Genetics.uz
Image default
Farmakologiya

Andriol (Testosteron undekanoat) — Testosteronning eterifikatsiyalangan shakli

Andriol bu – Testosteronning peroral qabul qilinadigan mahsuloti bo’lgan Testosteron undekanoatning brend va tijorat nomidir. Yog’li asosga ega va jelatin kapsulalari shaklida ishlab chiqariladi. Preparat boshqa peroral qabul qilinuvchi steroidlarga nisbatan bir necha muhim farqlarga ega. Peroral qabul qilinadigan steroidlar deyarli har doim C17-alfa alkillangan birikmalarga aloqador (ular metillash orqali olinadi). Bu metil guruhi Testosteron uglerodga 17-pozitsiyasida (yoki boshqa anabolik steroid) qo’shilgan jarayondir. Tuzilishning ushbu o’zgarishi tufayli gormon jigar to’sig’ini yengib o’tishga qodir va peroral qabul qilishda uning bio qabul qilinish imkoniyati kuchayadi. Ushbu modifikatsiyaning salbiy tomoni shundaki, C17-alfa alkillash deyarli har doim zaharlovchi ta’sir ega va jigarga ortiqcha bosim o’tkazib (gepatotoksiklik), foydalanish muddatini va/yoki maksimal ruxsat etilgan dozani cheklaydi. Andriol testosteron peroral qabul qilinadigan shaklda bo’lsa-da, C17-alfa pozitsiyasida metil guruhiga ega emas.

Buning o’rniga, Andriol gormon molekulasi efir aloqasi orqali uzun yog’ kislotasi zanjiriga biriktirilgan Testosteron (Testosteron undekanoat) ning eterifikatsiyalangan shakli hisoblanadi. Andriolni (ayniqsa, oziq-ovqat yog’lari mavjudligida) ishlatganda, aralashmaning yuqori lipofil tabiati preparatning oshqozon-ichak trakti limfa tizimi orqali qisman so’rilishni ta’minlaydi. Andriol jigar uchun zararli bo’lmasa-da, uning lipofil tabiati ba’zi kamchiliklarga sabab bo’ladi. Preparatning so’rilishi uning yog’da eruvchanligi bilan bog’liq bo’lgani uchun, tadqiqotlar, ichga qabul qilinganida Andriolning bio imkoniyati bor-yo’g’i 7% ekanligini ko’rsatdi.

Birinchi marta Andriol 1980 yillarning boshida Organon kompaniyasi tomonidan sintezlangan va ishlab chiqarilgan. Andriol brend nomidan tashqari, preparat, shuningdek, turli hududlarida va dunyo mamlakatlarida mavjud boshqa nomlar bian ishlab chiqariladi: Virigen, Undestor, Restandol, Panteston va Androkson kabi. Preparat tabiiy gormon ishlab chiqarish kamaygan erkaklarda Testosteronni almashtiruvchi terapiyasi (TAT) sifatida ishlatiladi. Andriol TAT (masalan, Testosteron enantat yoki Testosteron sipionat) davomida Testosteron inyeksiyalar uchun muqobil bo’lib xizmat qilishi mumkin, va shunday qilib, ichga qabul qilishni inyeksiyalarga nisbatan afzal ko’radiganlar uchun yanada qulay shakl sifatida foydalanilishi mumkin.

Dastlab, Andriol muzlatgichda saqlanishi kerak edi. 2000 yillar boshida, Organon mahsulotga hech qanday zarar yetkazmagan holda xona haroratida saqlanishi mumkin Andriol Testokaps, deb nomlanuvchi yangi mahsulotni sintez qildi. Iste’molchilar shuni bilishi kerakki, xona haroratida Andriol Testokapsning yaroqlilik muddati 3 yil (yaroqlilik muddati 3 oy bo’lgan oldingi Andrioldan farqli o’laroq)ni tashkil qiladi. Andriol jelatin kapsulalari 40 mg dozasida faol moddani o’z ichiga oladi.

Andriol juda keng qo’llaniladi, ammo sportchilar va kul’turistlar orasida u qadar keng tarqalmagan. Bunga Andriolning ichga qabul qilingandagi juda past bio imkoniyatiga nisbatan mahsulotning yuqori narxi sabab hisoblanadi. Shuning uchun bodibilderlar va sportchilar Testosteronning ancha yuqori (100% ga yaqin) bio imkoniyat beradigan ishonchli, arzon va nisbatan keng imkoniyatga ega bo’lgan in’eksion shakllarini afzal ko’rishadi.

Andriolning o’ziga xos xususiyati shundaki, organizmdagi Testosteron darajasi dori iste’mol qilinganidan keyin bir necha soat o’tgach o’ziing eng yuqori darajasiga yetishadi va birinchi ikki hafta ichida qayta qo’llanilgandan so’ng, har bir dozadan keyin 24 soat davomida turg’un va barqaror qon plazmasidagi eng yuqori kontsentratsiyalar saqlanib qoladi.

Andriolning kimyoviy xarakteristikasi

Andriol (Testosteron undekanoat) — Testosteronning eterifikatsiyalangan shakli
Testosteron undekanoatning kimyoviy strukturasi.

Yuqorida aytib o’tilganidek, Andriol gormon molekulasi gidroksil guruhi 17-beta sohasida Undekanoat bilan muhim aloqasi bilan bog’liq bo’lgan Testosteronning eterifikatsiyalangan shakli hisoblanadi. Bu C17-alfa (C17-alfa alkillanish) pozitsiyasiga biriktirilgan metil guruhini o’z ichiga olgan boshqa barcha ichga qabul qilinuvchi steroidlardan sezilarli farq sanaladi. Shuning uchun, Andriol C17-alfa alkillashish bilan birikmalardan farqli o’laroq jigarga hech qanday salbiy ta’sir ko’rsatmaydi. Bundan tashqari, u Testosteronning metil hosilalariga nisbatan boshqacha assimilyatsiya turiga ega. Juda uzoq yog’li kislota zanjiri bilan murakkab efir aloqasi mavjudligi sababli, Andriol juda yuqori lipofilikka ega va organizm tomonidan oshqozon-ichak trakti limfa tizimi orqali so’riladi.

Andriolning nojo’ya ta’sirlari

Andriol (Testosteron undekanoat) — Testosteronning eterifikatsiyalangan shakli

Andriol Testosteronning hosilasi bo’lgani sababli ham, ushbu gormonning barcha asosiy nojo’ya ta’sirlari uning uchun ham xarakterlidir.

Ko’pincha iste’molchilar istalmagan estrogenik natijalarga duch keladilar. Aromataz fermenti ta’siri ostida o’rtacha tezlikda Testosteron aromatizatsiya qilinadi (estrogenga aylanadi). Bu shuni anglatadiki, Andrioldan foydalanish estrogen darajasini ortishiga olib kelishi mumkin va bu nojo’ya estrogen ta’sirlarga olib keladi. Bu ta’sirlarga quyidagilar kiradi: yog’ to’planishi, qorin shishi va suyuqlikni saqlanib qolishi, qon bosimining oshishi (suyuqlikni ushlab turish natijasida), ginekomastiya rivojlanish xavfi. Andrioldan foydalanganda, kurs davomida anti-estrogenning bir yoki bir nechta shaklini qo’llashni ko’rib chiqish tavsiya etiladi, yoki hech bo’lmaganda nojo’ya estrogen reaksiyalar yuzaga kelganda, bu guruhga taalluqli preparatga ega bo’lish tavsiya etiladi.

Andriol bilan bog’liq asosiy yoqimsiz reaksiyalarning navbatdagi guruhi androgen nojo’ya ta’sirlardir. Ular maskulinatsiya va erkaklardagi ikkilamchi jinsiy xususiyatlar bilan bog’liq. Andriolning asosiy erkaklarga xos androgen bo’lgan Testosteronning shakli ekanligi hisobga olinsa, preparat o’z-o’zidan androgen reaksiyalariga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, Testosteron mahsulotlarining yuqori androgen faolligi ularning Digidrotestosteronga (DGT) aylanishi bilan izohlanadi – bu Testosteronga qaraganda ancha kuchli androgen. Bunday holatda, 5-alfa reduktaz ingibitoridan foydalanish, Testosteronning Digidrotestosteronga aylantirilishiga yo’l qo’ymaslik orqali androgen nojo’ya reaksiyalarni yengillashtirishi mumkin. Androgen nojo’ya ta’siri quyidagilarni o’z ichiga oladi: agressiyaning oshishi, tanadagi soch tolalarini o’sishi tezlashishi, yog’ bezlari sekretsiyasining ortishi, ovozning dag’allashuvi va soch to’kilishiga moyillik bo’lganda erkaklardagi soch to’kilishi.

Testosteron, boshqa anabolik steroid kabi, endogen Testosteronning tabiiy ishlab chiqarilishini to’xtatadi. Bunday supressiya anabolik steroidlarning o’ziga xos xususiyati hisoblanadi, shuning uchun kursning davomiyligini cheklash va anabolik steroidlar kursini tugatgandan so’ng kurs so’ngidagi terapiya (KST) protokoliga rioya qilish muhim hisoblanadi. Ushbu qoidaga rioya qilmaslik Testosteron ishlab chiqarishni bir umrga to’xtab qolishiga olib kelishi mumkin.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan salbiy ta’sir yuzaga kelishi ham qo’rquvga sabab bo’ladi. Erkaklar Testosteronni gormonal terapiya o’rnini bosuvchi terapiya davomida davolash dozalarida qabul qilganda, yurak-qon tomir kasalliklari xavfining ortishi ehtimoldan holi (hatto lipid profili yaxshilanishi ham mumkin), lekin samaradorlikni oshirish uchun ishlatiladigan dozalarda Testosterondan foydalanish, albatta, yuqori zichlikdagi lipoproteidlar (“yaxshi” xolesterin) kamayishiga olib keladi. Bundan tashqari, aromataz ingibitorlaridan bir vaqtning o’zida foydalanishning yurak-qon tomir tizimiga salbiy ta’siri juda sezilarli bo’lishi mumkin.

Andriolni kursli qo’llash

Andriol (Testosteron undekanoat) — Testosteronning eterifikatsiyalangan shakli

Ko’pgina hollarda, Andriol kurslari boshqa Testosteron preparatlarining kurslari bilan bir xil qoidalarga muvofiq amalga oshirilishi kerak, bundan tashqari, past biologik imkoniyatlari tufayli dozalar yuqori bo’lishi mumkin. Ushbu preparatning o’zi yoki boshqa steroidlar bilan birgalikda bazaviy Testosteron birikmasi sifatida ishlatilishi mumkin. Andriol kursining davomiyligi 8-12 hafta yoki undan ko’p bo’lishi mumkin. Yuqorida aytib o’tilganidek, Testosteronning bu ko’rinishi kul’turistlar va sportchilar orasida unchalik mashhur emas, shuning uchun Andriolni qo’llash kursi bo’yicha juda kam ma’lumot mavjud.

Endigina boshlayotganlar ichga qabul qilinuvchi shaklidan foydalanish qulayligi tufayli Andriolni afzal ko’rishlari mumkin, ammo bu kamdan-kam hollarda uchraydi.

Tajribali sportchilar, organizmning asosiy funksiyalarini saqlab qolish uchun ikkinchi darajali qo’llab quvvatlovchi sifatida past dozalarda Andriol (O’rin bosuvchi gormonal terapiya) ni o’z ichiga olgan kursni tez-tez qo’llashadi, boshqa kuchli anabolik steroidlar esa kursning asosiy preparatlari sifatida xizmat qiladi. Bunday preparatlar sifatida Vinstrol (Stanozolol), Nandrolon (Deka-Durabolin), Trenbolon yoki Anavar (Oksandrolon) qo’llanilishi mumkin.

Lipofil tabiati sabab, Andriolni limfatik tizim orqali uning so’rilishini maksimal darajada oshirish uchun yuqori yog’ tarkibiga ega ovqatlar/taomlar bilan iste’mol qilish tavsiya etiladi. Preparat och qoringa ist’mol qilinganda juda quyi absorbsiyaga ega va bio imkoniyatlarga ega bo’ladi. Andriolning dozasi qon zardobida Testosteronning barqaror darajasini saqlab qolish uchun uni ikkita teng dozaga (ertalab va kechqurun qabul qilish uchun) bo’linishi kerak.


Genetics.uz anabolik steroidlar va kuchli ta’sir etuvchi moddalarni sotmaydi va qabul qilishga chaqirmaydi. Ma’lumot tavsiya etish xarakteriga ega emas va faqat tanishtirish maqsadida taqdim etilgan. U yoki bu preparatni to’g’ri qo’llash uchun albatta sport shifokoriga va/yoki sertifikatga ega trenerga murojaat qiling.

Buni ham o’qing

Dianabol (Metandrostenolon) – preparat haqida tarixiy va umumiy ma’lumot

Genetics

Vinstrol (stanozolol) – steroidning ta’rifi va ta’siri

Genetics

Anadrol – Oksimetolon brendi va savdo belgisi

Genetics

Deka-Durabolin (Nandrolon dekanoat)

Genetics

Insulin – preparat haqida umumiy ma’lumot

Genetics

Anabolik steroidlar turlari

Genetics

Saytdan foydalanishni davom ettirish orqali, siz Konfidensiallik siyosatiga mos ravishda cookie-fayl va boshqa ma’lumotlarning to’planilishi va foydalanilishiga o’z roziligingizni bildirasiz. Roziman Batafsil