Genetics.uz
Image default
Boshlovchilar uchun

“Fitnеs”, “shеyping” yoki “aerobika” – farqi nimada?

Sport hayot tarzi – hozirgi kunda bu yangi urfga kirgan oqimga aylanib bormoqda. Ba’zi birlar o’z hayotlarini sportzalsiz va to‘g‘ri ovqatlanishsiz tasavvur eta olishmaydi. Shug‘ullanishni endigina boshlaganlar yoki sport yo‘liga endigina ilk qadam qo‘yayotganlar ko‘p hollarda sport atamalarida chalkashib ketishadi. Buning hech bir ajablanarli tomoni yo‘q, axir inson hayotining har bir jabhasiga oid o‘zining ixtisoslashgan atamalari bor. Sportda esa, bu atamalarni bilmaslik mashqlarning samaradorligini yo‘qotish yoki bir qator boshqa oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Aerobik mashqlar ozishning eng ommabop usuli hisoblanadi. Ularning bir necha turlari va yo‘nalishlari mavjud.

“Sheyping”, “fitnes”, “aerobika”ning bir-biridan qanday farqi mavjud?

Sheyping kabi sport yo‘nalishining vatani sobiq SSSR hisoblanadi. Bu shunchaki oddiy mashg‘ulotlar emas. Ko‘pchilik trenerlar sheypingni hayot tarzi deb atashadi va bu bejizga emas. Sheyping ko’pchilikning odatiga aylangan: mashqlar to’plami, o’ziga qarab yurish va faol turmush tarzini o’z ichiga oladi. Sheypingning boshqa dasturlardan farqli jihati shundaki, undagi mashqlar davriyligi unchalik katta bo‘lmagan amplituda bilan takrorlanishi mumkin va bu umuman olganda mashg‘ulotlar va mashqlar majmuasining samaradorligini oshiradi.

Aerobika ‒ ushbu dastur AQSHda yaratilgan bo‘lib, K.Kuper uning asoschisi hisoblanadi. Aerobik yuklanishlarning aslini olganda sanab sanog‘iga yetolmaysiz. Hattoki, raqslar va yurak mushaklarini rivojlantirishga qaratilgan trenajyorlardagi yengil mashg‘ulotni ham aerobik yuklanishlar qatoriga kiritsa bo‘ladi. Ovqatlanish ratsionidagi hayvon yog’I kamaytirish ko’zda tutilganligi sababli, aerobikani vegetarianlar juda yoqtirishadi. Mashq qilishlar bilan kelib tushayotgan kislorod tufayli moddalar almashinuvi rag‘batlantiriladi, shuningdek ba’zi bir dasturlardagi kabi mushaklar emas, balki ortiqcha yog‘lar yo’qotiladi.

Fitnes ham mashg‘ulotlar tizimi sifatida AQSHdan kirib kelgan. Uning asosiy vazifasi har bir odamning muammosiga individual tarzda yondoshuv hisoblanadi. Misol uchun, to‘g‘ri tanlangan dastur tufayli ham mushaklarni oshirish, ham ozish mumkin. Hammasi insonning istak-xohishiga bog‘liq. Statistika bo‘yicha, erkaklar ko‘proq bodibilding mashg‘ulotlarini tanlashadi, ayollarga esa ko‘proq kardio mashg’ulotlar yoqadi.

Mashg‘ulotlar bo‘yicha umumiy maslahatlar

Bu dastur turlarining bir qarashdagi o‘xshashligiga qaramay, ularning aynan bir vazifalarni hal qilishga qaratilgan bir qator asosiy farqlari mavjud.

Aerobik mashg’ulotlardan tezda o‘zgarish kutishning hojati yo‘q. Bu tizim, birinchi navbatda, asta-sekinlik va oqilonalik bilan organizmni sog‘lomlashtirib borishga, undan keyingina ozishga qaratilgan.

Fitnes esa, alohida texnika va mashqlar yordamida mushaklarning turli guruhlarini rivojlantirish va qomatni to‘g‘rilash kabi vazifalarni o‘z ichiga oladi.

Sheyping to’liq mashg‘ulot o‘tkazishga emas, balki muammoli hududlarni to‘g‘rilashga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Misol uchun, qorinni tortish yoki sellyulitni samarali bartaraf etish mumkin.

Shu bilan birgalikda, sheyping, fitnes va aerobika tushkunlik va stress holatlaridan qutulishga samarali yordam beradi. Bunga sabab faqat jismoniy harakat va mashqlar emas, balki kayfiyatni ko‘taradigan quvnoq musiqa ohanglarida bajarilishidir.

Ushbu dasturlar har kimning eng muhim vazifalarini qisqa muddatlarda hal qilishga yordam beradi.

Buni ham o’qing

Kardioni endi boshlaganlar uchun qo‘llanma

Genetics

Mashqlarni bajarayotganda qanday qilib ishchi og’irlikni aniqlash mumkin?

Genetics

Sportzalda yaqinda shug’ullanishni boshlaganlar qilishi mumkin bo’lgan 5 havfli xato

Genetics

Mustaqil mashg’ulotlar dasturini tuzishdagi asosiy qoidalar

Genetics

Yelkalarga “portlatib” yuboradigan hajm beruvchi 4 siqib ko’tarish mashqlari

Genetics

Qorin pressi mashg’uloti – 5 samarali seti

Genetics

Saytdan foydalanishni davom ettirish orqali, siz Konfidensiallik siyosatiga mos ravishda cookie-fayl va boshqa ma’lumotlarning to’planilishi va foydalanilishiga o’z roziligingizni bildirasiz. Roziman Batafsil