Genetics.uz
Image default
Motivatsiya

Piyoda yurish – kilogrammlar bilan kurashishdagi tenggi yo’q yordam

Doimiy ravishda sayr qilish nafaqat kayfiyatingizni va sog’ig’ingizni yaxshilaydi, balki umringizni ham uzaytiradi, turli kasalliklardan himoya qiladi va ortiqcha vazn bilan kurashishingizda yordam beradi. Piyoda yurish – bu tenggi yo’q jismoniy faollik bo’lib, kundalik ritmga osonlik bilan birikadi. Bu mashg’ulot jismoniy tayyorgarlik yoki maxsus bir qurilma talab etmaydi va qisqa vaqt oralig’ida sizning tanangizga ijobiy ta’sirini ko’rsatadi.

Mohiyatiga ko’ra piyoda yurishni salbiy tomonlari yo’q, ijobiy aspektlarini esa sanab sanog’iga yetib bo’lmaydi.

Piyoda yurishning ijobiy tomonlari haqida

Piyoda yurish – bu har bir odamning o’zgarmas hamrohidir. Hattoki, odamlar transport vositalariga o’z tanlovlarini beradigan megapolislarda ham baribir piyoda yurish va ko’p yurish kerak bo’ladi. Bu imkoniyatni o’z foydasi uchun qo’llash – bu o’z qomati haqida qayg’uradigan har bir insonning vazifasidir. Har qanday fasl va ob-havoda piyoda yurish mumkin – asosiysi oyoq kiyim va ust kiyimni to’g’ri tanlashdir. Bundan tashqari, jismoniy mashqlar bajarishga vaqti yetmaydiganlar, liftdan voz kechishlari, bir bekat oldin tushib qolishlari, ishgacha piyoda borishlari yoki ofisdan 15 daqiqa uzoqlikda joylashgan parkovkaga avtomobillarini qoldirib, piyoda ofisga kelishlari mumkin. Piyoda yurish ma’lum bir joyga bog’lab qo’ymaydi, anchadan beri borishni istalayotgan joyga borishni yoki ko’nglingiz istagan tomonga yo’nalishingizni o’zgartirishingiz mumkin. Dam olish kunlariga shahar bo’ylab uzoq sayrni, ish kunlari esa tabiyatdan zavq olgan holda parkda piyoda sayrni rejalashtirish mumkin. Imkoniyatlar ko’p, hech qanday cheklovlar mavjud emas!

Bu qanday ishlaydi?

Piyoda yurish – juda samarali mashq bo’lib, bir soatda 300 kkal yo’qotish imkonini beradi. Zaharli gazlar bilan to’yingan ko’cha va shahar yugur-yugurlaridan uzoqroqdagi joyni sayr uchun tanlab, organizmni kislorod bilan to’yintirib, bu esa o’z navbatida yog’ni faol yo’qotishga yordam beradi. Bundan tashqari, organizm piyoda yurish orqali jon deb kilogrammlarini yo’qotadi. Nima uchun? Chunki piyoda yurish – bu organizm uchun oddiy holat bo’lib, stress yoki qandaydir bir ekstraordinar holat deb qabul qilmaydi. Shuni aytib o’tish joizki, bunday jismoniy yuklanishda tahminan barcha mushaklar ishtirok etadi, eng katta yuklanish esa dumba va oyoqlar (bular tananing nafaqat eng katta mushaklari, balki bu ayollardagi 1-raqamdagi muammoli hududdir) sohasiga tushadi.

Nima uchun ko’pchilik uchun piyoda yurish – bu ozish uchun eng yaxshi boshlanishdir?

Afsuski, yildan yilga ortiqcha vaznli odamlarning soni ko’payib bormoqda. Bu qonuniyatga asoslanib, odamlarda to’liq ovqatlanishga va sport bilan shug’ullanishga vaqt yetishmaganligidandir. Savdoda fast-fud segmenti doimo o’sib bormoqda. Uzoq og’ir va och qolib o’tkazilgan ish soatlaridan keyin, burger, shaurma, ishtaha ochar naggets, kartoshka fri yoki pizza yozuvi oldidan o’tib ketish oson emas. Tanlov albatta ulkan va ko’pchilik to’g’ri ovqatlanish nima ekanligini esidan ham chiqarib yuborgan. Bir qancha kilogrammlardan qutilish – aslo qiyin emas. Bir oylik kundaligingizdan faqatgina shakar va qovurilgan taomlarni olib tashlab va zalga yozilsangiz, natija o’zini uzoq kuttirmaydi. Tanasining ortiqcha vazni 10 kilogramdan ortiq bo’lganlar, ko’pincha fitnes markazlariga borishga hijolat bo’lishadi va nimadan boshlashni bilishmaydi. Bunday holatlarda, ko’pchilik parhezshunoslar sog’liqqa zarar keltirmaydigan, umuman qiyin bo’lmagan, foydali va yoqimli bo’lgan mashq – aynan piyoda yurishdan boshlashni tavsiya etishadi.

Piyoda yurish vaqtida organizmd bilan nima sodir bo’ladi?

Piyoda yurish vaqtida organizmd bilan nima sodir bo’ladi?

Moddalar almashinuvi tezlashadi. Mashq bajarayotganingizda, sizning tanangiz qo’shimcha energiya sarf qilishni boshlab, bu sizning metabolizmingizni yanada faollashtiradi. Hattoki soatli sayr ham kutilgan natijaga olib keladi.

Oyoq mushaklari mustahkamlashadi. Piyoda yurganda oyoq mushaklari ayniqsa boldirlar intensiv yuklanish bilan ta’minlanadi. Agar, siz doimiy ravishda yursangiz, sizning oyoqlaringiz sportsmenlarga hos va kuchli bo’ladi. Natijani yaxshilash uchun tepalik joylarda sayr qilishnI tanlang yoki zinalardan chiqing.

Organizm yog’ yo’qotadi. Sayr vaqtida metabolizmingiz va yurak urishingiz tezlashadi va bu yog’ yo’qotishni oshishiga olib keladi. E’tibor bering, bunday natija doimiy tezlik va tempda yurishni qo’lab turishni talab qilib, yuragingiz odatdagidan tezroq urishni boshlaydi. Piyoda yurish – perspektivada sog’lom vaznni uzoq vaqt saqlab qolishning ajoyib usulidir.

Ovqat hazm qilish tizimining faoliyati yaxshilanadi. Ovqatdan keyin darrov yurish ovqat hazm qilishni sezilarli darajada yaxshilaydi. Harakat ovqat hazm qilish traktiga stimul beri, bu esa taomni yengil azm qilishga uni organizmdan samaraliroq chiqarishga ruhsat beradi.

Tana zo’riqishdan ozod bo’ladi. Jismoniy faollik mushaklarni qizdiradi, lekin ohista harakatlanish cho’zilishga yordam berib, shu bilan birga bizni zo’riqish va mushak og’riqlaridan ozod etadi.

Stress darajasi kamayadi. Piyoda yurish kundalik stress va havotirdan ozod qilish va hattoki depressiya simptomlarini kamaytirish samarasiga ham egadir.

Tana muhim vitamin D bilan to’yinadi. Vitamin D suyaklar va to’qimalar o’sishini ta’minlaydi, tishlarni mustahkamlaydi, yurak qisqarishlar chastotasini va asab tizimi funksiyasini me’yorlashtiradi, shu bilan bir qatorda, bir mustahkam sog’liq va yaxshi kayfiyatni quvvatlovchi bir qancha muhim vazifalarni bajaradi. Muhim vitaminlar dozasini muvozanatlashtirilgan va sog’lom parhez orqali olish mumkin bo’lsada, vitamin Dning asosiy manbai bu – quyosh nurlaridir.

Yurak mustahkamlanadi. Piyoda yurish – bu jadalligi bo’yicha nisbatan past aerobik mashqlar guruhiga ta’lluqli bo’lib, tananing asosiy organlari – yurak, o’pka, qon-tomirlari, suyak-mushak tizimi, endokrin va immun tizimini mustahkamlaydi. Aspiratsiya yurak faoliyati va qon aylanishini yaxshilaydi, shu bilan birga organizmni qo’shimcha kislorod va ozuqavy moddalar bilan ta’minlaydi.

Kayfiyat ko’tariladi. Piyoda yurganda, tana qo’shimcha endorfin- baht gormonini ishlab chiqaradi va bu sizning kayfiyatingiz va o’zingizni his qilishingizni sezilarli darajada yaxshilaydi.

Kelajakdagi turli kasalliklarga chalinish havfi kamayadi. Sayr qilish qon aylanishini yaxshilaydi, shu bilan birga Al’sgeymer kabi kognitiv o’zgarishlarni kamaytiradi. Shu bilan birga, piyoda yurish suyaklarni mustahkamlab, osteoporoz kabi kasalliklarni oldini oladi. Yana piyoda yurish ko’krak bezi va prostata raki kabi turli onkologik kasalliklar ehtimoliyatini kamayishiga yordam beradi.

Buni ham o’qing

Kuch ishlatiluvchi mashg’ulotlarda mental timsollarning kuchi

Genetics

Trеnajyor zalda hech kim yoqtirmaydigan yigit bo‘lma!

Genetics

Mushak massasini o’stirishda ong imkoniyatlari

Genetics

Shtanga bilan o‘tirib-turish mashqlarining afzalliklari

Genetics

1 Izoh

Azizbek April 29, 2020 - 14:50

Raxmat! Foydali 👍

Javob berish

Saytdan foydalanishni davom ettirish orqali, siz Konfidensiallik siyosatiga mos ravishda cookie-fayl va boshqa ma’lumotlarning to’planilishi va foydalanilishiga o’z roziligingizni bildirasiz. Roziman Batafsil