Genetics.uz
Image default
Farmakologiya

Parabolan – Trenbolonning savdo brendi

Parabolan – Trenbolon Geksagidrobenzilkarbonatning savdo brendi hisoblanadi. Birikma Trenbolonning eterifikatsiyalangan modifikatsiyasi hisoblanadi. Geksagidrobenzilkarbonat efiri asosiy faol moddaning yarim parchalanish davrini taxminan 3 dan 14 kungacha uzaytiradi. Kundalik hayotda ishlatiladigan qisqartirilgan nomi – Tren Geks yoki Trenbolon Geks. U ta’sirining uzoq davomiyligi bilan ajralib turadi.

Preparatning ta’rifi va tarixi

1980 yillarda Finaget va Finagekt (Trenbolon modifikatsiyasi) kabi preparatlar rasmiy ravishda tasdiqlangan dori sifatida qisqa vaqt davomida qo’llanilgan. Taxminan 1987-1990 yillar davrida Trenbolon gormoni veterinariyadan tashqari har qanday maqsadlarda savdodan chiqarildi. Natijada, unga asoslangan barcha moddalar ishlab chiqarishdan olib tashlandi. Retsept bo’yicha sotiluvchi dorilar bozorida qonuniy ishtirok etish vaqtida Parabolan eng yaxshi variant deb hisoblanar edi – uzoq vaqt davomida ta’sir qilishi va asta-sekin tanadan chiqarilishi klinik va tibbiy maqsadlarda foydalanish uchun qulay edi. Modda inyeksiya ko’rinishida tez-tez kiritilishi shart emas edi. Sof Trenbolon bozorda mavjud bo’lgan anabolik steroidlar qatorida eng samarali va kuchli hisoblanadi. Uning kuchi qaysi efirga biriktirilganligiga bog’liq emas va bugungi kunga qadar sportsmenlar va bodibilderlar iste’mol qilib kelmoqda.

1967 yilda Roussel-UCLAF korporatsiyasi birinchi marta formulani aniqlab, Trenbolon birlashmasini ishlab chiqdi va taqdim etdi. Xuddi shu yili shuningdek, Trenbolon Atsetat va Trenbolon Undekanoat ham kashf qilindi. Ikkinchisi Trenbolonning birinchi tez ta’sir ko’rsatuvchi eterifikatsiyalangan shakli sifatida tanilgan. Trenbolon Geksagidrobenzilkarbonatning o’zi esa Fransiyada farmatsevtlar tomonidan qabul qilindi. Geksagidrobenzilkarbonat efir Dekanoatning efiriga o’xshaydi. U Trenbolonga teng yarim parchalanish davrini taqdim qiladi. Tez orada yangi olingan modda (Trenbolon Geksagidrobenzilkarbonat) ni fransuz laboratoriyasi Negma sotib oladi. U Parabolan savdo belgisi ostida retsept bo’yicha sotiladigan dorilar qatorida preparatni sota boshladi. Bundan tashqari, uni bozorda unchalik mashhur bo’lmagan brend – Geksabolan nomi ostida ham uchratish mumkin edi. Geksagidrobenzilkarbonat Trenbolon (Parabolan markasi ostida) inson uchun dori sifatida tasdiqlangan va qonuniy ravishda ishlab chiqarilgan yagona birikma edi. Finaget va Finagekt ma’lum bir vaqt ichida dori sifatida sotilgan bo’lsa-da, bu davr juda qisqa muddatli edi. O’shanda ham, hozirda ham Trenbolon Atsetat qonuniy va doimiy asosda faqat veterinariya dorisi sifatida qo’llaniladi.

Parabolan retsept bo’yicha taqdim etiladigan preparatlar bozorida hukmronlik qilgan paytda, uni qo’llash sohasi asosan xastalik holati sabab yuzaga kelgan ozib ketish va ishtahani yo’qotish kabilarni davolash edi. U asosan Fransiyada qo’llanilar edi, xususan osteoporozning turli shakllariga qarshi kurashda ishlatilgan. Parabolanning Testosteronning androgenik kuchidan taxminan 5 marta ko’p bo’lgan juda kuchli androgenik xususiyatlari tufayli bolalar (ayniqsa, qizlar) qabul qilishi bilan bog’liq muammolar yuzaga keldi. An’anaviy ravishda androgenga sezgir bo’lgan (keksa va katta yoshdagi ayollar) boshqa turdagi bemorlar tomonidan qo’llanilishi hech qanday qiyinchiliklarga olib kelmadi. Parabolan uzoq vaqt davomida fransuz retsept asosidagi dori bozorida juda mashhur bo’lgan, ammo 1997 yilda Negma preparatni chiqarishni to’xtatdi. Bu asosan 1980 yillarning oxiri va 1990 yillarning boshlarida anti-steroid sarosimaning ko’payishi bilan bog’liq edi, bu ko’plab farmatsevtika kompaniyalarini turli xil anabolik steroidlarni (ayniqsa tibbiy maqsadlarda emas, balki sportsmenlar va bodibilderlar tomonidan ishlatiladigan dorilarni) ishlab chiqarishni butunlay to’xtatish va yo’q qilishni taqozo qildi. Parabolan bunday taqdirga duch kelgan anabolik steroidlardan biri edi.

Bugungi kunda Trenbolon tibbiy birlashma qo’llashni tavsiya qilmaydigan birikma hisoblanadi. Hozirga qadar ushbu anabolik steroidni selektiv tadbiq qilishga qaratilgan klinik tadqiqotlar olib borilmoqda, bu esa Trenbolonga yaqin kelajakda tibbiy maqsadlarda foydalanish imkoniyatini beradi. Trenbolonni retsept bo’yicha dori sifatida qayta tasdiqlanishi uchun qancha vaqt ketishi ma’lum emas, lekin, ehtimol, yaqinda u yana sotuvga chiqarilishi mumkin.

Kimyoviy xarakteristikasi

Trenbolon Nandrolonning modifikatsiyasi – uning sintetik hosilasi hisoblanadi. Bu Trenbolon odatda, Testosteron va barcha anabolik steroidlarda (Nandrolondan tashqari) mavjud bo’lgan 19- uglerod yetishmaydigan 19-nor aralashma sifatida tasniflanadi, degan ma’noni anglatadi. Nandrolon ham, Trenbolon ham bu 19- uglerodga ega emas va shuning uchun 19-nor birikmalari deb tasniflanadi. Muayyan struktura Trenbolon va Nandrolon progesteron retseptorlari bilan turli darajadagi o’zaro ta’sirlashuvlarda organizmda progestogen ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun, bu steroidlar mohiyatiga ko’ra progestinlardir.

Trenbolon 9 va 11 uglerod atomlarida ikki tomonlama aloqaga ega. Ushbu struktura erkin elektronlarni egallagan va uglerod atomlari bilan bog’liq bo’lgan vodorod atomlarining ajralishi natijasidir. Vodorodni olib tashlash qo’shni uglerod atomlari orasidagi ikki tomonlama bog’lanishlar bilan to’ldirilgan bo’shliqning paydo bo’lishiga olib keldi. Ushbu modifikatsiya Trenbolonga quyidagi xarakterli xususiyatlarni beradi:

1. Androgen retseptorlari uchun ortib borayotgan o’xshashlik Trenbolon ta’sirini Nandrolon hosil qiluvchi gormon bilan solishtirganda kuchaytiradi. Trenbolon 500 anabolik indeksiga ega, vaholanki etalon gormon Testosteronning analogik indeksi 100ga teng. Bu esa, Trenbolon mushaklarni besh marta tezroq o’stirishini anglatadi.

2. Trenbolon aromatizatsiyaga (estrogenga aylantirilishga) mutlaqo chidamli, chunki aromataz fermenti (aromatizatsiya uchun mas’ul) Trenbolonni kimyoviy reaksiya uchun mos substrat sifatida tanimaydi va qabul qilmaydi. Bu Trenbolon va Nandrolon o’rtasidagi yana bir farq bo’lib, u Testosteronga qaraganda aromatizatsiyaga nisbatan ancha chidamli, ammo butunlay ta’sirchan emas.

3. Gormonning organizmdagi modda almashinuv jarayonlariga juda yuqori qarshiligi. Turli xil modifikatsiyalar Trenbolonga boshqa anabolik steroidlardan ko’ra uzoqroq faol bosqichda qolishiga imkon beradi. Buning tasdig’i shundaki, siydikda chiqarilgan Trenbolonning asosiy qismi metabolitlar shaklida emas, balki asl holatida saqlanadi. Bu uning yuqori anabolik samarasiga ham ta’sir qiladi.

Parabolan o’zida 17-beta-gidroksil guruhida Geksagidrobenzilkarbonat efirining steroid tuzilishiga qo’shilishi bilan modifikatsiyalangan Trenbolonning bir ko’rinishidir. Bu esa, chiqish tezligini sekinlashtirilishiga olib keladi va birikmaning taxminan 14 kun davom etadigan yarim parchalanish davomiyligini oshiradi. Gormon o’zining bevosita ta’sirini boshlashdan oldin, tana barcha kuchlarini efir aloqasini buzishga yo’naltiradi. Shuning uchun yarim parchalanish davri uzoq vaqt talab etadi. Murakkab efirni qo’shish organizmdagi Trenbolonning farmakologik ta’sirini o’zgartirmasdan, yarim parchalanish davrini oshiradi.

Xususiyatlari

Parabolan sportsmenlar va bodibilderlar uchun universal anabolik steroid bo’lib, u har qanday maqsadda ishlatilishi mumkin. Bu organizmda yoki tana tuzilishida ijobiy o’zgarishlarga olib kelishi uchun yuqori dozalarni talab qilmaydigan juda kuchli dori hisoblanadi. Uning kuchi Testosteronning anabolik kuchidan 5 marta ko’pdir, bu esa mushaklar massasining hajmini, kuchini va/yoki mushak massasini oshirish uchun eng maqbul tanlovdir. Parabolanning qo’shimcha afzalligi uning estrogenlarda aromatizatsiya qilinmasligi bo’lib, u organizmdagi suyuqlikni ushlab turish bilan bog’liq nojo’ya ta’sirlarning mutlaq mavjud bo’lmasligiga olib keladi. Parabolanning aromatizatsiyalangan androgen shakllaridan (Dianabol kabi) farqli o’laroq, zararli estrogen ta’siriga uchramagan Parabolan, foydalanuvchiga shishgan ko’rinish kabi muammolardan butunlay qochish imkonini beradi. Umuman olganda, Parabolan, parhez va muntazam mashqlar yordamida mushak massasi va quvvatining sezilarli o’sishiga erishish mumkin.

Parabolan yog’ massasini kamaytirish, quritish (sushka), shuningdek musobaqa yoki namoyishlardan oldin ishlatilishi mumkin. U, albatta, bodibilder-ishtirokchilar orasida eng ko’p talabga ega bo’lgan anabolik steroiddir va u steroid kurslarida ajralmas qo’shimcha hisoblanadi, shu sababli ham uni odatda “Xudoning nektari” deb atashadi. Trenbolonning ozuqa moddalarini taqsimlanishidagi juda kuchli ta’siri, kaloriyaning sof tanqisligi va to’g’ri mashq qilish bilan birga, juda tez yog’ yo’qotilishiga olib kelishi mumkin. Parabolanning yuqori androgenik tabiati ham mushaklarning qattiqligi va vaskulyarizatsiyasini kuchaytirishi mumkin, bu esa barcha bodibilderlar erishishga intiladigan “uch o’lchamli” ko’rinish hosil qiladi. Albatta, bu ta’sir faqat tananing yog’ qatlami yetarlicha yupqalashgandagina ko’rinishi mumkin.


Genetics.uz anabolik steroidlar va kuchli ta’sir etuvchi moddalarni sotmaydi va qabul qilishga chaqirmaydi. Ma’lumot tavsiya etish xarakteriga ega emas va faqat tanishtirish maqsadida taqdim etilgan. U yoki bu preparatni to’g’ri qo’llash uchun albatta sport shifokoriga va/yoki sertifikatga ega trenerga murojaat qiling.

Buni ham o’qing

Testosteron nima? To’liq qo’llanma

Genetics

Deka-Durabolin (Nandrolon dekanoat)

Genetics

Anabolik steroidlar nima bu?

Genetics

Kursdan keyingi terapiya (KKT) – protokollari haqida asosiy ma’lumotlar va sxemalar

Genetics

Inson o’sish gormoni – ta’rifi va samaralari

Genetics

Ekvipoyz (Boldenon) – preparatning ta’rifi va uning nojo’ya ta’sirlari

Genetics

Saytdan foydalanishni davom ettirish orqali, siz Konfidensiallik siyosatiga mos ravishda cookie-fayl va boshqa ma’lumotlarning to’planilishi va foydalanilishiga o’z roziligingizni bildirasiz. Roziman Batafsil