Genetics.uz
Image default
Tarjimai hol

Jey Katler – eng intizomli kul‘turist

Jey Katler butun dunyodagi eng mashhur professional bodibilderlardan biridir. “Mister Olimpiya” dagi to’rt karra yetakchilik, “Arnold Klassik”da uchta ulkan g’alaba – bularning barchasi ko’p yillik astoydil bajarilgan mashg’ulotlarning natijasi hisoblanadi. Sportchining tarjimai holi voqealarga boy va har qanday muxlis uchun qiziqarli bo’ladi.

Jey Katler 1973 yilda tug’ilgan. Ota-onasi bolaga Jeyson Isaak Katler deya ism qo’yishdi. Kul’turistning vatani AQShning Massachusets shtatida joylashgan unchalik katta bo’lmagan Vuster shaharchasi hisoblanadi.

Bolalik yillari

Bolakay fermer oilasida tarbiya ko’rdi. U uchta opasi va uchta akasidan keyin, yetti farzandning eng kichigi edi. Jeyson bolaligidanoq og’ir jismoniy mehnatga o’rgangan edi. O’sib ulg’aymasidanoq, u qurilishga asoslangan oilaviy biznesda faol ishtirok eta boshlaydi. Uni butun hayoti davomida tark etmagan hayot tarzi (sog’lom ovqatlanish va jismoniy mashqlar) endigina o’sayotgan organizmning yaxshi rivojlanishi uchun kuchli asos bo’lib xizmat qildi.

Jey qattiq tartibli jazoni o’tash qamoqxonasining axloq tuzatish muassasasining ofitseri bo’lish maqsadida jinoyat adliyasini o’rganish uchun kollejga kirdi.

Tez orada Katler bodibilding bilan jiddiy shug’ullana boshlaydi. 18 yoshli yigitcha osongina 63,5 kg to’plab o’z vaznini oshirdi. Shunga qaramay, keyingi natijalar kichikligicha qolmoqda edi. Bunday qotib qolishning sababi har qanday boshlang’ich sportchiga xos bo’lgan xatolarda edi. Jeysonning mashg’ulotlari har kuni, to’xtovsiz hamda susaytirilmasdan o’tar edi. Yosh yigit o’z rejasiga ko’p sonli mashqlarni va bir martada ko’p urinishlarni amalga oshirish orqali hamma narsani bir vaqtning o’zida bajarishga urinar edi. Bundan tashqari, mashg’ulotlar vaqti ham cheklanmagan edi va sportchi sport zalida soatlab qolib ketishi mumkin edi.

Natijalardan norozi bo’lgan Jeyson mustaqil o’qish uchun ko’proq vaqt ajratishga qaror qildi. Bodibilding bo’yicha qo’llanmalar ko’p yillar davomida o’smirning do’stlariga aylanishdi. Asta-sekin u tanadan chiqadigan signallarni ajratib olishni o’rgandi va nisbatan oldinda bo’lgan o’rtoqlaridan yordam so’rab murojaat qila boshladi. Mashg’ulotlarga bo’lgan to’g’ri yondashuv Katlerga muvaffaqiyat keltirdi.

Kar’eraning boshlanishi va rivojlanishi

Jey Katler - eng intizomli kul‘turist

1993 yilda Los-Anjelesda xavaskorlar o’rtasida NPC Iron Bodies Invitational, Teenage & Men’s Heavyweight turnir o’tkazilib, unda endigina boshlayotgan bodibilder o’z kuchini sinab ko’rishga qaror qildi. Buni qarangki, uning kuchi sport musobaqalari dunyosiga yo’l topish va ochish uchun yetarli bo’lib chiqdi. Jeysonning kar’erasidagi birinchi muvaffaqiyat uning jismoniy tuzilishi haqida ijobiy javob bergan va u tanlagan yo’nalishda katta kelajak to’g’risida bashorat qilgan professional hakamlar e’tiboriga tushdi. Katler uchun bu o’z-o’zini mukammallashtirishda turtki bo’ldi. Endi u professional bo’lgunga qadar shug’ullanishga qat’iy qaror qildi.

Muvaffaqiyatdan ilhomlangan yigit Kaliforniyaga ko’chib o’tishga qaror qildi – bu yerda bodibildingning porlayotgan barcha yulduzlari shug’ullanar edi. Jey do’stona, motivatsiyalovchi muhitga umid qilgan edi, ammo qizg’anchiqlik, tanqid va masxara bo’lishdan boshqa hech narsa topa olmaydi. Kaliforniya yosh kul’tirist umidlarini oqlamaydi va u uyga qaytishiga to’g’ri keldi. Ushbu voqea Katlerning o’z imkoniyatlarining cho’qqisiga erishish istagini faqatgina kuchaytirdi va u o’ziga katta sahnaga chiqishga va’da berdi.

O’z tanasi ustida ikki yillik mashaqqatli mehnat sportchiga NPC Nationals Heavyweight chempionatida yirik g’alaba olib keldi. Birinchi o’rin unga professional sport dunyosining eshiklarini ochdi — Jeyson 23 yoshida mehnatiga munosib Pro-kartani qo’lga kiritdi. Jey ba’zi sportchilar 10 yil sarflaydigan narsaga erishdi. Endi bodibilderning butun hayoti turnirlarning aniq ketma-ketligidan iborat edi. Ularga tayyorgarlik ko’rayotganida, Katler bo’sh vaqtlarini mashq qilish uchun sarflaydi, to’g’ri ovqatlanishning qat’iy tamoyillariga o’tdi. Shunday qilib, bodibilder hayotdan chetga chiqib, sport zalidagi mashg’ulotlardan tashqari har qanday tadbirlarni e’tiborsiz qoldira boshlaydi. Yosh sportchi afsonaga aylanish yo’lida edi.

2000 yil sportchiga “Chempionlar kechasi”da ishonchli yetakchilikni olib keldi. Ushbu hodisadan so’ng, Jeyson yana Kaliforniya shtatiga bordi, bu yerda u Leyk-Forest kichik shaharchasida yashash uchun qoldi. Bu yerda bodibilder reklama biznesiga jalb qilindi, sport oziq-ovqatlari, kiyim-kechaklari va trenajyorlari brendlarining yuziga aylandi. Bu yerda u mushak massasiga katta e’tibor berdi va mashg’ulotlar natijasida 7 kilogram vazn to’playdi. 2002 yildan boshlab, Katlerning “Arnold Klassik” musobaqalaridagi g’alabalar seriyasi boshlanib, u ketma-ket uch yil g’alaba qozondi.

“Janob Olimpiya” unvoni uchun kurash

Jey Katler - eng intizomli kul‘turist

2000 yillarda bodibilderning kar’erasi “Janob Olimpiya” chempionatida birinchi o’rinni egallashga urinish harakatlari bilan bog’liq. 2001 yildan 2004 yilgacha Jey musobaqalarda astoydil ishtirok etadi, ammo har doim ikkinchi o’rinni egallaydi — uni uch marta Ronni Kolemanni yutib chiqadi.  Ammo doimiy mag’lubiyat sportchining ruhini sindira olmaydi va raqibni mag’lub qilish ilinjida mashg’ulotlarni davom ettiradi. Bu vaqt mobaynida Katler muxlislarning kuchli qo’llab-quvvatlashini his qiladi va bu unga qanchaga tushishiga qaramay, “Janob Olimpiya” g’olibi bo’lishni ularga va’da qiladi. Boshqa musobaqalarga chalg’imaslik maqsadida kul’turist “MaslTek” bilan hamkorlik qila boshlaydi.

2005 yilda Jeyson “Arnold klassik”ka qaytmaslikka qaror qildi. Buning o’rniga, u “Janob Olimpiya”da to’rtinchi marotaba chiqish qiladi va yana bir bor Koleman tomonidan mag’lub etiladi. Shundan so’ng, bodibilder mashg’ulot dasturini qayta ko’rib chiqadi, uni yanada qat’iy va qattiq qilib belgilaydi. Intervyusida, u o’zini “eng intizomli bodibilder” deb haqqona baholadi. 2006 yildagi oylab mashaqqatli mashg’ulotlar nihoyat Jeyni uzoq kutilgan birinchilikka olib keldi – u Ronni Kolemanni quvib o’tib, g’olib bo’ldi.

Jey Katler - eng intizomli kul‘turist

Biroq, Katlerning birinchi o’rinni egallashga muvaffaq bo’lgani haqidagi yangiliklar bir qator ekspertlar tomonidan salbiy kutib olindi. Ular o’zining yetakchiligi uchun bodibilder musobaqa tashkilotchilariga yaxshigina haq to’lagan homiylarning mehnati oldida qarzdor, degan fikrni ilgari surdilar. Tanqidchilar bunga isbot sifatida, sportchining g’alabasi chempionat boshlanishidan oldin bir necha marotaba ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinganligini ko’rsatishdi. Shuningdek, egallangan o’rinlarni e’lon qilish tartibi ham shubhaga solgan edi – uchinchi o’rindan keyin darhol birinchi o’rin e’lon qilingan edi. O’sha paytda Ronni Koleman bir so’z demasdan sahnani tark etgan edi.

Shunga qaramay, juda ko’p ijobiy reaksiyalar ham bildirildi. Muxlislar va ba’zi ekspertlar Katler mukofotni haqli ravishda qo’lga kiritganini ta’kidlashdi. Muvaffaqiyatga sabab qilib esa, yaxshi jismoniy tayyorgarlik, mashaqqatli mashg’ulotar va mehnat bilan bog’liqligi ko’rsatildi.

2007 yilda raqiblar yana uchrashishdi va Jeyson “Janob Olimpiya” unvonining ikki karra sohibi bo’lish orqali o’z ustunligini tasdiqladi xolos.

2008 yilda Jey liderlik pozitsiyasini Dekster Jeksonga berib qo’yadi, ammo tez orada o’z titulini qaytarib oladi. Bodibilder tarjimai holida ushbu chempionatda unga mashhurlik olib kelgan to’rtta g’alaba qayd etilgan.

2013 yilda mashhur kulturist o’z professional faoliyatini tugatishi haqida e’lon qildi. Katler o’z tanasini mukammallashtirishda davom etayotgan bo’lsa-da, u endi musobaqalarda ishtirok etmaydi. Bugungi kunda tadbirkorlik bilan jiddiy shug’ullanadi. Uning kompaniyasi sport oziq-ovqatlari va uskunalari ishlab chiqarishga qaratilgan.

Shaxsiy hayoti

Jey Katler - eng intizomli kul‘turist

O’zining bo’lajak rafiqasi Kerri bilan Jey 1991 yil maktab davridaligida Tanishdi. Yetti yillik iliq munosabatlar 1998 yilda Las-Vegasda bo’lib o’tgan to’yga yetakladi. Juftlik nikohda uzoq vaqt birga yashashdi. Kerri sportchini uning kar’erasida ilhomlantirdi va qo’llab-quvvatladi. Qiyinchilikka uchragan yillarida u o’z yelkasiga og’ir vazifalarni olishdan qo’rqmadi, oilani ta’minlash uchun ishladi.

Bugungi kunda juftlik ajrashgan. Bunday qarorning sababi faqat taxmin qilinishi mumkin xolos, chunki bu haqda hech qayerda oshkor qilinmagan.

Ovqatlanish

Jey Katler - eng intizomli kul‘turist
Tanani shunday ko’rinishda ushlab turish kerakki, toki qalb uni tark etishni istamasin.
Jey Katler

Bodibilder kundalik ovqatlanish rasioni tarkibi va uning kaloriyaligiga katta ahamiyat beradi. Jeyson uglevodlar va oqsillarga e’tibor berib, ratsionda ularning sonini maksimal darajada oshirishga harakat qiladi. Shunday yo’l orqali, u mushak massasini xavf ostiga qo’ymasdan tanadagi yog’ miqdorini kamaytiradi. Kulturist o’zi uchun chegara o’rnatgan – mavsumdan tashqari davrda vazn ortishi 7 kilogrammdan oshmasligi kerak.

Bodibilder kuniga 6-7 marta taom iste’mol qiladi. Har birining kaloriyasi taxminan 700 kkal bo’lib, butun bir sutka davomida sportchining tanasi 5000 kkal atrofida qabul qiladi. Bodibilder oqsilni oq baliqdan olishni afzal ko’radi, uning so’zlariga ko’ra, oq baliqda yog’ miqdori juda kam.

Shu bilan birga, Katler menyu tuzish va oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish mashg’ulotlarning bir qismi, og’ir mehnat ekanligini tez-tez ta’kidlaydi. Oziq-ovqat mahsulotlarini diqqat bilan o’rganish bodibilderni sevimli taomini tanlashdan mahrum qilgan va u sevimli taomini ayta olmasligini tan olgan.

Mashg’ulotlar dasturi

Jey Katler - eng intizomli kul‘turist

Sport bilan shug‘ullanganda Jey klassik samarali tizimga amal qiladi, 3-4 kunlik faoliyat ikki kunlik dam olish bilan almashadi. Kul‘turist turli mushak guruhlarini mashq qildirgan holda kuniga 20ta setni amalga oshiradi. Mashqlar seriyasi orasidagi tanaffus bir daqiqadan oshmaydi, umumiy mashg‘ulot esa taxminan uch soat davom etadi.

Bodibilder o’zining doimiy hamkori yo’qligini tan oladi. Uning bo’sh vaqtlarida mashg’ulot olib boradigan o’rtoqlari bor. Shuning uchun, Katler aniq jadvalga ega emas — u do’stlar uchun qulay bo’lganida shug’ullanadi.

Mashg’ulotlardan so’ng, bodibilder saunada o’z kuchini qayta tiklashni yaxshi ko’radi. Uning fikriga ko’ra, bu mushaklar dam olishi va yangilanishi uchun eng munosib joy.

Professional arenani tark etganiga qaramay, Katler mashg’ulotlar bilan shug’ullanishni davom ettirmoqda. Uning maqsadi – tanasining maksimal imkoniyatlarini o’rganish va o’zi misolida boshqalarni ilhomlantirib, mushak massasini ko’paytirish.

Buni ham o’qing

Aleksiya Klark – Instagramdagi “Mashg’ulotlar qirolichasi”

Genetics

Martin Ford – eng yirik bodibilderlardan biri

Genetics

“Osiyo Arnoldi” laqabli Chul Sun

Genetics

Dorian Yats – olti karra “Mister Olympia” unvoni sovrindori

Genetics

Bodibilding tarixi – yunonlardan bugungi kungacha

Genetics

Ronni Koleman – Barcha davrning eng buyugi

Genetics

Saytdan foydalanishni davom ettirish orqali, siz Konfidensiallik siyosatiga mos ravishda cookie-fayl va boshqa ma’lumotlarning to’planilishi va foydalanilishiga o’z roziligingizni bildirasiz. Roziman Batafsil