Genetics.uz
Image default
Farmakologiya

Anabolik steroidlar turlari

“Steroid” so’zi yunon tilidan kelib chiqqan bo’lib, “STERE” so’zidan “ster” ya’ni “qattiq tana”, “oid” qo’shimchasi esa, “EIDOS” so’zidan olingan (yunon tilida bu qo’shimcha odatda “OIEDES” deb yoziladi) bo’lib, u “uch o’lchovli shakl” degan ma’noni anglatadi.

Mavjud bo’lgan steroid turlarining ko’pchiligi mushak, kuch yoki sportdagi ko’rsatkichlar o’sishiga hech qanday umumiy aloqasi bo’lmay, aslida ko’pgina steroidlar (ular kortikosteroidlar deb tanilgan) mushak to’qimalarini buzib yuborishadi. Steroid va steroid birikmalarning yuzlab turdagi turlari – o’simlik, hayvon, hashorat, hattoki, qo’ziqorinlarda mavjud. Tabiyatda uchraydigan steroidlar yuqorida sanab o’tilgan organizmlarning hujayralarida sintezga uchraydi. Inson organizmida ham turli steroidlar – xolesterin, xolekalsiferol (vitamin D), estrogen, Testosteron, kortizol va shu kabilar uchraydi. Xolesterin asosiy steroid birikma bo’lib, organizm hujayralari uni qolgan barcha steroidlarning (estrogen, Testosteron, vitamin D va hk.) sintezi uchun ishlatadi.

Anabolik steroidlar turlari

“Anabolik” so’zi to’qimalar qurilishi yoki to’qimalar sintezi (bu holatda mushak) jarayoniga tegishli bo’lib, u yunon tilida “ANA” ya’ni “yuqori” va “BALLIN”, tarjima qilinganda “tashlash” degan ma’noni anglatadi. “Androgen” so’zi esa, maskulinlashtiruvchi samaraga ega bo’lib, yunon so’zi “andro” ya’ni tarjima qilinganida “erkakka hos” va “genlar” so’zi esa, “ishlab chiqarish” degan ma’noni anglatadi. Androgen va anabolik samarasi biri biridan butunlay ajratilgan (ular bir biri bilan mahkam bog’langan) anabolik steroidlar mavjud emas va shu yerdan to’liq nom – Androgen Anabolik Steroidlar (qisqartiliganda AAS) kelib chiqqan.

Birinchi anabolik steroid birinchi raqamlisi, har bir inson organizmi va ko’pchilik hayvonlarda ishlab chiqariladigan gormon bu – Testosteron. Aynan erkaklar jinsiy gormoni – erkaklarga hos bo’lgan umumiy erkaklik xususiyatlari (ovoz dag’alligi, badan va yuzdagi tuklar o’sishi, mushaklar hajmi va kuchi o’sishi) bilan ta’minlaydi. Testosteron inson organizmning turli funksiylarini qo’llab-quvvatlash va boshqaruviga javob berib, mushak o’sishiga ta’siri esa, uning faqatgina bir qismidir. Shu bilan birga, insonlarda ikki tabiiy endogen ishlab chiqaruvchi anabolik steroid: Digidrotestosteron (DGT) va Nandrolon bor. Bu uch tabiiy anabolik steroidlar asosida qolgan boshqa anabolik steroidlar ishlab chiqiladi va ularga asoslanadi.

Yuqorida aytib o’tilgan uch anabolik steroid (AS) gormonlari orqali olingan va unga asoslangan yuzlab turdagi yaratilgan va sintezlangan anabolik steroidlar bor. Bu degani , mavjud bo’lgan barcha AS, o’zida modifikatsiyalangan shakldagi Testosteron, Digidrotestosteron va Nandrolonni namoyish etadi. Aniqrog’i, agar anabolik steroid Testosteronning analogi yoki hosilasi bo’lsa, demak bu Testosteron uning molekyar-kimyoviy strukturasining modiifikatsiyalanganidir. Quyida Testosteron strukturasi va mashhur analogi – Metandrostenolon (Dianabol) strukturasi o’rtasidagi solishtirish bo’yicha misollar keltirilgan.

Anabolik steroidlar turlari

Shu tarzda, barcha anabolik steroidlar, quyidagi steroid turlari bo’yicha tasniflanadi:

  1. Testosteron analogi (yoki Testosteron hosilasi)
  2. Digidrotestosteron analogi (yoki DGT hosilasi)
  3. Nandrolon analogi (yoki Nandrolon hosilasi)

Ushbu uch anabolik steroidlarni “ota-ona gormonlar” deb atash mumkin bo’lib, ular turli anabolik steroidlarning manbai hisoblanishadi. Inson organizmida, Testosteron, Digidrotestosteron va Nandrolon gormonlarining ajdodidir.

Organizmda Testosteron 5-alfa reduktaz (5-AR) ferment yordamida Digidrotestosteronga metabollashadi, bu Digidrotestosteron Testosteronning metaboliti deganidir. Bundan tashqari, Nandrolon Testosteronni estrogenga aromatizatsiyasi (aylanishi) yordamchi mahsuloti hisoblanadi.

AS hosilasining ishlab chiqilganida, ko’pincha o’z ota-ona gormoni (yoki ajdodlari gormoni) hususiyat va xarakteristikasini oladi. Masalan, Digidrotestosteronning xarakteristikasi bu – u estrogenga aylana olmasligi, sababi u aromataz fermenti bilan o’zaro ta’sirga kirisha olmaydi. Natijada, DGTning barcha hosilalari ota-ona yoki ajdod DGT gormonlarning ma’lum bir xarakter belgisiga ega bo’ladi. Ammo, bu teoriyada. Tajribada esa, teskari yoki boshqa natija ro’y berishi ham mumkin. Bu anabolik steroid modifikatsiyasidan (masalan, DGT) so’ng, yangi tipdagi analogini yaratishda, qo’lga kiritilgan natija umuman boshqa unikal hususiyatga ega bo’lgan, shu bilan birga, u ota-ona yoki ajdod gormon xarakteristikasiga umuman ega bo’lmasligi mumkinligiga bog’liqdir.

TESTOSTERON INSON ORGANIZMDAGI TABIIY ENDOGEN TOMONIDAN ISHLAB CHIQARILUVCHI ANABOLIK STEROID VA MAVJUD BO’LGAN QOLGAN BARCHA ANABOLIK STEROIDLAR SINTEZINING NEGIZIDIR.

Analoglarni yaratishda Testosteron konsepsiyasi va modifikatsiya maqsadi

Testosteronning modifikatsiyasi va kimyoviy o’zgarish konsepsiyasi, tibbiyotda aniq bir holat va kasallikni davolash uchun Testosteronning o’ziga qaraganda yanada afzalroq bo’lishiga ruhsat beruvchi Testosteronning variantlari va analoglarini yaratish. Testosteron modifikatsiyasining boshqa sabablari, bu turli anabolik steroidlar hosilasiga olib keluvchi, AS turli insonlar har hil yosh guruhidagi (masalan, bolalar yoki qari patsientlar), gender kategoriyasi yoki kasallikdan va holsizlikdan qiynalayotgan patsientlar uchun Testosteronning o’zi inson sog’lig’ining ma’lum bir hududini yomonlashisiiga olib keluvchi turli anabolik steroidlarning yanada qulayini ishlab chiqishni o’z ichiga oladi. Bunday holatlarda, tananing ma’lum bir qismiga ta’siridan himoya uchun, uning analogi foydali bo’lishi mumkin.

Turli steroidlarni yaratishdan ko’zlangan aniq maqsadlardan biri bu – ideal deb hisoblash mumkin bo’lgani ASni qidirib topish. Bu haqida 1950-1980 yillardagi anabolik steroidlar rivojlanishi guvohlik beradi. Anabolik steroid ishlab chiqishning vazifasi: foydalanuvchiga estrogen va androgen nojo’ya ta’sirisiz, anabolik samaraning barcha yutuqlarini beradigan ideal anabolik steroid ishlab chiqarishdir.

Testosterondan orientir sifatida foydalanishning muhimligi

Steroid va hosilalarning turli hillarini muhokama qilishdan avval, bir eslatma qilish kerak. Testosteron boshqa anabolik steroidlar bilan solishtirish va o’lchash uchun o’lchov taxtachasi (yoki o’chov chizgichi) sifatida foydalanilshini tushinish lozim. Buni tushungan holda, har bir odam anabolik steroid Testosteronga nisabatan qanchali kuchli yoki kuchsizligni osonlik bilan kuzatadi (Testosteronning anabolik va androgen indeksi 100ga teng).

Testosteron analoglari (Ishlab chiqarilgan Testosteron)

Avvalroq aytib o’tilganidek, mavjud bo’lgan barcha anabolik steroidlarni ohir oqibatda Testosteron analogi yoki hosilasi deb hisoblash mumkin, lekin bir qancha to’g’ridan to’g’ri Testosteron hosilasi bor. Testosteron hosilalari, albatta, Testosteronning bir qancha yoki ko’plab hususiyatlariga ega  va o’zida namoyish etadi, bu ularning yutug’i ham, kamchiligi ham bo’lishi mumkin. Testosteron analogining eng birinchi rasmiysi bu – Metandrostenolon (Dianabol) bo’lib, undan keyin Boldenon (Ekvipoyz) hisoblanadi. Bu ikki analog, bu yerda misol tariqasida keltiriladi.

Testosteron hosilasining umumiy xarakteristikasi, Testosteronning xarakterikstikasiga juda o’hshash bo’lib, ularning ikkalasi ham estrogenga aylanish hususiyatini o’zida namoyon etadi va ularning ikkalasi ham 5-alfa-reduktaz (5-AR) fermenti bilan o’zaro ta’sirga kirishadi. Shu tarzda, Dianabol Digidrometandrostenolonga, Boldenon esa, Digidroboldenonga aylanadi.

Dianabolning strukturaviy o’zgarishiga keladigan bo’lsak, bu Testosteron bo’lib, o’z sturkturasiga ko’ra u, 17-alfa-uglerod (17 atom uglerodiga metil guruhining qo’shilishi) metilashganidir. Bu jarayon C17-alfa-alkilirovan deb tanilgan bo’lib, u anabolik steroidlarni peroral qabul qilishni va ularning organizmga ta’siri kuchli bo’lib qolishini bildiradi. Bu modifikatsiyasiz hech qaysi anabolik steroid jigardagi metabolizmdan keyin organizmda sezilarli natijaga olib keluvchi yetarli miqdordagisiga ega bo’laydi va natijada o’z vazifasini bajarish uchun juda ham kam bo’lgan anabolik steroid qon oqimiga tushadi. Dianabol ham 1 va 2 uglerod atomlar orasida qo’shaloq aloqaga ega. Bu barcha modifikatsiyalar Dianabolni Testosteron bilan solishtirganda, uning anabolik kuchi ortishi va androgen kuchi esa kamayishini keltirib chiqaradi.

Boldenon – bu o’sha Dianabol bo’lib, metil guruhisiz, 17-alfa-uglerod bilan bog’langan, 1 va 2 uglerod atomlari bilan qo’shaloq aloqaga egadir. Shu aniqki, ushbu ikki anabolik steroid organizmga turlicha ta’sir ko’rsatadi va bu esa metil guruhi (C17-alfa-alkilir) 17 atom uglerodi gormonni jigarda parchalanishiga qarshi chidamliliga nafaqat o’z ta’sirini ko’rsatadi, balki ta’sirini va anabolik steroidning hususiyatini haqiqatdan ham o’zgartirib yuboradi. Dianabol o’rtacha miqdorda  estrogen faolligiga ega va shu bilan birga, Boldenon esa, organizmda kam miqdorda estrogen faollikka egadir. Shu tarzda, Dianabol va Boldenonga olib keluvchi Testosteronning strukturaviy modifikatsiyasi, Testosteronning o’ziga qaraganda ancha kam estrogen faollikni beradi lekin uni butunlay bartaraf etmaydi. Bu avval aytib o’tilgan ota-ona / analogining ajdodlariga / ishlab chiqilgan gormondan turli hususiyat va belgilarga misoldir.

Anabolik steroidlar turlari

Estrogen faollikni o’zida hali ham namoyish etuvchi Testosteron analoglari, massa yig’ish siklida ma’qul ko’riladi. Bunga sabab esa, sushka vaqtida yoki yog’ yoq’otilayotganida, organizmdagi istalmaydigan suv yig’ilishidir. Lekin bu Dianabolni sushka vaqtida qo’llash mumkin emas degani emas. Har qanday anabolik steroid turli maqsadlarda qo’llanilishi mumkin. Hamma aytadigan afsona – “Sushka uchun steroidlar” va “Massa yig’ish uchun steroidlar” degan tushunchaning o’zi yo’q. Anabolik steroidlar ularning hususiyatlari va ma’lum bir siklda istalmagan nojo’ya ta’sirlariga bog’liq holda, sushka uchun yoki massa yig’ish uchun afzalroq bo’lishi mumkin.  Bu haqida esa keyin batafsil to’htalib o’tamiz.

Digidrotestosteronning analoglari (yoki DGT hosilasi)

Digidrotestosteronning analoglari turli hildagi anabolik steroidlar bo’lib, DGTning mavjudligiga ko’ra uning asosiy kimyoviy strukturasini modifikatsiyasi uchun bazavy matritsa sifatida ishlatiladi. Digidrotestosteron hosilasi Vinstrol, Anavar, Primobolan, Masteron va boshqalar DGT hosilasi oilasiga tegishlidir.

Bunga qaramay, Digidrotestosteron unikal anabolik steroid bo’lib, qaysi ma’nodaki, u umuman mushak to’qimalarida faoliyatga ega emas, bu esa o’z-o’zidan juda ham qiziq qismdir. Shu bilan birga, DGT hosilasi oilasiga hos barcha ASlar, mushak to’qimalarida sezilarli faollik va samaradorlik beruvchi kimyoviy struktura o’zgarishlariga ega. Bu Digidrotestosteron mushak to’qimalariga tushib, bir soniyada deaktivlashadi va ferment tomonidan ikki samarasiz gormon metabolizatsiyaga uchrashi bilan bog’liqdir. Bu ferment o’zida 3-gidroksisteroiddegidrogenaz fermentini namoyon etib, bu mushak to’qimalarida katta miqdorda bo’ladi va har qanday DGTning ikki faol bo’lmagan metabolit: mushak to’qimalari uchun anabolik bo’lmagan 3-alfa-androstandiol va 3-beta-androstandiol metabolizmi uchun hizmat qiladi.

Bundan kelib chiqib, DGTni androgen anabolik steroid deb aytish hato bo’ladi. U haqiqatdan ham, anabolikli hususiyatiga ega bo’lib, afsuski, u bu hususiyatidan ferment 3-gidroksisteroiddegidrogenaz ta’sir ostida ayrilgan. DGT hosilasi esa, gormonni 3-gidroksisteroiddegidrogenaz fermenti bilan o’zaro ta’siri hususiyati yo’qotilgani tufayli o’zining kimyoviy modifikatsiyasi tufayli anabolikdir.

Misol tariqasida, DGT hosilasi – Masteron (Drostanolon)ni ko’rib chiqaylik. Masteron mavjudligiga ko’ra, 2 atom uglerod (alfa-uglerod deb tanilgan) metil guruhi qo’shilgan DGT hisoblanadi. Ma’lumki, bu modifikatsiya Testosteronga qaraganda, ozgina anabolik kuchi oshirishga ma’suldir. Metil guruhini qo’shish, Masteronga faol bo’lmagan 3-gidroksisteroiddegidrogenaz fermentli metabolit metabolizmiga yuqori chidamlilikni oshirish yo’li bilan anabolik kuchini ko’paytiradi.

Anabolik steroidlar turlari

DGT analoglari va hosilalari uchun tipik belgi va xarakteristika bu aromataz ferment bilan ro’y berishi mumkin bo’lgan o’zaro ta’sirni har qanaqasini yo’q qilish, bu esa ularga estrogen faolligini yuzaga olib chiqmaslikka olib keladi. Yagona istisno bu – Anadrol (Oksimetolon) bo’lib, yuqori daraja estrogen faollikka ega, lekin bu aromataz fermenti bilan o’zaro ta’siriga bog’liq emas, chunki u bu ferment bilan o’zaro ta’sirlasha olmaydi. Buning o’rniga, Anadrol sirli hususiyatga ega bo’lib, buning natijasida u va uning metabolitlari organizmning turli to’qimalarida estrogen bo’lib ta’sir ko’rsatishadi. Lekin Anadrol – bu alohida istisno, qoida emas.

Kulturistlar va sportsmenlar boshqa steroidlarga qaraganda DGT hosilalarini qo’llashni afzal ko’rishliklariga sabab bu – ularning universalligi va moslashuvchanligidir. Bu anabolik steroidlar organizmda estrogen faollik ko’rsatmasligi sababli, terosti yoki visseral yoq yig’ilishi, suv to’planishi, ginekomastiya va boshqa estrogen bilan bog’liq nojo’ya ta’sirlardan qochishga ruhsat beradi. Shuning uchun ham, DGT analoglari va hosilalaridan sushka vaqtida yoki yog’ yo’qotayotganda foydalanish ma’quldir.

DGT hosilasining ijobiy tomon bu – ular 5-alfa-reduktaz (Testosteronni yanada androgenroq Digidrotestosteronga aylanishiga javob beruvchi ferment) bilan o’zaro ta’sirga uchramaydi. Shuning uchun bu turdagi steroidlarni boshqa istalgan metabolitga aylantiruvchi, yanada kuchli androgen samara ko’rsatuvchi havf mavjud emas.

Nandrolon (yoki Digidrotestosteron hosilasi) analogi

Faktlarga ko’ra, faqatgina bir Nandrolon hosilasi – Trenbolon (Tren) mavjud. Lekin, uning boshqa analoglari ham ishlab chiqilgan bo’lsada, lekin ular hammaga ham ma’lum emas va ba’zi bir sabablariga ko’ra mashhur ham emas.

Nandrolon va Trenbolon progestin deb tanilgan anabolik steroidlarning alohida unikal kategoriyasiga tegishlidir. Nandrolon o’zi strukturasiga ko’ra Testosteronga o’hshaydi. Shunga qaramay, u Testosterondan 19-pozitsiyadagi atom uglerod (19-nortestosteron, nomi ham shundan kelib chiqqan) mavjud emasligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun har qanday Nandrolonga tegishli yoki undan kelib chiqqan birikmani, Nandrolonni o’zini ham, odatda, “19-nor“ birikma deb ham atashadi.

Anabolik steroidlar turlari

Nandrolon va Trenbolon organizmda faqat 19-nor birikma uchun unikal bo’lgan, boshqa tip steroidlar orasida uchramaydigan turli nojo’ya ta’sirlarni ko’rsatadi. 19-nor anabolik steroidlar organizmda progesteron retseptorlariga o’hshashlik ko’rsatish tendensiyasiga ega. Xususan, Trenbolon juda kuchli (Nandrolondan ancha kuchli) o’hsahs bog’liqliq progesteron retseptorlarga ega. Yuqorida aytib o’tilganidek, bu boshqa hech qaysi anabolik steroidlarda kuzatilmagan, faqat Trenbolon ega bo’lgan nojo’ya ta’sir va uning faktorlaridan biridir. Progesteronli nojo’ya ta’sir huddi estrogen nojo’ya ta’siridagidek bo’lib, shu bilan birga, u o’zida og’ir endogen to’htash yoki Testosteron ishlab chiqarishni bosib qo’yshni ham o’z ichiga oladi.

19-nor birikma aromatizatsiyaga yuqori chidamlilik yoki estrogenga umuman aromatizatsiya bo’lmasligi (Trenbolon holatida), va shundan kelib chiqqan holda, mumkin bo’lgan nojo’ya ta’sirlar: teriosti va visseral yog’ to’planishi, suv to’planishi va ginekomastya kabi estrogen bilan bog’liq nojo’ya ta’sirlarni yo’qotadi. Bu turdagi steroidlar 5-AR fermenti bilan o’zaro ta’sirga uchramaydi, yoki juda ham sezilmaydigan miqdorda (Nandrolon holatida) uchraydi.

“Vazn yig’ish” va “sushka” dagi anabolik steroidlar haqidagi afsonalar

“Massa yig’ish” yoki “sushka” uchun turli anabolik steroidlar bor deb ko’p tarqalgan afsonani ko’rib chiqamiz. Birinchidan, anabolik steroidlar yog’ni to’g’ridan-to’g’ri yoqotmasligini aniq tushunishimiz kerak. Buning o’rniga, ular mushaklar qayta tiklanishi va ularni o’sishi uchun sezilarli darajada oddiygina ozuqaviy moddalar tarqalishini shu daraja oshiradiki, yog’ qoplanishi umuman yo’qoladi yoki birdan kamayadi. Anabolik steroidlar yog’ almashinuviga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatmaydi. Ular lipoliz (yog’ yo’qolilshi) vujudga keltirish uchun yog’ to’qimalarida androgen retseptorlari bilan o’zaro ta’sirga kirishishadi, lekin bu sezilari darajada bo’lmasligi tushunarlidir.

Albatta, ahamiyatga molik qism, bu natija qanday bo’lishi – insoning ovqatlanishi va mashq qilishiga 100% bog’liqlik faktini esdan chiqarmaslik kerak. Turli turdagi steroidlar ovqatlanish va shug’ullanish aspektlari to’g’ri yo’lga qo’yilganida, ular faqatgina samarani yanada oshirish uchun hizmat qilishadi.

Vazn yig’ish siklida qo’llaniladigan, anabolik steroidlar, masalan, Dianabol yoki Anadrol kabilar sushka yoki yog’ yo’qotish siklida ham qo’llanilishi mumkin. Ko’pchilik sportsmenlarning sushka davrida bu kabi birikmalardan voz kechishiga qaror qilishiga asosiy sabab bu – Dianabol estrogen faollikka ega bo’lib, bu esa suv yig’ilishiga va teriosti, visseral yog’ to’planishiga olib kelishi bo’lib, bu esa, sushka vaqitza kerak emasligidir. Shu bilan birga, bu cheklovlarni aromataz ingibitorini ishga tushirgan holda chetlab o’tish mumkin, lekin asosiy qoida bor, bu – natijani qo’llanilayotgan steroid tur emas ovqatlanish va mashq qilish aniqlaydi.


Genetics.uz anabolik steroidlar va kuchli ta’sir etuvchi moddalarni sotmaydi va qabul qilishga chaqirmaydi. Ma’lumot tavsiya etish xarakteriga ega emas va faqat tanishtirish maqsadida taqdim etilgan. U yoki bu preparatni to’g’ri qo’llash uchun albatta sport shifokoriga va/yoki sertifikatga ega trenerga murojaat qiling.

 

Buni ham o’qing

IO’O – 1 (Somatomedin-C) tarixi va preparatning qisqacha ta’rifi

Genetics

Insulin – preparat haqida umumiy ma’lumot

Genetics

Estrogen nima? U nima uchun mas’ul? Uning funksiyalari qanday?

Genetics

Parabolan – Trenbolonning savdo brendi

Genetics

Anavar (Oksandrolon) — peroral steroid haqida umumiy ma’lumot va uning nojo’ya ta’siri

Genetics

Masteron – Drostanolonning savdo nomi

Genetics

Saytdan foydalanishni davom ettirish orqali, siz Konfidensiallik siyosatiga mos ravishda cookie-fayl va boshqa ma’lumotlarning to’planilishi va foydalanilishiga o’z roziligingizni bildirasiz. Roziman Batafsil