Genetics.uz
Image default
Tarjimai hol

Juliano Stroe – eng kuchli bola

Juliano Stroe 2009 yildayoq internet yulduziga aylandi. O’sha vaqtlarda hatto sportga qiziqmagan foydalanuvchilar ham bodibilder bolakayning fotosuratini internetda ko’rgan. Mushaklari katta bo’lgan kichkina bolakay jamiyatda bir-biriga zid bahs-munozaralarga sababchi bo’ldi. Ba’zilar bolaning videoyozuvlarda namoyish etayotgan qobiliyatiga qoyil qolishgan bo’lsa-da, boshqalari unga rahmi kelib, ota-onasini shafqatsizlikda aybladilar.

Tarjimai holi

Juliano Stroe 2004 yil iyul oyida dunyoga keldi. Bolakay Ruminiyada tug’ilgan. Bolakay Iulian Stroe va uning rafiqasi boshchilikdagi oilada birinchi farzand bo’ldi. Bo’lajak bodibilder yulduzining otasi professional gimnastikachi ekanligi ma’lum. U bir necha bor sportga bo’lgan muhabbati va bu tuyg’uni bolalarga singdirish istagi haqida gapirib o’tgan.

Bolakay ikki yoshligidanoq mashq qilishni boshladi. Otasi tez-tez sport zaliga bolasini o’zi bilan olib ketar edi, bu uning sportga bo’lgan qiziqishining boshlanishiga yordam berdi. Iulian, ikki yashar o’g’li tanasining imkoniyatlaridan kelib chiqib, unga egiluvchanlikni rivojlantirishda yordam berdi. Xuddi shu yoshida bolakay boks asoslarini o’rganishga va og’irliklarni ko’tarishga kirishdi. Uch yoshligida, otasi kichik sportchi bilan gimnastika bilan shug’ullana boshladi, otasi unga turli xil tryuklarni o’rgata boshladi. Julianoning sport dunyosidagi ilk qadamlari muvaffaqiyat bilan boshlandi.

2006da oilada Klaudio ismli yana bir o’g’il farzand dunyoga keldi. Ko’p o’tmay, oila bolalari bilan birga, Italiyaga ko’chib o’tadi va Florensiyada yashay boshladi. Katta o’gilning mashg’ulotlari shu yerda davom eta boshlaydi. Bo’sh vaqtlarida bolakay rasm chizish, mul’tfil’mlar tomosha qilish, tengdoshlari va ota-onalari bilan o’ynashni yaxshi ko’radi.

Juliano Stroe - eng kuchli bola

Rekordlar, yutuqlar va mashhurlik

Bodibilder-bolakayning nomi 2009 yilda butun dunyoga tanildi. Gimnastikachi otasi tomonidan yaxshi tayyorlantirilgan besh yashar bolakay qo’llarida o’n metr yurishga muvaffaq bo’ldi. Shu bilan birga, bolaning oyoqlari orasida gimnastika uchun maxsus 15 kilogrammli to’p ham bor edi. Bu tryuk kichik sportchining jahon miqyosidagi mashhurligining boshlanishi edi. Uning nomi Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi.

Shu paytdan boshlab Stroening hayoti o’zgardi. U italiyalik jurnalistlar uchun qiziqarli bo’lgan qiyofa, media kishisiga aylandi. 2009 yildan boshlab bolakayni turli teleko’rsatuvlarga taklif qila boshlashdi, bu yerda boshlovchilar va tomoshabinlar ko’z o’ngida ajoyib tryuklar ijro etar edi. Uning chiqishlari yozilgan videoroliklar tarmoqda faol tarqatilib, internet foydalanuvchilari e’tiborini tortadi. Kichkina atletning fotosuratlari dunyoning barcha nuqtalaridagi nashrlarda paydo bo’ladi.

Джулиано Строе. Книга рекордов Гинесса

Biroq bolaning g’alabalari tarixi bu bilan o’z nihoyasiga yetmaydi. U otasining rahbarligi ostida mashg’ulotlarni davom ettirdi va to’rt yil o’tib, to’qqiz yoshida yangi rekord o’rnatdi. Bolakay yerga parallel holatda, bir vaqtning o’zida yog’och oyoq kiyimda turib, ketma-ket 20 “otjimanie” amalga oshirdi. Shunday qilib, yosh sportchi yana rekordchi unvoniga sazovor bo’ldi va jamoatchilik e’tiborini tortdi.

Atletning ukasi ham unday qolishmaydi. Otasi ikkala o’g’lini ham shug’ullantiradi va 2009 yilda Klaudio 90 marta “otjimanie” qilishga muvaffaq bo’ldi. Bir yil o’tgach, bolakay 20 marta “otjimanie”ni polga 90 daraja holatda amalga oshirdi. Uning ismi ham Ginness rekordlar kitobiga kiritildi.

Akasi bir necha toifada o’zini namoyish qilishga muvaffaq bo’ldi. U “bayroqcha” mashqida 1 daqiqa va 32 soniya turib, yangi rekord o’rnatdi. Bolakay 41 marta kuch bilan chiqsh mashqini bajardi, bu esa ilgari hech bir sportchilarning qo’lidan kelmagan edi. Keyinchalik bayroqcha usulida toritilish mashqini 31 marta takrorlashda muvaffaqiyatga erishadi.

Ma’lumki, bolakay shisha idishlar ustida mohirlik bilan “otjimanie” qila oladi. Internetda bola polga tegmasdan 20ta “otjimanie” takrorlashni amalga oshirgani yozib olingan video bor. Uning norasmiy rekordlari orasida 40 marta qo’lida “otjimanie” qilgani ham bor. Bundan tashqari, bolakay tayanch yordamida bir qo’li bilan “otjimanie” qilish qobiliyatini ham namoyish etgan. Bundan tashqari, bolakay 90 daraja holatida halqalarda 10 marta “otjimanie” amalga oshirgan. U bir qo’lida asosda 20 soniya davomida turishga muvaffaq bo’lgan.

Pushups on the bottles 20 rep Amazing Kid !

Ulg’ayish va rekordlardan keyingi hayot

2009 va 2013 yillarda yangi rekordlar o’rnatilgandan so’ng, bolaning shuhrati asta-sekin kamayib bordi. Buning sababi shundaki, bolakay haqida hech qanday yangilik chiqmay qo’ydi. Kichkina sportchi jamoatchilikni ajoyib yutuqlar va Ginness rekordlar kitobidan joy olishlari bilan hayratga solmay qo’ydi.

Ba’zan internetda foydalanuvchilar uning qomati yomonlashganini ko’rishi mumkin bo’lgan fotosuratlar va videolar paydo bo’lib turar edi. Pres kublari va mushakdor qo’llari tanadan deyarli butunlay g’oyib bo’lgan edi. Bolakay semirishga ulgurgan edi, lekin bu mushak massasi tufayli emas.

Iulian Stroyedan o’g’lining tashqi ko’rinishi haqida so’ralganda, u Juliano shunchaki sport zalida ko’p vaqt sarflamay qo’ygan, deya javob berdi. Bolakay ko’proq tengdoshlari bilan o’ynashni xohlardi va otasi mashg’ulotlarning intensivligini kamaytirgan. Bundan tashqari, muntazam mashg’ulotlar bolani bezdirib qo’ygan, shu sabab unga tanaffus kerak bo’ldi. Biroq, bu mashg’ulotlarning to’liq to’xtatilishini anglatmaydi. Bolakay hali ham sportni yaxshi ko’radi, faqat o’zini yangi yo’nalishlarda sinab ko’rishni xohladi.

Juliano Stroe - eng kuchli bola

Jamoatchilik munosabati

Juliano ishtirokidagi fotosuratlar va videolarga jamoatchilik bir-biriga zid munosabat bildirdi. Ba’zi odamlar bolaning mashg’ulotlarida hech qanday yomon narsa ko’rmaydilar va uning qobiliyati, kuchi, qat’iyatidan hayratlanadilar. Bolakayning fotosuratlari ko’pincha kattalarni ham ruhlantirdi, agar besh yoshli bolakay qodir bo’lsa, unda ular ham amalga oshira olishini ko’rsatdi.

Biroq, ko’pchilik bolaning mushaklari chiqarilgan tanasiga ota-ona shafqatsizligining aniq namunasi sifatida qaraldi. Kichik rekordchining otasi ko’pincha tanqidga uchraydi, uni o’g’lining sog’lig’iga havf tug’dirib, boylik topishda ayblashadi. Ko’pchilik, pres kublarini va bolaning hayratlantiruvchi bitsepslari ortida sport zalida holdan toyguncha ishlar, bolalikning yo’qligi, psixologik va jismoniy jarohatlar yashiringaniga ishonishadi.

Kids workout biceps

Jurnalistlar bilan suhbatda Iulian Stroe o’z shafqatsizligi haqidagi mish-mishlarni inkor etishda davom etmoqda. Otaning so’zlariga ko’ra, u faqat o’g’illarida sportga bo’lgan muhabbatni singdirishni xohlaydi. O’g’illarini shug’ulullantirishda, u hali bolalar bilan shug’ullanayotganini tushunadi va ulardan kattalar kabi qat’iyatni talab qila bo’lmasligini biladi. Iulian o’zi va o’g’illari uchun maksimal xavfsizlikni ta’minlashga intilayotgan professional gimnastikachidir. Otasi Juliano va Klaudio faqat o’zining rahbarligida mashq qiladilar va ularning salomatligini tasdiqlovchi muntazam tibbiy ko’rikdan o’tadilar deb ta’kidlaydi.

Mashg’ulotlar vaqtini bolalar mustaqil ravishda belgilaydilar. Iulian ularni holdan toyguncha shug’ullanishga majbur qilmaydi va agar aka-ukalar charchoqni his qilsalar, mashg’ulotlarni to’xtata oladilar. Otasi bolalarning sevimli mashg’ulotlarini sport bilan cheklamaydi va ularga normal bolalikni, tengdoshlar bilan muloqot qilish, to’laqonli ta’lim olish imkonini ta’minlagan. Bo’sh vaqtida Iuliano shahrni o’rganish maqsadida velosiped uchishadi.

Bodibilder-bolakay bugungi kunda

Bolakay kamnamo bo’lib qolganiga qaramasdan, u o’zi tug’ilgan Ruminiyada va Italiyada yulduz bo’lib qolmoqda. Bolakayni teleshoularga taklif qilishadi, televizorda ko’rsatishadi. Bundan tashqari, uning GiulianoStroeOfficial deb nomlangan YouTube kanali bor. Otasi uni 2012 yilda qiziquvchi muxlislarga mashg’ulotlarni va kichik o’g’lining hayotini namoyish qilish uchun yaratgan. Kanalda yosh sportchining mashg’ulotlarini ko’rishingiz mumkin bo’lgan videolar paydo bo’lib turadi. Bugungi kunda yosh atletning 500 mingdan ortiq obunachilari bor.

Juliano ukasi bilan mashq qilishda davom etmoqda va u ajoyib qomatga ega. Bugungi kunda yosh yigit bodibilding va gimnastikadan ko’ra turli yakkakurash jang san’atlarini afzal ko’radi. Yigitcha boks bilan shug’ullanib, boksga qiziqish bolakayning ikki yoshligidan paydo bo’lgan.

Rekordchining shuhrati va maqomiga qaramay, u oddiy o’smir bo’lib qolmoqda. Uning hayoti uning yoshidagi boshqa bolalarning hayotidan farq qilmaydi. Bolakay maktabda ta’lim oladi, ota-onasiga uy ishlarida yordam beradi. Stroelar oilasi Italiyaning Florensiya shahrida yashaydi.

Juliano Stroe - eng kuchli bola

Mashg’ulotlarning o’ziga xosligi

Bolakayning sport zalidagi faoliyati cho’zilish va elementar gimnastika bilan boshlangan. Otasi o’g’lini qo’llab-quvvatlardi, mashqlarni bajarishga yordam berardi va maksimal xavfsizlikni ta’minlardi. Bolakay ulg’ayib borgani sari uni professional yengil atletika bilan shug’ullantira boshlashdi.

Bundan tashqari, bolakay boksni ham yoqtirardi. Bugungi kunda Juliano mashg’ulotlarni butunlay tark etmagan va bu sohada rivojlanishni rejalashtirmoqda. Bolaligidanoq u kuch talab qiluvchi mashqlarini bajarib kelgan. Mashgulotlarga uning otasi rahbarlik qilar edi, otasi bolakay uchun mos vaznni tanlar, shikastlanishlar va ortiqcha kuchlanishning oldini olishga harakat qilar edi.

Dam olish – mashg’ulotlarning muhim qismidir. Regeneratsiya kattalar mushaklari uchun ham kerak, lekin bolalar bunga ayniqsa muhtoj. Bolakay majburiy tanaffuslar bilan haftasiga bir necha marta shug’ullanardi. Mashg’ulot vaqtlarini otasi bolakay holdan toyishini oldini olish maqsadida cheklardi. Shu bilan birga, agar bolakay yuklamaga bardosh bera olmasa, u har doim bu haqda otasiga xabar berishi mumkin edi. Bunday holda, otasi va o’g’li kun oxiriga qadar sport zaliga qaytmasdan sayr qilishar, o’ynar yoki shunchaki mul’tfil’m tomosha qilishardi.

8 yoshligida bolakay 130 sm bo’y bilan 42 kilogramm vaznga ega edi. Bunday natijaga u sportdagi o’z tajribasidan foydalangan holda, mashgulot dasturini to’g’ri tanlagan otasi sabab erishdi. Shu sababli, bolaning yoshiga qaramasdan, mushak massasining o’sishiga osonlik bilan erisha oldi va mashqlar davomida hech qanday jarohat olmasdan sog’lig’ini saqlab qola oldi.

Juliano Stroe - eng kuchli bola

Ovqatlanish

Kichkina Stroening ota-onasi uni sport qo’shimchalarini qabul qilishga majbur qilishgan, degan gap-so’zlar tarqalgan. Otasi yosh sportchining ratsioniga sport qo’shimchalarini qo’shganligi haqidagi har qanday gap-so’zlarni rad etadi.

Ota-onasi bolani mashq paytidagi energiya sarfini qoplay oladigan eng foydali oziq-ovqat bilan ta’minlashga harakat qilishadi. Bolaning menyusi muvozanatlashtirilgan ovqatlanish tamoyillariga asoslangan. Biroq, bu qat’iylikdan holi. Bolakay shirinliklar va yuqori kaloriyali ovqatlar iste’mol qilishi mumkin, ammo bu doimo degani emas.

Juliano o’z tanasini rivojlantirish va sport bilan shug’ullanishni davom ettirmoqda. Bolakay ulkan salohiyatga ega va ehtimol, kelajakda u haqida butun dunyo yana eshitadi.

Buni ham o’qing

Arnining ajoyib yuksalishi – Ironman jurnali, 1967 yil

Genetics

Li Prist – “Oq Afsona”

Genetics

Rich Piananing tarjimai holi

Genetics

Aleksiya Klark – Instagramdagi “Mashg’ulotlar qirolichasi”

Genetics

Larri Skott – birinchi “Mister Olympia”

Genetics

Bodibilding qora panterasi – Simeon Panda

Genetics

Saytdan foydalanishni davom ettirish orqali, siz Konfidensiallik siyosatiga mos ravishda cookie-fayl va boshqa ma’lumotlarning to’planilishi va foydalanilishiga o’z roziligingizni bildirasiz. Roziman Batafsil