Genetics.uz
Image default
Farmakologiya

Estrogen nima? U nima uchun mas’ul? Uning funksiyalari qanday?

Estrogen mavzusi anabolik steroidlarni qo’llaydigan odamlar uchun juda qiziqarli bo’lib, ayniqsa, nojo’ya ta’sirlari haqida gap borganda, ushbu guruh vositalaridan foydalanishda u markaziy jihatlaridan biridir. Ushbu maqoladan ko’zlangan maqsad – anabolik steroidlardan foydalanish bilan bog’liq barcha jihatlarni qamrab olgan estrogen haqida ma’lumot berish. Estrogenlar – ayniqsa, ayolning hayz va estral davrlarida ayol fiziologiyasi uchun alohida ahamiyatga ega bo’lgan organik steroid birikmalari guruhining birlashtiruvchi nom. “Estrogen” tushunchasi bir gormonni nazarda tutadi degan fikr keng tarqalgan, ammo aslida estrogenlar shunga o’xshash xususiyatlarga ega bo’lgan ayol steroid gormonlari guruhidir. Estrogenlar steroid birikmalariga tegishli bo’lsa-da, ular anabolik steroidlar hisoblanmaydi, chunki ular mushak metabolizmiga bevosita ta’sir ko’rsatmaydi. Aslida, estrogen kabi steroid gormonlarining aksariyati mushak massasini qurish bilan hech qanday aloqasi yo’q.

Ayol fiziologiyasida turli rollarni o’ynaydigan uchta asosiy estrogen mavjud: estrogen (E1), estradiol (E2) va estriol (E3). Bu uch turdagi estrogen ayollar organizmi uchun tabiiydir va o’z tabiatiga ko’ra steroidlar sanaladi. Biroq, ba’zi sintetik estrogenlar steroid birikmalariga tegishli emas. Demak, estrogen atamasi ma’lum bir gormonga tegishli bo’lmay (ko’pincha shunday noto’g’ri fikrga boriladi), balki bir-biriga bog’liq bo’lgan gormonlarning katta sinfini nazarda tutadi. Xuddi shu narsa Testosteron, Digidrotestosteron va boshqa erkaklarga xos gormonlar tomonidan taqdim etilgan androgenlar uchun ham amal qiladi. Estrogen tabiiy ravishda barcha umurtqalilarda va ayrim hasharotlarda ishlab chiqariladi.

Estrogen nima? U nima uchun mas’ul? Uning funksiyalari qanday?
Organizmdagi asosiy estrogen – Estradiolning kimyoviy strukturasi.

Ayol tanasida estradiol, ayniqsa, reproduktiv yoshda eng yuqori cho’qqida bo’lib, asosiy estrogen hisoblanadi va uchta estrogendan eng kuchlisi hisoblanadi. Biroq, keyinchalik muvozanat menopauza davrida dominant bo’lgan estron darajasini oshirishga to’g’ri keladi. Estriol homiladorlik davrida dominant o’ringa ega bo’lgan eng keng tarqalgan va ayni paytda eng kuchsiz estrogendir. Va nihoyat, ayollar organizmida faqat homiladorlik davrida mavjud bo’lgan yana bir estrogen – estetrol (E4) mavjud.

Estrogen asosan ayollarga xos gormon bo’lsa-da, u ko’p bo’lmagan konsentratsiyada erkaklarda ham uchraydi va ushbu maqolada ko’rib chiqiladigan bir qator sog’liq bilan bog’liq funksiyalarni saqlab qolish uchun mas’uldir. Xuddi shu narsa, erkaklarda katta hajmda ishlab chiqariladigan erkaklarga xos androgen – Testosteron uchun ham amal qiladi, u juda oz miqdorda bo’lsa-da ayollar organizmida ham uchraydi.

Estrogenlar barcha steroid birikmalar bilan bir xil ishlaydi: yog’ eruvchanligi yuqori bo’lgan bu gormonlar hujayra membranasi orqali mo’ljaldagi hujayralarga osongina tarqaladi. Membrana orqali diffuziya sodir bo’lgach, gormon kompleks gormon retseptorlarini shakllantirib, estrogen retseptorlari (ER) bilan bog’lanadi. Ushbu gormon-retseptorlar kompleksi hujayra genlarini faollashtirib, mo’ljaldagi hujayraning yadrosiga o’tadi. Agar ushbu jarayonni kengroq kontekstda ko’rib chiqadigan bo’lsak, u hujayralarni muayyan ish yoki funksiyani bajarishga olib keladi. Misol uchun, ko’krak bezi to’qimalari holatida, estrogen bilan estrogen retseptorlari bog’lanadi va ularni faollashtiradi, bu esa ko’krak bezi to’qimalarining o’sishiga olib keladi (ginekomastiya deb ham ataladi).

Estrogen organizm uchun alohida ahamiyatga ega. Xususan, u ayollarga xos ikkilamchi jinsiy xususiyatlarini shakllantirishda asosiy rol o’ynaydi, u yog’ qatlamlarini kattalashtiradi, suyak to’qimasi rezorbsiyasini kamaytiradi (va suyak to’qimalarining shakllanishini oshiradi), YZL (“yaxshi” xolesterin) darajasini oshiradi va PZL (“yomon” xolesterin) miqdorini kamaytiradi, natriy va suv ushlab turilishini nazorat qiladi. Ushbu gormon yallig’lanishga qarshi, immunomodulyator sifatida faoliyat yuritadi, yurak-qon tomir tizimiga ta’sir qiladi va organizmga boshqa ko’plab ta’sirlarni ko’rsatadi (sharoit va vaziyatga qarab ijobiy yoki salbiy bo’lishi mumkin).

Erkaklar va ayollarda estrogen ishlab chiqarish qanday amalga oshiriladi?

Estrogen nima? U nima uchun mas’ul? Uning funksiyalari qanday?

Ayollarning tuxumdonlarida Testosteron va androstenedion estrogen ishlab chiqarish uchun asoschi bo’lib xizmat qiladi, estradiol esa aromatizatsiya jarayonida tuxumdonlarda hosil bo’lgan asosiy estrogendir. Aromatizatsiya, o’z xususiyati jihatdan, androgenlarni (masalan, Testosteron) estradiolga (E2) aylantirishni amalga oshiradi, aromataz esa bu konversiya uchun mas’ul bo’lgan fermentdir. Erkaklarda estrogen ushbu aromatizatsiya jarayoni orqali ishlab chiqariladi, ammo gonada, markaziy asab tizimi, jigar, skelet mushak to’qimasi va yog’ to’qimalari kabi organlar va to’qimalarda odatda boshqa to’qimalarga nisbatan aromataz fermentining darajasi yuqoridir. Shunga ko’ra, bu to’qimalarda aromatizatsiya darajasi yuqoridir. Ta’riflangan jarayon erkak organizmida oz miqdorda estrogen ishlab chiqarish uchun mas’uldir, ayollarda aromatizatsiya jarayonining tezligi ancha yuqori va bu, erkaklar bilan taqqoslaganda, ayollarda sezilarli darajada yuqori estrogen darajasini bildiradi.

Barcha estrogenlar aromataz fermenti bilan aromatizatsiya orqali sintezlanadi. Ushbu ferment erkaklarda ham, ayollarda ham estrogenlarni hosil bo’lishi uchun mas’ulligi, anabolik steroidlarni qabul qiluvchilar uchun juda muhim hisoblanadi.

Estrogen va anabolik steroidlarni qo’llash

Estrogen nima? U nima uchun mas’ul? Uning funksiyalari qanday?

Yuqorida aytib o’tilganidek, estrogen anabolik steroid foydalanuvchilari uchun anchayin tashvish uyg’otadi, chunki bu guruhning ayrim preparatlari erkak Testosteron androgenining analoglari bo’lib, aromatizatsiyaga uchraydi. Bu anabolik steroidlarning bir qismi aromatizatsiya orqali estrogenga (E2) aylanishi mumkinligini anglatadi. Aslida, estrogen nojo’ya ta’sirni hisobga olganda, estrogen darajalari anabolik steroidlarni qo’llashda asosiy muammo bo’lib, steroidlarni qo’llashning eng muhim salbiy jihatlaridan biri hisoblanadi. Testosteron kabi yuqori darajadagi androgen aromatizatsiyasi natijasida estrogen darajasini oshirish estrogenning bevosita javobgar bo’lgan ko’plab nojo’ya ta’sir va sog’liq muammolariga olib kelishi mumkin.

Biroq, bu estrogen “yomon” gormon degani emas. Estrogenni bodibilder, sportsmen yoki boshqa har qanday odam uchun zararli gormon deb hisoblamaslik kerak. Aslida, me’yordagi fiziologik miqdorlarda tanaga kerak bo’lgan o’ta muhim gormon hisoblanadi. Yuqori miqdordagi estrogen salbiy reaksiyalarga olib keladi, ammo uning juda kichik miqdori ham sog’liq uchun muammo tug’diradi. Estrogen ko’rsatkichi me’yordagi fiziologik ko’rsatkichlardan pasayishi organizm uchun bir qancha nojo’ya ta’sirlari bilan tasniflanadi. Bodibilderlar va sport jamoalari a’zolari ko’pincha keskin qarorlarga kelishib, estrogen gormoni darajasini aromataz ingibitorlari yordamida butunlay pasaytirishni taklif qilishadi.

Testosteron, Dianabol (Metandrostenolon) va Ekvipoyz (Boldenon) kabi anabolik steroidlarning aromatizatsiyasi estrogen darajasining fiziologik ko’rsatkichlardan yuqori darajada oshishiga olib kelishi mumkin hamda ginekomastiya, qorin kattalashishi, suyuqlikni ushlab turilishi, prostata shikastlanishi va akne kabi ehtimoliy nojo’ya ta’sirga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga, estrogen anabolik steroidlarni qo’llash bilan bog’liq ko’plab potentsial yoqimsiz ta’sirlarni va xavflarni bartaraf qiladi. Estrogenning samarali ta’sirlari quyidagilar: lipid profilini yaxshilanishi, yurak-qon tomir tizimiga ijobiy ta’siri, erkak jinsiy funksiyasiga va fertillik, suyaklarning mustahkamligi/funksionalligi va boshqalar. Shunday qilib, estrogenni maqolada keltirilgan haddan tashqari noto’g’ri yondashuvlarsiz, muvozanat va adolat nuqtai nazardan ko’rib chiqish muhimdir.

Buni ham o’qing

Parabolan – Trenbolonning savdo brendi

Genetics

Ekvipoyz (Boldenon) – preparatning ta’rifi va uning nojo’ya ta’sirlari

Genetics

Anabolik steroid va IO’Gdan foydalanilganda, qorin shishishining sabablari – doktor Jorj Tuliatosning fikri

Genetics

Bodibildingda diuretiklar – juda xavfli moddalar

Genetics

Trenbolon – anabolik steroidning tavsifi va turlari

Genetics

Testosteron propionat – preparat haqida umumiy ma’lumot va nojo’ya ta’siri

Genetics

Saytdan foydalanishni davom ettirish orqali, siz Konfidensiallik siyosatiga mos ravishda cookie-fayl va boshqa ma’lumotlarning to’planilishi va foydalanilishiga o’z roziligingizni bildirasiz. Roziman Batafsil