Genetics.uz
Image default
Sport ozuqalari

L-arginin nima va bodibildingdagi afzalliklari

L-arginin – sport zalida shug’ullanuvchilar ko’p ishlatadigan aminokislota. Odatda energiya va kuchni oshirish uchun mashg’ulotlardan oldin qabul qilinadi.

L-arginin o’rnini almashtirib bo’lmaydigan aminokislotalarga qisman taalluqli. Protein sintezida va nitrat oksidi hosil bo’lishida muhim rol o’ynaydi, shu sababli u mashg’ulotlar oldidan qo’llaniladigan mashhur qo’shimchadir. Azot oksidi qon tomirlarining kengayishiga va qon aylanishini yaxshilashga yordam beradi.

Arginin shuningdek, turli xil hujayra jarayonlariga sezilarli ta’sir ko’rsatadi, mushak massasining o’sishiga, to’qimalar tiklanishiga va erektil disfunksiyani bartaraf etishga yordam beradi. Shu munosabat bilan L-argininning jiddiy shikastlanishlar va to’qimalarning yaqqol atrofiyasini davolashda samaradorligi bo’yicha tadqiqotlar o’tkazildi.

L-arginin voyaga yetgan inson organizmida tabiiy ravishda ishlab chiqariladi. Ammo bolalik, o’smirlik yoki keksalikda, shuningdek muayyan kasalliklar mavjud bo’lganda, aminokislotalar ishlab chiqarilmaydi yoki buziladi. Bunday hollarda sintetik L-arginin turli xil dori-darmon shakllarida qo’llanilishi mumkin: ichga qabul qilinuvchi, inyeksiya yoki krem shaklida. Bodibildingda tarkibida L-arginin bo’lgan mahsulotlar yoki aminokislotalarga ega qo’shimchalarni iste’mol qilish juda muhim hisoblanadi.

L-arginin (qo’shimchalardan tashqari) tarkibi nisbatan yuqori bo’lgan mahsulotlarga dengiz mahsulotlari (tunes va omar), sut mahsulotlari, go’sht (tovuq, mol va kurka go’shtlari), shuningdek tuxum, yorma va yong’oqning ayrim turlari (grek yong’og’i, keshyu, yeryong’oq va pekan) kabilar kiradi.

Bodibilderlar uchun L-argininning ahamiyati

L-arginin nima va bodibildingdagi afzalliklari

L-argininning afzalliklaridan biri shundaki, mashqlar davomida qon oqimining yaxshilanishi (“qon haydash” yoki “pamping”) tufayli chidamlilikni oshirish mumkin. Bundan tashqari, kreatin sintezi tufayli maksimal quvvat zaxirasini oshirishga yordam beradi. Azot oksidi (NO2) ning vazifadoshi sifatida L-arginin qon tomirlari devorining silliq mushak tolalarini yumshatish orqali qon tomirlarini kengaytiradi. Tezlashgan qon oqimi mashqlar bajarishda uzoq vaqt davomida mushaklarga kislorod va ozuqa moddalarining kelishini ko’payishiga olib keladi. Bu esa mushak tolasining tiklanishini yaxshilashga yordam beradi.

Arginin azot oksidi sintazasi parchalanib, azot oksidiga aylanadi. Metabolit qonga yo’naladi va qon tomirlarini kengaytiradi. Bu jarayon davomida, qon oqimi kuchayadi, natijada to’qimalarga oziq moddalar yetkazib berish o’sishiga olib keladi.

Mushaklar ko’proq qon qabul qiliganligi sababli, ozuqa moddalari va kislorod oqimi ortadi, bu esa mashg’ulotlar samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Bu aminokislota qo’shilgan qo’shimchalardan foydalanish erektil disfunksiyada va arterial qon bosimining oshishini nazorat qilishda ham yordam berishi mumkin.

L-argininning foydasi

L-arginin ikkita asosiy samaraga ega: azot oksidi shakllanilishi va oqsil sintezida ishtirok etish. Shu sababli, yurak funksiyasini yaxshilash va mushak massasini oshirishdan boshlab, jarohatni davolash va erkaklardagi fertillikni yaxshilashga qadar aminokislotali qo’shimchalar organizmga ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Tadqiqot davomida L-argininning foydali xususiyatlari haqidagi barcha bayonotlar ham tasdiqlanmagan. Biroq, sinovlarda ushbu aminokislota ta’minlaydigan ko’plab tasdiqlangan afzalliklari mavjud:

  • o’sish gormoni sekretsiyasini stimullashi;
  • qon arterial bosimini pasaytirish;
  • yurak patologiyasini davolash;
  • siydik sintezida tug’ma nuqsonlarni tuzatish;
  • erektil disfunksiyani davolash;
  • diabetdagi qand moddasi darajasiga ijobiy ta’sir;
  • erta tug’ilgan bolalarda oshqozon-ichak traktida yallig’lanishni kamaytirish.

Bundan tashqari, oldinda hali L-argininning mumkin bo’lgan boshqa ta’sirlarini o’rganish kerak, ular orasida:

  • qon aylanishini yaxshilash;
  • yara va kuyishlarninig tuzalishini tezlashtirish;
  • turg’un yurak yetishmovchiligida buyrak funksiyasiga ijobiy ta’sir;
  • xavotirlarni bartaraf etish;
  • mehnat samaradorligini oshirish.

L-argininning inson tanasiga ta’siri bilan bog’liq bir qator boshqa kam o’rganilgan xususiyatlari ham mavjud. Bularni aminokislotali qo’shimchalar qabul qiluvchi har bir kishi tomonidan hisobga olinishi kerak. L-argininni qabul qilishdan oldin, shifokor bilan u bilan bog’liq foyda va xatarlarni muhokama qilishingiz, shuningdek tanlangan qo’shimchaning sifatiga ishonch hosil qilishingiz va ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilgan mahsulot ko’rsatmalarini diqqat bilan o’rganishingiz kerak.

L-argininni kundalik qabul qilinishi qanchalik xavfsiz

L-arginin nima va bodibildingdagi afzalliklari

L-argininning kundalik iste’moli xavfli emasligi haqida hech qanday dalil yo’q. Aslida, gipertenziyani davolash uchun L-arginindan foydalangan ko’plab odamlar uni har kuni qabul qilishlari kerak. Ammo, boshqa dorilar yoki qo’shimchalar bilan bo’lgani kabi, ehtiyotkorlik bilan qo’llash kerak bo’ladi. L-argininning o’rtacha dozalari xavfsiz deb hisoblansa-da, katta miqdordagi aminokislotalar jiddiy nojo’ya ta’sirga ega bo’lib, hattoki o’limga olib kelishi ham mumkin. Uni qabul qilishdan oldin bu qo’shimcha organizmda qanday reaksiyalarga olib kelishi mumkinligini va boshqa dorilar bilan qanday o’zaro ta’sirga kirishishini tushunish muhimdir.

L-argininning salbiy ta’sirlari

Ba’zi hollarda L-argininni qo’shimcha sifatida qabul qilish oldindan bilish kerak bo’lgan ayrim xavflar bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Eng keng tarqalgan nojo’ya ta’siri:

  • podagra;
  • qorin shishi, og’rig’i, diareya;
  • nafas yo’llarining yallig’lanishi;
  • qon arterial bosimining sezilarli pasayishi;
  • qonning patologik o’zgarishi;
  • astma o’tishining yomonlashuvi;
  • allergik reaksiyalar.

Yuqorida sanab o’tilgan salbiy ta’sirlardan tashqari, L-argininni qabul qilish ushbu qo’shimchani qabul qilgan har bir kishi bilishi kerak bo’lgan jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin.

Xatarlar va asoratlar

L-arginin nima va bodibildingdagi afzalliklari

Ba’zi hollarda L-arginindan foydalanish jiddiy xavf bilan bog’liq:

  • bolalar o’limiga olib kelishi mumkin bo’lgan og’ir ahvolni rivojlantirishi mumkin;
  • gerpesni kuchaytirishi mumkin;
  • yurak xuruji sabab yuzaga keladigan o’lim xavfi ortadi;
  • jarrohlik aralashuvlari davomida qon bosimi nazorati bilan qiyinchiliklar bo’lishi mumkin;
  • viagra va antigipertenziv vositalar kabi bir qator dorilar bilan salbiy ta’sir o’tkazishi mumkin.

L-arginin bilan bog’liq xavf-xatarlarga qaramasdan, ko’pgina tadqiqotlar aminokislotaning kichik dozalarini qo’llash xavfsizligini ko’rsatdi. Shuni esda tutish kerakki, AQSh FDA boshqarmasi qo’shimchalarning xavfsizligini tekshirmaydi, shuning uchun mahsulotni ishonchli ishlab chiqaruvchidan tanlash kerak.

Qo’shimchani turli usullarda sotib olinishi mumkin. Eng yaxshisi, rasmiy vakillardan sifat sertifikatlar mavjud bo’lganda sotib olish, ammo har qanday holatda bo’lgani kabi, qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak, chunki arginindan foydalanish xavfi mumkin bo’lgan afzalliklardan oshib ketishi mumkin.

Tavsiya etilgan L-arginin dozalari

Odatda, bodibilding uchun L-argininning optimal miqdori mashqdan oldin va keyin kuniga 3-10 gramgacha bo’lgan dozasi hisoblanadi. Yuqori dozalarga o’tishdan oldin tanaga qanday ta’sir qilishini kuzatish uchun past dozadan boshlash yaxshiroq.

L-argininning tabiiy manbalari

L-arginin nima va bodibildingdagi afzalliklari

Argininga bo’lgan ehtiyojni qondirishning eng xavfsiz usuli uni oziq-ovqat orqali ta’minlashdir. Bunday holda, juda ko’p aminokislotalarni qabul qilish qiyin bo’lgani sababli, u bilan bog’liq nojo’ya ta’sirlar ehtmoliyati kutilmaydi.

Shu bilan birga, L-argininning ehtiyojlarini faqat ma’lum bir parhez orqali qondirish juda qiyin. Shuning uchun ratsionni o’zgartirish masalalari parhezshunos bilan muhokama qilinishi kerak.

Aminokislotalarning eng yaxshi tabiiy manbai ko’p miqdordagi oqsillarni o’z ichiga olgan mahsulotlardir. Go’sht iste’mol qiladigan odamlar L-argininni mol, tovuq, kurka go’shtlari va sut mahsulotlari kabi mahsulotlardan olishadi. Vegeterianlar oqsillarga boy o’simlik mahsulotlarini, jumladan, nut, yasmiq doni (чечевица), soya, yeryong’oq va boshqalarni iste’mol qilish orqali aminokislotaga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishlari mumkin.

Buni ham o’qing

Geyner: bu nima va uni qanday qabul qilinadi?

Genetics

Ozishni istagan ayollar uchun sportchilarga xos ovqatlanish

Genetics

Sitrullin malat va L-sitrullin qo’shimchalari uchun qo’llanma

Genetics

Kreatin – nima uchun kerak va uni qanday qabul qilinadi?

Genetics

Vitaminlarning mushaklarning o‘sishi va qayta tiklanishidagi o‘rni

Genetics

Zamonaviy sport ozuqalarining tasnifi

Genetics

Saytdan foydalanishni davom ettirish orqali, siz Konfidensiallik siyosatiga mos ravishda cookie-fayl va boshqa ma’lumotlarning to’planilishi va foydalanilishiga o’z roziligingizni bildirasiz. Roziman Batafsil