Genetics.uz
Image default
Motivatsiya

Mushak massasini o’stirishda ong imkoniyatlari

Zamonamizning bodibilding bo’yicha buyuk chempionlari sportga endi qadam qo’ygan va zamodoshlarni ilhomlantirish uchun murakkab mashg’ulotlarni yengib o’tish va qomat yaratish uchun ko’plab strategiyalarga tayanishdi. Jismoniy mashg’ulotlar va parhez jismoniy yetuklikka erishish bilan bog’liq bo’lgan ikki aniq muhim aspekt bo’lib, ammo Shvarsenegger, Xeyni va Kolemanga ozmi-ko’pmi yordam bergan yana bir ichki o’zgaruvchan narsa bor bo’lib, u:

Ong kuchi tushunchasi.

Turli xil strategiyalar yordamida o’z mushaklaringinz bilan psixologik bog’lanish qobiliyati, ko’pincha qoldirib ketiladigan aspekt bo’lsada, u jismoniy ustunlikka intilishda juda muhimdir. Arnold Shvarsenegger ma’lumki, u o’z bitsepslari tog’ cho’qqisidak yuqori bo’lishini tasavvur etdi va u juda hayratlanrli natijag erishdi, ba’zilar esa bu sohadagi pretsedentsiz rivojlanish ekanligini tasdiqlashadi.

Tom Platz o’zining kvadritsepslari ulkan havo sharlaridak portlayotganini tasavvur qildi. Tasavvur qilib bo’lmaydigan xayol ulkan yutuqlarga olib kelishi mumkin bo’lsa-da, bodibildingga yordam berish uchun umuman ong kuchidan foydalanish ancha qiyin.

Bodibildingda muvaffaqiyatga erishish uchun ongni haqiqiy yo’naltirish uchun har bir mashg’ulot vaqtida diqqatni butunlay jamlash va to’liq o’zlashitirishga erishgandan so’ng, ko’p maqsadli “hujum” talab qilinadi. Bu o’zida aqlni jamlash, ijobiy fikrlashni ushlash, ong va tana o’rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va ongosti konsentratsiyasini qamraydi.

Aql fokusirovkasi

Mushak massasini o’stirishda ong imkoniyatlari

Aql fokusirovkasi uchun ko’p kuch talab etiladi. Har qanday setni yakuni yetarlicha jadallik, to’g’ri texnika va vizualizatsiyaga to’liq e’tibor talab qiladi. Fokusni rivojlantirish uchun yaxshi strategiya bu – har bir set oldidan jim o’tirish va barcha tashqi ma’lumotlarni blokirovka qilish bilan birga, oldinga qo’yilgan vazifalar haqida o’ylashdir.

Boshqa sportchilarning suhbati, radio, chalg’itadigan fikrlar va yaqin atrofdagi odamlar – bularning barchasi keyingi set nuqtai nazaridan foydasiz va noo’rin deb hisoblanadi. Shu bilan birga, aniq bir setda nimaga erishish kerakligini tasavvur qilish ham foydalidir. Takrorlashlar soni, mushaklardagi hislar va to’g’ri texnika – bularning barchasi o’rinli va e’tiborga loyiqdir.

Ijobiy fikrlashni saqlash

Mushak massasini o’stirishda ong imkoniyatlari

Fokusni saqlash juda muhim bo’lsa-da, unga teng ravishda ijobiy kayfiyatni hamma vaqt saqlash ham muhimdir.

Ijtimoiy muammolar soni ko’payib borayotgan hozirgi zamonaviy shiddatli dunyoda, har qanday sezilarli bir vaqt davomida xotirjamlik va diqqatni bir yerga jamlash oson emas. Biroq, ijobiy kayfiyatni rivojlantirish va saqlashga harakat qilish juda muhimdir. Har qanday sportning yetakchi mutaxassislari ozgina chalg’itadigan narsalarga ega va bu, o’z navbatida, o’zlarining mashg’ulotlari maqsadlariga nisbatan samaradorlik bilan e’tibor qaratishlariga imkon beradi.

Har qanday jismoniy mashqlar kaliti, shu jumladan kuch mashg’ulotlari uchun ham maksimal darajada fokusga erishishdir. Buning uchun siz kecha nima bo’lgani yoki ertaga nima bo’lishi mumkinligi haqida tashvishlanmasligingiz kerak. Bu narsalar oldinga qo’ygan maqsadingizga bog’liq emas.

Ijobiy kayfiyatni saqlash ortiqcha narsalarni unutib, mashg’ulotlar jarayoniga sho’ng’ishni osonlashtiradi. Hayotning salbiy tomonlariga e’tiborni qaratish, mashg’ulotlarga faqatgina xalaqit beradi.

Ijobiy tafakkurni rivojlantirish usullari o’z ichiga salbiy odamlardan va salbiy odatlardan (kam harakatli turmush tarzi, haddan tashqari ichish va chekish kabi) uzoqlashishlarni o’z ichiga oladi.

Ijobiy vizualizatsiya va maqsadlarni belgilash ham o’z fikrlashingizni yaxshilashga intilayotganingizdagi muhim o’zgaruvchi hisoblanadi.

Har bir setdan oldin, ushbu set davomida aniq nimaga erishish kerakligini tasavvur qiling. Bundan tashqari, har bir mashg’ulotdan oldin buni qilish maqsadga muvofiqdir.

Shunga qaramay, aytish kerakki, kuniga 24 soat mashg’ulot o’tkazish haqida o’ylash ijobiy fikrlashni rivojlantirishga yordam bermaydi. Buning o’rniga, bu demotivatsiya va ko’ngil qolishiga olib kelishi mumkin.

Muayyan mashqning aniq bir mushakka qanday ta’sir qilishini aniq bilish muhimdir. Buni qanchalik yaxshi tushunsangiz, ong va mushaklar o’rtasidagi aloqa shunchalik yaxshi rivojlanadi.

Buni to’g’ri qilishning eng yaxshi usuli qanday?

Mushak massasini o’stirishda ong imkoniyatlari

Turli mushak guruhlarini o’rganish va har bir mushak qanday yuklanganligini va qanday ishlashini, aniq bir mashqning ma’lum bir mushakka qanday ta’sir qilishini tushunish orqali siz mashqlaringiz kerakli samara beradimi yoki yo’qligini tushunishga intuitiv darajada qarashni o’rganasiz.

Har kim oddiy og’irlikni 8-12 martaga ko’tarishi mumkin, ammo hamma ham bu og’irlik mushaklarning o’sishiga qanday hissa qo’shishini tushunmaydi. Aql va mushaklar o’rtasidagi bog’liqlikni rivojlantirishning yana bir usuli, Arnold tavsiya qilganidek, mashq qilishdan oldin mushaklarni qisqartirishdan iboratdir. U buni “mushaklar bilan aloqa” deb atadi.

Masalan, ko’krak mushaklari qisqarishi uchun qo’llarni siqib chiqarish yotgan holda og’irlikni ko’tarib-tushirish harakatlarini takrorlaydi. Itarish, ko’tarib-tushirishning o’zi qanday bo’lsa, huddi shunday bo’ladi. Yotgan holda og’irlikni ko’tarib-tushirishning keyingi bajarilishlarida ko’proq tolalar faollashtiriladi, chunki atlet mushaklarning doimiy qisqarishi tufayli u o’ziga to’g’ri oqimni topib oladi.

Aql va mushaklar o’rtasidagi aloqani kuchaytirishning yana bir usuli – bu mashg’ulotdagi sherikdan mashq qilinishi kerak bo’lgan mushaklar sohasiga yengil teginishini so’rash. Keyinchalik e’tibor ushbu sohaga qaratiladi va natijada mashg’ulot energiyasi mashqlar mexanikasiga muvofiq aniq yo’naltiriladi.

Mushaklaringiz tizimini qayta hisoblash orqali mushaklarni kuchliroq qisqartirishga va yanada ko’proq o’stirishga erishish mumkin. Arnold bir marta shunday degan: «Agar siz aqlingizni va fikringizni mushaklarga ko’proq jamlasangiz, shunchalik miyangiz tomonidan yaratilgan cheklovli to’siqlarni tez yengib chiqasiz va muvaffaqiyatingiz tezroq bo’ladi».

Ongosti holati

Mushak massasini o’stirishda ong imkoniyatlari

Juda katta miqdordagi mushakni o’stirish nafaqat mashg’ulotlarga psixologik tayyorgarlikni yoki keraksiz signallarni blokirovka qilishdan ko’prog’gini talab qiladi. Albatta, bu narsalar juda muhim, ammo katta yutuqlarga erishish uchun shuningdek, ularning ongostisini uyg’otish ham zarur. Ongosti deb ongdan ozgina past darajada faoliyat ko’rsatuvchi miya hududi tushuniladi. Hayotdagi hammasi, haqiqiymi yoki xayoliy, ongosti uni rag’batlantirishi va insonni aniq bir tarzda harakat qilishga yoki o’ylashga undashi mumkin.

Qisqasi, salbiy o’ylaydigan insonlar hayotda salbiy voqealarini boshdan kechirishadi, bir vaqtning o’zida ijobiy o’ylaydiganlar esa, hayotdan maksimal ravishda foydalanishga intilishadi. Bodibilding bo’yicha haqiqiy chempionlar, odatda, hech qachon o’zlari haqida yomon gapirishmaydi, aksincha ijobiy tomonlarini gapirishadi. Bundan tashqari, ular hayotlarining umuman boshqa sohalarida ham bir xil ijobiydirlar.

Abadiy optimist bo’lish va qolish – bu, ehtimol, yangi boshlagan chempion qilishi mumkin bo’lgan eng muhim qadamdir. Ongostini tartibga solishning eng muhim usullaridan biri – ijobiy tasdiqlashni doimo amaliyotda qo’llashdir.

Tasdiqlash – bu ijobiy fikr bo’lib, siz uni o’zingizning hozirgi va kelajakdagi harakatlaringiz uchun ilhom manbai sifatida o’zingiz uchun takrorlaysiz va ongostiga singdirasiz. Tasdiqlashlar sizning ongostingizni ilgari yengib bo’lmaydigan deb hisoblangan jismoniy va aqliy to’siqlarni yengishga o’rgatishi mumkin. Ular salbiy fikrlarni yengish va o’z-o’ziga baho berishni oshirish uchun eng yaxshi vositalardan biridir.

Ijobiy tasdiqlarga misollar:

«Bugungi mashg’ulotda men o’z rekordlarimdan oshaman!»

«Mening iste’mol qilayotgan taomim, menga mushaklarimni rivojlantirishga yordam beradi!»

Tasdiqlashlar har doim aniq bir maqsadlar asosida tanlanilishi va sizni ruhlatiradigan va zavqlantiradigan trigger so’zlarni ishlatilishi tanlash yaxshiroqdir. Trigger so’zi misol «hayratlanarli» bo’lishi mumkin, masalan, «Bugun men hayratlanarli natijalarga erishaman». Aniq bir harakatga undovchi so’zlardan foydalaning.

Xulosa

Ong mashg’ulotlari, ushbu maqolada ko’rsatilganidek, agar maqsadingiz juda yaxshi natijalarga erish bo’lsa, mushaklaringizni mashq qildirish kabi muhimdir. Aqlni jamlash, ijobiy fikrlashni saqlash, ong va mushaklar o’rtasidagi aloqani mustahkamlash orqali hayratlanarli natijalarga erishish mumkin.

Mukammal qomatga elituvchi o’z yo’lingiz haqida ijobiy o’ylashni boshlang!

Buni ham o’qing

Shtanga bilan o‘tirib-turish mashqlarining afzalliklari

Genetics

Kuch ishlatiluvchi mashg’ulotlarda mental timsollarning kuchi

Genetics

Trеnajyor zalda hech kim yoqtirmaydigan yigit bo‘lma!

Genetics

Piyoda yurish – kilogrammlar bilan kurashishdagi tenggi yo’q yordam

Genetics

Saytdan foydalanishni davom ettirish orqali, siz Konfidensiallik siyosatiga mos ravishda cookie-fayl va boshqa ma’lumotlarning to’planilishi va foydalanilishiga o’z roziligingizni bildirasiz. Roziman Batafsil