Genetics.uz
Image default
Farmakologiya

Testosteron enantat – uzoq muddatli ta’sirga ega anabolik steroid

Testosteron nisbatan tabiiy va xavfsiz anabolik steroid hisoblanadi, shuningdek, ko’p tomonlama ta’sirga ega va turli maqsadlar uchun ishlatilishi mumkin. Shunday bo’lsa-da, Testosteron muhim kamchilikka ega bo’lib, bu – juda qisqa yarim parchalanish davri bo’lib, bu tez-tez chastotani talab qiladi va shu sabab, undan foydalanish noqulaydir.

Uzun efir zanjirining Testosteron molekulasiga qo’shilishi uning xususiyatlarini ajralish tezligini sekinlashtirish va yarim parchalanish davrini oshirishi sababli yaxshilash imkonini beradi. Bugungi kunda turli preparatlar ishlab chiqilgan: ba’zilari yagona eterifikatsiyalangan shaklga ega, boshqalari esa bir nechta aralashmadan iborat.

Testosteron enantat shunga o’xshash birikmalarga taalluqli hisoblanadi. Bu taxminan 10 kunlik yarim parchalanish davriga ega bo’lgan in’eksion preparat bo’lib, shundan keyin ham qondagi gormon darajasi taxminan 2-3 hafta davomida ko’tarilgan holatda saqlanadi.

Ushbu Testosteron birikmasi o’tgan asrning 50 yillarining boshida tasvirlab berilgan. Savdoda paydo bo’lgach, Testosteron enantat tezda g’arbiy tibbiyotda keng qo’llanila boshlandi hamda sportsmenlar va bodibilderlar orasida juda mashhurlikka erishdi, bu bilan ungacha qo’llanilgan eterifikatsiyalanmagan Testosteron va Testosteron propionatni siqib chiqardi.

Tibbiyotda Testosteron enantat odatda gipogonadizm va andropauzani (katta yoshdagi erkaklarda Testosteronining past darajasi bilan tavsiflangan patologiyalar) davolash uchun ishlatiladi. Kamdan-kam hollarda erkak jinsidagi o’smirlarning balog’atga yetishishlarini kechikish holatlarida ishlatiladi. Bundan tashqari, ayollarda ko’krak bezi saratoni bilan kurashish uchun kamdan-kam hollarda Testosteron enantat qo’llaniladigan usullar mavjud.

Bundan tashqari, erkaklar uchun kontratseptiv vosita sifatida tadqiq qilingan – shu narsa anqlandiki, ko’plab erkaklarda 200 milligrammdagi haftalik doza sperma ishlab chiqarish va uning faolligini pasaytiradi, ammo aniq ta’sir paydo bo’lishi uchun 3 oylik doimiy qabul qilish talab etiladi. Spermatogenez faoliyati preparatni qo’llash paytida to’xtaydi va uni qo’llash to’xtatilgandan keyin asta-sekin normal holatga qaytadi.

Kimyoviy tuzilishi

Testosteron enantat - uzoq muddatli ta’sirga ega anabolik steroid
Testosteron enantat strukturasi.

Testosteron enantat 17-beta pozitsiyasida enantat efir qo’shilgan molekula hisoblanadi.

Ushbu qayta shakllanish yog’ tarqaluvchanligini oshiradi va anabolik steroidlarning suvda eruvchanligini pasaytiradi, bu esa in’eksiya joyidan qonga sekinroq tarqalishiga olib keladi. Shu bilan birga, ta’sir davomiyligini oshirishning asosiy sababi, Testosteron enantat qon oqimiga kirganda, fermentlar efir va gormon o’rtasidagi aloqani yo’q qilishni boshlaydi – bu ma’lum bir vaqt talab etadi. Natijada, sof Testosteron asta-sekin efirdan ajrala boshlaydi va o’z vazifalarini amalga oshira boshlaydi.

Efirga bog’liq bo’lmagan Testosteronning yarim parchalanish davri 2-4 soatni tashkil qiladi xolos. Ushbu yangiliklar kritilishi natijasida indikator 10 kungacha ko’tariladi, bu esa sekinroq ajralishni ta’minlaydi va gormonning faoliyat muddatini uzaytiradi.

Xususiyatlari

Preparatning xususiyatlari boshqa Testosteron birikmasining xususiyatlariga o’xshash – farqi faqat ajralish tezligi va yarim parchalanish davri bilan bog’liq.

Bunga oydinlik kiritamiz, Testosteron odamlarda va hayvon turlarining aksariyat qismida tabiiy ravishda ishlab chiqariladigan asosiy anabolik steroiddir. Shu nuqtai nazardan, u eng xavfsiz anabolik steroid hisoblanadi, chunki inson tanasi allaqachon uning kichik miqdordagi ta’siriga o’rganib qolgan. Aslida, jismoniy holatni yaxshilash uchun Testosterondan foydalanish ilgari ham ishlab chiqarilgan gormonni ko’proq miqdorda kiritish demakdir.

Nojo’ya ta’sirlari

Testosteron enantat - uzoq muddatli ta’sirga ega anabolik steroid

Testosteron enantat juda mo’tadil nojo’ya ta’sirlarga ega. Preparatning afzalliklarini mumkin bo’lgan salbiy ta’sir bilan taqqoslash orqali, u juda muvaffaqiyatli anabolik steroid sifatida tan olish mumkin. Preparatning nojo’ya ta’siri doirasi juda keng, ammo Testosteron enantatning eng tabiiy anabolik gormon ekanligini tushunish kerak. Albatta, har qanday boshqa preparatlarda bo’lgani kabi, u yoki bu nojo’ya ta’sirlarning namoyon bo’lish ehtimoli tananing o’ziga xos xususiyatlari, sezgirligi va genetik moslashuvchanligi bilan belgilanadi.

Iste’molchilarda kuchli bezovtalikka olib keladigan eng sezilarli nojo’ya ta’sirlar estrogen ta’siri bilan bog’liq. Gap shundaki, Testosteron o’rtacha darajada aromatizatsiya qilinadigan anabolik steroid hisoblanadi, ya’ni fermentlar ta’siri ostida estrogenga o’tishga moyil. Shundan kelib chiqadiki, juda ko’p narsa dozaga bog’liq – u qanchalik baland bo’lsa, estrogenda aromatizatsiya darajasi shunchalik kuchli bo’ladi. Ushbu xarakterdagi nojo’ya ta’sirlariga tanadagi suyuqlikni ushlab turish va natijada yuzaga chiqadigan qon bosimi oshishi, meteorizm, yog’ miqdorining ko’payishi va unga qarshi kurashning murakkabligi, shuningdek, ginekomastiyaning rivojlanish ehtimoli kabilar kiradi.

Androgenik nojo’ya ta’sirlar ham ehtimoldan holi emas– androgen sifatida Testosteron tanadagi tegishli retseptorlari bilan o’zaro ta’sirga kirishadi, ammo asosiy sabab Testosteronning nisbatan kuchli androgen — Digidrotestosteronga (DGT) o’tishidir. Bu teri va prostata kabi ba’zi muhim organlarga ta’sir qiladi. Natijada, terining yog’ miqdori ortishi va u bilan bog’liq yog’ bezlarining yallig’lanishi, tana va yuzdagi soch o’sishi, erkaklarga xos kallik (agar insonda bunga genetik moyillikka ega bo’lsa) ko’payishi kabilar kuzatilishi mumkin.

O’tkazilgan tadqiqotlar natijasida preparatning gepatotoksikligi tasdiqlanmagan – hatto katta dozalarda ichga qabul qilingan holatda ham. Shunday qilib, ushbu preparatni qo’llashdan jigar bilan bog’liq muammolar yuzaga kelmaydi.

Anabolik steroid sifatida Testosteron enantat gipotalamus-gipofiz-moyaklar o’qining faoliyatini buzadi – boshqacha qilib aytganda, mustaqil Testosteron ishlab chiqarishni to’xtatadi.

Bundan tashqari, preparat yurak-qon tomir tizimiga salbiy ta’sir ko’rsatishi va xolesterin darajasida vaqtinchalik o’zgarishlarga olib kelishi mumkin.

Kursning davomiyligi va ta’siri

Testosteron enantat - uzoq muddatli ta’sirga ega anabolik steroid

Testosteron enantat turli xil ta’sirga ega – odatda mushak massasini yig’ish uchun ishlatiladi, shuningdek o’ziga xos tarzda qo’llanilishi va yog’ yo’qotish uchun ishlatilishi ham mumkin. Birinchi maqsad uchun preparat odatda juda yuqori dozada qabul qilinadi. Ushbu vosita efir zanjirining biriktirilishi bilan bog’liq uzoq yarim parchalanish davriga ega bo’lgani uchun kurs davomiyligi 10-12 hafta yoki undan ko’p bo’lishi mumkin.

Har ikkala holatda ham Testosteron enantat odatda kerakli ta’sirga ega bo’lish, massa miqdorini oshirish yoki yog’ yo’qolishiga yordam berish uchun boshqa birikmalari bilan birlashtiriladi. Birinchi maqsadga erishish uchun Deka-durabolin (Nandrolon Dekanoat) va (yoki) Dianabol (Metandrostenolon) ishlatiladi, ikkinchisi ta’sirni kuchaytirish uchun birinchi 6 hafta ichida qabul qilinadi.

Preparat yog’ yo’qotish uchun amalga oshirilganda, u odatda juda past dozada Testosteronni almashtirish terapiyasining bir qismi sifatida ishlatiladi. Bunday holda, asosiy e’tibor ushbu nuqtai nazardan yanada samarali bo’lgan boshqa vositalarga beriladi. Bunday miqdorda Testosteron enantat faqat tananing normal ishlashini saqlab qolish uchun xizmat qiladi.

Preparatning yarim parchalanish davri 7-10 kun ekanligini hisobga olsak, u kamida haftasiga bir marta qo’llanilishi kerak. Eng yaxshi rejim sifatida tegishli dozani bo’lish orqali haftasiga ikki marta qabul qilish hisoblanadi – bu istalgan ta’sirni optimallashtirish va qon plazmasida preparatning keskin ortishi ehtimoli bo’lgan nojo’ya ta’sirni kamaytirish uchun ham yordam beradi.


Genetics.uz anabolik steroidlar va kuchli ta’sir etuvchi moddalarni sotmaydi va qabul qilishga chaqirmaydi. Ma’lumot tavsiya etish xarakteriga ega emas va faqat tanishtirish maqsadida taqdim etilgan. U yoki bu preparatni to’g’ri qo’llash uchun albatta sport shifokoriga va/yoki sertifikatga ega trenerga murojaat qiling.

Buni ham o’qing

Deka-Durabolin (Nandrolon dekanoat)

Genetics

Testosteron propionat – preparat haqida umumiy ma’lumot va nojo’ya ta’siri

Genetics

Proviron (mesterolon) – ta’siri kuchsiz bo’lgan eng avvalgi steroid

Genetics

Testosteron nima? To’liq qo’llanma

Genetics

Parabolan – Trenbolonning savdo brendi

Genetics

Ekvipoyz (Boldenon) – preparatning ta’rifi va uning nojo’ya ta’sirlari

Genetics

1 Izoh

Samandar July 15, 2021 - 19:19

Testosteron Enantatni olsa bola kora oladimi

Javob berish

Saytdan foydalanishni davom ettirish orqali, siz Konfidensiallik siyosatiga mos ravishda cookie-fayl va boshqa ma’lumotlarning to’planilishi va foydalanilishiga o’z roziligingizni bildirasiz. Roziman Batafsil