Genetics.uz
Image default
Ilmiy tadqiqotlar

Mushak massasi, umumiy quvvat va chidamlilikni oshirish uchun zardobli oqsilning samaradorligi

Anchadan buyon ma’lumki, sportchilar va intensiv jismoniy tayyorgarlikdan o’tayotgan har bir kishi, mashqdan oldin va keyin iloji boricha ko’proq oqsil organizmga tushishi haqida g’amxo’rlik qilishlari kerak.

Shu bilan birga, bu maslahat ko’pchilik tomonidan shunchaki haqiqat sifatida qabul qilinadi va ular zardobli oqsil kabi qo’shimchaning qanchalik muhimligi va agar tanani oqsil qo’shimchalari bilan boyitilmasa, mashg’ulot natijalari qanday bo’lishi haqida o’ylab ko’rmaydilar.

Finlyandiyadagi fiziologlar oqsilning mushak massasini o’stirishda qanchalik ta’sir ko’rsatishini aniqlash uchun tajriba o’tkazishga qaror qilishdi. Tadqiqotda 20 yoshli 31 kishi ishtirok etdi. Fiziologlar uzoq vaqtdan beri ma’lum bo’lgan haqiqatni— oqsilning mushak massasining o’sishiga ta’sirini tan oldilar, shuning uchun tadqiqot bu haqiqatni tasdiqlash uchun emas, balki oqsil qo’shimchalarining qanchalik samarali ekanligini aniqlash uchun o’tkazildi.

Barcha test ishtirokchilari oldin hech qanday sport mashg’ulotlari bilan shug’ullanishmagan, ammo ushbu tadqiqot protokoli davomida ular 21 hafta davomida haftasiga ikki marta sport zaliga qatnashlari kerak edi. Boshqa nazorat guruhi vakillari mashg’ulotlarda ishtirok etmadilar.

Haftada ikki marta sport zaliga qatnagan ishtirokchilar maxsus mo’ljallangan standartlashtirilgan dasturga muvofiq tananing pastki va yuqori qismlari, korpus va qo’llar ishlaydigan – barcha asosiy mushak guruhlari uchun mashqlarni bajarishdi.

Mashg’ulotlarda ishtirok etganlarning yarmi mashg’ulotlardan oldin va keyin 15 g zardobli oqsil kukunini qo’shilgan oqsil kokteylini iste’mol qilishdi, ayni vaqtda platsebo guruhidagi ishtirokchilar hech qanday oqsil qo’shilmagan kokteyl iste’mol qildilar.

Ushbu tadqiqot natijalarning maksimal aniqligini kafolatlaydigan ikkita tomonlama ixtiyoriy tanlov usuli yordamida amalga oshirildi, chunki ishtirokchilarning hech biri oqsilni kim qabul qilganini va platsebo kimligini aniq bilmas edi.

21 haftalik mashg’ulotdan so’ng, platsebo guruhi o’rtacha 2,57 kg mushak massasini yig’ishga muvaffaq bo’ldi. Shu bilan birga, oqsil qo’shimchalarini qabul qilgan ishtirokchilar xuddi shu davrda o’rtacha 3,1 kg quruq mushak massasini yig’a oldilar.

Ushbu olingan natijalarni tahlil qilib, tadqiqotchilar bor-yo’g’i 30 gr oqsilni ikkiga bo’lib iste’mol qilish (15 g mashg’ulotlardan oldin va 15 g mashg’ulotlardan keyin) 21% ko’proq mushak massasini yig’ish uchun yordam berishi mumkin degan xulosaga kelishdi va bu mushak hajmini imkon qadar tez va samarali oshirish istaganlar uchun juda muhim ustunlikdir.

Tanasini o’zgartirish jarayoniga jiddiy munosabatda bo’luvchi har bir kishi, maqsadga tezroq erishish imkonini beradigan oqsil qo’shimchalaridan foydalanishi kerak. Ma’lumotlarga qaraganda, sifatli oqsil manbasinining qo’shimchasini qo’llash, mushak massasining sezilarli o’stirishidan tashqari, umumiy kuch va chidamlilikni oshirishga ham yordam berar ekan.

Tadqiqot: Acute and long-term effects of resistance exercise with or without protein ingestion on muscle hypertrophy and gene expression.

Buni ham o’qing

Kofein samarali yog’ yo’qotuvchi hisoblanadimi?

Genetics

Ko’k choy yog’lardan xalos bo’lishga yordam beradi

Genetics

Grek yong’og’i PZL (yomon xolesterin) darajasini pasaytiradi

Genetics

Uzum danagi ekstrakti yog’ yo’qolishiga olib kelishi mumkinmi?

Genetics

Ozuqaviy tolalar va mushak massasi

Genetics

Dolchin ekstrakti mushak massasining sezilarli o’sishiga yordam beradi

Genetics

1 Izoh

umarbek October 29, 2020 - 22:32

qanaqqib sotib olsam buladi
mani raqamim. 99 310 26 11

Javob berish

Saytdan foydalanishni davom ettirish orqali, siz Konfidensiallik siyosatiga mos ravishda cookie-fayl va boshqa ma’lumotlarning to’planilishi va foydalanilishiga o’z roziligingizni bildirasiz. Roziman Batafsil