Genetics.uz
Image default
Motivatsiya

Kuch ishlatiluvchi mashg’ulotlarda mental timsollarning kuchi

Inson kinetikasi sohasi professori Terri Orlikning so’zlariga ko’ra, «Sportchilar mashg’ulotlar va musobaqalarda o’zlaridan maksimal foyda olishga yordam berish uchun mental timsollardan foydalanadilar».

Shuningdek, u shunday deb ta’kidlaydi: «Eng tez taraqqiyotga erishishga intilayotgan o’sib kelayotgan sportsmenlar ham va oxir-oqibat eng yaxshilar qatorida turuvchi sportsmenlar ham aqliy timsoldan keng foydalanishadi, Ular uni har kuni mashg’ulotlarda ular bilan nima sodir bo’lishi va ularning eng yaxshi musobaqa chiqishlarida oldindan tajriba qilish usuli sifatida foydalanadilar».

Sport psixologiyasi va jismoniy faoliyat sohasida doktorlik darajasiga erishgan Orlik, mukammallik va hayot sifati psixologiyasi sohasida dunyodagi nufuzli olimlardan biridir. Uning mental qiyofalar haqidagi fikrlari oson va boshqarilishi imkoniyati bordek tuyuladi, ammo bir savol tug’iladi: «Ushbu taktikadan qancha bodibilder yoki sportsmenlar kuch talab etiladigan mashg’ulotlarda foydalanishadi?»

Vizualizatsiya va bodibilding texnikasi

Ko’pincha sportsmenlar sportning mental aspektlarini e’tiborsiz qoldirib, tashqi odatlarga e’tibor berishadi. Biroq, Arnold Shvarsenegger aytganidek: «Bodibilding ko’p jihatdan boshqa har qanday sport turiga o’xshaydi. Muvaffaqiyatli bo’lish uchun siz o’zingizni mashg’ulotlarga, parhez va aqliy yondashuvga 100% bag’ishlashingiz kerak».

Yaxshi qaddi-qomatni yaratish boshqa har qanday hayotiy vaziyatni yaratishga juda o’xshaydi: siz muvaffaqiyatga erishish haqida tasavvurga ega bo’lishingiz va bu tasavvurni haqiqatga aylantirishingiz kerak. Sportsmen oldiga qo’ygan maqsadi haqida har doim aniq tasavvurga ega bo’lishi kerak.

Sport zaliga borayotganingizda, mashg’ulotingizni tasavvur qilasizmi? Siz o’zingizni aniq bir mashqni bajarayotganingizni tasavvur qilasizmi? Agar kuningiz ko’ngildagidek o’tmasa, o’zingizni mashq qilishdan oldin ijobiy fikrlar va tasvirlarga moslashtirish uchun vaqt sarflaysizmi?

Mushaklar va kuchni aqliy timsollar bilan maksimal darajada oshirish

Kuch ishlatiluvchi mashg’ulotlarda mental timsollarning kuchi

Ushbu maqolaning maqsadi – o’quvchilarga aqliy timsollar yordamida kuch talab etiladigan mashg’ulotlarini maksimal darajaga yetkazish imkonini beradigan vositalarni berishdir. Mental tasvirlarni amalda qo’llaydigan odamlarda ularning mashg’ulotlar davomida o’zlariga bo’lgan ishonchlari ortadi. Mental timsollar ish beradigan aniq mexanizmlar hali ham noma’lumligicha qolmoqda, ammo miyaning o’ng yarim sharlari tasvirlarning asosiy markazi ekanligi ma’lum.

Mental timsollar ichki yoki tashqi nuqtai nazardan chizilgan bo’lishi mumkin. Ichki tasvirlar – bu inson tasvirni birinchi shaxs nuqtai nazaridan tasavvur qilishi hisoblanadi. Misol uchun, maksimal ko’tarishni bajarishdan oldin, siz mashq qilayotganingizni tasavvur qilasiz.

Tashqi tasvirlar uchinchi shaxs nuqtai nazaridan yuzaga keladi. Shu nuqtai nazardan, siz tomoshabinga aylanasiz va maksimal bosimni muvaffaqiyatli bajarayotganingizni kuzatasiz.

Mental timsollardagi tasvir tiniq va aniq detallarni o’z ichiga olganda samarali hisoblanadi. Turli sezgi organlar orqali olingan ma’lumotlardan foydalanish ravshanlikni ta’minlash va tasvirlarning umumiy ta’sirini oshirishga yordam beradi. Nihoyat, biz faqat muvaffaqiyatli natijalarga e’tibor qaratsak va salbiy natijalar haqida fikr yuritmasak, tasvirlar yanada samaraliroq bo’ladi.

Tasvirlar ssenariysi

Kuch ishlatiluvchi mashg’ulotlarda mental timsollarning kuchi

Ichki yoki tashqi timsollarni taqdim etish uchun suratlar ssenariysini kiritish foydali bo’lishi mumkin. Tasvirlar ssenariysi – bu kalit so’zlar va iboralarni o’z ichiga olgan harakatlar ketma-ket tavsifidir. Masalan, og’ir atletikadagi deadlift (становая тяга) ssenariysi, to’rt bosqichdan iborat: mashg’ulotoldi faza, ko’tarishgacha bo’lgan faza, ko’tarish vaqtidagi faza va ko’tarishdan keyingi faza.

To’rt fazali tasvir ssenariysi aynan qanday ko’rinishga ega bo’ladi? Deadliftda mashg’ulotoldi faza zarur bo’lgan og’irlikni ko’tarish uchun ruhan tayyorgarlik ko’rayotgan atletdan iborat bo’ladi. Ko’tarishgacha bo’lgan fazada sportchi aniq bir vaznni ko’tarish uchun ko’proq o’ziga xos (batafsil) komponentlarini tasavvur qilish orqali mashg’ulotoldi faza impulsidan foydalanadi.

Xulosa

Kuch ishlatiluvchi mashg’ulotlarda mental timsollarning kuchi

Mental timsollarning yakuniy maqsadi – sizning miyangizdagi timsolingiz ro’yobga aylanishiga erishishdir. Mental timsollar kuch talab etiladigan mashg’ulotlarning samaradorligini oshirish uchun ishlatilishi mumkin. Aqliy timsollar sportsmenlar faqat muvaffaqiyatli natijalarni ko’z oldiga keltirganlarida va muvaffaqiyatsiz natijalar tasvirini esa saqlashdan qochishganligidagina to’g’ri bajarilgan bo’ladi.

Mental timsollar, sportsmenlar mental ssenariyni ko’tarishdan oldin, ko’tarish vaqtida va undan keyin bo’lib, ko’z o’ngiga keltirganlarida kuch talab etiladigan mashqlarni samarasi oshgan hisoblanadi. Sport zaliga kirishdan oldin, mashg’ulotingiz haqida ijobiy fikrlarni yaratishga ongli ravishda harakat qiling, shunda siz jarayonga butunlay sho’ng’iysiz. O’z oldingizga qo’ygan maqsadingizga erishish uchun mental timsolingizni ro’yobga chiqaring!

Buni ham o’qing

Mushak massasini o’stirishda ong imkoniyatlari

Genetics

Piyoda yurish – kilogrammlar bilan kurashishdagi tenggi yo’q yordam

Genetics

Shtanga bilan o‘tirib-turish mashqlarining afzalliklari

Genetics

Trеnajyor zalda hech kim yoqtirmaydigan yigit bo‘lma!

Genetics

Saytdan foydalanishni davom ettirish orqali, siz Konfidensiallik siyosatiga mos ravishda cookie-fayl va boshqa ma’lumotlarning to’planilishi va foydalanilishiga o’z roziligingizni bildirasiz. Roziman Batafsil