Genetics.uz
Image default
Farmakologiya

Deka-Durabolin (Nandrolon dekanoat)

Boshqa nomlari: Nandrolon, Nandrolon dekanoat, Nortestosteron dekanoat, Nandrolon fenilpropionat, Deka-Nandrobolin 250, Retabolil.

Deka-Durabolin – Nandrolon anabolik steroidining brend va savdo markasi. Qisman, Deka-Durabolin Nandrolon dekanoatning savdodagi nomi bo’lib, u murakkab efir – dekanoat Nandrolonning variantidir.

“Deka” bu preparatning bodibilding olamidagi norasmiy nomlanishi bo’lib, u eng yaxshi anabolik steroidlar uchtaligiga kiradi va mavjud bo’lgan anabolik steroidlar ichida keng qo’llanilishi va mashhurligi bo’yicha ikkinchi o’rinda turadi. Birinchi o’rinda Dianabolning (Metandrostenolon) aynan o’zi, uchinchi o’rinda – Vinstrol (Stanozolol) turadi. Deka-Durabolin bodibilder va sportsmenlarga yoqishi va hatto tibbiyot tashkilotlari tomonidan yuqori baholanishiga yetarlicha asosli sabablar bor.

Nandrolon dekanoat – bu anabolik steroidlar sohasida birinchi topilganlardan biri va 1960 yil ilmiy jamoaga taqdim etilgan, u ikki yildan so’ng, 1962 yili Deka-Durabolin nomi ostida retsept dori bo’lib, savdoga chiqarildi. Preparatning ishlab chiqilishi ustida Organon kompaniyasi shug’ullangan.

Shu bilan birga, ko’pchilik bilmaydiki, Nandrolon 1957 yilda mavjud edi, tez ta’sir etuvchi mukammal efir – fenilpropionat Nandrolon variantida, ahamiyatli mashhurlikka erishgan. Lekin o’zining qisqa vaqtdagi yarim parchalanishi (kamida har kuni in’eksiyada qabul qilinishi) sababli, foydalanishda cheklanishlari bor edi. Buning natijasida, Nandrolon Deka-Durabolin sifatida dekanoat efiri biriktirilgan holda qayta kashf etilgan. Buning samarasi natijasida, Nandrolon dekanoat uzoqroq yarim parchalanish davri – tahminan 15 kunni tashkil etuvchi davrga ega bo’lib, Nandrolon fenilpropionatning yarim parchalanishi esa, tahminan 4 kunni tashkil etgan edi.

Vaqt o’tishi bilan, preparat tibbiyot muassasalarida dori vositasi sifatida keng qo’llanilishni boshladi va shu bilan birga, sportsmenlar orasida “yumshoq” tabiyati bilan mashhurlikka erishdi. Bunda, qisman haqiqat mavjud bo’lib, lekin ba’zi bir afsona va tushunmasliklar ham bo’lib, bu haqida quyida so’zlab beramiz.

Testosteronning anabolik indeksi: 100ga teng, Dekada esa 125, bu degani Deka Testosterondan ancha kuchliroq deganidir. Ammo, Dekaning androgen indeksi past bo’lib, u 37ga teng, bu androgen nojo’ya ta’siriga sezgirligi yuqori bo’lgan odamlar uchun ijobiy hisoblanadi. Ustiga ustak, Nandrolonda esterogen faolligi juda past bo’lib, androgenlarni esterogenga aylanishiga javob beradigan aromatazlar fermenti bilan juda yomon chiqishadi. Agar Testosteron bilan solishtirilganida, faqatgina tahminan 20% Nandrolon estrogenga aylanadi va bu Deka progestin (huddi barcha qolgan 19-nortestosteron birikmalari kabi) bo’lganligi uchundir.

Deka uni progestin qiladigan 19 pozitsiya (Testosteron ega bo’lgan) uglerod mavjud emasligidan 19-nortestosteron birikmasi sifatida tasniflanadi. Buni 19-nortestosteron birikmalari uchun unikal va boshqa anabolik steroidlar uchun ko’rinmaydigan ba’zi bir nojo’ya tasirlari va muammolari deb tasavvur etish mumkin.

Bu yerda, Deka-Durabolin bo’g’im va suyak to’qimalari uchun foydali deb ko’p tarqalgan fikrga alohida e’tibor qaratish lozim bo’lib, aslida ham shundaydir. Shu bilan birga, sportsmen va kul’turistlar orasida tarqalgan ta’riflar, nisbatan afsona va xatolardir. Deka “bo’g’inlarni moylaydi”, “biriktiuvchi to’qima va bo’g’imlarda suv yig’adi” yoki shu kabilar hammasi bo’lmag’ur gaplardi. Haqiqatda esa, Nandrolon boshqa anabolik steroidlarga qaraganda, kollagen sintezining sezilarli oshishiga olib keladi. Shu bilan birga, Deka, suyaklarda mineral moddalar tarkibini sezilarli oshiradi. Buning hammasi sportsmen uchun nima degani? Bu degani, bodibilderlar va sportsmenlar mushaklar o’sishida mustahkamlash, kuch ko’paytirish va massa yig’ish kurslarida birlashtiruvchi va bo’g’im to’qimalarida ijobiy ta’sirini sezishlari mumkin. Bu esa ularga suyak va paylarni yaxshiroq qayta tiklanishi bilan yanada og’irroq vazn ko’tarish imkonini, shu bilan birga, jadal mashqlar va og’irliklar bilan mashg’ulot o’tayotganda, bo’g’im va suyaklarga og’irlik tushishida, chidamlilikni yaxshilanishiga imkon beradi.

Nojo’ya ta’sirlari

Avval aytib o’tilganidek, nojo’ya ta’sirlari haqida gap borganida, Deka boshqa birlashmalarga qaraganda juda “yumshoq” anabolik steroid deb ko’p marta eslatiladi. Afsuski, bu fakt va uydirmalar qorishmasi, “Deka – bu yumshoq steroid” oldingi zamon, bu preparat haqida kam ma’lumot bo’lgan vaqtga tegishlidir. Deka-durabolin barcha parametrlari bo’yicha ham yumshoq, ham qattiq anabolik steroidning hususiyatlariga egadir.

Yaxshi yangilik esa, Deka-Durabolinda esterogen aromatizatsiyasi darajasi juda past bo’lib, boshqa anabolik steroidlarga qaraganda esterogen nojo’ya ta’siri kamroq muammo paydo qiladi. Ammo, foydalanuvchilar esterogen nojo’ya ta’siri umuman yo’q bo’lib ketmasligini, balki uni boshqarish mumkinroq bo’lishini tushunishlari kerak. Nojo’ya ta’siri ko’rinishlari: qorin dam bo’lishi, suv yig’ilishi, ginekomastiya va suv yig’ilishi natijasida arterial bosimni oshishi kabilar.

Progesteron va prolaktin bilan bog’liq barcha muammolar: ko’krak uchi shishi, ginekomastiya, qorin dam bo’lishi va shu kabi ko’rinishida paydo bo’lishi mumkin. Ma’lumki, antiesterogen va aromataz ingibitorlari, bu kabi nojo’ya ta’sir bilan kurashishda samaralidir. Masalan, Arimideks bo’lib, u Anastrozol yoki Klomid savdo belgilari bo’lib, shu bilan birga u Klostilbegit nomi bilan ham tanilgandir. Kabergolin va Bromokriptin ham prolaktin darajasini pasaytirish uchun juda samarali bo’lib va bu savolni yechimida ko’pincha birinchi qatorda turadi.

Nandrolon og’iz orqali qabul qilinadigan anabolik C17-alfa-alkilirovan (C17-aa) steroidi emas va shuning uchun ham u jigarga ta’sir ko’rsatmaydi. Deka, haqiqatdan ham, oz miqdorda androgen samaraga ega bo’lib, hammasi boshqarilishi va hisobga olinishi kerakdir. Androgen nojo’ya ta’siri o’z ichiga: akne ko’payishi, teri yog’lanishi, tana va yuzdagi sochlarning o’sishining ko’payishi, erkaklarga xos soch to’kilishi (kallik) ehtimoliyatining yuqoriligi va prostata bezining bezarar giperplaziyasining yuqori ehtimoliyatini olishi mumkin.

Nandrolon endogen Testosteronini bosib qo’yadi. Uni solo qabul qilinishi, 100 mg Nandrolon tabiiy anabolik gormon ishlab chiqarishini umuman to’htatib qo’yishiga olib kelishi mumkin bo’lib, shuning uchun ham Nandrolonni Testosteron enantat yoki Testosteron sipionat yoki oddiygina, Testosteron miksi bilan qabul qilish kerak bo’ladi. Bu endogen Testosteronni ishlab chiqarishini to’htatib qo’yish va ta’minotini pasaytirish havfini oldini olishni ta’minlaydi. Kurs tugagandan so’ng, albatta PKT (steroid kurslaridan keyingi qayta tiklanish) o’tish zarur, shu bilan birga, organizmni tabiiy holiga qayta tiklanishi uchun vaqt kerakligini unutmang. Agar siz anabolik steroidlar qo’llashning asosiy prinsiplarini bilmasangiz, siz organizmingiz uchun qaytarib bo’lmaydigan katta zarar yetkazib qo’yishingiz mumkin.

Jigarga kelsak, Nandrolon gepatotoksik emas.

Sikl va qo’llanilishi

Tabiiyki, bodibilderlar va boshqa sportsmenlar Deka-Durabolinni hajm, massa va kuch oshirish uchun qo’llashadi. Bu qisman uning birlashtiruvchi va suyak to’qimalariga ijobiy va yaxshi ta’sir ko’rsatishi bilan bog’liq bo’lib, bu katta og’irlik qo’llanilganida va yanada jadal jismoniy faollikda ro’y berishi mumkin bo’lgan jarohatlarini juda tez bitishi va qo’shimcha profilaktikasini ta’minlaydi.

Deka-Durabolin Nandrolon (yarim parchalanish davri 15 kun) efirining uzoqroq ta’sir qiladigan variant bo’lganligi sababli, Deka-Durabolin sikli 12 haftadan kam bo’lmasligi kerak. Bunda, u ko’pincha Testosteron sipionat kabi uzoq-efir qo’shilmaslari analoglari bilan birlashtiriladi. Uning uzoq davom etuvchi ta’siri tufayli, ko’pchilik foydalanuvchilar, hech bo’lmaganda, siklning birincha haftalarida, uning “qo’shilganini” sezmaydilar. Aynan bu davrda ko’pchilik odamlar tezlashtirish uchun Deka-Durabolin sikliga qo’shimcha preparatlar ulashadi. Odatda bu ichga qabul qilinuvchi Dianabol, Vinstrol, Anadrol, Turinabol va shu kabi turli anabolik steroidlardir. Lekin hajm va kuch oshirish maqsadida, ko’pchilik odamlar odatda, maqsadlariga muvofiq, Anadrol (Oksimetolon) yoki Dianabol (Metandrostenolon) kabi preparatlarni, birinchi 4-6 hafta davomida qabul qilishga moyillik bildirishadi. Bu birikmalar massa to’planishi hususiyati bilan juda oson bo’ysunadigan Deka-durabolin va Testosteronga foydalaniladi.

Aynan shu yerda ko’p siklning tipik birikmasi: Testosteron / Deka / Dianabol muhokama qilinadi. Oddiy qilib aytganda, bu butun tarihdagi eng mashhur STEKdir. Bu birlashma, boshida, oltin davr – 1960 va 1970 yillarda bodibilderlar tomonidan ihtiro qilingan va ommalashtirilgan edi. Hamma daraja (boshlovchi, davom ettiruvchi va profi) foydalanuvchilar uchun tavsiya etilib, chunki u har qanday foydalanuvchining tajribasiga qaramay, sifatni oshishini ta’minlab beruvchi universaldir.


Genetics.uz anabolik steroidlar va kuchli ta’sir etuvchi moddalarni sotmaydi va qabul qilishga chaqirmaydi. Ma’lumot tavsiya etish xarakteriga ega emas va faqat tanishtirish maqsadida taqdim etilgan. U yoki bu preparatni to’g’ri qo’llash uchun albatta sport shifokoriga va/yoki sertifikatga ega trenerga murojaat qiling.

Buni ham o’qing

Kursdan keyingi terapiya (KKT) – protokollari haqida asosiy ma’lumotlar va sxemalar

Genetics

Proviron (mesterolon) – ta’siri kuchsiz bo’lgan eng avvalgi steroid

Genetics

Organizmdan steroidlarni chiqarib yuborish usullari

Genetics

Testosteron propionat – preparat haqida umumiy ma’lumot va nojo’ya ta’siri

Genetics

Anabolik steroid va IO’Gdan foydalanilganda, qorin shishishining sabablari – doktor Jorj Tuliatosning fikri

Genetics

Estrogen nima? U nima uchun mas’ul? Uning funksiyalari qanday?

Genetics

Saytdan foydalanishni davom ettirish orqali, siz Konfidensiallik siyosatiga mos ravishda cookie-fayl va boshqa ma’lumotlarning to’planilishi va foydalanilishiga o’z roziligingizni bildirasiz. Roziman Batafsil