Genetics.uz
Image default
Ovqatlanish asoslari

Sut va sut mahsulotlari. Ularning bodibildingdagi roli.

Qadimdan sut mahsulotlari insonlar uchun foydali moddalarga boy ozuqa bo’lgan. Sut tarkibida oqsil, yog’, uglevodlar bilan birga foydali bo’lgan kal’siy va vitaminlarning jamlamasi bo’lganligi uchun, sut mahsulotlari bolaning barkamol o’sishida katta ahamiyatga ega.

Balki shu sababli ham bodibildingning oltin davri – 50-60 yillarda sut mahsulotlari ko’pchilik atletlarning sevimli mahsuloti bo’lganiligi bejizga emasdir.

Haqiqatdan ham sut mahsulotlarining hillari ko’p bo’lib, bularning orasidan har bir inson o’zining mijozi va tabiatiga mos mahsulot tanlab olishi mumkin.

Bizning fikrimizcha, bu kategoriyadagi eng yaxshi mahsulotlarga sut (yog’sizlantirilgan yoki yog’i kam), tvorog, yogurt va pishloqlar kiradi. Bu mahsulotlarni biz ularning tabiiyligi, yangiligi va sifatiga ishonch hosil qilganimizdan so’ng, albatta taomimizga qo’shishimiz shart.

Bodibilderlar uchun ularning ratsionida turli-tuman sut va sut mahsulotlari bo’lishi muhim ahamiyatga ega. Chunki faqat qo’shimchalar va sport majmualarining o’zi bilan barcha kerakli moddalarni qabul qilishning o’zi aslo mumkin emas.

Sut mahsulotlarning foydali hususiyatlari va ularning yetarlicha yaxshi o’zlashtirilishligi (ba’zi insonlarning laktozaga chidamsizligi va shunga mos ravishda sut mahsulotlarini iste’mol qilishdagi muammolaridan tashqari) bilan birgalikda, ular sportsmenlar ratsionini mazzali, to’yimli va turli-tuman qilishadi.

Kelinglar, har bir mahsulotni alohida ko’rib chiqamiz:

Sut

Bu tabiyatning tengi yo’q in’omi bo’lib, afsuski bizning vaqtimizda (hozirgi kunda) sutlarning ko’p turi konsentrant – kukundan tayyorlangan. Sportsmenlarga sutni iste’mol qilish, uni yog’siz yoki yog’ foizi kam bo’lganini tanlash, ma’lum bir protein kokteyiliga qo’shib, uni yanada mazzali qilib tayyorlash imkonini beradi. Mahsulotning yog’lilik darajini bilgan holda, atlet tanasida ortiqcha yog’ to’planishidan qutiladi, ahir sut yog’lari juda ham to’yingan yog’dir. Sutning salbiy tomoni esa, bu uning tabiiy holdagisida foydali vitamin va minerallarning yo’qligi, faqatgina ishlab chiqaruvchi tomonidan qo’shilmagan bo’lsa, bu ham ko’p hollarda yozilgan me’yoridan kamroq bo’lishidir. Sutni bir kunda 1litrdan ko’p bo’lmagan miqdorini ichish tavsiya etiladi.

Yogurt

Yogurt (tabiiysidan boshlab, meva va boshoqli o’simliklar qo’shilganigachasi) huddi sutdek hususiyatga ega. Agar, u tabiiy bo’lmasa, (tabiisysi, bu albatta hammamiz biladigan qatiq) meva va boshqa qo’shimchalar qo’shilganining hisobiga, uning tarkibidagi shakar miqdori oshib, bu uni kulturistlar uchun eng yaxshi do’stga aylantirmaydi!

Yogurtning yana bir ajoyib hususiyati, bu – uning tarkibidagi hazm qilishga juda yaxshi yordam beradigan va ichaklarda foydali bakteriyalarni darajasini me’yorga keltiradigan sut bijg’ish bakteriyalarining borligidir. Yogurt, shuningdek, turli xil taomlarga ajoyib qo’shimcha bo’lib, u bodibilder ratsionini oz bo’lsada turli-tuman qiladi. Uni kuniga 300-500 gramm iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Tvorog

Sut mahsulotlari orasidagi protein miqdori bo’yicha u qiroldir. Tvorog va tvorog mahsulotlarining juda ko’p turlari mavjud bo’lib, eng afzali uning tabiiysidir. Yana uning yogurt va sutga yaqin bir qancha foydali hususiyatlari bor, ammo u uglevod miqdorining kamroqligi, yog’lilik foizi kam yoki umuman yog’sizini tanlash imkoni, oqsilning (16-20% massadan) ko’p miqdori borligi bilan ajraladi. Bu oqsil – kazein oqsili bo’lib, u uzoq hazm bo’lish hususiyatiga egaligi, bu esa qonga uzoq vaqt aminokislota tushishi deganidir.

Tvorog uyquga ketishdan 1-1,5 soat oldin iste’mol qilish mumkin bo’lgan eng yaxshi taom hisoblanadi. Tvorogning salbiy tomonidan biri bu albatta, uning bir ovqatlanishda ko’p miqdordagisini iste’mol qilinganida oshqozon-ichak traktlariga berishi mumkin bo’lgan og’irligidir. O’t pufagi va oshqozon osti beziga og’irlik berib, o’z navbatida bu hazm bo’lmaslikka va xoletsistit xurujiga olib kelishi mumkinligidir. Shuning uchun ham bir ovqatlanishda 250-300 grammdan oshmagan, kun davomida esa 600 grammdan oshmasligi kerak. Bundan tashqari, tvorogdan turli pishiriqlar tayyorlash mumkin bo’lib, uning bir bo’lagi teri osti yog’ining miqdorini nazorat qilib boradigan atletning qomatiga hech qanaqasiga zarar keltira olmaydi.

Pishloq

Har bir do’kondan ta’bingizga mos keladiganini tanlab, harid qilishingiz mumkin bo’lgan hammaning sevimli mahsuloti bo’lsa kerak. Shu bilan birga, oziq-ovqat sanoati rivojlanishi tufayli, sizning qomatingizga va maqsadlaringizga yetishingizga salbiy ta’sir qiladigan ularning notabiiy (juda ko’p uchraydi) turlari ko’p bo’lgani uchun ehtiyot bo’ling. Pishloq tvorogga o’hshab, oqsilga boy va uglevod miqdori kam. Shu bilan birga, u to’yingan yog’larga boy bo’lib, ularning miqdori 50-60% ga yetadi. Bu esa pishloqni unchalik ham parhez taomi qilmaydi, ammo uning ba’zi bir turlari bo’lib, masalan suluguni pishlog’i, uning umumiy massasidan yog’ miqdori 20-25%ni tashkil etadi. Ko’plab taomlarning ta’mini mazzali qiladi va o’zi alohida iste’mol qilinganida ham, juda mazzalidir. Bir ovqatlanishdagi me’yori – 100 grammdan, kunlik me’yori esa – 200 grammdan oshmasligi kerak.

Qabul qilish vaqti

Sut mahsulotlarining organizmga singishi, uning qabul qilingan vaqtiga bog’liq bo’lganligi sababli, kelinglar, ularni qaysi vaqtda iste’mol qilish eng yaxshi ekanligini ko’rib chiqamiz.

Sut. Eng yaxshi vaqt – ertalab. Uni o’zini yoki proteinli, mevali kokteyl, kofe va kakaoga aralashtirgan holda ichish. Bundan tashqari, uni mashg’ulotlardan so’ng geyner yoki proteinli kokteyl bilan ichish ham juda yaxshidir.

Yogurt. Bu mahsulot universal bo’lib, uni kunning istalgan vaqtida ichish mumkin. Asosiysi, oz miqdorda. Har gal ovqatlanishga, bir portsiya – 150-200 gr yetarildir. Va hatto ovqatni yaxshiroq va tezroq hazm qilishga yordam beradi.

Tvorog. Bu maxsus mahsulotdir. Hazm bo’lishi qiyinligi sababli, uni nonushtaga tavsiya etilmaydi. Kun davomida oshqozon-ichak traktida muammolar va qorin sohasida og’irlik bo’lishi mumkin. Tvorog uchun eng yaxshi payt – bu albatta uyquga ketishdan 1-1,5 soat oldindir. Yana tushlik va kechki ovqat o’rtasidagi vaqt ham ma’quldir.

Pishloq. Sut mahsulotlaridagi kal’siy kechqurun yaxshiroq so’riladi. Pishloq esa uning konidir. Shuning uchun 50-100 gr pishloqni kechki payt iste’mol qilish ayni muddao bo’ladi. Faqat qomatni kuzatib borish kerak va teri ostidagi yog’ to’planishiga ozgina ishora bo’lishi bilan uning miqdorini kamaytirish kerak. Shu bilan birga, 50-75 gr pishloqni nonushta va kechki ovqatda iste’mol qilib, uning yoqimli ta’mi bilan birga foydasidan bahramand bo’lish mumkin. Eng muhimi, pishloq mahsulotlari (sirok, dudlangan yoki eritilgan ko’rinishidagi pishloqlar) notabiiy bo’lishi kerak emas. Chunki bular pishloq mahsulotlari bo’lib, pishloqning o’ziga hech qanday aloqasi yo’qdir.

Buni ham o’qing

Chitmil: nima u va nima uchun kerak?

Genetics

Bodibildingda tvorogning muhimligi

Genetics

To’g’ri ovqatlanish – sog’lom turmush tarzining asosi

Genetics

Steviya: Kaloriyasiz tabiiy shirinlashtiruvchi

Genetics

Bodibildingda kofein – unumdorlikni oshiruvchi vosita

Genetics

Bir ovqatlanishda turli oqsillarni iste’mol qilishdan ma’no bormi?

Genetics

1 Izoh

Islombek November 20, 2020 - 15:59

Qaynatilgan sut ichsa ham boladimi. Trinirofkadan keyin. U yerda manimcha hom sut nazarda tutilgan shundaymi

Javob berish

Saytdan foydalanishni davom ettirish orqali, siz Konfidensiallik siyosatiga mos ravishda cookie-fayl va boshqa ma’lumotlarning to’planilishi va foydalanilishiga o’z roziligingizni bildirasiz. Roziman Batafsil