Genetics.uz
Image default
Sport ozuqalari

Vitaminlarning mushaklarning o‘sishi va qayta tiklanishidagi o‘rni

O’zini ovqatdan tiyib, ochko’zlik bilan proteinni yutishdan mushaklar massasini o’stirib bo’lmaydi. Mushaklar massasini muvozanatlashtirilgan ovqatlanishga amal qilgan holda, kuchaytirilgan va doimiy mashg’ulotlar bilan tanani qayta tiklanishi uchun dam olish vaqtini galma-galdan qilib oshiriladi.

Muvozanatlashtirilgan ovqatlanish masalasi, xuddi mashq qilishlarning muhimligi kabi, har bir bodibilder uchun ustuvor ahamiyat kasb etadi. Hattoki, eng yaxshi sport parhezi ham mushaklarning tez o‘sishi va mos ravishda qayta tiklanishi uchun turli xil bioqo‘shimchalar bilan to‘ldirishga ehtiyoj sezadi.

“Sport qo’shimchalari” so‘zi kreatin, yog‘ yo’qotuvchilar, zardobli protein va shu kabilar bilan uyg’unlashadi. Ammo, haqiqatda bodibiderga zarur bo’lgan “to’g’ri” bioqo’shimchalar– bu mushaklar o’sishi va qayta tiklanishiga zarur bo’lgan vitaminlar hamdir.

Vitaminlarning mushaklar o‘sish jarayonidagi ishlash mexanizmi qanday? Ushbu savolning asoslari fitness bilan shug’ullanuvchilarga ma’lum. Uglevodlar organizmni zarur quvvat bilan ta’minlaydi, inson tanasining to‘qimalari esa oqsillardan tashkil topgan. Yog’lar esa, organizmdagi ko’plab jarayon, metabolizm va quvvat manbai sifatida kerak. Metabolizmni kuchaytiruvchi vitaminlar va minerallarni qabul qilish yo‘li bilan mushak massasining anchagina katta va tez o‘sishiga erishish mumkin.

Mushaklarning o’sishida bevosita ishtirok etadigan vitaminlarni ko‘rib chiqamiz:

C vitamini

Birinchi bo‘lib C vitamini chiqadi. Ko‘pchiligimiz kasal bo’lganimizda, nima uchun C vitaminini qabul qilamiz ? C vitamini immun tizimini mustahkamlaydi, shunga mos ravishda, u bizga organizmimizning turli xil kasallliklarga moyilligini kamaytirish uchun zarur. C vitamini organizm tomonidan to‘planmaydi, shuning uchun ham uni qisqa kurslar bilan, har kuni qabul qilish kerak.

D vitamini

D vitamini teriga quyosh nurlari tushganda ishlab chiqiladi. Quyosh nurlari ostida kam bo‘ladigan kasb vakillari: huquqshunos, ofis xodimi, o‘qituvchi kabilarda ko‘pincha D vitaminining yetishmovchiligi kuzatiladi. Shuning natijasida kuch-quvvatning kamayishi kuzatiladi. Bunday odamlar mushak atrofiyasining rivojlanishiga ko‘proq moyil bo‘lishadi.

D vitaminining bosh vazifasi – kalsiyning so‘rilishini muvofiqlashtirish va suyak va yurakning salomatligini qo‘llab-quvvatlash, hamda D vitamini bo‘g‘inlarning egiluvchanliligini yaxshilaydi va buning natijasida arterial bosim tushadi.

Organizmdagi D vitaminining darajasini oshirish uchun ko‘proq pishloq, tuxum sarig‘i va jigar iste’mol qilishga harakat qiling.

B guruh vitaminlari

Ushbu guruhga organizmning qayta tiklanish funksiyasida muhim ahamiyatga ega bo’lgan vitaminlarning ko’p miqdori kiradi.

Takidlab o’tilishi lozim bo‘lgan va mushaklarning qayta tiklanishida ishtirok etadigan ushbu guruhning 3 ta eng muhim vakillari – bu B6, foliy kislotasi va B12 dir. B6 va B12 oqsillar va yog‘larning metabolizmida ishtirok etishadi. Aminokislotalar bodibilderning mushak to‘qimalarini qayta tiklash uchun yog‘lar esa, tabiiy ravishda quvvat manbai sifatida o‘ta muhimdir.

B12 vitamini mushaklarni kislorod bilan ta’minlovchi eritropoezda (qizil qon tanachalarining shakllanishi) ham ishtirok etadi. Ammo eng muhim funksiyasi – mushaklar faoliyatini muvofiqlashtirish uchun zarur bo’lgan asab tolalarining miyelinli qobig‘larini shakllantirishidir.

Shuni ta’kidlash lozimki, B12 vitaminini ko‘p miqdorda iste’mol qilish kuch-quvvat yoki chidamlilikning oshishiga olib kelmaydi. Bunday samara insonda faqat gipovitaminoz kuzatilayotgan vaziyatdagina mumkin bo‘lib, ushbu vitaminni ratsiondagi miqdorini oshirish uchun go’sht, dengiz mahsulotlari va parranda go’shtlarini nazoratsiz iste’mol qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashish zarur.

E vitamini

E vitaminining hujayra membranasini mustahkamlashi kabi funksiyasi bizga avvaldan ma’lum. E vitamini hujayralarning mushak va boshqa turlarini himoya qiladi. Organizmning har bir hujayrasi parchalanishi mumkin bo‘lgan membrana bilan o‘rab olingan. E vitamini, antioksidant bo‘lgani holda, ushbu jarayonga to‘sqinlik qiladi va hujayra membranasining qayta tiklanishida ishtirok etadi.

Inson uchun E vitaminining manbai – bodom hisoblanadi. Hujayralarning tiklanishi uchun mashg’ulotdan keyin 2 dona bodomni iste’mol qilish yetarli bo‘ladi.

Hattoki “ideal ravishdagi” parhez ham organizmni yetarli miqdordagi oziqlantiruvchi moddalar bilan ta’minlab bera olmaydi va bu ratsionni turli xil vitaminlar va minerallar bilan to‘ldirishni taqozo etadi. Shuni yodda tutingki, jismoniy tayyorgarlikdagi maqsadga erishish uchun faqat vitaminlarga tayanish kerak emas, chunki ular sizning ratsioningizni shunchaki to‘ldirib turishadi va yaxshilashadi.

Buni ham o’qing

WHEY protein – zardob oqsili haqida batafsil ma’lumot

Genetics

L-arginin nima va bodibildingdagi afzalliklari

Genetics

Ozishni istagan ayollar uchun sportchilarga xos ovqatlanish

Genetics

Sitrullin malat va L-sitrullin qo’shimchalari uchun qo’llanma

Genetics

Protein nima va inson organizmiga nima uchun zarur?

Genetics

Kreatin – nima uchun kerak va uni qanday qabul qilinadi?

Genetics

Saytdan foydalanishni davom ettirish orqali, siz Konfidensiallik siyosatiga mos ravishda cookie-fayl va boshqa ma’lumotlarning to’planilishi va foydalanilishiga o’z roziligingizni bildirasiz. Roziman Batafsil