Genetics.uz
Image default
Farmakologiya

Trenbolon – anabolik steroidning tavsifi va turlari

Trenbolon – bu keng tarqalgan inyeksion anabolik steroid. Savdoda mavjud bo’lgan analoglarning eng kuchlisidir. Preparat haqida juda ko’p yozilgan, ba’zi faktlar potensial iste’molchilarni cho’chitishi mumkin, ammo yodda tutish kerakki, salbiy ma’lumotlar har doim ham ishonchli bo’lavermaydi. Trenbolon uni tasvirlaganlarichalik qattq ta’sirga ega emas, biroq bu dori endi boshlayotganlar uchun ham emas. Odatda, undan steroidlar bilan tanish bo’lgan uzoq muddatdan beri shug’ullanib kelayotgan sportsmenlar foydalanishadi.

Preparatning tavsifi va tarixi

Trenbolon u 19-nor (19-nortestosteron) birikmasi sifatida mashhur bo’lgan anabolik steroidlar guruhlari – Nandrolonning (Deka-Durabolin) hosila shaklidir. Ushbu kategoriya boshqa guruhlarga xos bo’lmagan o’ziga xos molekulyar strukturaga ega, ya’ni 19-uglerod atomining yo’qligi bilan ajralib turadi. Bu boshqa xususiyatlar bilan bir qatorda, preparatning androgen kuchini (androgen retseptorlari bilan barqaror aloqani yaratish qobiliyatini) oshirish va organizmning metabolik buzilishga qarshiligi bilan farqlanadi.

Natijada, Trenbolon Testosteron kuchidan besh barobar (100 indeksi) ortiq bo’lgan 500 indeksli androgenik va anabolik faollik ko’rsatadi. Steroid mushak massasi o’sishining yuqori sur’atlarini namoyish etadi. Aromatizatsiya (estrogenga aylanish qobiliyati) yo’qligi tufayli organizmda suyuqlik (har qanday konsentratsiyada) saqlab turmaydi. Bundan tashqari, Trenbolon mushak to’qimalarida IGF-1 (insulinsimon o’sish omili 1, IO’O-1) faol gormonini ishlab chiqarishiga stimul berib, uning anabolik imkoniyatlarini kuchaytiradi.

Trenbolonning uch asosiy shakllari mavjud:

  1. Trenbolon Atsetat
  2. Trenbolon Enantat
  3. Trenbolon Geksagidrobenzilkarbonat

Tez ta’sir qiluvchi atsetat turlari eng ommabop va keng qo’llaniladigan sanaladi.

Trenbolon tarixi 1967 yildan boshlanadi. Fransiyada u “Roussel-UCLAF“ farmatsevtika korporatsiyasi sintez qilgan. Vaqt o’tib, “Hosescht“ ingliz firmasining farmakologlari Trenbolonni atsetat efiri shaklida yaratishdi va uni “Finajet“ tijorat belgisi ostida savdoga chiqarishdi. Fransiyada “Roussel“ kompaniyasi preparatni “Finaject“ nomi ostida sotar edi. Aslida, bu ikkala firma ham “Roussel AG“ german konserniga tegishli edi. Xuddi shu mahsulotning (Trenbolon Atsetat) ikkala markasi ham inson uchun mo’ljallangan retsept bo’yicha dori-darmonlar bozoriga yetkazib berilar edi, ammo 80-yillarda iste’mol uchun tavsiya etilmaydigan vosita sifatida sotuvdan chiqarib olindi. Trenbolon Geksagidrobenzilkarbonat “Parabolan“ markasi ostida savdoga chiqarilgan edi, lekin tez orada shunga o’xshash muammoga duch keldi va 90-yillarda taqiqlandi.

Bugungi kunda Tren chorva mollarining o’sishini rag’batlantirish uchun mo’ljallangan veterinariya preparati sifatida qonuniy ravishda qo’llaniladi. Shunday bo’lsa ham, tibbiyot jamoasi uchun u hali ham alohida qiziqish uyg’otib kelmoqda. Trenbolon ustida ilmiy tadqiqotlar davom etib kelmoqda, olimlar yangi qo’llanish sohalarini ochmoqdalar va preparatni tibbiy maqsadlarda amaliyotda qo‘llashga qaytishni tavsiya qilmoqdalar. Biroq, Trenbolon hozirgacha FDA tasdig’idan o’tmadi va rasman inson tomonidan qo’llanilishi mumkin emas. Shu sababli, savdoda mavjud bo’lgan barcha Trenbolon yashirin laboratoriyalar tomonidan ishlab chiqariladi.

Trenbolonning kimyoviy xarakteristikasi

Trenbolon - anabolik steroidning tavsifi va turlari
Trenbolonning kimyoviy tuzilishi.

Trenbolon Nandrolon hosilasidir, lekin kuch va ta’sir jihatdan sezilarli farqqa ega. Har ikkala modda ham 19-nor yoki 19-nors (19-nortestosteronning qisqartmasi) anabolik steroidlar sinfiga kiradi. Ular o’z tarkibida Testosteron va boshqa barcha anabolik steroidlarga xos bo’lgan 19-uglerod atomini o’z ichiga olmaydi, bu esa xususiyatlar doirasini sezilarli darajada o’zgartiradi va uni progestinga aylantiradi, bu haqida quyida muhokama qilamiz.

Aslida butun metil guruhini tashkil etuvchi yetishmayotgan 19-uglerod atomi Trenbolonda 19-ga qo’shni uglerod atomlari o’rtasida ikki tomonlama bog’liqlik bilan almashtirilgan. Bu Trenbolonni 19-atomida ikki tomonlama aloqa emas, balki oddiy vodorod atomi mavjud bo’lgan Nandrolondan ajratib turadi. Aynan uglerodning 19-atomi yetishmasligi birikmani aromataza fermentiga juda chidamli qiladi va natijada har qanday estrogen konversiyasiga barqaror bo’ladi. Biroq, bu Trenbolon kimyoviy aromatizatsiyasi jarayonlarining barcha xususiyatlari emas. Steroid uchun ham uglerodning 19 va 11- atomlari maxsus modifikatsiya xos: ulardan vodorod ajratilgan va sikloalkalin halqalarida qo’shni atomlar o’rtasidagi yo’qolgan bog’liqlik ikki tomonlama bilan almashtirilgan. Aynan ushbu xususiyat Trenbolonga nafaqat aromatizatsiyaga qarshilik kuchi, balki aromataza fermenti uchun butunlay qabul qilmaydi, shuningdek, Trenbolonni yuqori androgen kuch (androgen retseptorlari bilan barqaror aloqani yaratish qobiliyati) va organizmdagi metabolik buzilishiga qarshilik ko’rsatish qobiliyatini hosil qiladi.

Trenbolon xususiyatlari

Kimyoviy tarkibning barcha yuqorida tavsiflangan xususiyatlari Trenbolonni androgen va anabolik sifatida o’zining ajdodi – Nandrolondan kuchliroq hamda Testosterondan ko’ra yanada qudratli qiladi. Testosteron gormoni – barcha anabolik steroidlar o’lchanadigan va taqqoslanadigan namunadir. Bu huddi suvning qaynashi va muzlash darajasini o’lchash uchun harorat standarti sifatida qo’llaniladigan Sel’siy shkalasiga o’xshaydi. Istiqbolda, Trenbolonning anabolik va androgen kuchini testosteron bilan taqqoslab, baholash mumkin. Testosteron 100 anabolik va androgen indeksga ega, Trenbolon esa – 500. 19 va 11 uglerod atomlarining ikki tomonlama aloqasi Trenbolonni Testosterondan besh barobar kuchliroq qiladi. Yaxshiroq tushunish uchun 200 mg Trenbolon 1000 mg Testosteronga, 500 mg esa 2500 mg Testosteronga mos keladi, deyish mumkin.

Bu juda muhim (har bir kishi eslab qolishi kerak bo’lgan) faktni isbotlaydi: Trenbolon mavjud bo’lgan va hammabop bo’lgan eng kuchli bo’lgan favqulotda kuchga ega anabolik steroid sanaladi. Yuqoridagi raqamlar kichik dozalar yordamida hayratlanarli va uzoq muddatli natijalarga erishish mumkinligini ko’rsatadi. Trenbolon – kerakli natijaga erishish uchun eng qisqa yo’l.

Metabolik jarayonlarga kelsak, yuqorida aytib o’tilganidek, Trenbolon androgenlarni estrogenlarga aylantirish uchun mas’ul bo’lgan aromataza fermentiga mutlaqo chidamli. Uning estrogen faolligi nolga teng va estrogenga aylana olmaydi. Trenbolon shuningdek, Testosteronni yanada kuchli Digidrotestosteron (DGT) androgeniga qaytarish uchun mas’ul bo’lgan 5-alfa reduktaz fermentiga to’la chidamli hisoblanadi. 5-alfa reduktaz fermenti bilan o’zaro ta’sirga kirishmaydi va DGTga aylanmaydi. Shu bilan birga, Trenbolonning o’zi Testosteron 100 indeksi bilan solishtirganda, androgen indeksi 500ga teng bo’lgan gormon ekanligini unutmasligimiz kerak bo’ladi.

Trenbolonni universal steroid bo’lishiga imkon beruvchi omillar: estrogenga aylanmaslik qobiliyati bilan birga, anabolik tabiatiga ko’ra kuchi yuqoriligi hisoblanadi. Bularning barchasi mushaklarning kuchi va hajmini sezilarli darajada oshirishga imkon beradi, shuningdek, Trenbolon faqat musobaqa oldidan vazn yo’qotish va/yoki qurish uchun ishlatiladigan afsonani chippakka chiqarib, yog’larning faol yo’qotishga yordam beradi. Anabolik steroidlar iste’molchilari orasida bunday gap-so’zlarni Trenbolon va uning ta’sir doirasini o’rganmagan kishilar tarqatadilar. Lekin bu yana bir bor Trenbolonni, ayniqsa, endi boshlayotganlar uchun yuqori dozalarda ishlatilmasligi kerakligini tasdiqlaydi.

Nojo’ya ta’sirlari

Trenbolonni ko’pincha kuchli keskin zararli ta’sirga ega anabolik steroid sifatida reklama qilishadi, bu esa, kelajakda uni qabul qilishni rejalashtirayotgan ko’pchilikni cho’chitadi. Bu yerda, birinchi navbatda, Tren har qanday dozada estrogenga aylanmasligi sababli, estrogenning zararli ta’siriga uchrash xavfi yo’qligini hisobga olish zarur. Xavotirlar, avvalambor boshqa anabolik steroidlarda kuzatilmaydigan androgen va boshqa yot ta’sirlarga (masalan, uyqusizlik, ko’p miqdorda terlash va boshqalar) qaratilgan bo’lishi kerak.

Trenbolon juda kuchli androgen bo’lib, androgen retseptorlari bilan barqaror aloqani hosil qiladi. Bu bir tomondan yaxshi, bir tomondan yomon, chunki kuchli androgen kuchli anabolikni anglatadi (ayniqsa Trenbolon bilan holatda). Juda kuchli androgen ro’y berishi mumkin bo’lgan yuqori ehtrimoliyat bilan quydagi zaararli ta’sirlarga olib keladi: terining ko’proq yog‘lanishi, husnbuzarlar, tana va yuzda soch o’sishi, soch to’kilish xavfining oshishi va erkaklarda havfli bo’lmagan prostata giperplaziyasi rivojlanish xavfini tug’ilishi. Yuqorida sanab o’tilgan zararli ta’sirlar bilan bir qatorda, androgenlar agressiyani kuchaytiradiki, hatto Trenbolon qabul qiluvchilar orasida bu mavzu bo’yicha latifalar uchrab turadi.

5-alfa-reduktaz ingibitorlari Trenbolonning androgenik salbiy ta’sirini yumshatmaydi. Bundan tashqari, Proskar, Finasterid, Dutasterid yoki Propetsiya kabi preparatlar Testosteronni nisbatan kuchli Digidrotestosteron (DGT) androgeniga aylanishiga to’sqinlik qiladi. Trenbolon umuman olganda, 5-alfa-reduktaz fermenti bilan ta’sirga kirishmaydi, chunki uning o’zi kuchli androgendir.

Trenbolon uchun boshqa birikmalaga xos bo’lmagan zararli ta’sirga egaligi bilan xarakterlanadi. Bular, odatda, me’yordan ortiq ter ajralishi (doimiy terlab yurish) – ayniqsa, uyqu vaqtida va uyqusizlik (odatda “trensomniya”deb ataladi). Ularning kelib chiqish sabablari hali noma’lum, hozirgi vaqtda faqat turli gipotezalar ilgari surilmoqda.

Tren, aslida, progestin sanaladi va unga progesteronning nojo’ya ta’sirlari xarakterlidir. Bundan tashqari, Trenbolon metaboliti (17-beta Trenbolon) progesteron retseptorlari bilan yanada kuchliroq bog’lanadi, bu ham albatta bezovtalik chaqirmasligi mumkin emas. Trenbolon tanadagi prolaktin darajasini oshirishi mumkin. Progesteron va prolaktinga xos bo’lgan barcha bu xususiyatlar estrogenga xos bo’lgan zararli ta’sir shaklida namoyon bo’ladi: ko’krak uchi bo’rtishi, ginekomastiya va boshqalar. Ma’lumki, antiestrogenlar va aromataz ingibitorlari progesteron retseptorlari tomonidan zaiflashtirilgan bo’lsa ham, bunday zararli ta’sirlar bilan samarali kurashadi. Prolaktin darajasini nazorat qilishga qaratilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, muammoni kuniga 600 mg vitamin B6 dan foydalanish orqali bartaraf qilish mumkin. Kabergolin va Bromokriptin kabi antiprolaktinlar ham yuqori darajani samarali ravishda pasaytiradi va ko’pincha bu gormonning ta’siri bilan kurashish uchun birinchi raqamli hisoblanadi.

Umuman olganda, Trenbolon uchun anabolik steroidlarning barcha zararli ta’sirlari xarakterlidir: HPTA (Testosteron gormoni ishlab chiqarish funksiyasi)ni bostirish, yurak-qon tomir tizimiga salbiy ta’sir kabilar. Trenbolon, juda kuchli androgen va progestin bo’lib, hatto kam dozalarda ham qisqa vaqt ichida endogen Testosteronning tabiiy ishlab chiqarishini to’xtatishga olib kelishi mumkin.

Kurslar va qo’llanilishi

Trenbolon - anabolik steroidning tavsifi va turlari

Trenbolon kurslari yog’ni yo’qotish yoki mushak massasini o’stirishda juda samarali hisoblanadi. Yuqorida aytib o’tilganidek, Trenbolon katabolik gormonlarning retseptorlari bilan bog’lanadi va ularning mushak hujayralariga signal uzatishda ishtirok etishiga to’sqinlik qiladi. So’z Kortizol katabolik gormoni sabab mushak massasi o’sishini sekinlashtirishi haqida borganda, bu alohida ahamiyatga ega, Trenbolon uning faol ingibitori sifatida harakat qiladi. Hujayra darajasida, antikatabolik ta’sir orqali Trenbolon katabolizmning salbiy ta’sirini kamaytiradi, bu bilan parhez kursi va musobaqalarga tayyorgarlik dasturlarining davomiyligini kamaytiradi. Bundan tashqari, Trenbolonning vazn yo’qotish jarayonlariga, shu jumladan gormonga xos bo’lgan ozuqa moddalarining nihoyatda produktiv darajada samarali egallanilishi tufayli yuqori samarali ta’siri aniq qayd etilgan. Androgen retseptorlari yog’ hujayralarida mavjudligi va faollashganda yog’ yo’qotish jarayonlarida ishtirok etishi ko’pchilikka ma’lum. Trenbolon mushak to’qimalarida azotni ushlab turish xususiyatiga ega, bu massa va hajmni saqlab qolishda dolzarb sanaladi.

Sushka kursida odatda, 8-10 hafta davomida Testosteron Propionati qo‘llaniladi. Qo’shimcha tarzda, simmetrik natijalarga (yog’ qatlamlarining kamayishi), masalan, Anavar (Oksandrolon) ga erishishga yordam beradigan shunga o’xshash ta’sir doirasining analoglarini qo’llanilishi mumkin. Massa yig’ish uchun Trenbolon Testosteron (odatda Testosteron Enantat) bilan birgalikda qo’llaniladi. Bundan tashqari, Dianabol (Metandrostenolon) kabi preoral birikma yoki Boldenon (Ekvipoyz) in’yeksion preparati kabi o’xshash birikmalaridan ham foydalanish mumkin.

Trenbolon – bu yuqori dozalarda iste’mol qilinmasligi kerak bo’lgan aniq bir birikma. Bunga, shunchaki, zaruratning o’zi yo’q. Gormon Testosteron kuchidan besh barobar ortiq va kerakli natijalar va maqsadlarga erishish uchun hatto “o’rtame’yona” dozalarni qo’llash ham shart emas. Trenbolon haqida, kichik doza – katta foyda, deya ishonch bilan aytish mumkin.


Genetics.uz anabolik steroidlar va kuchli ta’sir etuvchi moddalarni sotmaydi va qabul qilishga chaqirmaydi. Ma’lumot tavsiya etish xarakteriga ega emas va faqat tanishtirish maqsadida taqdim etilgan. U yoki bu preparatni to’g’ri qo’llash uchun albatta sport shifokoriga va/yoki sertifikatga ega trenerga murojaat qiling.

Buni ham o’qing

Organizmdan steroidlarni chiqarib yuborish usullari

Genetics

Testosteron nima? To’liq qo’llanma

Genetics

Anabolik steroid va IO’Gdan foydalanilganda, qorin shishishining sabablari – doktor Jorj Tuliatosning fikri

Genetics

Prolaktin – ayol gormonining tabiati va uning inson o’sish gormoni bilan aloqasi

Genetics

Vinstrol (stanozolol) – steroidning ta’rifi va ta’siri

Genetics

Anavar (Oksandrolon) — peroral steroid haqida umumiy ma’lumot va uning nojo’ya ta’siri

Genetics

Saytdan foydalanishni davom ettirish orqali, siz Konfidensiallik siyosatiga mos ravishda cookie-fayl va boshqa ma’lumotlarning to’planilishi va foydalanilishiga o’z roziligingizni bildirasiz. Roziman Batafsil