Genetics.uz
Image default
Sport ozuqalari

Ozishni istagan ayollar uchun sportchilarga xos ovqatlanish

Trenajyor zaliga ozish uchun kelgan qizlar, eng qisqa muddatda natijaga erishishlari uchun sportchilarga xos oziq-ovqat qo‘shimchalariga e’tibor qaratishlari lozim. Bozorda sportchilarga xos ovqatlanishning turli nomlanishlari mavjud, shuning uchun sportchilarga xos ovqatlanishning qay bir turlari maqsadga erishishga yordam berishi, qay birlari esa foydasiz yoki hattoki zararliligini ajratib olish muhimdir.

Vitamin-minerallarning jamlanmasi

Hattoki, to‘laqonli to‘g‘ri ovqatlanish mavjud bo‘lganida ham, har bir odamga zamonaviy hayot tarzida, tana tuzilishidan qat’iy nazar, qo‘shimcha ravishda vitaminlar va minerallarni olib turish zarur. Polivitamin jamlanmasi sog‘lom turmush tarzining ajralmas qismi hisoblanadi. Ular har qanday mashq qilayotgan odamlarga zarurdir. Aynan vitaminlar va minerallar barcha modda almashinuv jarayonlarining katalizatorlari hisoblanishadi, shuning uchun ular sportchining ozishida va uning umumiy holatida muhim ahamiyatga ega.

Ayollar uchun vitamin-minerallar jamlanmasi, uning yoshi, sog‘lig’ining holati va olayotgan sport og’irligini hisobga olgan holda tanlaniladi. Mikroelementlar va vitaminlar jamlanmasini dorixonalardan ham, sport qo‘shimchalariga ixtisoslashgan do‘konlardan ham sotib olish mumkin.

Jadal mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan kunlarda esa, vitaminlarning oshirilgan dozasini qabul qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Jismoniy yuklanishlar vaqtida, B guruh vitaminlari eng muhim hisoblanib, ammo uni ruhsat berilgan eng yuqori me’yoridan oshirib yubormagan ma’qul. Minerallar orasida magniy va kalsiy eng ko‘p diqqat-e’tiborga sazovor bo‘lib, mashq qilayotgan odamning organizmi aynan ularga ko‘proq ehtiyoj sezadi. Sitrat kalsiy ishlab chiqarishning eng maqbul dorivor shakli hisoblanadi. Magniyni iloji bo‘lsa, uxlashdan avval qabul qilish kerak. Mikrominerallarning yetishmovchiligi ham organizmga halokatli tarzda ta’sir o‘tkazadi, shuning uchun majmuani tanlashda bularni e’tibordan qoldirish kerak emas.

Kletchatka va oqsillar

Ozishni va relyef shakllantirishni istagan ko‘pgina qiz-sportchilar oqsillarga to‘yingan ovqatlanishga rioya qilishadi. Ko’p miqdordagi oqsillarni iste’mol qilish oshqozon-ichak trakti tomonidan turli ko‘rinishdagi muammolarni keltirib chiqaradi. Ushbu salbiy hodisaning oldini olib qolish uchun, tabiiy tarzda mahsulotlarni parchalab chiqarib yuborilishini yuzaga keltiruvchi kletchatkani qabul qilish kerak. Ortiqcha vaznli ayollar uchun kokteyllar yoki batonchiklar ko‘rinishidagi protein qabul qilish zarur hisoblanmaydi, oqsillarni go‘sht, baliq va tvorog ko‘rinishida iste’mol qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Kletchatkani qabul qilishni eng kam miqdordan boshlab va uni sekin-asta oshirib borish talab etiladi.

Antioksidantlar

Asosiy vitamin-minerallarning jamlanmalariga iloji bo‘lsa, muhim antioksidantlarni qo‘shish kerak, chunki ular kuch mashqlari bilan induksiyalashgan oksidativ stressni pasaytirishadi va sezilarli jismoniy og’irlikdan keyin organizmning qayta tiklanishini tezlashtirishadi. Agar qizlarda varikoz mavjud bo‘lsa, u holda to‘g‘ri tanlangan mashqlardan tashqari, E va C vitaminlarini qo‘shimcha ravishda qabul qilishi o‘ta muhim. O‘ttiz yoshdan oshgan sportchi ayollar o‘zlarining kundalik ratsionlariga Q10 koenzimini kiritishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi. Yilning sovuq vaqtida esa, immunitetni ushlab turish uchun sarimsoq ekstrakti va petrushka ekstrakti kabi antioksidantlar foydalidir.

Yog‘ yo’qotuvchilar

O‘z nomiga qaramay, yog‘ yo’qotuvchi preparatlar, ayollarga yetarli kaloriyasiz noto‘g‘ri tuzilgan ovqatlanish bilan tezda ozishni kafolatlab bera olishmaydi. To‘qimalar darajasida yog‘larni tashishga xizmat qiladigan L-karnitin har kungi foydali qo‘shimcha hisoblanadi.

Yog‘ yo’qotuvchilar
Rasm: Tumisu

Turli xil yuzaki yog‘ yo’qotuvchilar katta ommaboplikka ega, ammo ularni muntazam ravishda qabul qilish organizmda yog‘ni erituvchi vitaminlarning yo‘qolishiga olib kelib, ularning sirasiga A, D, E va K vitaminlari kiradi. Foydali moddalarning organizmdan chiqib ketmasligi uchun, boshqa sport ozuqa va dorilarni qabul qilishdan bir necha soat avval, xitozan yoki uning analoglarini alohida taom bilan qabul qilish talab etiladi.

Bir qancha yog‘ yo’qotuvchilar mavjud bo’lib, ular organizmda termosamara beradi. Ularning vaqtinchalik kuchli termogen samara ko‘rsatishining hisobiga, yog‘ zaxiralari yo‘q qilinadi, ammo bunda yurak-qon tomir va endokrin tizimlari qo‘shimcha yuklanishga duch kelishadi. Shifokorlarning nazoratisiz va organizmni birlamchi tekshiruvdan o’tkazmasdan, bu kabi yog’ yo’qotuvchilarni qabul qilish maqsadga muvofiq emas.

Qon bosimini me’yorlashtiruvchilar

Adaptogenlar kabi oziq-ovqat qo‘shimchalari qon bosimni bir me’yorda ushlab turish hususiyatiga ega. Sportda sintetik adaptogenlar deyarli qo‘llanilmaydi. O‘simliklardan tayyorlangan preparatlar yuqori darajadagi samaradorlik ko’rsatishdi. Jenshen, zamanixa, eleuterokokk, xitoy limonchasi, exinatseya, rodiola, levzeya, sterkuliya va araliya damlamalari va ekstraktlari eng samarali deb tan olingan. Adaptogenlarni kurslar bo‘yicha qabul qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bitta bosim me’yorlashtiruvchi o’simlikni Ikki hafta qabil qilib, so’ng uni boshqasiga almashtirish kerak. Kurslar oralig’ida tanaffus qilib olish tavsiya etiladi.

Qon bosimi ko‘tarilganida, ayol sportchilar uchun letsitin deb nomlanadigan oziq-ovqat qo‘shimchasini qabul qilish tavsiya etiladi. U sportchilarga xos ovqatlanish do‘konlari va dorixonalarda sotiladi. Uni qo‘llashga yagona qarshi ko‘rsatma individual ravishda ko‘tara olmaslik hisoblanadi. Bundan tashqari, Omega-3ni uzoq vaqt davomida qabul qilish ham qon bosimini tushiradi. Letsitin va Omega-3ni bir vaqtning o‘zida yoki navbatma-navbat qabul qilish mumkin. Ushbu sport qo‘shimchalarining foydasi ayniqsa varikoz kengayishi bor ayollarga katta.

Mashg‘ulotoldi jamlanmalar

Mashg‘ulotoldi jamlanmalar

Mashq qilayotgan turli tana tuzilishidagi odamlarga BCAAni qabul qilish ma’qul. BCAA aminokislotalari sportning barcha turida qo‘llaniladi. Ular bodibilding bilan shug‘ullangandan keyin organizmni qayta tiklanishiga yordam beradi.

Juda mashhur, tengi yo’q aminokislotalardan tashqari, “energetik” – kofein, guarana va boshqa kofeinsimon tarkibli mashg’ulotoldi jamlanma preparatlar mavjud. Tabletkalar yoki kukun ko‘rinishidagi qo‘shimchalarsiz guaranani sotib olish bunday mashg‘ulotoldilardan foydalanishning eng tejamkori hisoblanadi. Ushbu sport ozuqasi uyqu buzilishiga olib kelmasligi uchun qisqa muddatga ta’sir qiluvchi guaranani sotib olish maqsadga muvofiq.

Ko‘pincha ayollarning sifatli trening o‘tkazishlari uchun sport mashg‘ulotlari oldidan va hattoki mashg’ulot paytida Riboksin (Izonin)ni qabul qilish zarur bo‘ladi. Ushbu metabolik vosita organizmning oksidlanish-qayta tiklanish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash uchun xizmat qiladi.

Mashg‘ulotoldi preparatlarining yana bir guruhi – bu qon tomirini kengaytiruvchilar bo’lib, unga arginin va shunga o‘xshash preparatlar tegishlidir. Ammo ayollarning ozish maqsadidagi jismoniy mashg’ulotlarida, ular kamdan kam hollarda qo’llaniladi.

Xotimada

Zamonaviy sport ozuqa qo’shimchlarini qo‘llagan holda trenajyor zalda faol shug‘ullanishdan avval, ushbu masalalarga ixtisoslashgan shifokorning maslahatini olish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Sport ozuqasini qabul qilishni eng kam dozalardan boshlash va organizmda allergiya reaksiyalari bo’lish ehtimoliga e’tibor qaratish lozim.

Buni ham o’qing

L-karnitin nima bu? Afsona va faktlar

Genetics

Geyner: bu nima va uni qanday qabul qilinadi?

Genetics

BCAA nima? Qo’shimchaning turlari va qo’llash bo’yicha qo’llanma

Genetics

Kreatin – nima uchun kerak va uni qanday qabul qilinadi?

Genetics

Zamonaviy sport ozuqalarining tasnifi

Genetics

L-arginin nima va bodibildingdagi afzalliklari

Genetics

Saytdan foydalanishni davom ettirish orqali, siz Konfidensiallik siyosatiga mos ravishda cookie-fayl va boshqa ma’lumotlarning to’planilishi va foydalanilishiga o’z roziligingizni bildirasiz. Roziman Batafsil