Genetics.uz
Image default
Farmakologiya

Bodibildingda kortizol gormoni (stress gormoni)

Kortizol – bu insondagi eng muhim katabolik gormon bo’lib, u oqsil (aminokislota) parchalanishiga, yog’ yig’ilishiga (quvvatning zahira manbasi bo’lib) va glyukoza (jigarda to’planadigan glikogen hisobiga) darajasining oshishiga, qondagi shakar miqdorini kamayishiga yo’l bermaydigan, ayni vaqtdagi ehtyojlar uchun erkin quvvat manbasini organizmga berilishiga javob beruvchidir.

Kundalik hayotda kortizol “stress gormoni” nomi bilan tanilgan. U mushaklarni kamaytirgani va mushak massasini yig’ishga halaqit berganligi uchun bodibilderlar va fitnes go’zallari yoqtirishmaydi. Qorni katta odamlar, visseral yog’ni paydo bo’lganligi uchun hamma aybni unga to’nkashadi. Shu bilan birga uni, tungi bedorlikda, uyqusizlikda, kollagen sinteziga to’sqinlik qilib terining siniqishiga olib kelishida  ayblashadi.

Shu bilan birga, kortizol (ruhsat berilgan me’yordagisi) – bu kuch va tetiklik gormoni, yaxshi kayfiyatga va lipolizga (yog’larni erishi) ta’sir ko’rsatishini hamma ham bilmaydi. Aynan kortizol har tong organizmda “ichki uyg’otuvchi” rolini o’ynaydi.

Kortizol darajasining oshganlik belgilari

Kortizolning darajasi stress holatida, jismoniy va ruhiy tushkunliklarda, ochlik va qo’rquv holatlarida oshadi.

Organizmingiz keragidan ortiq kortizol ishlab chiqarayotganini qanday bilish mumkin? O’z holatingizni tahlil qiling. Kortizolning darajasi oshganida kuzatiladigan holatlar:

  • Ish bajarayotganda doimiy shoshilish hissi
  • Charchash va asabiylashish hissi
  • O’zingizga bog’liq bo’lmagan qandaydir jarayonlar uchun doimo tashvishlanish
  • Unutuvchanlik va diqqatni jamlashdagi qiyinchilik
  • Doimo ubu shirinlik yiyishga xohish
  • Arterial bosim oshishi va yurak urishining tezlashishi
  • Uyquning buzilishi yoki uning yo’qligi (uyqusizlik)
  • Yaralarning sekin bitishi

Kortizolni “stress gormoni” deyilishiga sabab, uning vazifasi organizmni mumkin bo’lgan turli havfli vaziyatlardan himoya reaksiyasini shakllantirishdir.

U yurak urishini tezlashtiradi, arterial bosimni oshiradi, mushaklarni kuchaytirilgan jismoniy yuklanishlarga tayyorlab shu bilan birga, uni mushaklarga boshqa a’zolar hisobidan olinib turilgan glyukoza sarfini kamaytiradi. Shu tarzda, u organizmni hayot uchun kurashishga tayyorlaydi, masalan, havf-hatardan qochish yoki havfli dushman bilan kurashishga tayyorlaydi.

Kortizolning oshishiga sabablar

Bizning vaqtimizda, bahtga qarshi yoki baht uchunmi stress har doim ham hayot uchun jismoniy kurashishni talab qilmaydi. Bugungi kunda stressli holatni har hil narsalar yuzaga keltirishi mumkin:

  • Ishdagi yoki munosabatlardagi noxushliklar
  • “To’siqlar” bo’ylab harakatlanish
  • Uzoq vaqt ovqatlanmaslik
  • Uyquning yetarli emasligi
  • Ko’p mashq qilish
  • Spirtli ichimlikni ko’p iste’mol qilish
  • Kofe ko’p ichish (kuniga 3 chashkadan ortiq) va shu bian birga turli energetiklar

Havf-hatar ro’y berganda, qandaydir jismoniy faollik yuz bermaganligi sababli, “adashish” yuzaga keladi. Chunki odam qochishi, yugurushi, kurashishi va himoyalanishi kerak edi, lekin bunday qilmayapti. Nima bo’lyapti o’zi?

Mushaklar glyukozani sarflamagani hisobiga, qandli diabet va semizlikning rivojlanish havfi vujudga keladi. Bundan tashqari, glyukozasini “bergan” a’zolar, uni to’ldirishni talab qila boshlaydi va insonlar ichki his bilan shirinlik va hamirli taomlarga mukkasidan ketishadi. Shundan “stressni yeyish” atamasi vujudga kelgan.

Kortizol

Kortizol bodibildingda

Oddiy qiib aytganda, bodibildngda kuchni ko’paytirishga va mushaklar massasini oshirishga qaratilgan mashg’lotlarda, haddan ortiq stress – ochlik, cho’zilib ketgan mashg’ulotlar, ortiqcha shug’ullanib yuborilish, qondagi qand moddasini kamayishi kortizolning darajasini oshiradi.

Ko’pincha ishqibozlar mashg’ulotlar dasturini tuzish qoidasini suiste’mol qilib, trenajer zalida uzoq vaqt 1,5-2 soat bo’lishadi, bu paytda ular gipoglikemiya (qondagi qand moddasining konsentratsiyasi kamayishi) holatiga tushgan bo’lishib, bu mushak massasini to’plashga eng asosiy to’sqinlik qiluvchi omildir.

Shu sababli ham bodibildingda, ayniqsa ushbu sport professionallarida, kun davomida ovqatlanishni teng barobar portsiyalarga bo’lib iste’mol qilish, ularning asosiy prinsiplaridan biridir. Ammo haddan ortiq ko’p ovqatlanish ham organizm tizimiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkinligi uchun va organizmga, mushak to’qimalariga kerakli makronutrientlar yetkazib berish uchun ayniqsa nonushta, mashg’ulotdan so’ng va uyqudan avvalgi ovqatlanishni aniq rejalashtirish kerak. Nonushta uchun – murakkab uglevodlar va yengil o’zlashtiriladigan oqsillar, mashg’ulotlardan so’ng esa ham murakkab, ham sodda uglevodlar, sport oqsilli kokteyli ko’rinishidagi oqsillar yaxshidir. Uyqudan avval makronutrientlar qabul qilish ham muhim bo’lib, bular asosan oqsil, ayniqsa kazein (masalan, bir necha soat davomida organizmda sekin o’zlashtiriladigan aminokislotalar bo’lib, ular tvorog yoki oqsil asosidagi sport kokteyllari) hammasidan yaxshidir.

Qanday qilib gormon darajasini pasaytirish mumkin

Kortizol darajasini to’g’ri ovqatlanish yoki me’yorlashtirilgan jismoniy og’irliklar bilan pasaytirish mumkin. Bu degani, kuch mashqlari uzog’i bilan 1-1,5 soat, undan ko’p bo’lishi kerak emas. Bu asosan havaskor atletlarga taalluqli. Professional atletlar o’z arsenallarida kortizolni qonga tushish darajasini kamaytirishga qaratilgan turli maxsus qo’shimcha va preparatlari bor.

Shu bilan birga, BCAA va glyutamin aminokislotalari kortizolning chiqishi natijalari bilan kuchli kurashuvchilar bo’lib, yana 1,5-2 soat uzoq davom etadigan mashg’ulotlar vaqtida tez uglevodlarni qabui qilish ham foydalidir. BCAAni mashg’ulotdan avval yoki mashg’ulot vaqtida, glyutaminni esa mashg’ulotdan oldin va keyin qabul qilish yaxshiroqdir. Kreatinni 5 gr miqdordagisini qabul qilish, kortizol darajasini mashg’ulotlarning birinchi soatida 30-40% kamaytiradi.

Kortizol juda muhim gormon bo’lib, uni butunlay yo’q qlish qatiyan man etiladi, chunki organizmning quvvat bilan ta’minlanishi unga bog’liq. Lekin uning haddan ortiq va doimiy ishlab chiqarilishi ham, organizmni kuchsizlantiradi, to’liq qayta tiklana olmaydi, mushaklar va paylar bo’shashishi, bo’g’imlarni jarohatlanishi va qutulish juda mushkul bo’lgan yog’ qatlami hosil bo’lishiga olib keladi.

Va yana multfilmdagi “Hotirjamlik, faqat hotirjamlik!”so’zlarini tez-tez eslab turing.

Buni ham o’qing

Vinstrol (stanozolol) – steroidning ta’rifi va ta’siri

Genetics

Anadrol – Oksimetolon brendi va savdo belgisi

Genetics

Dianabol (Metandrostenolon) – preparat haqida tarixiy va umumiy ma’lumot

Genetics

Ekvipoyz (Boldenon) – preparatning ta’rifi va uning nojo’ya ta’sirlari

Genetics

Kursdan keyingi terapiya (KKT) – protokollari haqida asosiy ma’lumotlar va sxemalar

Genetics

Inson o’sish gormoni – ta’rifi va samaralari

Genetics

Saytdan foydalanishni davom ettirish orqali, siz Konfidensiallik siyosatiga mos ravishda cookie-fayl va boshqa ma’lumotlarning to’planilishi va foydalanilishiga o’z roziligingizni bildirasiz. Roziman Batafsil