Genetics.uz
Image default
Foydali maqolalar

Ozish uchun eng yaxshi mashg’ulot – u qaysi?

Ko’plab odamlar vazn yo’qotish uchun eng yaxshi mashg’ulot qaysiligi bilan qiziqishadi. Javob oddiy: “Ozish uchun eng yaxshi mashg’ulot mavjud emas”.

Agar siz har kuni to’rt – sakkiz soat davomida shug’ullanmayotgan bo’lsangiz, mashqlar ozishning samarali usuli emas. Ozishning asosiy mexanizmi bu – ovqatlanish hisoblanadi.

Keling, yog’ yanada samarali yo’qotiladigan variantlarni ko’rib chiqaylik.

Mashg’ulotlarda kam kaloriya sarflaniladi

Ozishga qaror qilsangiz, sizning fikringizga keladigan birinchi narsa – bu faollik darajasini oshirish bo’ladi. Albatta, bu moddalar almashinuvi va uzoq umr ko’rish uchun foydalidir, ammo jismoniy mashqlarda kaloriya defitsitligiga nisbatan juda kam kaloriya yo’qotiladi.

Misol uchun, yugurish yo’lakchasida 20 daqiqali kardio sessiyasi, taxminan 100 kaloriya yo’qotishi mumkin. Bu taxminan 5 km/soat tezlikda harakatlanadigan o’rtacha og’irlikdagi odam uchun. Biz buni asos sifatida ishlatamiz. Bir seansda yo’qotilgan kaloriyalar miqdori yurish tezligi va tana vazniga qarab biroz yuqoriroq yoki pastroq bo’lishi mumkin.

Haftasiga uch marta bunday kardio-sessiyalarnii amalga oshirsangiz, deyarli 300 kaloriya yo’qotasiz. Bu taxminan yiliga 14 000 – 15 000 kaloriyalarni yoqish va yiliga 2 kg yog’ yo’qotish deganidir. Kardio sessiyasini haftasiga to’rt martagacha oshirsangiz, yiliga 2,5–3 kg yog’ yo’qotasiz.

Vazn yo’qotish ko’rsatkichini kaloriyaning yengil defitsitligi bilan taqqoslaylik. Bu yerda radikal narsa yo’q. Kunlik kaloriya iste’molini tanangiz uchun kerakli kundalik me’yordan 300 kaloriyaga kamaytiramiz. Bu vazningizni saqlab qolish uchun zarur bo’lganidan kamroq kaloriya iste’mol qilishingizni anglatadi.

Kunlik 300 kaloriya defitsiti bilan siz haftada 2100 kaloriya yoki yiliga taxminan 101 000 kaloriya yo’qotasiz. Bu yiliga taxminan 14 kg yog’ yo’qotish demakdir.

Agar siz kardioingizni haftasiga 5 soatgacha keskin oshirsangiz ham, yiliga taxminan 10 kg yog’ yo’qota olasiz xolos. Bu sust ta’sirga ega ko’p vaqt sarfi hisoblanadi. Agar siz tanangiz uchun zarur bo’lgan kundalik me’yordan 500 kaloriya miqdorida kunlik defitsit yaratsangiz, bir yil davomida 23 kg yog’dan qutilishingiz mumkin.

Asosiy ma’no bunda oddiy – kardio mashqlardan sog’liqni saqlash va ozgina metabolizmni tezlashtirish uchun foydalaning, ammo vazn yo’qotishning asosiy mexanizmi sifatida siz parhezga e’tibor qaratishingiz kerak.

Eng yaxshi mashg’ulot bu – siz zavq bilan baradiganingiz

Ozish uchun eng yaxshi mashg’ulot – u qaysi?

Jismoniy mashqlar yog’ miqdorini kamaytirishning samarali usuli emasligini aniqladik, shu o‘rinda savol tug’iladi: qaysi mashq vazn yo’qotish uchun eng munosib hisoblanadi?

Ba’zi shaxsiy murabbiylar o’z o’quvchilariga juda ko’p yuklama berishni yaxshi ko’radilar. Ularning fikrlariga ko’ra, mashg’ulotlardan keyingi (mashg’ulot vaqtida) og’riq va ko’ngil aynish, bu me’yoriy holatdir. Jismoniy mashqlar uchun bunday yondashuv ahmoqlikni o’zi. Natijalarga erishish uchun tanangizni qiynoqqa solishingiz shart emas. Bundan tashqari, bunday mashg’ulotlar demotivatsiyalovchidir. Sport zaliga o’z mashg’ulotlardan bezgani sababli qancha odam qatnashni to’xtatdi, deysiz? Juda ko’p.

O’zingiz uchun aniqlab olishingiz kerak bo’lgan ikkita narsa mavjud. Birinchidan, vazn yo’qotish uchun eng yaxshi mashq – bu siz muntazam amal qiladigan mashg’ulotdir. Sizga, haqiqatda, o’zingizga mos keladigan og’irliklar bilan mashq dasturini toping. Sizga ma’qul keladigan kardio usulini tanlang. Agar siz kuchliroq bo’la boshlasangiz va izchillikni saqlasangiz, ozish uchun qanday mashg’ulotlar dasturidan foydalanishingiz ahamiyatsiz.

Ikkinchidan, mashqlar sizni azobga soladigan bo’lmasligi kerak.

Sizga haqiqatdan ham kerak bo’lgan narsa – progressiv yuklanish va kelishuvchanlik.

Sarflangan kaloriyalar miqdorini maksimal darajada oshirish uchun urinishlar o’rtasida dam olish vaqtini cheklash

Ozish uchun eng yaxshi mashg’ulot – u qaysi?

Sizning metabolizmingizni bir pog’ona yuqoriga ko’tara oladigan mashg’ulot usuli mavjud. Mashg’ulotlarning bunday sehrli usuli o’z ichiga nimalarni oladi deb so’raysizmi? – Urinishlar orasidagi dam olish vaqtini cheklash.

Bugungi kunda biz o’z smartfonlarimizning qulliga aylanib qoldik. Telefonimiz ekranini setlar orasida tekshirish biz uchun oddiy holga aylanib ulgurdi. Ehtimol, bu dam olish vaqtini to’ldirishning yaxshi usuli bo’lishi mumkin, ammo bu bizning metabolizmimiz uchun unchalik ham yaxshi emas.

Urinishlar orasidagi dam olish vaqtini 30-60 soniyaga cheklaganingizda, pul’singiz yuqoriligicha qoladi. Bu ko’proq kaloriyalarni yo’qotish va mashg’ulotlaringizni yog’ yo’qotish va yurak sog’lig’iga yordam beradigan dasturlarga aylantirishga yordam beradi.

To’g’ri va sog’lom ovqatlanishga odatlaning, o’zingiz uchun mos mashg’ulot dasturini tanlang va zavq bilan mashq qiling. Shundagina, sizga yanada ko’proq motivatsiya beradigan natijani ko’rishingiz mumkin.

Buni ham o’qing

Mеtabolizmni kuch mashg‘ulotlari yo‘li bilan qanday tеzlashtirish mumkin?

Genetics

Fasllar oralig’ida mushaklar massasini to’playotgandagi ko’p yo’l qo’yiladigan 10 xato

Genetics

Qad-qomatni yaxshilash uchun mashqlar

Genetics

Ektomorf: ular uchun mashg‘ulotlarni qanday to‘g‘ri tashkillashtirish kerak

Genetics

Plato nima bu? Mashg’ulotlarda qanday qilib to’xtab qolishni yengib o’tish mumkin?

Genetics

Mashg‘ulotlardan kеyin “yog’ni yo’qotish” samarasi qanday yuzaga kеladi va buning o‘zi nima?

Genetics

Saytdan foydalanishni davom ettirish orqali, siz Konfidensiallik siyosatiga mos ravishda cookie-fayl va boshqa ma’lumotlarning to’planilishi va foydalanilishiga o’z roziligingizni bildirasiz. Roziman Batafsil