Genetics.uz
Image default
Sport ozuqalari

L-karnitin nima bu? Afsona va faktlar

L-karnitin (levokarnitin) organik shartli o’zgarmas aminokislotalar qatoriga tegishlidir. U organizmga taom bilan kirib, shu bilan birga, u sintezga mustaqil uchraydi. L-karnitin zahirasi vujudga kelmaydi: ortiqchalari ya’ni organizm foydalanmaganlari siydik bilan chiqib ketadi. Yosh o’tgan sayin, organizmning L-karnitin ishlab chiqish qobiliyati pasayadi. Bu 30 yoshdan oshgan odamlarda yoq’ qatlamining oshish faktorlaridan biridir.

Moddaning nomilanishi “Carnes” so’zidan olingan bo’lib, lotin tilidan tarjima qilinganida “go’sht” degan ma’noni anglatadi. L-karnitinning katta miqdori aynan go’sht tarkibida mavjud. Aniqrog’i, hayvon yoki insonlarning skelet muskullarining mushak to’qimalarida bo’ladi. Ushbu aminokislota bilan eng ko’p to’yingan mahsulot bu – mol go’shti bo’lib, 100 gr. go’shtda 180 mg mavjuddir. Issiqlik bilan ishlov berilganida (ayniqsa qovurilganida), L-karnitin parchalanadi va uning tarkibi kamayadi.

Qisqacha tarixi

L-karnitinni 1905 yil rossiyalik bioximiklar Vladimir Gulevich va Robert Krimberglar uni mushak to’qimalaridan ajratish orqali kashf etishgan.

“L” old qo’shimchasi esa keyinroq organik emas noorganik Karnitin ishlab chiqishni o’rganganlaridan so’ng paydo bo’ldi. Bu 1960 yilda sodir bo’ldi. 1962 yilda esa, ushbu aminokislota yog’ kislotalarini ularning ichki membranalari orqali mitoxindriyaga tashish xususiyatlari kashf etildi. Shundan boshlab, “L” organik, “D” esa sintetik karnitinni bildiradi.

70-yillarda, Karnitinni professional sportsmenlar taom uchun biologik qo’shimcha sifatida qo’llashni boshlashdi. Qo’llashdagi ijobiy tajriba va ishlab chiqarish texnologiyasining mukammalashishi karnitinni ko’p funksiyali ta’sir spektrga ega mashhur sport ozuqasi sifatida ommaviy ravishda ishlab chiqarilishiga olib keldi.

Biosintez va funksiyaning o’ziga xos xususiyatlari

L-karnitin nima bu? Afsona va faktlar

L-karnitin o’zi nima – aminokislota yoki vitamin? To’g’ri javob – unisi ham, bunisi ham emas. Levokarnitin jigarda lizin va metionindan sintez bo’lib, ammo tuzilishi va samarasiga ko’ra B guruh vitaminlarini eslatadi. Karnitinning organizmda sintez bo’lish fakti “vitamin Bt” yoki “Vitamin B11” xato nom olishiga to’sqinlik qilmadi.

Karnitinni yog’ yo’qotuvchi deb hisoblash ham noto’g’ri. Bu modda energiya almashinuvida faol ishtirok etadi, ammo yog’ kislotalarini yo’q qilib yubormay, ularni keyin yana qayta ishlash uchun mitoxondriyaga tashib beradi. L-karnitinning eng yuqori konsentratsiyasi – organizmning eng katta hajmdagi energiya yig’uvchi qismi – mushaklarda kuzatiladi. Agar uni qabul qilayotganda odatdagi harakat va jismoniy faollik darajasini saqlasangiz, yog’ qavatlari kamayishi bo’yicha hech qanday samaraga erishmaysiz. Karnitin tasvirlangan tarzda ishlashi faqatgina doimiy ravishda jismoniy yuklanishlarni ortirib borgandagina yordam beradi.

Nima uchun ko’pchilik L-karnitinni ozish uchun qo’shimcha vosita sifatida qo’llashadi, aslida u bunday bo’lmasa ham? Chunki ushbu modda harakat faoliyatida, yog’ kislotalarini yog’ qatlamlaridan mushak to’qimalariga tashib beradi, ular ATF – universal energiya manbaini vujudga keltirish uchun yoqilg’iga aylanishadi. Shu tarzda, karnitin yoq’ qatlamlarini energiyaga qayta ishlanishida vositachi bo’ladi. Usiz yog’ kislotalari hujayra mitoxondriyasidagi membranalarni yengib o’tishga qodir emas.

Shu bilan birga, L-karnitin muskul to’qimalari hujayralaridagi metabolik stressni kamaytiruvchi antioksidant sifatida ham samaralidir. Bu faoliyat jadal mashg’ulotlardan so’ng muskullar o’sishini tezlashtirish va qayta tiklanish jarayonining sifatini yaxshilash uchun juda muhimdir. U mushaklardagi og’riqlarining bartaraf bo’lishi, to’qimalarini mustahkamlanishi va o’sishida namoyon bo’ladi.

Levokarnitin zigotlar (tuhum hujayralar va spermatozoid birlashganida) vujudga kelish daqiqasidayoq metabolizmga kirishadi. Ushbu modda yetishmaganligida, normal rivojlanish yoki homilador bo’lish mumkin emas, axir embrion asosiy energiya manbasidan ayriladi. L-karnitinning pasaygan tarkibi reproduktiv funksiya yomonlashishidan tashqari, tez charchoqqa va parishonxotirlikka olib keladi. L-karnitin ayniqsa ozish uchun muhim bo’lib, axir usiz yog’ hujayralarining parchalanishi va mushaklarning o’sishining iloji yo’q.

L-karnitin turlari

L-karnitin nima bu? Afsona va faktlar

Karnitinning yangi shakllarining qidiruvi, organizmda uning o’zlashtirilish foizini oshirishga bo’lgan intilishga bog’liqdir. Oddiy shaklidan tashqari, quyidagilari ham ishlab chiqilgan:

  • Atsetil L-karnitin – atsetillashtirish qayta ishlovidan o’tgan va gemato-ensefalik to’siqni yengil va tez yengib o’tish xususiyatini qo’lga kiritgan aminokislota;
  • L-karnitin L-tartrat – absorbsiyani oshishiga yordam beruvchi, organik vino kislotasi bilan aralashtirilgan, organik karnitin.
  • Glitsin propionil L-karnitin – muskullarga yuklanish tushganda qon oqimini kuchaytiruvchi va antioksidant ta’sirini oshiruvchi, glitsin propional qo’shilgan organik karnitin.

Karnitinni qachon va qanday qabul qilish kerak

L-karnitin nima bu? Afsona va faktlar

L-karnitin universal sport qo’shimchasi hisoblanib, u mushak massasi yig’ish davrida ham, “sushka” (yog’ni yo’qotish) va relyef uchun ishlash davrida ham qabul qilish mumkin bo’lgan sport universal qo’shimchalari qatoriga kiradi. Bu yerda hech qanday qarama-qarshilik mavjud emas. Massa yig’moqchi bo’lgan sportsmenlar aynan mushaklarni, yog’ni emas o’stirishni rejalashtirishgan. L-karnitin sifatli massa yig’ishni ta’minlagan holda, yangi yo’g qatlamlari paydo bo’lishini oldini olishga yordam beradi. Organizmdan yog’ni “haydab” yuborayotganlar esa, karnitinni yog’ kislotalarini ATF qayta ishlovi uchun muskul to’qimalariga yog’ kislotalarini tashib berish xususiyatidan foydalanishadi.

L-karnitinni ovqatlanish oralig’ida, ertalab uyg’onish bilan och qoringa qabul qilgan yaxshi. Sutkalik meyor yosh, jismoniy yuklanish darajasi va sog’liqqa bog’liq. Shu bilan birga, modda turlariga bog’liq:

  • Oddiy shakl – sutkada 500-5000 mg chegarasida;
  • Atsetil – 600-2500 mg;
  • Tartrat – 1000-4000 mg;
  • Glitsin propionil – bu ham 1000 dan 4000 mggacha.

Qabul qilishning tavsiya etiluvchi sxemasi ishlab chiqaruvchi tomonidan yorliqda ko’rsatiladi.

Ko’pincha sportsmenlar o’z sutkalik proportsiyalarni ikki marta qabul qilishga bo’lishadi: mashg’ulotdan oldin va keyin. Lekin, shu bilan bir qatorda, yog’ni yo’qotish yoki mushak massasini oshirish uchun ishlanayotganda, u yoki bu hol uchun ko’proq mos keladign qabul qilishning turli sxemalari mavjud. Ular haqida professional trener yoki nutritsiologlardan bilib olishingiz mumkin.

Ustunliklari

L-karnitin nima bu? Afsona va faktlar

Umuman olganda, L-karnitin majmuaviy ta’sirga ega bo’lgan preparat bo’lib, u quyidagilarga yordam beradi:

  • Yog’ yoq’otilishini tezlashtirish va uni energiyaga qayta ishlanishida;
  • Yuqori jismoniy va emotsional faollikni (bilvosita) qo’llab-quvvatlashga yordam berishda;
  • Mashg’ulotdan so’ng, muskullar qayta tiklanish jarayonini yanada tezroq va samaraliroq qilishda.

Bu ozuqaviy qo’shimcha sportsmen-vegetarianlar orasida juda ham mashhur bo’lib, chunki ularning ratsionlarida “go’shtli” betakror aminokislotalar nomli kam.

Levokarnitin haqidagi hato tasavvurlar

L-karnitin nima bu? Afsona va faktlar

L-karnitin haqidagi haqiqiy izohlar ushbu moddaning ishlash mexanizmi haqida aniq tushuncha beradi, ammo ba’zida endi sport bilan shug’ullanayotganlarning noob’ektiv fikri va savdo tashkilotlarining o’z foydasini oshirish uchun chalg’ituvchi maqtov hikoyalari ham uchrab turadi. Fitnes industriyasida quyidagi afsonlalar tarqalgan:

1-Afsona. Levokarnitin sport o’rnini bosadi

Ushbu modda faqatgina aerobik yuklanishlar sharoitida samarali, shuning uchun ham u kam harakatli hayot tarzida natija bermaydi. L-karnitinni ozish uchun qabul qilganda, yugurish, suzish va kardiotrenajyorlarda shug’ullanishni esdan chiqarish kerak emas.

2-Afsona. Dozasi qancha ko’p bo’lsa, shuncha yaxshi

Karnitining me’yoridan ortig’i organizmda to’planmaydi, shu sabablli ham qo’shimchani yanada ko’paytirish – bu faqatgina preparatning ortiqcha sarf bo’lishiga olib keladi.

3-Afsona. To’liq dozirovkasiga amal qilish shart emas

Ushbu tejam qilish ham ma’noga ega emas, organizm moddaning sezilmas dozasiga javob qaytarmaydi.

4-Afsona. Karnitin faqatgina ozishda foydali

Aslini olganda, bu qo’shimchadan foydalanishning ko’plab sabablari bo’lib, uning qo’llanilishi, moddaning asosiy vazifalaridan tashqariga chiqib chiqadi. Shular jumlasiga, anabolik jarayonlarni yaxshilash, aqliy faoliyat stimulyatsiyasi, chimdalilik va detoksikatsiyani yaxshilashlar kiradi.

5-Afsona. Levokarnitinsiz ozib bo’lmaydi

Organizm (ba’zi kam uchraydigan hollarni hisobga olmagan holda) mustaqil ravishda kerakli darajadagi L-karnitinni ishlab chiqara oladi. Qo’shimcha qo’llash ozish jarayonini tezlashtiribgina beradi.

Sportsmenga karnitinning haqiqiy foydasi

L-karnitin nima bu? Afsona va faktlar

Professionallar ushbu qo’shimchani qisqa kurslarda ichib, muvozanatlashtirilgan parhez va kardio yuklanish bilan birlashtiradilar. L-karnitinni doimo qabul qiluvchi sportsmenlarda, chidamlilikni sezilarli oshganligi va yog’ to’qimalari kamayganligi yaqqol seziladi. Bu esa, qo’shimchaga sport ozuqasida ozish va “sushka” jarayonida alohida o’rin olib berdi.

Levokarnitinning anabolik samarasi, aminokislotalar jamlanmasiga qaraganda kamroq ifodalangan. L-karnitinni jadal mashg’ulotlar davrida mushaklar massasini saqlab qolish uchun qabul qilish maqsadga muvofiq. Mushaklarning buzilishini oldini olish uchun, bir sutkada atigi 2gr qo’shimcha va yuqori oqsilli parhez talab qilinadi.

L-karnitin haqidagi ko’plab ijobiy fikrlar, u boshqa qo’shimchalar bilan yaxshi chiqishishi, ba’zi hollarda ularning ta’sirini kuchaytirishini tasdiqlaydi. Eng yaxshi natijalarga levokarnitinni protein va oqsilli-uglevodli kokteyl, Q10 koenzimi bilan birlashtirgan sportsmenlar erishganlar. Ba’zi anabolik preparatlar karnitinni samaradorligini oshirib, ularni yanada tezroq ozish uchun qo’llash mumkin.

L-karnitin ushbu oziq-ovqatlar tarkibiga kiradi:

  • mol go’shti
  • cho’chqa go’shti
  • tovuq go’shti
  • dengiz mahsulotlari
  • sut mahsulotlari

Nojo’ya ta’sirlari va tavsiya etilmaydigan holatlar

L-karnitinning nojo’ya ta’siri yo’q. Ammo, bizning davr – hammaga, hamma narsaga allergiya davri bo’lib, ishlab chiqaruvchilar bu qo’shimchaga allergik reaksiya paydo bo’lish ehtimoliyatini ehtiyotkorlik bilan aytib o’tadilar. Yana hamma ishlab chiqaruvchilar ham karnitinni sof holda chiqarishmaydi. Ko’pincha bu tabletkalar, kukun yoki sirop bo’lib, qo’shimcha modda: fruktoza va (yoki) askorbin kislotasi bilan chiqariladi.

Epilepsiya: Uning haddan ortiq iste’mol qilish, sog’liqni yomonlashtiradi. Epilepsya yoki asab tizimi buzilishlarida uni iste’mol qilishni chegaralang. Istemol qilishdan avval, shifokor bilan maslahatlashing.

Homiladorlik: Homiladorlik vaqtida uning havfsizligi haqida ilmiy isbotlar mavjud emas.

Gipotireoz: Bu aminokislota arterial qon bosimini tushiradi. Qon bosimini pasaytiruvchi dori qabul qilganingizda, L-karnitin qabul qilishdan voz keching.

Yosh, jismoniy sog’lom, semizlikka moyilligi yo’q va yaxshi ovqatlandiganlar L-karnitinni qabul qilishlariga ehtiyojlari dargumon. Lekin yoshligi ortda qolgan, zamonaviy shaharning stressli ritmida yashovchi, yog’ qatlamlaridan qutilishni istayotgan va o’z mashg’ulotlarining unumini oshirishni istagan hamma-hamma uchun – bu qo’shimcha haqiqiy foyda olib keladi.

Buni ham o’qing

Vitaminlarning mushaklarning o‘sishi va qayta tiklanishidagi o‘rni

Genetics

WHEY protein – zardob oqsili haqida batafsil ma’lumot

Genetics

BCAA nima? Qo’shimchaning turlari va qo’llash bo’yicha qo’llanma

Genetics

Kreatin – nima uchun kerak va uni qanday qabul qilinadi?

Genetics

Protein nima va inson organizmiga nima uchun zarur?

Genetics

Ozishni istagan ayollar uchun sportchilarga xos ovqatlanish

Genetics

4 Izoh

Mirjalol April 29, 2020 - 18:23

Albatta Foydali Ekan. Men Ham Foydalanmoqchiman Qayerdan olsam bo’ladi?

Javob berish
Mirjalol April 29, 2020 - 18:27

Albatta Foydali Ekan. Men Ham Foydalanmoqchiman Qayerdan olsam bo’ladi? Ma’lumotlar uchun Alohida Raxmat.

Javob berish
Surayyo September 9, 2020 - 21:10

O‘zbekistonda ishlab chiqarilganidan 4yoshli o‘glimga buyurishdi respublika gematologiya markazida rostan vesni sezilarli darajada ketkazar ekan

Javob berish
Jaloliddin February 1, 2021 - 16:25

L karnitinni necha yoshdan ichsa bo‘ladi

Javob berish

Saytdan foydalanishni davom ettirish orqali, siz Konfidensiallik siyosatiga mos ravishda cookie-fayl va boshqa ma’lumotlarning to’planilishi va foydalanilishiga o’z roziligingizni bildirasiz. Roziman Batafsil