Genetics.uz
Image default
Farmakologiya

Inson o’sish gormoni – ta’rifi va samaralari

Inson o’sish gormoni (IO’G, Somatotropik gormon), ehtimol, jismoniy shaklni yaxshilash va samaradorlikni oshirishni istagan sportsmenlar va bodibildierlar tomonidan qo’llaniladigan eng yangi vositalardan biridir. Avvalo, o’sish gormoni anabolik steroidlarga tegishli emasligini aniqlash kerak. U inson organizmida tabiiy ravishda ishlab chiqarilgan va gipofiz bezi tomonidan sekretsiyalanadigan oqsil gormoni (yoki peptid) hisoblanadi. Somatotropik gormonning ishlab chiqarilishi va sekretsiyalanishini tartibga solish gipotalamus tomonidan amalga oshiriladi. Gipotalamusning neyrosekretor hujayralari o’sish gormoni (Somatoliberinning boshqa nomi) va gipofiz bezidagi o’sish gormonining tarqalishini to’xtatuvchi omil sifatida ma’lum bo’lgan boshqa birikma sifatida ma’lum bo’lgan biologik faol moddalarni ishlab chiqaradi. IO’G somatotropin oilasining oqsil gormonlariga tegishli bo’lib, bu uni bir xil moddalar guruhiga kiruvchi prolaktinning juda yaqin turkumdoshi qiladi. Somatotropin oilasiga xorionik somatotropik gormonlar 1 va 2 (CSH1, CSH2, CSHL1), inson o’sish gormoni (IO’G), prolaktin va inson o’sish gormoni 2 (hGH-V) kiradi. Somatotropik gormon molekulasi 191 aminokislotasini o’z ichiga oladi.

IO’G o’z nomidan kelib chiqqan holda, turli o’sish mexanizmlarini ta’minlash orqali inson organizmida muhim rol o’ynaydi. Shu bilan birga, IO’G faoliyati nafaqat bu rol bilan chegaralanadi – u organizmdagi ko’plab jarayonlarga, shu jumladan metabolizmni tartibga solish, hujayraning yangilanishi va o’sishini ta’minlash, shuningdek, bitish va tiklanish jarayonlari bilan bog’liq turli xil funksiyalar va ta’sirlarga ega. Inson o’sish gormonining ta’siri uchta asosiy sohada tananing o’sish funksiyalari bilan bog’liq: suyak o’sishi, skelet muskulaturasi, ichki organlar o’sishi. Bundan tashqari, paylar, bog’lamlar va bo’g’inlar kabi biriktiruvchi to’qimalar tuzilmalarini bitishi / o’sishi / qayta tiklanishi jarayoni uchun mas’uldir. IO’G oqsil, uglevod, lipid va vitamin-mineral qo’llab quvvatlash kabi moddalar almashinuvining barcha turlarini qo’llab quvvatlashda ishtirok etadi.

O’sish gormoni turli faoliyat buzilishlari va kasalliklarni davolash uchun muvaffaqiyatli qo’llaniladi. Avvalo, u inson o’sishi IO’G endogen ishlab chiqarish tanqisligi buzilgani tufayli yuzaga kelgan holat – gipofizar pakanalikni davolash uchun tavsiya etilgan. Terapiya bolalik yoki o’smirlik davrida amalga oshiriladi, sintetik somatotropik gormon o’smirlik davrida o’sishni oshirish uchun qo’llanilganda, keyingi o’sish uchun imkoniyat saqlanib qoladi. Bundan tashqari, kattalardagi analogik holatlarda ham qo’llaniladi. Tibbiy sabablarga ko’ra, IO’G kattalardagi organizmda bu bioaktiv modda yetarli bo’lmagan holatdagi o’sish gormoni yetishmovchiligini davolash uchun ishlatiladi. IO’G sintetik ekzogen preparati gormonning normal konsentratsiyasini tiklash uchun qo’llaniladi. Terapiya jarayonida somatotropik gormonga ega bo’lgan yoshartiruvchi ta’sirni olish uchun yoshlik davrida gormon darajasiga erishish maqsadga muvofiqdir. Va nihoyat, IO’G bilan davolash OITS/OIV (yoki boshqa kasalliklardan kelib chiqqan) bilan bog’liq mushaklar atrofiyasini davolashda qo’llaniladi. Insonning o’sish gormoni davolanish uchun ishlatilishi mumkin bo’lgan boshqa shartlar mavjud, masalan, kuyishlar bilan og’rigan bemorlarda bitish jarayonini tezlashtirish maqsadida.

Inson o’sish gormoni haqida tarixiy ma’lumotlar

Inson o'sish gormoni - ta'rifi va samaralari

Somatropin – rekombinant DNK (rDnk) sintezi texnologiyasi yordamida olingan inson o’sish gormoni sintetik shaklining nomi bo’lib, unda ma’lum bir genetik kodga ega bo’lgan viruslar IO’G olish uchun ishlatiladi. Buning uchun infeksiyalangan bakteriyalar E.coli bakteriyalarining shtammlarini o’z ichiga olgan Petr chashkasiga joylashtiriladi (genetik kod virus orqali bakteriyaga kiritiladi). Aslida, bu bakteriyalar inson o’sish gormoni ishlab chiqarish uchun “dasturlashtirilgan”, bu ularning yangi genetik kodi bilan belgilanadi. 100% aniqlik bilan ishlab chiqarilgan somatropin (rIO’G, to’liq nomi Rekombinant inson o’sish gormoni) inson gipofiz bezi tomonidan ishlab chiqarilgan tabiiy analog bilan to’g’ri keladi. Hozirgi vaqtda o’sish gormoni ishlab chiqarishning aynan ushbu usuli qo’llaniladi. Rekombinat DNK sintezi texnologiyasi 1979 yilda Genentech korporatsiyasi tomonidan yaratilgan va u hali ham murakkab oqsillar va peptid gormonlarining barcha turlarini sintez qilish uchun qo’llaniladi.

Biroq, 1980 yillarning boshiga qadar, IO’G olishning boshqa bir usuli qo’llanilgan. O’sish gormoni preparatlarini yaratish uchun mahsulot inson jasadlarining gipofizlaridan ajratib olingan. Ushbu usul inson o’sish gormonini bitta gipofiz bezidan 1 mg ajratib olish imkon berar edi. Ushbu yo’l orqali olingan gormonal preparat birinchi marta 1958 yilda qo’llanilgan, bu ilmiy nashrda xabar qilingan. Jasadlardan olingan IO’G 1985 yilgacha sotuvda bo’lgan, undan keyin u rDnk texnologiyasi yordamida sintez qilingan preparat bilan almashtirildi.

Shuni ta’kidlash kerakki, ekstraksiya yordamida gormonni boshqa aralashmalardan fil’trlab olish imkoni bo’lmagani sabab, FDA 1985 yilda IO’G ishlab chiqarish uchun jasadlardan olingan mahsulotlarni ishlatishni taqiqlash to’g’risida qaror qabul qildi. Jasadlardan olingan mahsulotlardan tayyorlangan IO’Gning turli partiyalari tahlil qilinganda, ularning ba’zilari prionlar (nevrologik kasalliklarga olib kelishi mumkin yuqumli agentlari maxsus sinfi) bilan zararlangani aniqlandi, bu o’z navbatida Kreytzfeld-Yakob kasalligi (KYaK) rivojlanishiga olib kelar edi. Ushbu miya halokatli shikastlanishi inson o’sish gormoni terapiyasini o’tagan bir qator shaxslarda paydo bo’ldi. KYaK infeksiyasi jasaddan olingan mahsulotlardan tayyorlangan IO’G bilan davolangan taxminan 26 bemorlarda sodir bo’ldi.

Ko’p o’tmay, rDnk texnologiyasi ishlab chiqildi va sintezning yangi usuli gormonal preparatning 100% tozaligini hech qanday zararlanishlarsiz xavfisizligini ta’minladi. Shu tarzda sintezlangan birinchi dorilar bozorda Somatrem va Protropin tijorat nomlari ostida taqdim etildi. Protropin molekulasida tabiiy analogning tuzilishidan bir oz farq bor edi, lekin bundan tashqari, u deyarli bir xil edi va organizmda bir xil ta’sir ko’rsatardi. 1987 yilda “Vitrum pharmaceuticals” nomli shved kompaniyasi inson organizmi tomonidan ishlab chiqarilgan o’sish gormoni molekulasi bilan 100% bir xil bo’lgan birinchi sintetik IO’G molekulasini ishlab chiqdi.

Turli to’qimalarda o’sish gormonining samaralari

Inson o'sish gormoni - ta'rifi va samaralari

O’sish gormoni tomonidan ishlab chiqarilgan turli xil ta’sirlar mavjudligi ma’lum. Gormonning mushak to’qimalari hajmining kattalashishi (gipertrofiya) va mushak hujayralari soni ko’payishi (giperplaziya) bilan namoyon bo’ladigan anabolik ta’siri yaxshilab o’rganilgan. Inson o’sish gormoni gipertrofiyaga nisbatan giperplaziyaga ko’proq sabab bo’lishi haqiqatan ham sportsmenlar va bodibilderlar uchun juda qulaydir, chunki yangi tashkil etilgan mushak hujayralari uzoq vaqt saqlanib qoladi. Shuning uchun giperplaziya tufayli hajmning o’sishi noma’lum muddat davom etadi.

O’sish gormoni, shuningdek, ko’z hujayralari va miya to’qimalaridan tashqari, inson tanasining har qanday hujayralarining regeneratsiyasi, o’sishining yangilanishi va tiklanishiga yordam beradi. Shu nuqtai nazardan, preparat astenik sharoitlarda va/yoki organ yetishmovchiligiga olib keladigan kasalliklarda foydali bo’lishi mumkin, ammo bunda organ transplantatsiyasi maqsadga muvofiq bo’lmaydi. O’sish gormonidan foydalanish, masalan, buyrak yoki jigar yetishmovchiligini davolashda samarali bo’lishi mumkin. Hech bo’lmaganda, uning yordamida bu organlarning normal ishlashini hujayra yangilanishi va o’sish imkoniyatlarini yaxshilash orqali qo’llab-quvvatlashi mumkin. Bu bilan shuningdek, IO’G sabab organlarning kattalashuvi sodir bo’lishi (hujayra o’sishini oshirish hisobiga), shuningdek, poliorgan yetishmovchiligi bo’lgan odamlar organlari, odatda, sog’lom, normal faoliyat yuritadigan organlari nisbatan kichik hajmda bo’lishini (organlar hujayralarining keng ko’lamli halokati sabab) tushuntirish mumkin.

IO’G ning asosiy metabolik ta’siri afzal ko’rilgan energiya manbasini uglevodlardan lipidlarga (yog’larga) almashtirishdir. Natijada, IO’G dan foydalanish odatda qon glyukozasining oshishiga olib keladi (diabetogen ta’sir). Bunday ta’sir darajasi gormonning dozalari bilan belgilanadi. Somatotropik gormonning ortiqcha dozalari yoki preparatni uzoq muddat qo’llashda 2 turdagi qandli diabet rivojlanishi mumkin. Biroq, afzal qilingan energiya manbalarini lipidlarga almashtirish orqali yog’ yo’qotish ta’siri juda muhim bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, IO’G qonda xolesterin miqdorini kamaytirishga yordam beradi. Shu bilan birga, o’sish gormoni organizmdagi kaliy, fosfor va natriy zahiralarining kamayib ketishiga olib keladi, gormonni qo’llashda bunga alohida e’tibor berish kerak bo’ladi (ayniqsa, yuqori dozada IO’G dan foydalanilganda mineral qo’shimchalar tavsiya etiladi). Bundan tashqari, o’sish gormoni T3 (qalqonsimon bez gormoni) darajasini pasaytirish tendensiyasiga ega bo’lib, bu vaqtinchalik moddalar almashinuvi jarayoni buzilishiga olib kelishi mumkin. Yana bir bor ta’kidlash joizki, bu ta’sir dozaga bog’liq.

Umuman olganda, somatotropik gormon mushaklarda, suyak tuzilmalarida va yog’ to’qimalarida joylashgan hujayra retseptorlariga ta’sir qiladi, bu esa o’sish va yog’ yo’qotish jarayonlarini rag’batlantiradigan hujayralar va to’qimalarning turli xil signallarini yetkazib beradi. Bundan tashqari, gormonning uglevodlar almashinuviga ta’siri jigarda glyukoneogenezning oshishi va bu energiya manbasini lipidlar hisobiga almashtirishda namoyon bo’ladi. Shuni ta’kidlash kerakki, o’sish gormonining ta’siri asosan IO’O-1 oqsil gormoni (1 insulinga o’xshash o’sish omili) bilan tartibga solinadi. Jigarga kirib, IO’G hujayralarni mushak to’qimasida aniq anabolik ta’sir ko’rsatadigan juda kuchli o’sish gormoni IO’O -1ni ishlab chiqarish va sekretsiyasini boshlaydi. Biroq, IO’O-1 ning IO’G ga qarama-qarshi bo’lgan ba’zi xususiyatlari va ta’siriga ega ekanligini tushunish kerak. Misol uchun, IO’O-1 yog’ birikmalarining o’sishiga va glikolizning ko’payishiga yordam beradi (energiya manbai sifatida glyukoza iste’mol qilish).

Inson o’sish gormoni samaradorligi

Inson o'sish gormoni - ta'rifi va samaralari

Bugungi kunga kelib, o’sish gormonining jismoniy shaklini yaxshilash va samaradorlikni oshirishda haqiqiy foydasi masalasi va uning jismoniy xususiyatlarini va sport natijalarini yaxshilashni istaganlar uchun uni qo’llash maqsadga muvofiqmi yoki yo’qligini muhokama qilish davom etmoqda.

Faqat bitta o’sish gormonini (anabolik steroidsiz) qo’llash, odatda, faqat sezilarli yog’ yo’qotilishiga olib keladi va mushak massasining sezilarli o’sishiga erishish uchun anabolik steroid bilan IO’G kombinatsiyasini qo’llash yoki o’sish gormonini uzoq vaqt davomida (kamida 6 oy) ishlatish kerak bo’ladi.

Natijada, bugungi kunda IO’G, birinchi navbatda, birinchi foydalanishdan keyin darhol paydo bo’ladigan yog’ birikmalarini kamaytirishga sezilarli ta’sir ko’rsatishi tufayli ishlatiladi. Mushak to’qimalariga anabolik ta’sir, yuqorida aytib o’tilganidek, preparatni uzoq muddat, kamida 6 oy, davom etadigan qo’llanishdan keyin namoyon bo’ladi (organizmdagi IO’G va IO’O-1 tarkibining sekin va muntazam o’sish tufayli). Shunday qilib, anabolik steroidlar bilan taqqoslaganda, inson o’sish gormoni samaradorlikni oshirish va jismoniy shaklni yaxshilash nuqtai nazaridan sezilarli darajada zaif vosita hisoblanadi. Shuning uchun uni qo’llashda mushak massasi va quvvatning o’sishiga erishish uchun maxsus yondashuv qo’llanilishi kerak. Aslida, bu dori faqat tajribali sportsmenlar va kul’turistlar tomonidan qo’llanilishi kerak va u endigina boshlayotganlar uchun foydasiz anabolik vosita hisoblanadi.

Buning sababi shundaki, eng zamonaviy anabolik steroidlarni qo’llash jarayonida undan keyin qo’llaniladigan harakat yoki birikmalardan qat’iy nazar, keyingi rivojlanish darajasiga o’tish ilojsiz bo’lgan, “plato” ing bir turi paydo bo’ladigan tayyorgarlik darajasiga erishish mumkin. Odatda, bu sportsmenning genetik imkoniyatini amalga oshirganligi bilan bog’liq. IO’G insonga bu “potolokni” ni yengishga yordam berishi mumkin, shuning uchun u har qanday tajribali sportsmenning arsenalida ilg’or vosita sifatida qaralishi kerak.

IO’G ning nojo’ya ta’siri

Inson o'sish gormoni - ta'rifi va samaralari

Ta’kidlash joizki, bodibilder va sportsmenlar orasida o’sish gormoni tobora ommalashib bormoqda. Buning asosiy sababi shundaki, IO’G tananing normal ishlashini ta’minlaydi. Sog’lom tungi uyqu paytida yuzaga keladigan o’sish gormonining chiqarilishi organizmdagi mushaklar va turli to’qimalarni tiklash va o’sishini osonlashtiradi. IO’G estrogen yoki androgen gormonlar toifasiga kirmasligi bilan ajralib turadi. Bu shuni anglatadiki, u jinsiy cheklovlarga ega emas. Boshqacha qilib aytganda, har ikkala jinsdagi sportsmenlar ham o’sish gormonining afzalliklaridan foydalanishlari mumkin. Va shuni aytish lozimki, u strukura bo’yicha oqsil birikmasi bo’lib, steroid yoki androgen gormoni emas. Shu nuqtai nazardan, ba’zilar IO’G dan foydalanish istalmagan ta’sirlarga olib kelmasligi kerak, deb hisoblashadi. Ammo boshqa dorilar bilan nojo’ya ta’siri va o’zaro ta’siri har qanday turdagi gormonlarni qo’llashda mavjud, ammo IO’G haqida gap ketganda, ular alohida takrorlanmas xususiyatlari va o’ziga xosligi bilan ajralib turadi.

O’sish gormonini boshqa moddalar bilan qo’llaganda sinergetik ta’sirni rivojlantirish imkoniyatini ham aytib o’tish muhimdir. Somatotropik gormonning asosiy funksiyalaridan biri hujayra bo’linishini va to’qima o’sishini rag’batlantirish va tezlashtirishdir. Agar androgenik vositadan foydalanganda salbiy reaksiyalar yuzaga kelsa, IO’Gdan bir vaqtning o’zida foydalanish ushbu salbiy hodisalarning rivojlanishini tezlashishiga olib keladi. Shunday qilib, agar siz ginekomastiya kabi har qanday nojo’ya ta’sirlardan qo’rqsangiz, o’sish gormoni yog’ to’qimalarida yuzaga keladigan jarayonlarning tezligini tezlashtiradi va ginekomastiyaning yuzaga kelishi ortadi. Shunday qilib, bir vaqtning o’zida bir nechta vositalardan foydalanishni rejalashtirayotganda, o’sish gormoni ijobiy ta’sir ko’rsatishi va mumkin bo’lgan yoqimsiz reaksiyalarni kuchaytirmasligiga ishonch hosil qilishingiz kerak. Yuqorida aytilganlarga qo’shimcha ravishda, IO’G dan foydalanish bir qator boshqa nojo’ya ta’sirga olib kelishi mumkin.

Bo’g’imlardagi og’riq

IO’G dan foydalanishda eng keng tarqalgan muammolardan biri bu bo’g’imlardagi og’riqdir. O’sish gormonini birinchi marta qo’llaganlar uchun bo’g’imlarning salomatligiga ko’mak berishi kerak bo’lgan modda aslida artralgiya paydo bo’lishiga olib kelishi g’alati tuyulishi mumkin. Buning sababi shundaki, IO’G bo’g’im to’qimalarning o’sishi va yangilanishiga olib keladi. Bu jarayon yangi to’qimalarning rivojlanishi bilan izohlanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, bu hodisa vaqtinchalikdir. To’qimalarning o’sishi va ularning kal’sifikatsiyasi tugagach, og’riq to’xtashi kerak.

Suyuqlikni ushlab turish va shishish

IO’G dan foydalanish bilan bog’liq og’riqlardan tashqari, bo’g’imlarda bo’rtmalar va shish paydo bo’lishi mumkin. Bu tanadagi IO’G uchun xarakterli suyuqlikni ushlab turish bilan bog’liq. Ushbu alomat ko’pincha Somatotropin oilasiga kiruvchi IO’O-1 yoki oqsil gormonlari darajasining ortishiga javoban paydo bo’ladi. Shuni ta’kidlash kerakki, og’riq, odatda, ekstremal dozalardan foydalanilganda paydo bo’ladi. Bu har doim ham haddan tashqari dozani qabul qilishni anglatmaydi va faqatgina samarali doza asta-sekin emas, balki bir vaqtning o’zida kiritilganda yuzaga keladi. Shuning uchun IO’G dan foydalanilganda, preparatga nisbatam individual qabul qilish imkoniyatini baholash kerak.

Bilak kanali sindromi

Tanadagi suvni ushlab turish natijasida karpal tunnel sindromi paydo bo’lishi mumkin. Bu suyuqlikning ko’pligi suyak va bo’g’im paylari bilan nervlarning siqilishiga olib keladi, bu esa uvushib qolish va og’riqlarga olib keladi. IO’Gdan foydalanganda an’anaviy bilak kanali sindromi paydo bo’lishi shart emas, bu bilakning ushbu sohasidagi mushaklar va paylarning haddan tashqari achishishi xususiyati bilan birga kuzatiladi, ammo suyuqlikning sezilarli bosimi shunga o’xshash belgilarga olib keladi, bu esa bilakdagi og’riq va kuchsizlikka olib keladi.

IO’G ni aromatizatorli steroidlar bilan foydalanish

Yuqorida aytib o’tilganidek, aromatizatsiya IO’G ga ta’sir qilmaydi, kamdan – kam hollarda o’sish gormonidan foydalanish ginekomastiyaning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Buning ikkita sababi bor. Birinchidan, aromatizatorli steroid bilan birgalikda IO’G dan foydalanish ginekomastiyaning rivojlanish tezligini kuchaytiradi. Ikkinchidan, muammo o’sish gormoniga nisbatan yuqori sezuvchanlikdan kelib chiqishi mumkin. Shu bilan birga, ko’plab dori-darmonlarni qo’llashda bo’lgani kabi, bu ta’sirlar bilan aromataz ingibitori (AI) yordamida kurashish mumkin, bu estrogen darajasini pasaytiradi va ginekomastiya ehtimolini kamaytiradi. Shunga qaramay, ko’krak to’qimalarining sezilarli gipertrofiyasi bilan muammoni mustaqil hal qila olmaysiz. Bunday holatda, keraksiz to’qimalarni olib tashlash uchun operatsiya qilishga zarurat tug’ilishi mumkin, ammo ko’krak to’qimalari qattiqlanguniga qadar ginekomastiya bilan AI yordamida kurashish mumkin. Bundan tashqari, SERM (selektiv estrogen retseptor modulatorlari) guruhlari preparatni qo’llash orqali ginekomastiya ehtimolini kamaytirish mumkin.

Yuqorida sanab o’tilgan salbiy ta’sirlardan tashqari, gormondan foydalanishning natijasi bo’lgan boshqa alomatlar ham mavjud. IO’G ning eng noodatiy nojo’ya ta’siridan biri suyaklarning o’sishi bo’lib, u qo’l va oyoqlarning hamda tananing boshqa qismlari kattalashuviga olib keladi. Buning sababi shundaki, somatotropik gormon tabiiy ravishda o’sishga yordam beradi. Misol uchun, bolalar va kattalardagi jismoniy farqlar ko’p jihatdan organizm tomonidan ishlab chiqarilgan o’sish gormoni vaqt o’tishi bilan jismoniy o’zgarishlarga olib keladi. Kattalardagi IO’G dan uzoq muddatli foydalanish, albatta, o’zgarishlarga olib keladi. Shunga qaramay, dozadan qat’i nazar, bu tezda yuzaga kelmasligi mumkin. Bu jarayon asta-sekinlik bilan yuz beradi va uning yuzaga chiqishi insonning o’ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi.

Insulin va gipoglikemiyaga sezuvchanlik

IO’G dan foydalanish alohida e’tibor berilishi kerak bo’lgan nojo’ya ta’sirlarga olib kelishi mumkin. Xususan, qonda glyukoza darajasini oshishi va insulinga bo’lgan sezuvchanlikning kamayishi bilan bog’liq. Bundan kelib chiqib, bu tana qand darajasini ortishiga to’g’ri javob qayatara olmasligini anglatadi. O’sish gormonining ortiqchaligi qisqa muddatli bo’lsa-da, simptomlarning xavfli kombinatsiyasiga olib kelishi mumkin: insulin va gipoglikemiyaga nisbatan sezuvchanlikning pasayishi. Shuning uchun IO’G terapiyasi paytida bunday nojo’ya ta’sirlarni rivojlanish imkoniyatini hisobga olish kerak. Anamnezda diabet yoki insulin sezuvchanligi bilan bog’liq hech qanday ma’lumot bo’lmasa ham, har qanday IO’G iste’molchisi preparatning bunday salbiy ta’siriga duch kelishi mumkin.

Organlar va to’qimalarning o’sishi

IO’G ning ko’pchilikka ma’lum ta’sirlaridan biri tanadagi organlarning o’sishiga olib kelishi hisoblanadi. Ushbu nojo’ya ta’sir organizmdagi o’sish gormonining zararli ta’siriga olib kelishi mumkin bo’lgan sabablardan biri hisoblanadi. Ushbu ta’sirlardan qochishga harakat qilish zarur, ammo agar ular paydo bo’lsa, bu haqda bilib qo’ygan foydali bo’ladi. Bunday vaziyatlarga duch kelgan odamlarning aksariyati preparatning noto’g’ri dozalarini qo’llashgan bo’ladi. Uzoq vaqt davomida gormonning maksimal dozalarini qo’llash natijasida ko’pincha professional bodibilderlar orasida ularning qorni kattalashishiga olib kelishi kuzatiladi.

Umuman olganda, IO’G juda samarali vositadir, ammo uning organizmga ta’siri to’g’ri dozalash rejimini tanlash bilan bog’liq.


Genetics.uz anabolik steroid va boshqa kuchli ta’sir etuvchi moddalarni sotmaydi va iste’mol qilishga undamaydi. Bu ma’lumot tavsiya xarakteriga ega bo’lmay, faqatgina ularni qo’llashga qaror qilgan odamlar, ularni eng yuqori darajada yaxshi bilgan va yondashgan holda, sog’liqlari uchun eng kam zarar keltirishlari uchun taqdim etildi.

Buni ham o’qing

Anabolik steroidlar turlari

Genetics

Testosteron propionat – preparat haqida umumiy ma’lumot va nojo’ya ta’siri

Genetics

Andriol (Testosteron undekanoat) — Testosteronning eterifikatsiyalangan shakli

Genetics

Kursdan keyingi terapiya (KKT) – protokollari haqida asosiy ma’lumotlar va sxemalar

Genetics

Deka-Durabolin (Nandrolon dekanoat)

Genetics

Proviron (mesterolon) – ta’siri kuchsiz bo’lgan eng avvalgi steroid

Genetics

2 Izoh

Shuxa October 29, 2019 - 23:41

malumot uchn raxmat!!

Javob berish
Akmaljon November 24, 2019 - 19:04

Nimaga youtubda malumot bermayapsiz?

Javob berish

Saytdan foydalanishni davom ettirish orqali, siz Konfidensiallik siyosatiga mos ravishda cookie-fayl va boshqa ma’lumotlarning to’planilishi va foydalanilishiga o’z roziligingizni bildirasiz. Roziman Batafsil