Genetics.uz
Image default
Ilmiy tadqiqotlar

Uzum danagi ekstrakti yog’ yo’qolishiga olib kelishi mumkinmi?

Gollandiyaning Maastrixt universiteti tomonidan chop etilgan yangi tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, uzum danagi ekstraktini muntazam ravishda iste’mol qilish kaloriyalarni nazorat qilishda qiyinchiliklarga duch kelgan odamlarda yog’ qatlamlarining kamayishiga olib kelar ekan. Ushbu ekstrakt yordamida kaloriya iste’moli tavsiya etilgan darajadan yuqori bo’lsa ham, vazn nazorati va yog’ni tanadan chiqarishda yaxshi natijalarga erishish mumkin.

Gollandiyalik tadqiqotchilar ushbu tadqiqotni bir necha yil davomida o’tkazdilar va birinchi marta 8 yil oldin ushbu mavzu bo’yicha maqola chop etdilar. Biroq yaqinda ular tadqiqotga qaytishga qaror qilishdi va dastlabki xulosalarining to’g’riligini tasdiqlashdi.

Uzoq vaqt davomida uzum danagi ekstraktiga salomatlikni yaxshilashga yordam beradigan juda muhim va istiqbolli oziq-ovqat mahsuloti sifatida qarab kelinadi.

Klinik tadqiqotlar natijasida u qon aylanishini yaxshilashi, prostata saratoni xavfini kamaytirishi va teri saratoniga qarshi qo’shimcha himoya bilan ta’minlashi ishonchli isbotini topdi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, ekstrakt testosteronni tabiiy aromataz fermenti ta’siri ostida yuzaga keladigan estradiolga aylanish jarayonining buzilishiga olib keladi.

Ushbu tadqiqot ustida ishlayotgan va sakkiz yil avvalgi tadqiqot ishlarini qayta ko’rib chiqishga qaror qilgan gollandiyalik tadqiqotchilar uzum danagi ekstrakti yog’larning parchalanish jarayonini rag’batlantiradimi yoki yo’qligini tekshirish uchun “probirkada” bir qator yangi testlarni ishlab chiqdilar. Lipoliz – bu tabiiy jarayon bo’lib, unda yog’ kislotalari yog’ zahiralaridan qon oqimiga chiqariladi. Ushbu yog’ kislotalarini chiqarish va iste’mol qilish jarayoni davomida tana hujayralari energiya bilan ta’minlanadi.

Tadqiqotchilar bu jarayonni ishtahani oshirishga yordam beradimi yoki yo’qligini bilmoqchi bo’lishdi va shu maqsadda 18 dan 65 yoshgacha bo’lgan 51 kishi ishtirok etgan sinov tadqiqotini tashkil etdilar.

Tadqiqot loyihasining dastlabki bosqichlarida loyihaning har bir ishtirokchisiga uch kun laboratoriya tajribasi davomida cheklanmagan miqdorda ovqatlanish taklif qilindi. Barcha “asosiy ovqatlar”dan 30-60 daqiqa oldin ishtirokchilarga 100 mg uzum danagi ekstraktini o’z ichiga olgan qo’shimchalar berildi.

Bir necha hafta o’tgach, tadqiqotchilar xuddi shu uch kunlik eksperimentni o’tkazdilar, ammo sinov ishtirokchilari tomonidan iste’mol qilingan qo’shimchalar tarkibida ekstrakt mavhjud emas, platsebo edi.

Qizig’i shundaki, ekstrakt odatda maksimal kaloriya iste’mol qilgan kishilarga ko’proq ijobiy ta’sir ko’rsatdi. “Ovqatlanishni sevuvchilar” 24 soatlik vaqt oralig’ida iste’mol qilingan kaloriyalarning umumiy sonini 96tagacha kamaytirishga muvaffaq bo’lishdi. Bu, agar bu odamlar qo’shimchalardan muntazam foydalanishni davom ettirsalar, ular bir yil davomida 3,7 kg yog ‘ yo’qotishi mumkin ekanligini anglatadi.

Yangi tadqiqot davomida olingan ma’lumotlar uzum danagi ekstrakti va uning vaznni kamaytirishga yordam beradigan ishtahani bostirish qobiliyati haqidagi dastlabki fikrlarni to’liq tasdiqlaydi.

Tadqiqot: The effect of grape-seed extract on 24 h energy intake in humans.

Buni ham o’qing

Ko’k choy yog’lardan xalos bo’lishga yordam beradi

Genetics

Kofein samarali yog’ yo’qotuvchi hisoblanadimi?

Genetics

Grek yong’og’i PZL (yomon xolesterin) darajasini pasaytiradi

Genetics

Bosh tomoni pastga qiya qilib qo’yilgan skameyka – ko’krak mushaklarini o’stirish uchun eng yaxshi variant

Genetics

Parhez vaqtida mushak hajmini saqlab qolish uchun L-sitrullinni qo’llash

Genetics

Ozuqaviy tolalar va mushak massasi

Genetics

Saytdan foydalanishni davom ettirish orqali, siz Konfidensiallik siyosatiga mos ravishda cookie-fayl va boshqa ma’lumotlarning to’planilishi va foydalanilishiga o’z roziligingizni bildirasiz. Roziman Batafsil