Genetics.uz
Image default
Tarjimai hol

Larri Skott – birinchi “Mister Olympia”

Larri Skott tabiiy mushak massasiga asoslangan “eski maktab” bodibilderlar toifasiga kiradi. Uning gavdasi undan nafaqat bodibilding yulduzi va keyingi avlod sportsmenlarining kumirini yaratdi, balki unga “Mister Olympia”ning birinchi chempionatida g’alaba keltirdi.

Tarjimai holi

Larri Skott 1938 yil oktyabr oyida AQShda tug’ilgan. Uning kichik vatani Aidaxo shtatida joylashgan Blekfut shahri edi.

Ma’lumki, bolaning ota-onasi baquvvat tana tuzilishi va baland bo’yi bilan ajralib turgan. Ikkalasida ham ajralib turuvchi genetik ma’lumotlar mavjud edi. Bo’lajak bodibilderning otasi hatto uning o’g’li ham erisha olmagan katta jismoniy kuchga ega edi. “Mister Olympia” chempionatida g’alaba qozonganidan so’ng, sportsmen armreslingda otasi bilan kurashgan. Ko’p yillik mashg’ulotlarga va ko’plab chempionlik unvonlariga qaramasdan, sportsmen yutqazgan edi.

Biroq, kichik Larrida ota-onasining xususiyatlarini juda kam ko’rish mumkin edi. U kuchli na tana tuzilishini, na katta jismoniy kuchni meros qilib oldi. Aksincha, bola zaif va xasta bo’lib o’sdi. Bolaligida, u tez-tez zaif tanasiga osongina ta’sir ko’rsatadigan turli kasalliklarga duch kelar edi.

O’sib ulg’aygan sayin, tabiatan berilgani bilan sportda muvaffaqiyatga erishish qiyinligi aniq bo’lib bordi. U jismoniy rivojlanishida tengdoshlaridan sezilarli darajada ortda qolgan edi. Boshqa maktab o’quvchilari amerika futbolini o’ynashganda va basketbolda kuchlarini sinab ko’rishayotgan paytda, Skott bir chetda turardi va ularga qo’shilishni istamasdi. Biroq, bolaning zaif salomatligi uni turli xil faoliyatni ko’rib chiqishga majbur qildi. Bu uning holatini yaxshilash va organizmini mustahkamlashi mumkin edi. Yigitcha komanda bo’lib o’ynaladigan sport turlarida ishtirok etishda o’zi uchun hech qanday istiqbolni ko’rmadi, ammo gimnastikani yaxshi ko’rib qoldi. Keyinchalik, uning sevimli mashg’ulotlari ro’yxatiga akrobatika qo’shildi. Ayniqsa batut yordamida bajariladigan mashg’ulotlar boshlang’ich sportsmen uchun muvaffaqiyatli bo’ldi.

Larri Skott – birinchi "Mister Olympia"
Larri shug’ullanishdan oldin.

O’sha paytda u kul’turizm haqida o’ylamasdi ham. Yuqori sinfda o’qiyotganida, o’sha davrning Amerikaning mashhur bodibilderlaridan biri bo’lgan Jorj Eyferman o’quvchilar oldida so’zga chiqdi. U bolalarga sog’lom turmush tarzi va uning foydalari haqida gapirib berdi. Bundan tashqari, sportsmen yutuqlari haqida so’zlab berdi. Shu paytdan boshlab yosh Larri bodibilding dunyosi bilan tanishuvini boshlaydi. Biroq, Eyfermanning ushbu sport turi haqidagi hikoyalaridan yigitcha ta’sirlanmadi. O’zini uning o’rnida qo’yib ko’rar ekan, boshlang’ich sportsmen qachondir kul’turizmda yuksak natijalarga erisha olishini o’ylamagan ham.

Biroq tez orada uning fikri o’zgardi. 16 yoshida “Muscle Builder” jurnalini varraqlayotib, sportsmen bodibilder Jorj Peyn fotosuratlari chop etilgan sahifasiga ko’zi tushadi. Uning ckelishgan qomati Skottda kuchli taassurot qoldirdi va u o’z tanasini mukammalashtirishni orzu qila boshladi. Jurnalda, bir oy ichida mashaqqatli mashqlar bilan bunday natijaga erishish mumkinligini aytilgan edi. Bu boshlang’ich bodibilderni mashg’ulotlarga ilhomlantirdi.

Mashg’ulotlarning boshlanishi

Larri Skott – birinchi "Mister Olympia"
Larri Skott 21 yoshida.

Birinchi sport anjomlari sifatida yosh yigit otasining eski traktoridan qolgan og’ir qismlardan foydalangan. Uni hayratda qoldirgan fotosuratlarini ko’rgan “Muscle Builder” jurnalida, mashg’ulotlar dasturi keltirilgan edi. Mashqlar 30 kun uchun mo’ljallangan va mashhur bodibilder kabi tanani kafolatlagan edi. Ushbu reklama sahifasi sportsmenni ilhomlantirdi va yozda kun bo’yi garajda g’oyib bo’lar, u yerda orzusidagi mushaklarini chiniqtirar edi. Bir oy yetarli emas bo’lib chiqdi, lekin bu yigitni ko’nglini cho’ktirmadi. Aksincha, bu vaqt ichida u mashg’ulot shiddatiga o’rganib qolgan va endi to’xtamoqchi ham emas edi.

Agar yozning boshida Larrining bitseps hajmi 23 santimetrga teng bo’lgan bo’lsa, kuzga kelib u 7 santimetrga oshdi. Bu natijalar ozg’in gavda tuzilishiga ega yigit uchun hech shubhasiz muvaffaqiyat edi va mashg’ulotlarni davom ettirishga ilhomlantirdi. Uning kuchiga ishonmagan odamlar ham boshlang’ich bodibilderni ilhomlantirdi. Sportsmenning yagona maktab do’sti, unga nima uchun bunday mashaqqatli mashg’ulotlar kerak ekanini so’ragan edi. Sportsmen “Mister America”da g’alaba qozonish istaklarini aytib berganida, uning do’sti faqat kuldi. U bunday musobaqalarda genetika hal qiluvchi rol o’ynaydi va genetik iste’dodli chempionlarning ta’rifiga yosh yigitcha to’g’ri kelmaydi deb e’lon qildi.

Larri Skott – birinchi "Mister Olympia"

Boshlang’ich bodibilderning qobiliyatiga va irodasiga ishonmaydigan do’sti, uni yanada ko’proq mashq qilishi uchun sabablardan biri bo’ldi. Skott atrofdagilarning fikriga qaramay, u taniqli bodibilder bo’lishi mumkinligini isbotlashni xohlar edi. Bundan tashqari, sportsmen kelishgan qomat va katta jismoniy kuch qizlarning e’tiborini tortishini juda yaxshi bilardi. U bir kun Kaliforniyaga, Amerika sport hayotining markaziga ko’chib o’tishni orzu qilib, u yerda barcha ayollarni sehrlashni orzu qilib, sport zaliga qatnar va og’irliklarni tashir edi.

Kul’turistning maqsadlari katta, motivatsiyasi esa undanda ulkan edi. U tuzilgan jadvalga aniq rioya qilar, rejalashtirilgan mashg’ulotlarni o’tkazib yubormas edi va o’zini allaqachon hayratli mushaklar bilan ko’rar edi. Larrining ilk mashg’ulotlari Bob Taydaning “aylanma” deb ataluvchi tizimi asosida olib borildi.

Kollej va sport bilan shug’ullanishni davom ettirish

Larri Skott – birinchi "Mister Olympia"

Sportsmen maktabni tugatgach, u universitetga o’qishga kirdi. Mutaxassisligi sifatida u “Sport hakami” yo’nalishini tanlaydi. Shu bilan birga, kul’turist mashg’ulotlarni ham tashlab qo’ymaydi. Ko’p o’tmay, u havaskor darajada doimiy qolishini istamasligini va professional bodibildingni orzu qilishini tushundi. U mutaxassislikdan voz kechish va havoda suzish kollejiga kirish fikriga keldi. Shunday qilib, u o’zining eski orzusi – Kaliforniyaga ko’chib o’tishi mumkin edi, chunki ta’lim muassasasi aynan shu yerda joylashgan edi. Ushbu shaharga ko’chib o’tish turli sport zallariga tashrif buyurish va kul’turizm mutaxassislari bilan tanishish imkonini berdi.

Bu g’oyadan ilhomlanib, u ota-onasi bilan o’rtoqlashadi. Biroq, ular o’g’lining istagini qabul qilmaydilar va uni Kaliforniyaga jo’natishdan bosh tortadilar. Bu o’zaro kelishmovchilikka sabab bo’lib, Skott uyidan chiqib ketadi. Ota-onaning e’tirozlariga quloq tutmasdan, u universitetni tark etadi va to’plagan mablag’lariga orzusidagi shaharga uchib ketadi.

Bu yerga kelib, u kollejga muvaffaqiyatli qabul qilindi. Bo’sh vaqtlarida ta’lim muassasasi yaqinida joylashgan B. Gudrix sog’lomlashtirish markaziga qatnaydi. Bu yerda sportsmen nihoyat o’zini professional sifatida ro’yobga chiqarish, yangi darajaga ko’tarilish imkoniyatiga ega bo’ldi. Bu yerda u o’sha yillarning eng taniqli bodibilderlaridan biri – Lu Denis bilan tanishdi. Aynan u yosh sportsmenning mashg’ulotlar jadvalini o’zgartirishga yordam bergan birinchi murabbiyiga aylandi.

Bo’lajak bodibilding yulduzi Kaliforniyada Bob Delmontek bilan ham uchrashdi. Bodibilder va bir paytda ajoyib fotograf Larrini sport zalidagi mashg’ulotlarda ko’rib qoldi. Uning qomati yosh kul’turistning potensialini oldindan ko’rishga muvaffaq bo’lgan atletning diqqatini tortdi. Bob unga model bo’lishni va uning ishtirokida fotosessiya o’tkazishni taklif qildi. Delmontik Skottning, keyinchalik “Ertangi kun odami” nashrining sahifalarida paydo bo’lgan tomda leopard cho’milish kiyimida turgan mashhur fotosurati muallifi sanaladi. Tasvirning muvaffaqiyati sportsmenni Amerikaning ko’plab fotosuratchilari uchun kerakli nishonga aylantirdi.

Ko’p yillar davomida bu bodibilder uchun pul topishning yagona vositasi bo’lib qoldi. Biroq, fotosessiya uchun to’lanadigan haq sportsmenning xarajatlarini qoplay olmasdi. Ko’p o’tmay, u kvartirani ijaraga olish uchun pul yetkaza olmay qoldi. Bu holat kul’turistni Kaliforniyani tark etishga va o’z vataniga qaytishga majbur qildi. Idahoda Larri ishga kirdi va o’z xarajatlarini maksimal cheklaydi. Sportsmen Kaliforniyaga ko’chib o’tish uchun pul to’playdi va kerakli mablag’ yig’ilgach, mashg’ulotlarni davom ettirish uchun u yerga qaytib ketdi.

Sevimli shahriga qaytib, mashhur bodibilder va nufuzli murabbiy Vins Jironda bilan tanishdi. Skottning uzoq vaqt davomida yo’qligi Lou Denis bilan aloqaning uzilishiga sabab bo’lgan edi, endi sportsmen tajribali murabbiyga muhtoj edi. Vins bu rolga rozi bo’lib, sportsmenga nafaqat o’tkazib yuborilganlarini qayta tiklash, balki ko’proq mushak massasini ham to’plashga yordam berdi. Jironda o’zini namoyish qilish bo’yicha professional edi va murabbiy bilan ishlashda shogird sifatida juda ko’p narsalarni o’rganishga muvaffaq bo’ldi.

Kar’eraning boshlanishi

Larri Skott – birinchi "Mister Olympia"
Larri Skott va Vins Jironda.

1958 yilda Larri o’zining birinchi musobaqalari – “Mister Aidaxo”da ishtirok etdi. Uning barcha mashaqqatli ishi o’zini oqladi va u o’zining ilk debyutida 1-o’rinni egalladi. Bu g’alaba unga muvaffaqiyat qozonish uchun potensialga ega ekanligini anglab yetishiga sabab bo’ldi. U bodibilding dunyosida sensatsiya bo’lishni maqsad qildi.

1959 yilda kul’turist “Mister Los Angeles” musobaqasida o’z kuchini sinab ko’radi. Ushbu musobaqa sportsmenga faxrli uchinchi o’rinni olib keldi. Keyinchalik mashhur sportsmen bunday yuksak unvon olishini kutmaganini aytadi. Uning fikriga ko’ra, u beshinchi qatordan yuqoriga ko’tarilmasligi kerak edi, ammo ko’p yillik qattiq mehnat o’z hosilini berdi. Bu natija uchun u Vins Jirondaga minnatdor edi, u sportsmenga yaxshi jismoniy tayyorgarlik darajasiga erishishga yordam bergan edi.

Keyinroq ishtirok etgan “Mister California”ning natijalari Larrini yanada hayratga soldi. Ushbu chempionat sportsmenga o’zining tajimai holidagi ilk g’olib unvonini olib keldi. 1962 yilda u yana bir katta maqsadga erishdi va maktab davridan beri orzu qilgan “Mister America” statusiga ega bo’ldi. 1963-1964 yillarda qator nufuzli Amerika va xalqaro musobaqalarda sportsmenga bir qator g’alabalar keltirdi. Ushbu davr mobaynida u “Mister Universe” turnirining g’olibiga ham aylandi.

Ilk “Mister Olympia” va kar’eraning tugashi

Larri Skott – birinchi "Mister Olympia"

1965 yilda bodibilding olamidagi eng mashhur va muhim chempionatlardan biri – “Mister Olympia” boshlandi. Uning asoschilari Betti va Jo Vayderlar, keyinchalik, tanlovlarni tashkil qilish orqali yengilmas Larri Skottning timsolidan ilhomlanganligini e’tirof etishgan. Ular turnir ishtirokchilari ro’yxatida aynan uni ko’rishni xohlashganliklarining ajablanarli joyi yo’q.

Kul’turist “Mister Olympia” sahnasiga chiqadi va u yerda boshqa sportsmenlar orasida eng yaxshisi bo’ldi. G’olibga marvaridlar bilan qoplangan katta toj berildi. 1966 yilda u yana namoyishda ishtirok etadi va boshqa bodibilderlardan o’zib ketadi. 29 yoshli sportsmenning takroriy muvaffaqiyati uchun ming dollarlik chek topshiriladi, 60-yillarda bu yaxshigina mablag’ni anglatardi.

Ikki karra “Mister Olympia” maqomi va boylik chempionni kar’erasini tugatish haqida o’ylashga majbur qildi. Uning so’zlariga ko’ra, o’sha paytdagi barcha cho’qqilar erishilgan edi, hech narsa uchun harakat qilish kerak emas edi, shuning uchun o’zini boshqa narsaga bag’ishlash vaqti kelgan edi. 1966 yilda u turmush qurib, rafiqasi bilan Solt-Leyk-Siti shahriga ko’chib o’tdi va professional sportni tark etdi. Bu yerda u sport anjomlari ishlab chiqarish va kitob yozish bilan shug’ullandi.

1979 yilda bodibilding yulduzi yana ikkita musobaqada ishtirok etdi: “Canada Diamond Pro” va “Vancouver Gran-Prix”. “Canada Diamond Pro” chempionati faqat 9-o’rinni olib keldi. Bu afsonaning so’nggi musobaqalari edi.

Hayotining so’nggi yillari

Larri Skott – birinchi "Mister Olympia"

Larri hayotining qolgan qismini oilasi va besh nafar farzandining tarbiyasiga bag’ishladi. 1999 yilda Larri fitnes sohasidagi yutuqlarini abadiylashtirildi va uning nomi “IFFB shon-shuhratlar zali”dan joy oldi.

2010 yilda shifokorlar sportsmenga al’sgeymer kasalligining rivojlanib borayotgani haqida xabar berishdi. U 2014 yilda 75 yoshida vafot etdi. Muxlislari sportsmenga “Afsona” (“The Legend”) laqabini berishdi.

Mashg’ulotlar dasturi

Larri Skott – birinchi "Mister Olympia"

Faoliyatining eng yuqori cho’qqisida Larri haftasiga 6 kun davomida sport zalida mashq qilib, har bir mashqda 2-3 mushak guruhlariga e’tibor qaratar edi. U 8-10 takrorlashlarni shuncha miqdordagi yondashishlar bilan amalga oshirardi.

Uning har bir mashg’uloti deyarli 2 soat davom etar, shu bilan birga, u haftasiga 12 soat davomida mashq qilishga harakat qilar edi. Afsona mushaklarda qonni va pampni saqlab qolish uchun mashqlar orasida imkon qadar kamroq dam olish kerakligiga ishonar edi.

Vins trenajyor zalida ma’lum bir mushak guruhlarining alohida ishloviga ixtisoslashgan qurilmadan ko’proq foydalanishni afzal ko’rar edi.

Larri Skottning ovqatlanish qoidalari

Larri Skott – birinchi "Mister Olympia"

Bodibilder kar’erasinng eng cho`qqisiga chiqqan davrda sport qo’shimchalari keng tarqalmagan edi. Sportsmen tabiiy parhezga tayangan. Sportsmen menyuni shakllantirishning asosiy omili muvozanat deb hisoblardi.

Bodibilder parhezning asosiy oqsil manbalari – tovuq tuxumlari va sut edi. U ikkinchisiga katta e’tibor berar edi. Ma’lumki, mashg’ulotlar davomida Larri kuniga 4,5 litr sigir sutini iste’mol qilgan.

Bodibilding yulduzi hayoti davomida gavda tuzilishini saqlab qola oldi. Larri Arnold Shvarsnegger kabi va boshqa ko’plab zamonaviy sportsmenlarni o’z ichiga olgan oltin asrning ko’plab kul’turistlarni ilhomlantirgan edi.

Biroq, butun faoliyati davomida u Lu Deni va Vins Jirondadan ilhomlangan.

Buni ham o’qing

Martin Ford – eng yirik bodibilderlardan biri

Genetics

Yevgeniy Sandov – “bodibilding otasi”

Genetics

Li Prist – “Oq Afsona”

Genetics

Bodibilding qora panterasi – Simeon Panda

Genetics

Rich Piananing tarjimai holi

Genetics

Jey Katler – eng intizomli kul‘turist

Genetics

Saytdan foydalanishni davom ettirish orqali, siz Konfidensiallik siyosatiga mos ravishda cookie-fayl va boshqa ma’lumotlarning to’planilishi va foydalanilishiga o’z roziligingizni bildirasiz. Roziman Batafsil