Genetics.uz
Image default
Farmakologiya

Anavar (Oksandrolon) — peroral steroid haqida umumiy ma’lumot va uning nojo’ya ta’siri

Anavar – kimyoviy nomi Oksandrolon bo’lgan peroral anabolik steroidning savdodagi nomi hisoblanadi. Preparatning paydo bo’lishi 1950 yildan 1980 yilga qadar davom etgan anabolik steroidlarning faol tadqiqotlar davriga to’g’ri keldi. Tadqiqotning maqsadi ideal deb hisoblanishi mumkin bo’lgan anabolik birikmani ishlab chiqishdan iborat edi. Va Anavar ijodkorlariga, ehtimol, bu maqsadga imkon qadar yaqinroq yetishga muvaffaq bo’lishdi. Preparat xavfsizlik va nojo’ya ta’sirning kutilgan foyda nisbatan ijobiy profiliga ega. Bu bolalar va ayollarni davolash uchun buyurilishi mumkin bo’lgan kam sonli steroidlardan biridir. Ushbu ikki guruh bemorlarida anabolik steroidlar salbiy ta’sirlarning xavfi tufayli juda kam qo’llaniladi.

Oksandrolon preparatining davolash xususiyati ilk bor 1962 yilda ma’lum bo’ldi. Biroz vaqt o’tgach, u Searle Laboratories (Pfizer Inc) kompaniyasi tomonidan Anavar brend nomi ostida taqdim etildi. Keyinchalik, turli farmatsevtika kompaniyalari Oksandrolonni turli tijorat nomlari ostida ishlab chiqara boshladilar. Ular orasida: Protivar, Anatrofil, Antitriol, Lipideks va Lonavar kabilarini misol keltirishimiz mumkin. Preparat farmatsevtika sanoatining muhim yutuqlaridan biri bo’lib, bemorlarning ko’pchiligi tomonidan Anavarning yaxshi kechganligi haqidagi ko’plab ma’lumotlar bilan tasdiqlangan.

Anavar bu – tarkibiga birikmaning yangi xususiyatlarini berish uchun o’zgartirishlar kiritilgan Digidrotestosteronning hosilasi hisoblanadi. Birinchi o’zgarishlar C17-alfa alkillashga taalluqli, shuning uchun preparatni ichga qabul qilish mumkin. Ikkinchisi – 2 pozitsiyasidagi uglerodni kislorod bilan almashtirish, bu birikmaning anabolik xususiyatlarini oshiradi. Anavarning anabolik samaradorligi shunga o’xshash Testosteron ko’rsatkichidan 3-6 marta ko’pdir.

Kimyoviy xususiyatlari

Anavar (Oksandrolon) — peroral steroid haqida umumiy ma’lumot va uning nojo’ya ta’siri
Oksandrolonning kimyoviy tuzilishi.

Anavar Digidrotestosteron (DGT) hosilasi oilasiga tegishli. Aslida, bu 17 pozitsiyasidagi metillangan Digidrotestosteron hisoblanadi. Bunday tizimli o’zgarish birikmani ichga qabul qilinganida jigar to’sig’ini yengib o’tishga imkon beradi va jigar metabolizmiga yanada chidamli qiladi. Dori tarkibida yana bir modifikatsiya kiritilgan: birinchi sikloalkanli halqada molekulalar olib tashlangan va ikkinchi uglerod atomi kislorod bilan almashtirilgan. Ushbu strukturali o’zgarish tufayli Anavar steroidlar orasida alohida o’rin tutadi, chunki u bu guruhda halqa tarkibida to’g’ridan-to’g’ri modifikatsiyaga ega bo’lgan yagona birikma: uglerod butunlay boshqa elementning atomi bilan almashtirilgan. Ehtimol, bu xususiyat gormon preparatining anabolik faolligini asl birikmaga nisbatan oshirilishiga sabab bo’lishi mumkin. Anavarning ushbu modifikatsiyasining yuqori anabolik samaradorligi (DGT bilan taqqoslaganda) uchun mas’ul bo’lgan mexanizmlardan biri 3-gidroksisteroiddegidrogenaz fermenti qarshiligining oshishi hisoblanadi. Mushaklarda mavjud bo’lgan bu enzim Digidrotestosteronning anabolik faollikka ega bo’lmagan metabolitga aylantirilishini katalizatsiyalaydi. Bu Digidrotestosteronning mushak to’qimalariga anabolik ta’siri yo’qligini anglatadi. Birikma mushaklarga androgen retseptorlari ta’sir qilmasdan oldin 3-gidroksisteroiddegidrogenaz bilan faollashuvdan to’xtaydi.

Preparatning xususiyatlari

Anavar (Oksandrolon) — peroral steroid haqida umumiy ma’lumot va uning nojo’ya ta’siri

Anavar – Masteron, Primobolan, Vinstrol va boshqa bir qator vositalar kabi Digidrotestosteron oilasiga tegishli. Ushbu dorilarning umumiy xususiyati shundaki, ularning barchasi DGT dan kelib chiqqan. Natijada, DGT oilaning barcha birikmalari uchun “ona” gormon hisoblanadi. Anavar androgen ta’siriga nisbatan anabolik ta’sirning sezilarli ustunligiga ega (bu anabolik indeksni (322-630) androgenik (24) bilan taqqoslashda aniq ko’rinadi). Testosteronga kelsak, u 100:100 indeks nisbatiga ega. Oksandrolonning Testosteronga qaraganda ancha kam miqdordagi androgenik ta’sirga va sezilarli darajada anabolik ta’siri borligi aniq. Anavarning anabolik faolligi Testosteronning o’xshash ta’siridan 3-6 marta ortishi mumkin, Anavarning androgenik faolligi esa ahamiyatsiz darajada deb hisoblanadi. Bundan tashqari, Oksandrolonda hech qanday estrogen yoki progestogen faollik aniqlamagan.

Shubhasiz, Anavarning tavsiflangan xususiyatlari uni sport va bodibildingda foydalanish uchun o’ziga jalb qiladi. Uning yordami bilan suyuqlikni ushlab turish kerak bo’lmaganda massani ko’paytirish va kuchayish bosqichlarida yaxshilangan natijalarga erishish mumkin. Ushbu steroid, shuningdek, kaloriya cheklanishiga qaramay, iloji boricha, mushak massasini saqlagan holda, yog’ miqdorini kamaytirish kerak bo’lganda ham qo’llaniladi. Ushbu bosqichda yana suyuqlik va yog’larning to’planishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Anabolik steroidlarning taqqoslash natijalaridan ko’rinib turibdiki, Anavar universal preparat hisoblanishi mumkin. Anabolik steroidlarning qiyosiy tavsifida, odatda u “yengil” vosita deb ataladi, ammo aslida u juda kuchli anabolik ta’sirga ega. Buni 322–630 mos keladigan indeks qiymati tasdiqlaydi, bu Testosteron (100) va boshqa keng qo’llaniladigan Primobolan (88) anabolik preparatlarining ko’rsatkichlaridan ancha yuqori. Shuning uchun, Anavar haqida gap ketganda, ko’pchilik o’ylashi mumkin bo’lganidek, “yumshoq” atamasi uning anabolik ta’sirini anglatmaydi. Anavarning ichga qabul qilinishining sababi esa buning natijasida anabolik steroidning katta qismi ichga yutilganda jigar metabolizmiga uchrashidadir. Shu sababli ham 17-pozitsiyadagi metilizatsiya tufayli ichga qabul qilinadigan steroidlarining tuzilishi o’zgartirilgan, bu jigarda yo’q qilinish rezistentlikni oshirishga imkon beradi. Bunday o’zgartirish metabolik jarayonlarni to’liq bekor qilmasa ham, qon oqimiga kiradigan preparatning ulushini sezilarli darajada oshiradi. Shunday bo’lsa ham, preparatning bir qismi yo’qotiladi va bu nima sababdan ba’zi steroidlar uchun aniq ko’rsatkich ko’rsatilishini (bir qator anabolik ta’siri jigarda metabolizmiga qarab o’zgaradigan ichga qabul qilinadigan preparatlar uchun) tushuntirib beradi.

Anavarning nojo’ya ta’siri

Anavar (Oksandrolon) — peroral steroid haqida umumiy ma’lumot va uning nojo’ya ta’siri

Yuqorida aytib o’tilganidek, zararli reaksiyalar va preparatning foydalarining ajoyib uyg’unligi bilan bir qatorda, ko’plab anabolik steroidlarga nisbatan deyarli salbiy ta’sir ko’rsatmasligi sabab Anavar meditsina, bodibilding va sport muhitida mashhurdir.

Anavarni qo’llanilganda, xuddi Digidrotestosteronning boshlang’ich birikmasini qo’llashda bo’lgani kabi, estrogen ta’sir ko’rsatmaydi. DGT – estrogenga aylanish qobiliyatidan mahrum bo’lgan androgenik gormon hisoblanadi, uning Anavar hosilasi bir xil xususiyatga ega. Shu nuqtai nazardan, uning ishlatilishi suyuqlikni ushlab turish, qorin dam berishi, yog’ cho’kmalari hosil bo’lishi va ginekomastiyaga olib kelmaydi. Bundan tashqari, Anavarda progestogen faollik aniqlamagan, shuning uchun tegishli nojo’ya hodisalar ham mavjud emas.

Vaholanki, Anavarning androgenik ta’siri Testosterondan ancha past darajada ifoda etilgan bo’lsa-da, ayniqsa, yuqori sezuvchanlik mavjud bo’lganda, ular hali ham uchrashi mumkin. Bunday nojo’ya ta’sirlarga terining yog’liligi, akne, tanada ortiqcha soch o’sishi, erkaklarda soch to’kilish xavfi, prostata adenomasi kabilarni kiritish mumkin.

Anavarning endokrin tizimga yumshoq ta’siri haqidagi da’volarga qaramasdan, tadqiqotlar boshqa natijalarni ko’rsatdi. 15 mg dozasida preparatning sog’lom odamlar tomonidan besh kunlik foydalanish testikulyar funksiyaning yomonlashishiga va testosteron ishlab chiqarishning deyarli 40% ga kamayishiga olib keldi. Anavarni qo’llashga e’tiborsiz qarab bo’lmaydi, chunki bu muhim gormonal kasalliklarga olib kelishi mumkin. Agar preparatning 15 mg sutkalik dozasida qisqa muddatli kursi GGGO’ (gipotalamo-gipofiz-gonad o’qi) faoliyatini buzishi mumkin, bodibilderlarga xos bo’lgan bir necha hafta davomida yuqori dozalarni qo’llash o’qning ishlashini butunlay bloklashi mumkin.

Anavarni kursli qabul qilish

Anavar (Oksandrolon) — peroral steroid haqida umumiy ma’lumot va uning nojo’ya ta’siri

Anavar ko’pincha “quritish” (sushka) va mushaklarning relyefini shakllantirish uchun ishlatisa-da, u boshqa imkoniyatlarga ham ega. Preparat yog’larni yo’q qilish va jismoniy shaklni yaxshilashga yordam berishi bilan birga, massa va kuchni oshirishga, mushak hajmini o’stirishga yordam beradigan ajoyib vosita hamdir. Anavarning anabolik faolligi Testosterondan bir necha barobar ko’pligini hisobga olsak, mushaklar hajmining o’sishiga qaratilgan kurs davomida muammosiz foydalanish mumkin.

Shunga qaramay, Anavar jigarga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkinligi sababli, uning foydalanish muddati inyeksiyali anabolik preparatlardan foydalangandan kamroq bo’lishi kerak. Shuning uchun, u ko’pincha birinchi 6-8 hafta davomida har qanday kurs boshida ishlatiladi, keyin bekor qilinadi. Tegishli dozalardan foydalanish sharti bilan kursning maksimal davomiyligi 10 haftaga yetishi mumkin. Mushak hajmini oshirish uchun boshqa samarali vositalar, xususan, Testosteron murakkab efirlari (enantat yoki boshqalar) va Deka-Durabolin (Nandrolon Dekanoat) preparati bilan birgalikda qo’llaniladi.

Yog’larni yo’qotish va “quritish” uchun kamroq Anavar kurslari bir xil maqsadlar uchun tavsiya etilgan dorilar bilan birgalikda ishlatiladi. Ushbu dorilar orasida Testosteron propionat, Masteron, Trenbolon atsetat va boshqalar mavjud. Anavar kabi ro’yxatga olingan birikmalar “quritish” va yog’ yoqotish bosqichida nojo’ya sezilarli suyuqlik saqlanib qolishi yoki qorin shishishi kabi ta’sirga olib kelmaydi.

Anavar – bu sport yoki bodibilding bilan shug’ullanadigan va maskulinatsiyadan qochish uchun mo’ljallangan ayollar tomonidan ishlatilishi mumkin bo’lgan steroid. Anavarni bodibildingda yoki sport maqsadlarida, ayollar va erkaklar uchun ishlatish 4-6 haftadan oshmasligi tavsiya etiladi.

So’nggi tadqiqotlar

2018 yil 9 yanvar: Qahvaning Oksandrolondan foydalanishga ta’sirini baholash bo’yicha Portugaliya tadqiqoti preparatning bioqo’llanilish imkoniyati va so’rilish samaradorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatishini aniqladi.

Portugaliya laboratoriyasi (Laboratorio De Analises de Dopagem) bemorlarning Oksandrolon bilan birgalikda 300 mg kofeinni qabul qilishi bilan bog’liq ikki marta tasodifiy tekshiruv o’tkazdi. Tadqiqot Oksandrolon + kofein guruhida preparatning faqat Oksandrolonni olgan ishtirokchilar guruhiga nisbatan plazma kontsentratsiyasining o’sishini aniqladi.

Muhim natijalar olindi: 1900% (20 barobar) o’sish aniqlandi, bu juda ahamiyatli natija hisoblanadi. Shuning uchun, Anavarni kofein yoki mashg’ulotdan oldingi qo’shimchalar qo’shilgan bir chashka qahva bilan iste’mol qilish maqsadga muvofiq bo’ladi.


Genetics.uz anabolik steroidlar va kuchli ta’sir etuvchi moddalarni sotmaydi va qabul qilishga chaqirmaydi. Ma’lumot tavsiya etish xarakteriga ega emas va faqat tanishtirish maqsadida taqdim etilgan. U yoki bu preparatni to’g’ri qo’llash uchun albatta sport shifokoriga va/yoki sertifikatga ega trenerga murojaat qiling.

Buni ham o’qing

Anabolik steroidlar turlari

Genetics

Dianabol (Metandrostenolon) – preparat haqida tarixiy va umumiy ma’lumot

Genetics

Anadrol – Oksimetolon brendi va savdo belgisi

Genetics

Ekvipoyz (Boldenon) – preparatning ta’rifi va uning nojo’ya ta’sirlari

Genetics

Bodibildingda diuretiklar – juda xavfli moddalar

Genetics

Estrogen nima? U nima uchun mas’ul? Uning funksiyalari qanday?

Genetics

2 Izoh

Nizomjon Yarashev January 5, 2020 - 00:01

Saytga umuman gap yoq

Javob berish
Davron Ibragimov November 22, 2020 - 21:31

Judayam qimmatli ma‘lumotlar.

Javob berish

Saytdan foydalanishni davom ettirish orqali, siz Konfidensiallik siyosatiga mos ravishda cookie-fayl va boshqa ma’lumotlarning to’planilishi va foydalanilishiga o’z roziligingizni bildirasiz. Roziman Batafsil