Genetics.uz
Image default
Farmakologiya

Testosteron nima? To’liq qo’llanma

Anabolik steroidlar bilan tanishuv va ularning ta’sir prinsipini tushunishda birinchi qadam bu – Testosteronni chuqur o’rganishdir. Mohiyatiga ko’ra, barcha steroidlar Testosteronning sun’iy hosilasi yoki uning modifikatsiyasidir. Bu uning analogini yaratish uchun Testosteronning kimyoviy strukturasi turli usullar bilan o’zgartirilganini bildiradi. Va aynan shu modifikatsiyalar, Testosteron asosida umuman yangi bo’lgan anabolik steroidlar ishlab chiqiladi.

Barcha shu kabi holatlarda, Testosteron modda olinuvchi gormon-ajdod sifatida ishtirok etadi. Uni yana boshqa nom – ota-ona yoki analog gormon deb ham atashadi. “Endogen” degan atama tabiiy ishlab chiqilgan degan ma’noni bildirib, endogen Testosteron inson organizmida erkaklar moyaklarida joylashgan Leydig hujayralarida ishlab chiqariladi. Unga teskari atama – “ekzogen” esa, sun’iy ishlab chiqilgan moddalar atalib, ular organizmga tashqaridan – in’eksiya, peroral yoki boshqa usul yordamida kiritilganlarga qo’llaniladi. Inson organizmida yana ikki tabiiy endogen gormon bo’lib, ular hosila anabolik steroid ishlab chiqishda ajdod bo’lib xizmat qiladi. Bu Nandrolon va Digidrotestosterondir (DGT).

Organizmda Testosteron 5-alfa-reduktazlar (5AR) fermenti yordamida Digidrotestosteronga metabollashadi. Bu degani, DGT – bu Testosteron metabolitidir. Nandrolon, o’z navbatida, Testosteronning estrogenga aromatizatsiyasi (o’zgarishi) nojo’ya ta’siri mahsuli hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, Testosteron barcha anabolik steroidlar manbai bo’lib xizmat qiladi. DGT, Nandrolon, shu bilan birga, uning hosila va analoglari Testosteronsiz mavjud bo’lmaydi.

Testosteronning o’zi, asosiy erkaklik jinsiy gormoni hisoblanadi. Gormonlar – bu inson organizmidagi kimyoviy vositachidir. Aynan ular hujayralarga nima qilish kerakligi haqidagi xabarni yuborishadi. Masalan, mushak massasini oshirish, davolash yoki qayta tiklash, foydali moddalar ishlab chiqish, aniq bir ish bajarish. Turli xildagi gormonlarsiz inson organizmining faoliyatini nazorat ham, boshqarib ham bo’lmaydi.

Ishlab chiqiluvchi Testosteron darajasi o’rta statistik erkak organizmida bir qancha faktorlarga bog’liq bo’lib, bular: individual genetika, yosh, odatlar, hayot tarzi, ozuqa tanlovi va jismoniy faollik. Erkaklarda o’rta hisobda bir hafta davomida 50-70 mg Testosteron ishlab chiqish darajasi o’rnatilgan. Aniq bir erkak uchun qanday ko’rsatkich bo’lishi, yuqorida aytib o’tilgan faktorlarga bog’liqdir.

Hammaga ma’lumki, Testosteronning yorqin faoliyati jinsiy balog’at davrida yaqqol ko’rinadi. Sabab – Testosteron sekretsiyasi ishlab chiqilishi, inson hayotining aynan shu davrida o’zining maksimal darajasiga chiqadi. Gormonlarning bunday jo’sh urishi, erkak tanasidagi organizm qayta qurilishi va juda muhim bo’lgan jismoniy o’zgarishlar faolligida zarurdir. Testosteron ko’plab jarayon va tizimli funksiyalarni to’g’rilaydi, barcha gormonlar tabiyati shudir va Testosteron ham bundan mustasno emas. Barcha bu xarakteristikalar ikkinchi darajali erkaklik jinsiy belgilar yoki androgenli (maskulin) natijalar deb nomlanib, Testosteronning noadekvat darajada past bo’lganida, ular kerakli tarzda rivojlana olishga qodir emas.

Testosteron vazifalari

Testosteron nima? To’liq qo’llanma

Erkaklarning asosiy jinsiy gormoni sifatida Testosteron erkaklardagi ikkinchi darajali erkaklik jinsiy gormoni belgilari (ovoz dag’allashishi, tana va yuzda tuklar o’sishi, teri yog’ bezlari sekretsiyasi oshishi) rivojlanishi va qo’llab-quvvatlanishi uchun, shu bilan birga, spermatogenez (spermatozoidlar ko’payishi) va libido o’sishi (seksual funksiya) kabi erkaklarning jinsiy gormoni rivojlanishi va o’sishiga javob beradi.

Mushaklarni o’stirishga qobiliyati ham androgen samarasi bo’lib, uni anabolik kuch nomi bilan alohida tasniflanadi. “Anabolik” so’zi organizmdagi to’qimalar o’sishi stimulyatsiya jarayonini ta’riflaydi, ushbu aniq vaziyatda esa – mushak to’qimalaridir. Bu Testosteronni oqsil sintezi tezligi = bu organizm mushak to’qimalarida qisqaruvchi oqsilning yangi zanjirini sintezlashtirish va barpo etishi oshganligiga belgi berishga qobiliyati tufayli ro’y beradi. Aynan shuning uchun erkaklar ayollarga nisbatan ko’p mushaklarga ega va og’ir mushak massasiga egadirlar.

Ayollar organizmi Testosteronni kichik hajmda ishlab chiqaradi. Agar erkaklar tanasi Testosteronni kuniga taxminan 2,5-11 mg endogen ishlab chiqarsa, ayollarda bu ko’rsatkich taxminan kuniga 0,25 mg darajasi atrofida bo’ladi. Bu degani erkaklarnikidan taxminan 90% ga (yoki 1/10) kam. Ayollar asosiy gormoni bu estrogen bo’lib, steroid noanabolik guruhiga tegishlidir.

Estrogen va Testosteron organizmda o’zlarini turlicha namoyish etishadi, aynan ana shu yerdan jinslar orasidagi katta farq seziladi. Masalan, tabiyatdan ayollarga mayin tembr va yumaloq shakl xos bo’lib, bu estrogen ta’sirining odatiy belgilari hisoblanadi, tananing turli qismlarida yog’ning ushlanishi/yig’ishga qobiliyatidir. Bu ayollarning biologik roli nuqtai nazaridan muhim, masalan, homiladorlik va homilani rivojlanishi uchun. Bu farqqa qo’shimcha tarzda, ayollarga nisbatan past bo’ylilik, mushak massasining kamligi (o’rtacha erkak vazni bilan solishtirilganida), ular suyaklarning vaqt o’tishi bilan yemirlishiga moyilligi kuchliroqdir. Bularning hammasi gormonal dinamikadagi jinsiy farqlarning to’g’ridan-to’g’ri natijasidir.

Testosteronning hujayra darajasidagi ta’siri

Testosteron nima? To’liq qo’llanma

Barcha gormonlar kabi, Testosteron ishtirokidagi tizimli va hujayrali jarayonlar yetarlicha murakkab va o’zi ichiga to’g’ri va vositali turli mexanizmlarni oladi. Anabolik steroidlar, Testosteron hosilasi bo’lgan holda, o’xshash xususiyatlarga egadir. Ko’p to’qimalar mavjud bo’lib, ularda Testosteron o’ziga xos jarayonlarni ishga tushiradi. Qon oqimiga tushib, gormon organizm tuli maqsadli hududlariga erkin joylashib, hujayra to’qimalariga buyruq beruvchi axborot signallarini tashib beruvchi bo’lib ta’sir ko’rsatadi.

Testosteronning faolligi mushak (skelet mushaklari), teriosti va dermal to’qimalar (teri va teriosti qavat), bosh terisi, buyraklar, suyaklar, markaziy asab tizimi va prostataga yo’naltirilgan. Aynan shu to’qimalarda asosiy gormonal jarayonlar: ma’lum bir to’qima yoki hujayralar ichida joylashgan gormon retseptor bilan bog’lanadi va xabar yuborishni tashkillashtiradi. Bu xabar aniq bir ishni bajarish kerakligi haqidagi instruksiyasidan tarshkil topgan. Xabar hujayraga tushadi, bundan so’ng esa, o’z navbatida signalni qabul qiladi va buyruq bajarish jarayonini boshlaydi.

Testosteron va estrogen kabi steroid gormon holatlarida, o’ziga xos retseptorlar hujayra ichida joylashgan bo’ladi. Testosteron uni faollashtirishga turtki berish uchun androgen retseptorlari bilan bog’lanadi. Faqat steroid gormonlar, hujayra ichida joylashgan Testosteron, estrogen, kortizol yoki boshqa har qanday turdagi steroid gormonlar o’zining tabiyatiga ko’ra, yog’ eritib yuborish funksiyasi xos retseptorlar bilan aloqa o’rnatish mahoratiga ega. Bu degani, ular osonlik bilan hujayra membranasi fosfolipid (yog’) to’sig’idan o’ta oladi. Peptid (oqsil) gormonlari bunday hususiyatga ega emas va hujayra ichiga kira olmaydi.

Gormonlarning boshqa turlari

Testosteron nima? To’liq qo’llanma

Gormonlarning boshqa turlari ham mavjud bo’lib, masalan peptid (oqsilli deb ham tanilgan), hujayra membranasining tashqi yuzasida joylashgan retseptorlar bilan bog’lanib, o’z vazifasini bajaradi. Peptid gormonlar retseptorlar bilan o’zaro ta’sirlashib, hujayra ichiga kira olmaydi, shuning uchun ularning faolligi uning ustiki qismida ro’y beradi. Testosteron to’qima va organizm hujayralariga faqat ta’sir qilishi mumkin, maxsus gormonal retseptorlar (androgen retseptor) tashkil topgan, shundan kelib chiqqan holda, u faqat aniq bir to’qima va hujayralarga ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Uch turdagi gormon (steroid, peptid, monoamin) gormon-retseptor prinsipiga ko’ra amal qiladi. Biologiyada gormon va retseptorning o’zaro ta’sir jarayonini kalit va qulf misolida tasvirlanib, kalit – bu gormon, qulf – retseptordir. Ularning aloqasi faqatgina to’liq mos kelgandagina ro’y berishi mumkin. Bunday tarqoq va o’ziga xos bo’lmagan solishtirish to’liq tasavvur bermaydi, muhimi bir narsani tushunish – ma’lum bir harakat sodir bo’lishi uchun ikkala komponent bir-biriga ideal ravishda mos kelishi kerak.

Peptid va monoamin kabi nosteroid gormonlar, bir xil ta’sir ko’rsatib, lekin ular yuqorida aytib o’tilganidek hujayraning tashqi yuqori qavatida joylashgan retseptorlar bilan aloqaga kirishadi va ularni faollashtiradi. Steroid va nosteroid gormonlarning retseptorlar orqali beradigan signallar usullari prinsipial farqlarga ega. Peptid yoki monoamin gormonlar hujayra yuqorisidagi retseptorlar bilan bog’lanadi. Signallar hujayra ichida joylashgan va elchi sifatida ta’sir qiluvchi turli oqsillar va enzimlar orqali yuboriladi. Retseptor orqali signal qabul qilinib, bu oqsillar ATF (Adenozintrifosfat) va sAMF (siklik Adenozinmonofosfat) kabi mashhur messenjerlar sifatida faollashadi. Hujayra ichida yadroga joylashib, ular genlar transkiptsiya jaryonini faollashtiradi. Shu tarzda, steroid va nosteroid gormonlarning funksiyasi o’xshash bo’lsada, ular turlicha ta’sir ko’rsatishadi.

Gormonning ta’sir mexanizmi

Testosteron

Testosteron nishon-hujayraga hujayrali fosfolipid bislo diffuziya yo’li orqali tushadi. Bu barcha hujayrani qamrab oluvchi tashqi qatlamdir. Keyin gormon sitozol (hujayra ichidagi suyuqlik bilan to’lgan bo’shliq) orqali o’tadi va androgen retseptori tomon yo’naladi. Retseptor topilishi bilanoq, Testosteron u bilan bog’lanadi va bitta yahlit deb qaraladigan – “retseptorli majmua” paydo qiladi. Keyinroq bu majmua hujayra yadrosiga joylashadi va u yerda, u DNK ma’lum bir ketma-ketlikni faollashtiradi. Bu o’ziga xos iplar/DNK ketma-ketligi, “gormonal javob elementi” deb tanilgan bo’lib, ular Testosteronni hujayraga ta’siri maqsadini ko’zda tutadi.

Bu mexanizmni mushak hujayralari misolida ko’rib chiqamiz: retseptor majmuasi genlar transkripsiyasini (nusxa olish va DNK o’ziga xos kodini sanash) faollashtiradi. Bu kodda hujayrada sintez boshlash va oqsil qisqartirish buyrug’i bor. Kodni sanab, hujayra oqsillarni sintez qilishni boshlaydi, shu bilan kuch ortishi va mushaklar hajmi o’sish jarayonini qo’yib yuboradi. Oddiy qilib aytganda, Testosteron hujayraga kiradi, ma’lum bir ishni bajarish uchun yo’riqnoma/chizmalar bor ichki konteynerni blokdan ochadi va undan so’ng, hujayraga shu yo’riqnomani bajarish kerakligini yetkazadi. Shunday qilib, u mushak hujayralariga yangi to’qima o’sishini boshlash haqidagi ma’lumotni yetkazadi. Androgen retseptorining boshqa turdagi hujayralar bilan o’zaro ta’siri boshqa hujayra javobi – bu gentik ketma-ketlikni “o’qish”ga tashabbus ko’rsatadi.

Mushak hujayralarida Testosteron nafaqat yangi komponentlar konstruksiyasini qurish (aktin va miozin qisqaruvchi oqsillar) jarayonini faollashtiradi, balki boshqa funksiyalar Glikogen (mushak energiyasini ishlab chiqish uchun uglevodlarning foydali shakli) shaklidagi uglevodlarni jamg’aruvchi hajmni oshirish uchun mushak hujayralariga instruktaji kabi genlar transkripsiyasini ekspresslashtiradi. Belgi berish jarayoni nihoyasiga yetgandan so’ng, Testosteron retseptorli majmuani buzgan holda dissotsiyatsiyalanadi ya’ni ajraladi. Keyinroq u hujayrada qayta aloqa onlarini kutib qolishi mumkin yoki uni tark etib, qon oqimiga qaytishi mumkin.

Yuqorida tasvirlangan jarayonlar hammasi sekin bir necha soat davomida o’tishini tushinish muhimdir. Professor Viktor Rogozkin tadqiqotlari ma’lumotiga ko’ra, anabolik steroid gormoni retseptorli majmua bo’lib shakllanishidan to dissotsiyatsiya jarayonining nihoyasiga qadar taxminan 4-6 soat vaqt kerak bo’ladi. Bu tadqiqotlar oldindan mavjud bo’lgan teoriya – anabolik steroid sikli jarayonini pasaytirgan holda “to’yinadi” degan teoriyani rad etgan holda, yana gormon retseptordan ajralgandan so’ng yangi androgen retseptorlari paydo bo’lishini ko’rsatdi.

Gormonning organlarga ta’siri

Testosteron nima? To’liq qo’llanma

Testosteron va androgenga qardoshlarning boshqa organlarga, masalan – buyrakka ta’siri xollari mavjud. So’nggi natija bunday ta’sir oqibatida, kutilganidan boshqacha bo’ladi. Testosteron signal yuborishning o’sha prinsipi-retseptor bilan o’zaro ta’siranishi asosi orqali, buyrak hujayralariga Eritropoetin (EPO) deb tanilgan oqsil gormonini ishlab chiqarish jaryonini boshlanishiga yoki o’sishiga buyruq beradi. Undan so’ng, qayta tiklangan oqsil suyak iligiga tushadi va eritrotsit ishlab chiqilishini oshirilishi haqida signal beradi. Bu anabolik steroid kursi davrida, eritrotsit va gemoglobin darajasini oshishiga olib keluvchi jarayon – aynan shudir.

“Gemoglobin darajalari” va “eritrotsitlar miqdori” sinonim bo’lib, gemoglobin bu – oqsil bo’lib, har bir eritrotsitning markazida mavjud. Ular o’pkaga tushib, eritrotsitlar kislorod molekulasi bilan birlashadi, undan so’ng, qon oqimi bo’ylab harakatlanib, ular biriktirilgan kislorodni yetkazib bergan holda turli to’qima va hujayralarga qayta joylashishadi. Gemoglobin darajasining ortishi har doim eritrotsitlar miqdorining oshishi bilan korrellashtiriladi. Va barcha anabolik steroidlarga oz yoki ko’p miqdorda eritropoez samarasi xosdir. Ammo, Digidrotestosteron va uning ba’zi hosilalari bunday faollikni buyrak hujayralarida ko’rsatmasligi haqida dalillar ham bor, chunki 3-alfa-gidroksisteroiddegidrogenazlar fermentlar guruhlari hududida yuqori konsentratsiya buyrakda va shu bilan birga mushak to’qimalarida mavjud bo’lgan DGT faol bo’lmagan gormonlarga tez metabollashadi.

3-alfa-gidroksisteroiddegidrogenazlar fermenti katta miqdorda mushak to’qimlarida, buyraklarda va bir qator boshqa organlarda mavjud. U ikki faol bo’lmagan metabolitlar: 3-al’fa-androstandiol va 3-beta-androstandiol shaklidagi mushak to’qimlariga singuvchi har qanday DGT metabolizmiga xizmat qiladi. Bu ikki gormon mushak to’qimalarida anabolik emasdir. Bu esa, nima uchun DGTning har qanday miqdori mushak to’qimalarida anabolik steroid emasligi savoliga javobdir.

Ko’plab ximik va biologlar 3-gidroksistroiddegidrogenaz fermentining mushak to’qimalarida mavjud emasligi, DGTni juda ham kuchli anabolik steroid qilishi mumkin edi deb haqqoniy hisoblashgan. Bunday vaziyatlarda hosila DGTlarning kalit yutug’i bo’lib, bunday kimyoviy modifikatsiyalar gormonga 3-gidroksisteroiddegidrogenaz fermenti bilan o’zaro ta’sirlashmaydi va ularga metabollashmaydi ham. DGT analoglari esa mushak to’qimalariga va buyrak hujayralariga singib, ularga kuchli anabolik ta’sir o’tkazadi.

Organizmga gormonning ta’siri

Testosteron nima? To’liq qo’llanma

Yog’ hujayralari Testosteron kabi androgenlarga juda ta’sirchan. Va ular yog’ni sezilarli yo’qolishini chaqimasa ham, ularga yog’ hujayralarining lipoliziga (parchalanishiga) tashabbuskorlik xosdir. Lipoliz jarayonini o’rganish natijasi tufayli, androgenlarning yog’ hujayralari retseptorlari bilan ta’sirlashishida, beta-adrenergik retseptorlarning miqdori oshishi o’rnatilgan. Bundan ravshanki, Testosteron va unga bo’gliq anabolik steroidlar haqiqatda ham organizmdagi yog’ miqdorini boshqarishda muhim o’rin egallaydi.

Bunga qondagi Testosteron va androgenlar darajasi qandaydir bir sabab bilan pasaygan holatida, yog’ to’qimalari o’sish fakti isbot bo’ladi. Bu tasdiqqa aniq misol bo’lib, yuqorida aytib o’tganimizdek, ayollardagi androgen darajasining erkaklarnikiga qaraganda pastligini aytish mumkindir. Bunda yog’ni to’planishiga sabab bo’luvchi estrogen ham muhim o’rin tutadi. Qaerda estrogen miqdorining ortishi ko’paysa va/yoki yog’ to’planishi kuzatilsa, masalan, gipogonadizm va andropauza bilan aziyat chekuvchi bemolrlarda, yog’ to’qimalari massasining o’sishi bilan bir vaqtda Testosteron darajasining kamayishi bilan kuzatiluvchi holatlarda, yog’ to’qimalarining massasining o’sish jarayoni jadallashib ketadi. Bu anabolik steroid qabul qiladigan sportsmenlar va bodibilderlar, kurs davomida turli yo’llar bilan qondagi estrogen darajasini nazorat qilishga va kamaytirishga intilishlarining sabablaridan biridir. Teskari jarayonlar androgen darajasini oshganligida ro’y beradi. Bunday holatda, yog’ to’planishiga moyillik mushak massasining o’sishiga yo’l beradi va tana tuzilishi mushaklarning ortganligi va solishtirganda, yog’ qatlamining yupqalashishiga o’rin beradi.

Testosteron ter qatlamining yog’ bezlariga, tananing barcha yuzasidagi soch follikulalariga, prostata bezlariga va ba’zi bir boshqa to’qima va organlariga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Tananing bosh terisi va prostata bezlari kabi a’zolari androgenga nisbatan alohida sezuvchanlikka egadir. Bu tas’irlar tashqi ko’rinishda, Testosertonning faoliyatiga yuqori reaksiya – ikkilamchi erkaklik belgilari ko’rinishida namoyon bo’ladi. Bular ayniqsa jinsiy yetilish davrida yaqqol namoyon bo’ladi. Bu tanada soch o’sishi va yuzda soqol o’sishi, yog’ bezlari sekretsiyasining yuqoriligi va buning natijasida, aknening paydo bo’lishi bilan namoyon bo’ladi. Lekin husnbuzarlar nafaqat o’smirlarning muammosidir. Teridagi yiringli toshmalar anabolik steroidlar kursida androgenga ta’sirchanligi yuqori bo’lgan sportsmenlar va bodibilderlarda ham ko’p uchraydigan nojo’ya ta’sir hisoblanadi.

Testosteron nima? To’liq qo’llanma

Ushbu to’qimalarning o’zgarunvchaligi androgen Digidrotestosteron (DGT) ta’siri ostida yanada kuchayadi, ba’zilari Testosteronga tiklanadi (yoki ayalandi). Teri qavatlari va prostata bezlari Testosteronning DGTga aylanishiga javobgarlikni oluvchi 5-al’fa-reduktazlar (5AP) fermentining yuqori konsentratsiyasiga ega. Hosila sifatida yuqori ta’sirga ega, DGT androgen retseptorlari bilan yanada mustahkam aloqa o’rnatadi va shuning uchun ta’sirchan to’qimalarga yanada jadal ta’sir ko’rsatadi.

Soch to’kilishiga kelsak, bu erkaklarda ko’p duch kelinadigan muammo. Bu yerda bir narsani tushunish kerak – soch to’kilishi hamma individga xos bo’lmagan nojo’ya ta’sir hisoblanadi. Androgenning yuqori darajasi ta’siri ostida soch to’kilishi ro’y berishi uchun shunga mos moyillik bo’lishi kerak, aniqrog’I erkaklarga xos soch to’kilishiga (EST) genetik jihatdan moyillik bo’lishi kerak. Shu tariqa, Testosteron va uning yanada kuchliroq metaboliti Digidrotestosteron bosh terisida joylashgan androgen retseptorlari bilan bog’lanib, shu genetik xususiyatlarga moyilligi bo’lgan erkaklarda soch to’kilishini chaqirish ehtimoliyati bordir.

Bunday ta’sir nafaqat erkaklarda, balki ayollarda ham kuzatilishi mumkin. Aytib o’tish muhimki, bunday o’ziga xos genga ega bo’lmaganlar androgenni katta dozada, aniqroq qilib aytganda, har qanday dozasini qabul qilganlarida ham, sochlari to’kilmaydi. Shuning uchun ba’zi bir odamlar borki, butun umr eng kuchli bo’lgan masalan, Trenbolon kabi kuchli androgen anabolik steroidlarni uzoq yillar davomida kursdan kursga qabul qilib borishiligiga qaramay, hattoki qariganlarida ham boshlarida sochlari ko’p bo’ladi. Boshqa bir omadi kamroq chopgan insonlar esa, bir vaqtda kam ta’sirga ega preparatlardan foydanlanishganida ham soch yo’qotishadi. Bundan kelib chiqqan holda, Testosteron soch to’kilishini yuzaga keltirmaydi. Buni nasliy genetika yuzaga keltirib, gormon esa jarayonni tezlashtiruvchi bir katalizator bo’lib xizmat qiladi.

Testosteronni o’rin bosuvchi gormonal terapiya (O’BGT) sifatida tibbiyotda qo’llanilishi

Testosteron nima? To’liq qo’llanma

Testosteron va uning hosilalari tibbiy maqsadlarda keng qo’llaniladi. Gormonlardan kasalliklarning keng spektrini davolashda foydalanishadi. Ularning soni juda ko’p bo’lib, hammasini yoritib berish uchun Testosteron va boshqa anabolik steroidlarni tibbiyotda qo’llanilishi haqida alohida maqola yozish kerak bo’ladi.

Testosteron va uning analoglari gipogonadizm va andropauza bilan kurashishda, ayollardagi ko’krak bezi saratonini davolashda, nasliy angionevrotik shishlar va anemiya bilan kurashishda muvaffaqiyatli qo’llanilib kelingan. Gormonni OITS va OIV yuqtirgan insonlarni mushak atrofiyasida qo’llashgan. Testosteronni yong’in qurbonlarining terapiyasiga, erkaklar bepushtligiga, ayollarning libido bilan muammosiga va menopauzani davolashda kurs qilib belgilangan. O’smirlarda bo’y o’sishining buzilishi va osteoporozda, Terner va Klaynfelter Sindromida, bachadondan surunkali disfunksional qon ketishida (menorragiya), endometrioz va boshqa ko’plab holatlarda Testosteron va uning analogi bilan gormonal davolash belgilangan.

Ravshanki, anabolik steroidlar ajoyib ta’sir ko’rsatadigan dorilar bo’lib va ular tibbiyotda taxminan barcha kasalliklar bilan kurashishda qo’llaniladi. Bu gormonlar organizmga tizimli ta’sir ko’rsatib, davolanishning chegarlanmagan tanlash usullari va variantlariga keng imkoniyat ochib beradi. Anabolik steroidlar va ularning asosi Testosteron, 70 yildan ortiq mavjud bo’lgan davrida medikamentoz foydalanishda ham, retsepstiz qo’llanilishda ham yuz minglab insonlarning hayotini saqlab qolishda yordam bergan.

Zamonaviy tibbiyotda Testosteronning asosiy qo’llanilish sohasi bu o’rin bosuvchi terapiya (O’BGT) bo’lib, shu bilan birga, o’rin bosuvchi gormonal terapiya yoki o’rin bosuvchi androgen terapiya (O’BAT) deb ham tanilgan. Qoidasiga ko’ra, O’BGT medikamentoz davolash shaklini o’zida namoyish etib, uni Testosteron darajasi past bo’lgan bemorlarga yozib beriladi. Bunday anomaliya, bir qator sabablarga ko’ra rivojlanib, meditsina atamasida “Gipogonadizm” deb atalib, u moyaklar yetarlicha Testosteron ishlab chiqarmaydigan holatni ifodalaydi. Funksional zaiflik genetika, jismoniy jarohatlanish, kasallik yoki boshqa sabablarga ko’ra bo’lishi mumkin.

Maxsus tibbiyot atamasida, Testosteronni to’g’ri ishlab chiqarilishi yoshga bog’liq holda kamayishidan aziyat chekuvchi insonlar holatini “Andropauza” deb ataladi. Butun dunyodagi tibbiyot sohasi xodimlari Testosterondan ko’p hollarda Gipogonadizm va andropauzani davolash uchun foydalanishadi. Bu oddiy terapetvik jarayon erkak bemorlar uchun bo’lib, unda Testosteron dozasini qo’shish orqali organizmdagi uning ko’rsatkichlarini me’yorga yoki undan yuqoriroq qilish maqsadida qo’shiladi. Davolanish kursini odatda andropauzadagi bemorlar o’tishadi. Ko’pincha bu yoshi 30dan oshgan erkaklardir. Bu yosh kontingenti Testosteron darajasi yillar davomida kamayib borishini ishonarli tasdiqi va isboti hisoblanadi.

Testosteron darajasi pasayganining birinchi sezilarli beliglarini tibbiy bilimga ega bo’lmagan insonlar ham oson aniqlashlari mumkin. Bu jinsiy funksiya va libidoning (erektil disfunksiyani ham o’zi ichiga oladi) sezilarli darajada susayishi, holsizlik, kundalik quvvat zahirasining kamayishi, ish qobiliyatini yo’qotilishi, turli daraja og’irlikdagi depressiv holatlar, suyaklar mo’rtligining oshishi, motivatsiya kamayishi, xotira va mushak massasining yo’qotilishi kabidir. Bu kabi asoratlar andropauzani boshdan o’tkazayotgan odamlarda uchraydi. Analogik asoratlar umumiy gipogonadizm rivojlanishining belgilari ham bo’lishi mumkin. Chunki, umuman olganda, andropauza gipogonadizmning kategoriya ostisi hisoblanadi. Bu shunchaki kasallikning turlari bo’lib, yoshga bog’liq gipogonadizm deb ham atash mumkin. Yuqorida sanab o’tilgan asosiy belgilar Testosteronning me’yoriy darajasining kamayganligidan dalolat beradi.

Qondagi gormon darajasi

Testosteron nima? To’liq qo’llanma

Qondagi ruxsat etilgan gormon miqdori haqidagi mulohazalar, uning organizmdagi mavjudligining foiz ko’rsatkichlari shifokorlar qo’llanib kelishadigan va o’rtacha ma’lumot beruvchi hisoblanadi. Qondagi Testosteronning darajasini nazoratdan o’tiladigan konsentratsiya diapazonlari aniq bir tibbiyot xodimi va tashkilot fikriga bog’liq holda turli-tuman bo’ladi.

Standartlar mamlakatlar uchun ham, alohida bir tibbiyot tashkiloti uchun ham bir xil emas. Lekin farq mavjudligiga qaramay, bir narsani tushinish kerakki, nazorat diapazoni hech nima bilan reglamentlantirilmagan va har bir shifokor bemorni o’z unikal baholash usuli orqali uning holatini davolashi mumkin. Buni hisobga olgan holda, Testosteronning o’rtacha endogen diapazoni agar u 350 ng/dl va 850 ng/dl ko’rsatkichlari oralig’ida bo’lsa, u mey’oriy deb hisoblanadi. Bunday interval mohiyati yuqorida aytib o’tilganidek, o’zgarishi mumkin. Masalan, alohida bir adabiyot manbalarida ba’zi bir mamlakat/hudud/tashkilotlarda qabul qilingan 241-827 ng/dl diapazonida mo’ljal olishni taklif etiladi. Umuman olganda, 350-850 ng/dl darajasini me’yor deb qabul qilinadi.

Maksimal va minimal me’yoriy deb hisoblash qabul qilingan (350-850 ng/dl) chegaralar mohiyatini uchga bo’linadi: quyi, o’rta, yuqori. Masalan, agar ma’lum bir shaxsning qon plazmasida Testosteron darajasi 750 ng/dlni tashkil etsa, bu degani me’yoriy diapazonning yuqori chegarasida, agar 430 ng/dl bo’lsa, quyi chegarasidadir. Testosteron darajasi 350 ng/dldan quyi bo’lsa, kritik hisoblanilib, lekin avvalroq aytib o’tilganidek, ba’zi bir tibbiyot hodimlari bu ko’rsatkichni 241 ng/dl yoki undanda quyi deb, bu ko’rsatkichni yanada kam qilishga moyillik bildirishadi. Shu tarzda, Testosteron tarkibining me’yoriy ko’rsatkichi keng diapazonda tebranadi. Bu esa nima uchun gipogonadizmning hali ham yetarlicha baho berilmagan kasallik ekanligini talqin etuvchi sabablardan biridir.

Ko’pchilik shifokorlar bunday jiddiy kasalikka asossiz bee’tibor bo’lishligiga qaramay, Testosteronni istamay tavsiya etadilar. Gipgonadizm simptomlari vujudga kelgan inson, tibbiy yordam uchun murojaat etishi shart. Bunda muammoning qanchalik jiddiyligini tushunadigan va bemor bilan ma’suliyat bilan shug’ullanadigan shifokorni tanlash muhimdir. Ko’pchilik shifokorlar savolni yaxshi o’zlashtirib olishmagan va gipogonadizm haqidagi nazariy-amaliy bilimga emaslar, davolash o’rniga kasallik alomatlarini inkor etishni afzal ko’rishadi.

Kasallik ma’lum bo’lganidan so’ng, Testosteron darajasi haqiqatdan ham kritik darajada ekanligiga ishonch hosil qilish uchun qon tahlilini o’tkazish kerak. O’tkazilgan qon tarkibi tahlili natijalarini qo’lga kiritmaguncha, bemor gipogonadal ekanligiga mutlaq ishonch hosil qilish mumkin emas.

O’rin bosuvchi gormonal Testosteron terapiya (O’BGTT), uning darajasini me’yoriydan yuqori chegarasigacha oshiradigan va yuqorida aytib o’tilgan barcha alomatlarni yumshatishning yuqori imkoniyatiga egadir. O’BGT qo’llanilganida, kasallik belgilarini kamayishining turli diapazonlari mavjud. Masalan, agar daraja 350 ng/dl yoki undan yuqoriroqdan qayta tiklansa, jinsiy disfunksiya va libido to’g’rilanadi.

Testosteron Enantat, 6 oy davomida har 21 kunda bir marta, 250 mg dozada yuborilganida, suyaklarning mineral zichligi 5 foizga oshganilgining natijasini namoyish etdi. Bu Testosteronning me’yoriy fiziologik darajasini tiklash maqsadida uni qabul qilish, parallel ravishda organizmning boshqa organlari funksiyasini ham yaxshilashi mumkinligiga ajoyib isbotdir. Bunday samara, Testosteronni yuqorida ta’riflab berilgan hujayra darajasidagi ta’sir mexanizmi tufaylidir. U o’zida eritrotsitlar sonini oshirish, quvvat berish, ahvolni yaxshilash va mushak massasini qayta tiklanishini jamlaydi.

Turli tadqiqotlar mavjud bo’lib, umumiy qilib sog’lom erkak organizmidagi Testosteron o’rta darajasi diapazonlari o’rnatilgan.

Testosteron darajalari (ng/dl)
Yosh Umumiy Testosteron Standart chetga chiqish Erkin Testosteron Standart chetga chiqish GJGB (nmol’/l) Standart chetga chiqish
25-34 617 170 12.3 2.8 35.5 8.8
35-44 668 212 10.3 1.2 40.1 7.9
45-54 606 213 9.1 2.2 44.6 8.2
55-64 562 195 8.3 2.1 45.5 8.8
65-74 524 197 6.9 2.3 48.7 14.2
75-84 471 169 6.0 2.3 51.0 22.7
85-100 376 134 5.4 2.3 65.9 22.8
Manba: Androgens and the Aging Male (pp.3-14). Vermeulen, A. (1996)

Bir narsa muhimki, bu ko’rsatkichlar konstant sonlar emas va aniq bir holat ko’rib chiqilayotganida, katta farq qilishi mumkin. Ko’rsatkichlarni to’g’ri talqin etib beradigan va tushunadigan mutaxassisni topish zarur hamda yetarlidir. Masalan, Testosteronning umumiy darajasi erkin Testosteron darajasidan sezilarli farq qiladi. Erkin testosteron – bu qon plazmasidagi gormon miqdori, u GJGB (globulin, jinsiy gormonlarni bog’laydigan) bilan bog’liq emas va u organizmda o’z ishini erkin bajarishi mumkin. Kimda kim, GJGB atamasi bilan to’qnashmagan bo’lsa, u – jigarda ishlab chiqariluvchi oqsil bo’lib, jinsiy gormonlar (Testosteron, Estrogen va shu kabi) bilan bog’lanuvchi va ularni faol qiluvchidir. U mohiyatiga ko’ra, gormonlarga kishan solib, ular bunday bog’lanishda qonda aylanishadi, lekin hech qanday vazifa bajarishmaydi.

Testosteron darajasining pastligi nafaqat yuqorida sanab o’tilgan belgilarni yuzaga keltiradi, balki sog’liq uchun turli havf va asoratlarni qo’zg’atadi. Erkaklar organizmida Testosteron darajasining kamayishi oqibatida yurak qon-tomir kasalliklari rivojlanish havfini oshirish kabi noxush holatlar shulardan biridir.

[1] va [2] tadqiqotlar O’BGTT qo’llaniluvchi Testosteron qondagi lipidlar (xolesterinlar) profilidagi ijobiy o’zgarishlarni namoyish etganini ko’rsatdi. “Yomon” PZLP (past zichlikdagi lipoproteinlar) darajasi va umumiy xolesterin miqdori kamayadi, “yaxshi” xolesterin YZLP (yuqori zichlikdagi lipoproteinlar) esa, mey’orda qoladi. Bunday dinamika stabil bo’lib va Testosteron darajasi suprafiziologik diapazon belgisiga yetib borganida, salbiy tomonga o’tishni boshlaydi.

Barcha ijobiy narijalarga qo’shimcha tarzda, Testosteronning tabiiy darajasini qayta tiklash, qorin sohasidagi yog’ qavatlarini kamayishiga olib keladi. Tadqiqot natijalariga ko’ra, semizlikdagi ortiqcha yog’ massasining foizi kamayadi, organizmning insulinga bo’lgan sezgirligi oshadi, qondagi glyukoza darajasi me’yorga keladi. Testosteronning past darajasi esa, aksincha diabet va semizlik kabi metabolik asoratlarga olib kelib, bu esa o’z navbatida yurak qon-tomir kasalliklarini rivojlanish havfini oshishiga imkon tug’diradi.

Albatta, O’BGTTni qo’llaganda, ba’zi bir potensial havf va salbiy natijalar ham bor. Odatda, Testoteron qabul qilinganda ro’y beradigan faolliklardir. Bunday muammo bilan yoshi katta erkaklar, yoshroq O’BGT bemorlariga qaraganda ko’proq duch kelishadi. Testosteron androgen bo’lganinligi tufayli, ba’zi bir odamlarda u PBBG (prostata bezlarida bezarar giperplaziya) chaqirishi va PMA (prostata maxsus antigeni) darajasini oshirishi mumkin. Prostata gipertrofiyasi odatda, sog’liq uchun hech qanday havf tug’dirmaydi lekin noqulaylik vujudga keltirishi mumkin. Va bir faktni e’tiborga olgan holda, Testosteron va unga qardosh androgenlar (DGT kabi) prostata saratonini chaqirmaydi, ular uni rivojlanishida havf tug’ilish uchun yetarlicha ideal holat bo’lgandagi sharoitida rivojlanishida rol o’ynashi mumkin. Sog’lom va oddiy erkak O’BGTT gacha prostatada muammosi bo’lmagan bo’lsa, odatda, ular bunday qiyinchilikka duch kelishmaydi. Avvalroq prostata saratoni bo’lgan va/yoki PMA yuqori darajasi aniqlangan bemorlarga esa, Testosteron qabul qilmaslik tavsiya etiladi.

Prostata muammolari, Testoseronni va har qanday anabolik steroidlarni qo’llash kabilar, odatda, yosh va genetik moyillik bo’lganida qo’llash mumkin emas. Bu haqida 2001 yil o’tkazilgan bir tadqiqot natijalari guvohlik beradi. Tajribada Testosteronning suprafiziologik dozasi (o’rin bosuvchi gormonal terapiya uchun emas, bodibilding uchun konsentratsiya) qabul qilinganidagi sog’liq holati o’rganilib: 20 hafta davomida haftasiga 600 mg. Natija: 18 yoshdan 35 yoshgacha bo’lgan 61 sog’lom erkaklarda prostata maxsus antigen (PMA) uchun sezilarli ta’siri aniqlanmadi.

Keyinroq maqolalar materiallarida biz o’rin bosuvchi gormonal terapiya usullari va davolash jarayonlari haqida batafsil to’xtalib o’tamiz va shu bilan birga, qon holatini baholash va o’rin bosuvchi gormonat terapiya natijalari monitoringini ham yoritamiz.

Testosteronni ish qobiliyatini oshirish va boshqa tibbiyotga doir bo’lmagan hollar uchun qo’llanilishi

Testosteron nima? To’liq qo’llanma

Taqdir haziliga ko’ra, bugungi kunda tibbiyot jamoatlari tomonidan Testosteronni ish qobiliyatini oshirish va jismoniy holatni yaxshilash maqsadida qo’llash tasdiqlanmagan. Bu hayratlanarli, chunki Testosteronni ilk qo’llanilishidan maqsad jismoniy ishchanlik va sport faollikni oshirishga bog’liq bo’lgan. Eng birinchi, rasmiy ravishda yaratilgan Testosteron analogi – Dianaboldan (Metandrostenolon), sportda kuch oshirish vositasi sifatida qo’llashdan boshqa maqsad bo’lmagan.

1930 yillarda, Testosteornni ilk bor sintezlash amalga oshirilganida, tibbiyot jamoalarining barcha e’tibori bu kashfiyotga qaratilgan edi. Har qanday tibbiyot sohasidagi mutaxassis bu moddaning qo’llanilish sohasi bag’oyatda keng va katta mashtabda bo’lishini tahmin qildi va bunday mulohaza ishonchli deb hisoblandi. Bu odamlarning hammasi haq edi. Testosteron va anabolik steroidlardan foydalanish ish qobiliyatini oshirish va jismoniy holatni yaxshilash – birinchi maqsad edi. Rasmiy meditsina tomonidan bunday preparatni qo’llash mumkin emas deyilishiga yagona sabab, bu – professional sportda aldash ro’y berish muammosida yashiringandir.

Bunga qaramay, anabolik steroidlardan birinchi navbatda ish qobiliyatni oshirish va tana tuzilishini yaxshilash uchun foydalaniladi. Bu foydalanish sohasi natijaviyligiga ko’ra, boshqa soha ko’rsatkichlar, shu qatorda tibbiyotda qo’llanilishidan ozgina yuqori turuvchi va u birinchi navbatdadir.

Testosteron ish qobiliyatini oshirish va tana tuzilishini yaxshilash maqsadida, o’z organizmida mavjud bo’lgan gormon (Testosteron) miqdorini oshirish orqali, sport potensialini maksimallashtirishga urunayotganlar foydalanishadi. Bu yetarlicha oson: Testosteronni suprafiziologik darajada (bodibilding uchun doza) mushak kuchlarini oshirish va mushaklar o’lchamini tezda oshirish jarayonini faollashtiradi. Bunda ovqatlanish va mashq samaraga mos keluvchi tarzda belgilanganidagina ro’y berishi mumkin.

Shu bilan birga, u mushak to’qimalarini yo’qotish havfisiz, yog’ massasini yo’qotishga qiziqqan bodibilder va insonlar tomonidan ham qo’llanilib, aks holda parhez davomidagi kaloriya defitsiti tufayli zarar ko’rishadi.

Anabolik steroidlar kuch oshishdagi, mushak massasi o’sishidagi va organizmdagi yog’ darajasini kamaytirishidagi ta’minoti yordami tufayli, u ham sportmenlar, ham o’z tanasini estetik ko’rinishini yaxshilashga urinayotgan odamlar orasida mashhurdir. Mushak massasini yig’ishning o’z genetik imkoniyatlarining eng yuqori cho’qqisiga erishgan insonlarga, Testosteron bu cho’qqini yanada yuqoriroqqa ko’tarishga yordam beradi. Muskulatura o’sishining genetik chegarasini yengib o’tishga yordam bu – Testosteron va uning anabolik steroidlarini ko’p tarqalgan u mushakni o’stirish uchun qo’llaniladi degan chalg’ituvchi fikrlarga qaramay, uni qo’llashdagi eng ko’p talab qilinadigan maqsaddir.

Bundan tashqari, Testosteronni tibbiyotga oid bo’lmagan boshqa sohalarada ham qo’llash hollari mavjud. Ular unchalik ham mashhur emas. Masalan, ularning libido oshirish hususiyati. Haqiqatda, mushak massasi o’stirish istagiga umuman bog’liq bo’lmagan, Testosteronni faqat bir (kam hollarda ikki) vazifani amalga oshirish uchun foydalanishga turli sabablarga ko’ra intiluvchi odamlar ham bor. Shunga qaramay, tibbiyot ko’rsatkichlarisiz Testosteronni qo’llash orasida ish qobiliyatini oshirsh va tanani yaxshilash kabilar ko’proq mashhurdir. Agar Testosteronni tibbiyot maqsadidan tashqarida qo’llanilishining barcha sohasini solishtirilsa, ish qobiliyatini oshirsh va muskullarni o’stirish istagi birinchi o’rinda turadi.


Genetics.uz anabolik steroidlar va kuchli ta’sir etuvchi moddalarni sotmaydi va qabul qilishga chaqirmaydi. Ma’lumot tavsiya etish xarakteriga ega emas va faqat tanishtirish maqsadida taqdim etilgan. U yoki bu preparatni to’g’ri qo’llash uchun albatta sport shifokoriga va/yoki sertifikatga ega trenerga murojaat qiling.

Buni ham o’qing

Parabolan – Trenbolonning savdo brendi

Genetics

Ekvipoyz (Boldenon) – preparatning ta’rifi va uning nojo’ya ta’sirlari

Genetics

Deka-Durabolin (Nandrolon dekanoat)

Genetics

Organizmdan steroidlarni chiqarib yuborish usullari

Genetics

Anabolik steroidlar turlari

Genetics

Anabolik steroidlar nima bu?

Genetics

1 Izoh

Shuxa December 2, 2019 - 11:40

Testostroni qanady kotarish boladi?

Javob berish

Saytdan foydalanishni davom ettirish orqali, siz Konfidensiallik siyosatiga mos ravishda cookie-fayl va boshqa ma’lumotlarning to’planilishi va foydalanilishiga o’z roziligingizni bildirasiz. Roziman Batafsil