianti va tabiiy zardobda uchrashi mumkin bo’lgan ozuqa moddalarining katta qismini saqlab qolganligidir. Yana uni laktoza va yog’larning mavjudligiga bog’liq bo’lgan ta’mi tufayli ham afzal ko’rishadi.

Zardob asosga ega qo’shimchalarning mushak massasi va kuchga ta’siri

WHEY protein – zardob oqsili haqida batafsil ma'lumot

Zardob oqsili ko’p hollarda mushaklarning massasi va kuchini oshirish uchun ishlatiladi. Ushbu mahsulot sportsmenlar, bodibilderlar, shuningdek, mashg’ulot samaradorligini oshirishga intilayotgan odamlar orasida mashhurdir.

Zardob oqsili mushak massasini/kuchini oshirishda quyidagi yo’llar orqali yordam beradi:

1. Qurilish materiallari sifatida: mahsulot tarkibidagi oqsil va aminokislotalar mushak o’sishini tezlashtirish uchun strukturaviy elementlar sifatida ishlatiladi.

2. Gormonlar orqali vositachilik qilish: zardob oqsili mushaklarning o’sishini rag’batlantiradigan anabolik ta’sirga ega gormonlar (ayniqsa insulin) sekretsiyasini oshiradi.

3. Mushak oqsilining sintezini stimullashtiruvchi, gen hamda molekulyar darajalarda ta’sir qiluvchi leytsinning yuqori miqdori tufayli.

4. Mahsulotning yaxshi hazm bo’lishi orqali: zardob oqsillari so’rilish va iste’mol qilish darajasi boshqa turdagi oqsillarga qaraganda ancha yuqori.

Ma’lum bo’lishicha, zardob oqsilidan foydalanish ertalab och qoringa, shuningdek, mashg’ulotdan oldin va keyin qabul qilish mushaklarning o’sishi uchun eng samarali hisoblanadi. Mushak oqsili sintezining maksimal intensivligi odatda jismoniy faoliyatdan keyin kuzatiladi. Biroq, so’nggi ma’lumotlarga ko’ra, oqsilni kunlik iste’mol qilish mushaklar o’sishining eng muhim omilidir. Oqsilning o’zlashtirilishi bilan jismoniy mashg’ulotlar bajarilishiga bog’liqligi, ehtimol, juda muhim emas. Umuman olganda, og’irlik bilan mashq paytida mushak hajmini oshirish uchun 1 kg vazn uchun 1,5-2,2 g miqdorida oqsil iste’mol qilish kerak. Bu ko’pincha qiyin bo’lishi mumkin, chunki tovuq to’shi yoki losos balig’i kabi katta miqdordagi oqsillarni o’z ichiga olgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish to’yinish hissini tez uyg’otadi. Bunday vaziyatda zardob oqsili yordamga keladi, bu bilan siz oqsil iste’molining kerakli darajasiga osongina erishishingiz mumkin, keyinchalik mushak massasining ortishi kuzatiladi. Ratsionda oqsil yetishmasligi holatida zardob proteiniga ega qo’shimchalardan foydalanish natijalarga sezilarli ta’sir qilmasligini yodda tutish lozim. Ya’ni, faqat zardobga asoslangan qo’shimchalar tufayli oqsillarga bo’lgan ehtiyojni to’liq qoplash mumkin emas.

Zardob oqsilining boshqa ijobiy ta’sirlari

WHEY protein – zardob oqsili haqida batafsil ma'lumot

Mushak massasiga ijobiy ta’sir ko’rsatish, kuchni oshirish va ozdirishdan tashqari, zardob oqsili sog’liq uchun boshqa foydalarni ham keltirishi mumkin. U arterial qon bosimi va qand moddasi darajasini pasaytirish, stress reaksiyalarini va depressiyani kamaytirishga yordam beradi. U onkologik kasalliklarga uchrash xavfini kamaytirish, gepatit yuzaga kelishini kamaytirish, suyaklar mustahkamligini oshirish, OIV bilan kasallangan bemorlarda immun tizimining ishlashini yaxshilash qobiliyatiga ega. Laboratoriya hayvonlarida o’tkazilgan eksperiment davomida bu qo’shimcha sichqonlarning umrini uzayishiga sabab bo’ldi. Bu ijobiy ta’sirlarning barchasi ushbu zardob mahsulotida sistein yuqori tarkibining natijasi bo’lishi mumkin. Sisteinning bunday ta’sirining mexanizmi asosiy hujayra antioksidanti – glutation darajasining bilvosita oshishi bilan bog’liq.

Dozalash rejimi va nojo’ya ta’sirlari

WHEY protein – zardob oqsili haqida batafsil ma'lumot

Mahsulotning standart kunlik dozasi: 1-2 o’lchov qoshig’i (25-50 g) hisoblanadi. Odatda, qo’shimcha yuklamadan keyin qabul qilinadi, lekin yaxshisi, qadoqdagi ko’rsatmalarga rioya qilish kerak. Proteinning buyraklarga zararli ta’sir yetkazishi va osteoporozga sabab bo’lishi mumkinligi haqidagi xavotirlar asosli emas va ilmiy ma’lumotlar bilan tasdiqlanmagan. Aslida, kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, oqsil osteoporozga to’sqinlik qiladi va sog’lom buyraklarga zarar yetkaza olmaydi. Biroq, buyrak va jigarning patologiyasi mavjud bo’lgan odamlar zardob oqsilidan voz kechishi yoki uni faqat shifokorning ruxsati bilan qabul qilishi ma’qul ko’riladi. Ortiqcha miqdordagi zardob oqsili oshqozon-ichak trakti tomonidan nojo’ya ta’sirlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bular: ko’ngil aynishi, ichaklar shishishi, qorin bo’shlig’idagi og’riqlar, diareya, spazmlar kabilardir. Agar zardob oqsil konsentrati organizm tomonidan yomon qabul qilinsa, izolyat yoki gidrolizatda to’xtalish yaxshiroqdir. Albatta, bu holda zardob oqsillaridan butunlay voz kechgan ma’qul va oqsillarga boy bo’lgan boshqa mahsulotlardan foydalanish mumkin. Biroq, umuman olganda, zardob oqsili xavfsizlik profili juda yuqori baholanadi va ko’pchilik iste’molchilar uni ishlatishda hech qanday muammoga duch kelishmaydi.

Xulosa

Zardob oqsili – oqsil iste’molini oshirishning haqiqiy sog’lom usuli hisoblanadi. Bu yaxshi so’rilish va iste’mol ko’rsatkichlariga ega yuqori sifatli protein qo’shimchasidir. U sportsmenlar, bodibilderlar yoki mushaklarning massasi va kuchini oshirishga va ozishni istovchi odamlar uchun ayniqsa foydalidir. Mushak hajmini oshirish va ayni paytda ortiqcha yog’dan qutulish kerak bo’lsa, oqsillardan yaxshiroq narsa topish qiyin. Zardob oqsili esa, sifatli oqsil qo’shimchalarining ichidagi eng yaxshi variantdir.

Buni ham o’qing

L-arginin nima va bodibildingdagi afzalliklari

Genetics

L-karnitin nima bu? Afsona va faktlar

Genetics

Ozishni istagan ayollar uchun sportchilarga xos ovqatlanish

Genetics

Protein nima va inson organizmiga nima uchun zarur?

Genetics

Sitrullin malat va L-sitrullin qo’shimchalari uchun qo’llanma

Genetics

Vitaminlarning mushaklarning o‘sishi va qayta tiklanishidagi o‘rni

Genetics

2 Izoh

www.islombekrakhmonov@gmail.com November 30, 2020 - 23:28

qayeredan sifatl sport ozuqalarini sotib olsa boladi

Javob berish
To'lqin December 28, 2020 - 23:06

WHEY protain Semirishga yordam beradimi yanez basin to’plashga

Javob berish

Saytdan foydalanishni davom ettirish orqali, siz Konfidensiallik siyosatiga mos ravishda cookie-fayl va boshqa ma’lumotlarning to’planilishi va foydalanilishiga o’z roziligingizni bildirasiz. Roziman Batafsil