Genetics.uz
Image default
Farmakologiya

Anadrol – Oksimetolon brendi va savdo belgisi

Anadrol savdoda taqdim etilgan eng kuchli oral anabolik steroidlardan biri deb tanilgan. U Dianabol (Metandrostenolon) bilan raqobatlashib keladi va steroidlarni qabul qiluvchi bodibilderlar jamoasida doimo qaysi dori kuchliroq ekanligi haqida doimo bahs-munozaralar mavjud.

Preparatning ta’rifi va tarixi

Anadrol bu – Oksimetolon sifatida tanilgan anabolik steroid brendi va savdo belgisi hisoblanadi. Biroq, uni Anavar deb ataluvchi Oksandrolon bilan chalkashtirmaslik kerak. Oksimetolon aynan Anadrol sanaladi. Anadrol formulasi birinchi marta 1959 yilda ishlab chiqilgan va taqdim etilgan. Deyarli darhol Syntex kompaniyasi Anadrol-50 savdo belgisi ostida Oksimetolonni sotishni boshladi. Shu bilan birga, Parke Davis & Co firmasi ham dori ishlab chiqara boshlaydi, ammo uni Anadroyd nomi bilan sotadi. Farmatsevtika bozoriga kirgandan so’ng, tez orada Anadrol geriatrik atrofiyadan infeksiyalarga qarshi kurashga qadar turli kasalliklarni davolash uchun qo’llanila boshlandi. Biroq, Anadrol o’z mashhurligi va taniqliligini anemiyani davolash uchun dori vositasi sifatida qo’lga kiritdi. Anemiyaga uchragan bemorlarga eritrotsitlar sonini ko’paytirish va qonda gemoglobin darajasini oshirish uchun Anadrol buyurilar edi. Farmatsevtika rivojlanishi bilan terapiyada kamroq xavfli preparatlarni qo’llanila boshlandi va Anadrolning chiqarilishi sezilarli darajada kamaydi.

Anadrol eritropoezni (qon hosil qilish) tez stimulyatsiyalash qobiliyatiga ega. Barcha anabolik steroidlar shu kabi xususiyatlarga ega bo’lishiga qaramasdan, Anadrol boshqa preparatlardan ustun bo’lgan qon hosil qilishning yuqori ko’rsatkichlariga ega. Yanada aniq xarakteristika uchun shuni ta’kidlash kerakki, Anadrol eritrotsitlar ishlab chiqarishni 5 marta oshiradi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, Anadrol mushak distrofiyasi va OITS ga chalingan bemorlarga aniq anabolik ta’sir ko’rsatadi. Anadrolni qabul qilgan bemorlar vazni 8 kggacha ko’paydi, vaholanki platsebo qabul qilgan guruh vakillari esa, nafaqat og’irlikni yo’qotishdi, balki o’lim ko’rsatkichlarining o’sishini ham ko’rsatdilar. Preparatning yangi xususiyatlari kashf qilinishi tufayli ishlab chiqarish qayta tiklandi va hozirgi vaqtda Anadrol birinchi navbatda immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan ozish bilan og’rigan bemorlarga buyuriladi.

Anadrolning kimyoviy xarakteristikasi

Anadrol - Oksimetolon brendi va savdo belgisi
Oksimetolonning kimyoviy strukturasi.

Anadrol Digidrotestosteron (DGT) anabolik steroididan olinadi. Aslida, Anadrol modifikatsiyalangan Digidrotestosteron hisoblanadi. DGT anabolik steroidlar oilasiga mansub birikmalar quyidagilarni o’z ichiga oladi: Vinstrol, Primobolan, Masteron, Anavar, shuningdek, DGT anabolik steroidning hosilalari bo’lgan boshqa dorilar. Bu analoglarning hammasini DGT modifikatsiyalangan shakllari guruhiga tegishli ekanliklari birlashtiradi. Digidrotestosteronni ushbu anabolik steroidlarning “ota-onasi” yoki “buvi-buvasi” gormoni deb hisoblash mumkin. Anadrolni dastlabki DGT gormonidan qo’shimcha metil guruhi, shuningdek, steroidning birinchi sikloalkanik halqasida uglerodga biriktirilgan 2-gidroksimetilen guruhi ajratib turadi. 3-gidroksisteroiddegidrogenaz fermenti (mushaklarda katta miqdorda uchraydi) ta’siri ostida Digidrotestosteron mushak to’qimalariga kirib, nofaol holatga o’tadi va boshqa metabolitlarga qadar kamayadi. Anadrol, o’z strukuturasi tufayli 3-gidroksisteroiddegidrogenaz fermenti bilan ta’sirga kirishmaydi va mushak to’qimasidagi faollikni saqlaydi. Bu Anadrolga juda yuqori potensialni taqdim qiladi – uning anabolik ko’rsatkichi 320 indeksga ega, bu indeksi 100 bo’lgan Testosteron ko’rsatkichlaridan 3 marta ko’pdir. Bundan tashqari, Anadrolning past androgenik kuchga ega ekanligi aniqlandi. Androgen 100 indeksiga ega bo’lgan Testosteron bilan solishtirganda, Anadrolning androgen indeksi 45ga teng.

Anadrolning o’rganilmagan noyob xususiyatlaridan biri shundaki, u Digidrotestosteronning hosilasi bo’lib, juda yuqori darajada estrogenik faollikka ega. Odatda, anabolik steroidlar – DGT hosilalari – aromataz fermenti orqali estrogenga transformatsiya qilish xususiyatlariga ega emas va natijada estrogen ta’sirini ko’rsatmaydi. Shu ma’noda, Anadrol boshqalardan sezilarli darajada farq qiladi. Anadrol, hatto estrogenga aylanmasdan ham, organizmdagi suvni ushlab turish, ginekomastiya va estrogenlarga xos bo’lgan boshqa nojo’ya ta’sirga sabab bo’ladi. Anadrol ma’lum to’qimalarda estrogen sifatida ta’sir qiladi. Bu xususiyat batafsil tavsiflanadi va quyida muhokama qilinadi. Ammo Anadrolni qabul qilishni rejalashtirayotganlar uchun shuni tushunish kerakki, preparat DGT hosilasidir, lekin Digidrotestosteronning o’ziga xos ta’siri va samaradorligini ko’rsatmaydi. Anadrol estrogenlarga transformatsiyalana olmaydi, chunki aromataz ingibitorleri preparatning o’ziga xos estrogen belgilari bilan kurasha olmaydi.

Anadrol – oral anabolik steroid. Ya’ni qonga tushmasdan oldin, modda jigar orqali o’tishi kerakligini anglatadi. Metabolik jarayonlarning ta’siri ostida parchalanmasligida Anadrolga C17-alfa-alkid guruhi yordam beradi, u preparatning yaxlitligini va ichga kirib borish xususiyatlarini saqlab qolishini qo’llab-quvvatlaydi. O’tkir gepatoksiklik Anadrolning hammaga ma’lum xususiyati hisoblanadi. Preparatning kimyoviy tarkibi va modifikatsiyasi (shu jumladan, C17-alfa-alkid guruhining mavjudligi) jigar metabolizmiga juda chidamli bo’ladi. Qisqacha aytganda, Anadrol jigar orqali o’tgach, parchalanib ketmaydi. Biroq, biokimyoviy jarayonlarning ta’siri ostida moddaning yo’q qilinishiga nisbatan qarshiligi qanchalik yuqori bo’lsa, uning organizmga bo’lgan yuklamasi shunchalik kuchli bo’ladi. Bu shu paytgacha mavjud eng zararli oral anabolik steroidlar biri sifatida tanilgan Anadrolning nihoyatda kuchli toksikligining ko’rsatkichi hisoblanadi.

Nojo’ya ta’siri

Kuchli oral C-17-alfa alkillangan anabolik steroid sifatida Anadrol yuqori gepatoksiklikka ega va jigarga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Toksik ta’siri jihatidan, preparat, albatta, barcha savdoda mavjud anabolik steroidlar orasida eng xavflisi sifatida o’zini namoyon qiladi. Preparatning bu xususiyati bodibilderlar orasida keng tarqalgan va, ehtimol, bo’rttirib ko’rsatilgan bo’lishi mumkin, lekin shunga qaramay, bunday ma’lumotlarni juda jiddiy qabul qilish kerak. Qizig’i shundaki, Anadrol aslida gepatoksiklikni kamaytirish kerak bo’lgan kimyoviy tuzilishga ega. Aslida, Anadrol iste’mol qilinganda jigar fermentlari darajasi ko’tariladi. Buni OITV va OITS bilan kasallangan bemorlar ustida o’tkazilgan tadqiqotlar ko’rsatdi. Qaytarilmas oqibatlarga yo’l qo’ymaslik uchun preparatni 4-6 hafta muddatga qabul qilishni chegaralash va Anadrolni jigar funksiyasini qo’llab-quvvatlovchi ko’plab tasdiqlangan vositalar bilan birga qo’llash tavsiya etiladi.

Anadrolning boshqa noojo’ya ta’sirini o’rganganingizda, hamma narsa yanada murakkablashadi. Ma’lumki, Anadrol DGT ning hosilasi bo’lib, estrogenga aylanmaydi. Shunga qaramay, Anadrol uchun estrogenlarni qabul qilganda namoyon bo’lgan nojo’ya ta’sirlar bilan tavsiflanadi: organizmdagi suvning ushlab turilishi (kamdan kam paydo bo’ladi) bilan birga kechadigan qon bosimi va ginekomastiyaning rivojlanishi kabilar. Selektiv estrogen retseptorlari modulatorlarini (yoki Nolvadeks) qo’llash ginekomastiyaning namoyon bo’lishini kamaytiradi, ammo shish va yuqori arterial qon bosimi bilan bog’liq muammolarni hal qilmaydi. Aromataz ingibitorlari ham Anadrol bilan ishlamaydi, chunki u boshidanoq bu ferment bilan o’zaro ta’sirga kirishmaydi. Anadrol, ehtimol, progestin kabi ta’sir qilishi mumkin, bu esa shunga o’xshash nojo’ya ta’sirga olib keladi. Yuqori ehtimol bilan (aniq bo’lmasa-da), Anadrol estrogen retseptorlari bilan bevosita ta’sirga kirishi mumkin yoki ehtimol, Anadrol metabolit shunga o’xshash xususiyatlarga ega bo’lishi mumkin.

Anadrol metabolitlarining anomaliyalarining dalillari boshqa nojo’ya ta’sirlarni o’rganishdan keyin yanada ishonchli bo’ladi. Androgenik uchinchi yot ta’sirining namoyon bo’lishi, masalan, Testosteronga nisbatan ancha past. Biroq, Anadrol DGTga o’tmaydi, aksincha, 17-alfa-metil Digidrotestosteron (Mestanolon) bilan metabollanadi. Mestanolon eng kuchli androgendir, shu sababli ham Anadroldan foydalanish bir qator androgenik nojo’ya ta’sirga sabab bo’ladi: yog’li teri, toshmalar (kuchayib ketish hollari), kallik (erkaklarda ham, ayollarda ham), prostata zararsiz giperplaziyasi va boshqalar.

Nihoyat, barcha oral anabolik steroidlar singari, Anadrol ham yurak-qon tomir tizimiga salbiy ta’sir ko’rsatadi va qondagi xolesterin darajasida (PZLP va shuningdek, YZLP) sezilarli o’zgarishlarga olib keladi.

Kurslar va qabul qilinishi

Anadrol - Oksimetolon brendi va savdo belgisi

Oksimetolon bilan kurslar odatda massa va mushaklarning umumiy hajmini oshirishga qaratilgan, ammo relyefni va quritilgan mushaklar samarasini ta’minlamaydi. Shuning uchun musoboqaga tayyorgarlik davrida, yog’ to’qimasini quritish va kamaytirish uchun undan foydalanish foydasiz. Preparat yog’ yo’qotish jarayonlarini tezlashtirish uchun ishlatilishi mumkin, ammo Anadrolning estrogenik ko’rinishlari suvni ushlab turish va shish kabi ta’sirlarini hisobga olganda, uni yomon alternativa qiladi. Bunday nojo’ya ta’siri tanaga shishgan va silliq ko’rinish beradi, bu esa yog’ to’qimalarining pasayish darajasini ko’z bilan ilg’ab bo’lmas darajaga keltiradi. Anadrolning estrogenga transformatsiyalanmasligi barchasini yanada chigallashtiradi va bu foydalanuvchi uchun hali o’rganilmagan bir qator nojo’ya ta’sirlarni keltirib chiqarishi mumkin. Aromataz ingibitorlari ham shishni kamaytirmaydi, chunki ular Anadrol bilan bog’liq holatda ish bermaydi.

Anadrol kurslari odatda 4-6 haftalik qabuldan iborat. Steroidni asosiy birikma sifatida (kikstart sifatida) Testosteron enantat, Deka-Durabolin (Nandrolon Dekanoat), Trenbolon enantat va boshqalar kabi analogik ta’sir doirasiga ega inyeksion bazaviy preparatlar bilan birga qabul qilinadi. Anadrol shuningdek, sikl o’rtasida, qotib qolish nuqtasini yurgizib yuborish uchun ham kiritilishi mumkin. Bundan tashqari, ba’zi foydalanuvchilar uni so’nggi bosqichni tezlashtirish uchun shuningdek, yakuniy jarayonni ulash uchun kursning oxiriga qabul qiladi. Bu KST (kurs so’ngidagi terapiya) bosqichiga o’tishda mushaklarning kuchi va hajmini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi.

Anadrolning gepatoksikligi tufayli qabul qilish kursi 4-6 haftadan oshmasligi kerak. Anadrol bilan bir vaqtning o’zida ishlatiladigan inyektsion preparatlar kursni tugatgandan keyin ham qo’llashda davom etish mumkin.

So’nggi tadqiqotlar

2017 yil 30 dekabr kuni Janubiy Kaliforniya Universitetida sport sohasidagi olimlar platseboni qabul qilish natijalarini tahlil qildilar. Kuniga 50 va 100 mg dozalar yoshi katta sog’lom bemorlar tomonidan qabul qilindi. O’shanda, 2003 yildagi Oksimetolonning mushak o’sishi va yog’ yo’qotilishiga ijobiy ta’sirini ko’rsatadigan tadqiqot ma’lumotlari chop etildi.

Tahlil shuni ko’rsatdiki, preparatni qabul qilgan erkaklarda mushak massasi taxminan 3,3 kgga oshgan. 100 mg dozadan foydalanganlar 4,2 kg dan ortiq vaznga ega bo’lishdi. Har ikki guruhda yog’ to’qimalarining kamayishi 2,6 va 2,5 kg darajasida qayd etilgan bo’lib, bu preparat nafaqat quruq massani hosil qilish, balki yog’ yo’qotilishi ham mumkinligini yana bir bor tasdiqlaydi. Tananing skaner tekshiruvi shuni ko’rsatdiki, 50 kg vazndagi erkaklar tanada deyarli 2 kg yog’ qatlamini yo’qotishdi. 100 mgdagi (ikki marta yuqori doza) qabul qilganlar vazni 2,2 kgga kamaydi. Tadqiqot natijalariga ko’ra, sinov ishtirokchilarining aksariyatida yog’ massasi tananing erkaklarda aynan eng ko’p yog’ to’planadigan qismi – tananing o’rta qismidan yo’qoldi.

Tadqiqotlar, shuningdek, salbiy xususiyatlarini ham namoyish qildi, birinchi navbatda, gepatoksiklik (jigar shikastlanishi) va YZLP (yuqori zichlikdagi lipoprotein yoki “yaxshi xolesterin”) darajasining kamayishi kabi. Bu Anadroldan foydalanishni 4-6 haftalik davomiyligidan oshirmaslik kerak bo’lgan asosiy sababdir.


Genetics.uz anabolik steroidlar va kuchli ta’sir etuvchi moddalarni sotmaydi va qabul qilishga chaqirmaydi. Ma’lumot tavsiya etish xarakteriga ega emas va faqat tanishtirish maqsadida taqdim etilgan. U yoki bu preparatni to’g’ri qo’llash uchun albatta sport shifokoriga va/yoki sertifikatga ega trenerga murojaat qiling.

Buni ham o’qing

Vinstrol (stanozolol) – steroidning ta’rifi va ta’siri

Genetics

Insulin – preparat haqida umumiy ma’lumot

Genetics

Organizmdan steroidlarni chiqarib yuborish usullari

Genetics

Anabolik steroidlar turlari

Genetics

IO’O – 1 (Somatomedin-C) tarixi va preparatning qisqacha ta’rifi

Genetics

Deka-Durabolin (Nandrolon dekanoat)

Genetics

Saytdan foydalanishni davom ettirish orqali, siz Konfidensiallik siyosatiga mos ravishda cookie-fayl va boshqa ma’lumotlarning to’planilishi va foydalanilishiga o’z roziligingizni bildirasiz. Roziman Batafsil