Genetics.uz
Image default
Farmakologiya

Insulin – preparat haqida umumiy ma’lumot

Agar maksimal ta’sirga erishish mumkin bo’lgan gormonlar va qo’shimchalar haqida gapiradigan bo’lsak, bu guruhdagi eng mashhur vositalardan biri bu – insulin. Ushbu preparat professional bodibildingda ham, tibbiyot sohasida ham qo’llaniladi. Insulin ko’plab muammolarni hal qilishda yordam beradigan afzalliklarga ega. Shu bilan birga, ishni o’z qo’liga olishni va maksimal daromad olish uchun insulindan foydalanishni afzal ko’radigan odamlar bor. Ular boshqa yo’l bilan erishish mumkin bo’lmagan mushak massasini hosil qilishda muvaffaqiyatga erishishmoqda.

Shuni ta’kidlash kerakki, boshqa gormonlar bilan solishtirganda, insulin nihoyatda kuchli gormon hisoblanadi. U anabolik sanalib, to’qimalarning tez o’sishiga yordam beradi, ammo organizmga moddaning ekzogen kiritilishi faqat organizm ushbu moddani normal miqdorda ishlab chiqarmaydigan hollarda qo’llaniladi. Sportsmenlar tomonidan foydalanilganda, preparat faqat mushak to’qimasini hosil qilish uchun mo’ljallangan. Agar bu gormon me’yoridan ortiq iste’mol qilinsa, juda xavflidir, shuning uchun har qanday vaziyatdan qat’iy nazar, preparatni rekreatsion yoki boshqa har qanday foydalanishga urinishlardan qat’iy ehtiyot bo’lish kerak.

In’eksion Testosteron va boshqa gormonlarni qo’llash ilk sintezlangan insulin namunalari 1920 yillarda qo’llanila boshlangan. O’sha paytlarda insulinning katta qismi qoramol va itlarning oshqozon osti bezidan ajratib olinardi. Biroq, asosiy muammolardan biri bu namunalarni tozalashning yetarli darajada emasligi edi, bu ko’pincha og’ir oqibatlarga olib kelardi. Bunday holat preparatni tozalashni nazorat qilishni aosiy vazifalardan biriga aylantirdi. Ammo, bu muammodan qat’iy nazar, bu vaqt mobaynida odamlar infeksiyani yuqtirish yoki hatto o’lish xavfini o’z bo’yniga olishga ham tayyor edilar. Insulin bilan davolash ko’pincha diabet bilan og’rigan bemorlar uchun yagona yo’l edi va, albatta, insulin bilan davolanmasa, bu kasallik sog’liq bilan bog’liq jiddiy muammolariga va hatto o’limga ham olib kelardi. Shuning uchun insulinni tozalash muammolari hal qilingan 1970 yillarda bu gormonal vosita uchun emas, balki butun ekzogen preparatlar uchun ham muhim bosqich bo’ldi. 1970 yillarning o’rtalarida farmatsevtika bozorida birinchi marta “Ciba” deb nomlangan kompaniya insulinning sintetik shaklini taqdim etdi. 1982 yilda mashhur “Humulin-r” sintetik insulin ishlab chiqarildi va bu inson tomonidan yaratilgan insulinning mukammal aniq nusxasi bo’ldi. Ushbu preparat zudlik bilan FDA tomonidan tasdiqlandi va shu vaqtdan boshlab diabetga qarshi davolanishning asosiy vositasi hisoblanib keladi.

Insulin funksiyalari va ta’sir mexanizmi

Insulin – preparat haqida umumiy ma'lumot

Insulinning samarasi bir necha oddiy ta’sir mexanizmlari bilan izohlanadi. Misol uchun u glikogen, yog’ va oqsillarning metabolik parchalanishiga to’sqinlik qiladi. Bundan tashqari, insulin glyukoza, yog’ kislotalari va aminokislotalarning almashinuvi va ulardan foydalanishni tartibga soladi. U oshqozon osti bezi tomonidan ishlab chiqariladi va peptid gormonlariga tegishlidir.

Insulinni davolash zarurati bilan bog’liq bir qator muhim farqlar mavjud bo’lgan bir nechta diabet turlari mavjud. Buni yodda tutish juda muhim, chunki ko’pincha diabetga chalingan barcha bemorlar tashqi manbalardan xulosa qilib o’zlarini insulinga muhtoj deb hisoblashadi. Me’da osti bezi beta hujayralari zararlanishi natijasida diabet 1-turi bilan og’rigan bemorlarda, organizm o’z-o’zidan yetarli miqdorda insulin ishlab chiqara olmaydi. Nisbiy xarakterga ega bo’lgan insulin yetishmovchiligining yana bir turi 2-turdagi qandli diabetda kuzatiladi. Kasallikning bu shakli bilan, organizm hali ham gormon ishlab chiqarish mumkin va ba’zi hollarda u yetarli bo’ladi, lekin insulin uchun hujayra retseptorlari ishlamasligi mumkin xolos. Ba’zi hollarda bunday bemorlar tashqaridan insulin olishni talab qiladi. Bu glyukoza darajasi boshqa yo’llar bilan nazorat qilinmasa, ekzogen in’eksion insulinni tayinlash 2-turdagi qandli diabet uchun talab qilinishini anglatadi.

Insulin ta’sirining bir qismi jigarda namoyon bo’ladi, bu yerda u glikogen ishlab chiqarishni rag’batlantiradi, keyinchalik u yana glyukozaga aylanishi mumkin. Biroq, glyukoza bo’lmagan har qanday narsa ingibitorlanadi va insulinning ta’siri glyukoza hujayralarining so’rilishini kuchaytiradi, natijada mushaklarning o’sishiga olib kelishi kerak. Insulinning yuqori darajasi, shuningdek, organizmdagi mushak massasini hosil qilish jarayonining yana bir muhim elementi bo’lgan oqsil sintezi bilan ham bog’liq. Shu bilan birga, organizmdagi insulin miqdori nisbatan yuqori darajadagi suyak zichligiga, shuningdek, IO’O-1 (IGF-1) peptid tarkibiga olib keladi. Ushbu qisqartma insulinsimon 1- o’sish faktori sifatida talqin etiladi. Ushbu birikma aniq anabolik xususiyatlarga ega va uning tuzilishi insulinga o’xshaydi, shuning uchun peptid deya nomlangan.

Insulinning yuqori kontsentratsiyasidan foydalanish qo’shimcha afzalliklarga ega: bu luteinizinlovchi gormon (LG) darajasini oshirishga va hatto ko’proq follikulostimulyator gormoni (FSG) sinteziga olib kelishi mumkin. Yuqoridagi gormonlar darajasining oshishi asosan Testosteron darajasining oshishi bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Bu jismoniy shaxslarning ta’lim samaradorligiga ta’sir ko’rsatadigan yetarlicha kuzatuvlar mavjud emasligiga qaramasdan, bu gormon juda ko’p afzalliklarga ega, bu esa preparatni qo’llash mashg’ulot yuklamalarining samaradorligini oshirishga olib kelishi mumkinligini anglatadi.

Insulin samarasi

Insulin – preparat haqida umumiy ma'lumot

Qandli diabet turiga qaramasdan, insulindan foydalanish qondagi qand miqdorini nazorat qilish imkonini beradi. Bu diabet bilan og’rigan bemorlar uchun tavsiya etilishiga sabab bo’lgan gormonning asosiy funksiyasidir. Biroq, preparatni boshqa sabablarga ko’ra ishlatadigan odamlar uni anabolik xususiyatlari va katabolizmni kamaytirish qobiliyati tufayli afzal ko’rishadi. Shu bilan birga, katta miqdordagi insulindan foydalanish organizmda visseral yog’ to’planishi miqdorining ortishiga olib kelishi mumkin, bundan tashqari, preparatni qo’llash uchun mas’uliyatsiz yondashuv o’limga ham olib kelishi mumkin.

Gormonning ekzogen kiritilishi juda xavfli bo’lsa-da, ko’plab sportsmenlarni bu to’xtata olmaydi. Ular tarozinng boshqa pallasida ortiqcha yog’ to’qimalarining to’planishi turgan bo’lsada, preparatning ijobiy ta’siriga erishish uchun tavakkal qilishga tayyor. Organizmdagi yog’ miqdori to’g’ri nazorat qilinmasa, insulin qiymati sezilarli darajada kamayishining sababi ham aynan shunda. Buning sababi bir necha so’z bilan quyidagicha ifodalanishi mumkin: agar insulin darajasi juda yuqori bo’lsa, organizmning yog’ birikmalarini tartibga solish qobiliyati ishlamay qo’yadi, buning birinchi sababi, organizmning yog’larni yo’qotish uchun tabiiy qobiliyatlari buzilganligi hisoblanadi. Agar insulindan qo’shimcha foydalanish rejalashtirilayotgan bo’lsa, unda parhez va ovqatlanish bo’yicha metodik va rejalashtirilgan bo’lishi kerak. Biron bir qoidaga rioya qilmaslik, insulin bilan jiddiy muammolar paydo bo’lishiga olib keladi. Makronutrientlarga kelsak, yog’ iste’molini sezilarli darajada cheklash maqsadga muvofiq bo’ladi, chunki hisoblashda osongina xato qilishingiz mumkin. Agar ushbu qoidalarga rioya qilsangiz, boshqa to’qimalarda emas, balki aynan mushaklardagi ozuqa moddalarining to’planishiga erishish mumkin bo’ladi.

Insulinni qo’llashni har doim og’irlikni ko’tarishdan keyin rejalashtirilishi kerak va u albatta ovqat bilan birga bo’lishi kerak, ammo bu haqida keyinroq to’xtalib o’tamiz.

Insulin mislsiz anabolik xususiyatlarga ega va mushaklarning o’sishini rag’batlantirishda muhim rol o’ynaganligi sababli, sportsmenlar nisbatan qisqa vaqt ichida katta mushak massasini qurishi mumkin. Insulinning faqatgina o’zini emas, balki uni boshqa turdagi dori-darmonlar yoki qo’shimchalar bilan birlashtirish mumkin, bu esa haqiqiy konstruktiv yaxshilanishlarga olib keluvchi aniq sinergetik samaraga olib kelishi mumkin.

Insulinning nojo’ya ta’siri

Insulin – preparat haqida umumiy ma'lumot

Preparatni qo’llash bilan bog’liq asosiy nojo’ya ta’sir organizmda juda ko’p miqdorda insulin mavjud bo’lganda yuzaga keladigan gipoglikemiya hisoblanadi. Qandli diabet bilan og’rigan bemorlar uchun garchi ulardan tartibga qat’iy rioya qilishni talab qilinsa ham bu unchalik muhim emas, bu ularning patologiyasining o’ziga xos xususiyatlari bilan izohlanadi. Ammo diabet kasalligi bo’lmagan odamlar uchun bu nojo’ya ta’sir nihoyatda xavfli bo’lishi mumkin. Bu orqali sport muhitida preparatni qo’llashga salbiy munosabatni tushuntiradi, chunki bunday holat nafaqat sog’liq bilan bog’liq jiddiy muammolarga va asoratlarga olib kelishi mumkin, balki ayrim hollarda hatto o’limga ham olib borishi mumkin. Gipoglikemiyaga bog’liq mumkin bo’lgan asoratlar bilan bog’liq vaziyat qanchalik aniq bo’lsa, bu nojo’ya ta’sirning rivojlanishi nima uchun jiddiy muammo ekanligini tushunish yanada oshadi. Muammo qondagi glyukoza darajasi keskin tushganda paydo bo’ladi. Gipoglikemiya rivojlanishining ko’plab belgilari mavjud: ko’pincha inson bosh aylanishi, depressiya, uyquchanlik, ochlikni his qiladi, aslida bu holat boshqa ko’plab alomatlar bilan birga kuzatilishi mumkin.

Oddiy odam uchun bunday ma’lumotlar umumiy va noaniq ko’rinishi mumkin, ammo sportda insulin qo’llanilganda, paydo bo’ladigan alomatlardan istalgan biri darhol ogohlantirish sifatida qabul qilinishi kerak. Qondagi glyukoza miqdorining pastligi bilan kurashishning ajoyib usuli – juda shirin ichimliklar yoki oziq-ovqat iste’mol qilishdir. Bu glyukozani tez so’rilishi va o’zlashtirilishi imkonini beradi. O’z holatingizdan qat’iy nazar, bu alomatlar paydo bo’lgandan keyin hech qachon yotmang. Uyquda giperglikemik holat rivojlanib qolish ehtimoli mavjud bo’lib, bu juda xavfli hisoblanadi. Bundan tashqari, uyqu vaqtida alomatlar ko’payishi va hipoglikemik holatning yomonlashishi sodir bo’lishi mumkin. Agar o’z vaqtida uyg’onilmasa, gipoglikemiya to’xtamaydi, bu esa osongina oldini olishinishi mumkin bo’lgan o’limga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, agar biror narsa noto’g’ri sodir bo’la boshlaganida yordam berish uchun kimdir insulin iste’molini kuzatib turishi har doim foydalidir.

Ko’pgina odamlar gipoglikemiya qanchalik jiddiy nojo’ya ta’sir ekanligi haqida aniq bilishni istashadi. Shuni ta’kidlash kerakki, og’ir holatlarda diabetik koma deb ataladigan holat rivojlanishi mumkin va agar shunday bo’lsa, qurbonlar kamdan kam hollarda undan chiqib keta oladi. Gipoglikemiya bilan bog’liq ta’sirlardan tashqari, insulinni qo’llash natijasida toshma, kuyish belgilari, yurak urishi tezlashishi, nafas qisilishi va boshqa nojo’ya ta’sirlar paydo bo’lishi mumkin. Eng g’alati va salbiy nojo’ya ta’sirlardan biri yog’ qatlamlari miqdori ko’payishi mumkinligi hisoblanadi. Bu ba’zi hollarda sodir bo’ladi va sportsmenlarda qorinning kattalashuviga olib keladi. Lekin, aslida, bu insulindan foydalanish tufayli yog’ning to’planishi hisoblanadi. Ba’zi hollarda katta miqdordagi yog’ to’qimalari paydo bo’lishi mumkin.


Genetics.uz anabolik steroidlar va kuchli ta’sir etuvchi moddalarni sotmaydi va qabul qilishga chaqirmaydi. Ma’lumot tavsiya etish xarakteriga ega emas va faqat tanishtirish maqsadida taqdim etilgan. U yoki bu preparatni to’g’ri qo’llash uchun albatta sport shifokoriga va/yoki sertifikatga ega trenerga murojaat qiling.

Buni ham o’qing

Prolaktin – ayol gormonining tabiati va uning inson o’sish gormoni bilan aloqasi

Genetics

Anavar (Oksandrolon) — peroral steroid haqida umumiy ma’lumot va uning nojo’ya ta’siri

Genetics

Dianabol (Metandrostenolon) – preparat haqida tarixiy va umumiy ma’lumot

Genetics

Vinstrol (stanozolol) – steroidning ta’rifi va ta’siri

Genetics

Anabolik steroid va IO’Gdan foydalanilganda, qorin shishishining sabablari – doktor Jorj Tuliatosning fikri

Genetics

Testosteron propionat – preparat haqida umumiy ma’lumot va nojo’ya ta’siri

Genetics

Saytdan foydalanishni davom ettirish orqali, siz Konfidensiallik siyosatiga mos ravishda cookie-fayl va boshqa ma’lumotlarning to’planilishi va foydalanilishiga o’z roziligingizni bildirasiz. Roziman Batafsil