To‘g‘ri qad-qomat – sog‘lom umurtqa pog‘onasi garovidir. Bundan tashqari, inson atrofdagilarda qanday taassurot uyg‘otishi ham ko‘p jihatdan qad-qomatga bog‘liq. Quyida qanday qilib to‘g‘ri qad-qomatga erishish mumkinligi haqida batafsil tanishasiz.
Nima uchun qad-qomat buziladi?
Buning sabablari turlicha bo‘lishi mumkin. Va, aksariyat hollarda, gap bitta emas, balki bir necha sabablarga borib taqaladi. Nima uchun bunday holat yuzaga keladi?
- Umurtqa pog‘onasining jarohatlari;
- Organizmning jadal rivojlanish va o‘sish davrida orqa va umurtqa pog‘onasi ustuniga sistematik tarzda haddan ortiq zo’r berilishi. Ushbu muammo ayniqsa maktab o‘quvchilari uchun dolzarb ahamiyat kasb etadi;
- Kuchsiz orqa mushaklar va mushak karkasi;
- Tayanch-harakat tizimining shikastlanishini keltirib chiqaruvchi kasalliklar.
Qad-qomatni inventarsiz tezda me’yorga keltirish uchun mashqlar
1. Tik turgan holda, qo‘llarni orqaga qulf qilib qovushtirish. Egilgan holda, qo‘llarni ohirigacha ko‘tarish. Takrorlashlar soni – 10.
2. Boshingiz tepasiga o‘rtacha o’lchamdagi kitobni qo‘ying. Keyin esa, kitob tushib ketmasligi uchun, qadni tik tutgan holda, xona bo‘ylab yurish kerak. Birinchi mashg‘ulotda «sayr qilish» 2-3 daqiqa davom etadi. Sekin-asta vaqt 20 daqiqagacha ortirilib boriladi.
3. Tizzalab turib, qo’llaringizni tekis holda tuting va o’ng qo’lingiz va chap oyog’ingizni ko’tarib tushiring. Undan so’ng, esa boshqa qo’l va oyoqlarni ko’tarib tushiring. Takrorlash: 10 marotaba.
4. Tekis turib, butun tana bilan devor yoki eshik yon tomoniga suyanish. Shu holatda umurtqaga kuchlanishni sezish uchun tahminan yarim daqiqa qolish kerak. Takrorlash: 10-15 marotaba.
5. Orqangizga yoting, qo‘llaringizni tanangiz yoniga cho‘zing. So‘ngra – oyoqlarning tagi to‘liq polga tiralishi uchun oyoqlarni bukish kerak. So‘ngra, korpusni sonlarga yopishgunicha ko‘tarish kerak. Takrorlash: 5 marotaba.
6. Qoringa yotish. Keyin esa to‘g‘ri qo‘llar va oyoq uchiga tayangan holda, korpusni ko‘tarish. Ushbu holatda 30-50 sekund turish. Takrorlash: 5 marotaba.
Qo‘shimcha tavsiyalar
Yuqorida ko‘rsatilgan unchalik murakkab bo‘lmagan mashqlarni bajarish sizga mashg‘ulotlarni boshlaganingizdan 3-4 oy o‘tib, birinchi natijalarga erishishingizga yordam beradi. Muhimi, ularni bajarish uchun qandaydir bir maxsus snaryad yoki trenajyorlardan foydalanish talab etilmaydi. Demak, ular bilan bemalol uyda shug‘ullanish mumkin.
Natijalarni mustahkamlab qo‘yish uchun, iloji bo‘lsa, matrasingizni ortopedik matrasga almashtiring. Shuningdek, uzoq vaqt bir holatda bo‘lib qolish kerak emas. Xususan, kompyuter yonida o‘tirgan holda. Ish faoliyati asosan o‘tirish bilan tavsiflanadigan insonlar o‘z ishchi kreslolarini individual anatomik xususiyatlardan kelib chiqqan holda tanlanlashlari borasida avvaldan qayg‘urishlari lozim bo‘ladi.