Genetics.uz
Image default
Farmakologiya

Anabolik steroidlar nima bu?

Anabolik steroidlar sportsmenlar va kulturistlar orasida katta mashhurlik bilan qo’llaniladi. Bodibilderlar uni kuch ko’rsatkichlarini va chidamlilikni oshirish, mushaklar massasini o’stirish va shu bilan birga mushak-pay apparati qayta tiklanishga kuchli ta’sir ko’rsatish maqsadida qabul qilishadi.

Steroidlarning organizmga farmakologik ta’siri huddi jinsiy gormon – testerosteron gormonining ta’siriga o’xshaydi, lekin u bir necha marta kuchlidir. Sintezlanayotgan oqsil miqdori oshadi, modda almashinuv jarayonlari tezlashadi va natijada inson jismonan kuchli bo’ladi.

Bodibildingda bu preparatni qabul qilishning asosiy maqsadi quyidagilardir:

  • plato holatini yo’qotish
  • sportsmenlar tayyorlashning yangi bosqichiga o’tish
  • mushaklarning massasi va kuchni tezlashtirilgan holda yig’ish
  • musobaqaga tayyorgarlik
  • suyak-mushak apparatining turli jarohatlaridan keyingi tiklanish davri

Anabolik steroidlarni qabul qilish majburiy tibbiy nazorat ostida amalga oshirilishi kerak, lekin ko’pchilik bunga ahamiyat bermaydi. Bu ko’proq bodibilding olamiga yaqinda kirib kelganlarga tegishli. Mushaklarni kattalashtirish va 5-7 kg mushak massasini hosil qilish uchun ular preparatning me’yorini oshiradilar. Ular o’zligining tajribalari salomatliklari uchun xavfli deb o’ylashmaydi, salbiy oqibatlarni orqaga qaytarib bo’lmasligi, bu salbiy oqibatlar, hatto o’limga olib kelishi mumkin.

Ba’zilar, agar dori me’yorini oshirsa, uning ta’siri ham, mushaklar massasining to’planishi ham oshadi deb hisoblaydilar. Bu noto’g’ri fikr bo’lib, siz istayotgan samaraga erishishingiz uchun uni mutaxassisning tavsiyasiga, uni qabul qilishnning davomiyligi va kursiga, minimal me’yordan boshlashga qa’tiy amal qilish kerak. Bu preparatning optimal kontsentratsiyasini, ya’ni uning dozasini har bir odam uchun individual tanlash maqsadida amalga oshiriladi. Bu ahir hammaga ma’lum, sportsmen qancha ko’p anaboliklar qabul qilsa, shuncha ularning nojo’ya ta’siri bo’ladi.

Masalan, agar 10 mg preparat natija bermasa, unda dozani kutilgan samara paydo bo’lgunicha asta-sekin oshirib borish kerak bo’ladi. Agar birdan katta doza, misol uchun 100 mg bilan boshlasak, natija albatta bo’ladi, lekin huddi shu natija 50 mg bo’lganida ham ro’y berishi mumkin. Shuning uchun ham uni maksimal dozadan boshlamay, asta-sekin oshirib borish kerak.

Har qanday kuchli dori kabi, steroidlar ham organizmga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Ko’pincha, endokrin tizimi, yurak-qon tomir tizimi, qon aylanish tizimi va ichki organlar faoliyatining o’zgarishiga olib keladi. Bu to’lov ushbu turdagi dorilarni kerakli bilim va doimiy tibbiy nazoratda bo’lmasdan qabul qilgan odamlar to’laydigan to’lovdir. Professional sportsmenlarda bunday holatlar aniq hisobga olinadi, shuning uchun ham ularni qabul qilish havfi eng kichikdir. Qabulni to’xtatishning oqibatlari turli xil bo’lib, kamdan-kam hollarda qaytarib bo’lmasdir.

Steroidlarni qabul qilishning asoratlari

Sintetik gormonni uzoq vaqt qabul qilingani ham, qisqa vaqt qabul qilingani ham, sog’liqqa yomon ta’sir ko’rsatadi. Turli asoratlar paydo bo’ladi va ularning ko’pi qayta tiklanishi mumkin bo’lsa-da, bunga jiddiy yondashish kerak.

Ro’y berishi mumkin bo’lgan nojo’ya ta’sirlar:

  • organizm o’zi ishlab chiqaradigan testosteronning kamayishi
  • yurak gipertrofiyasi
  • xolesterinning yuqori darajasi va jigar disfunksiyasi
  • xusnbuzarlar paydo bo’lishi
  • sperma miqdori va sifatini pasayishi
  • ginekomastiya (ayniqsa, o’smirlarda)
  • gormonal buzilishlar
  • agressiya

Preparatni uzoq vaqt qabul qilinganida, erkaklarda gormon ishlab chiqaruvchi bezlar (moyak) atrofiyasi kuzatiladi. Testosteron ishlab chiqarilishi to’xtaydi, jinsiy funksiya yomonlashadi, bepushtlik paydo bo’ladi. Bu organizmga ko’p miqdordagi sintetik gormonning kontsentratsiyasi tushishi va u o’zining sinteziga ehtiyoj yo’q deb qabul qilishi bilan bog’liq. Ko’p hollarda, bunday o’zgarishlarni davolab bo’lmaydi.

Shuningdek, steroidlarni nazoratsiz qo’llash – jigar sirrozi, gepatit, infarkt kabi jiddiy kasalliklarga olib keladi.

Bundan tashqari, ko’p hollarda psixologik bog’liqlik rivojlanadi. Sun’iy gormon to’xtatilganida, sportsmen yomon natijalar ko’rsatishni, mushaklarining massasini yo’qotishni, o’z kuchidan norozilikni boshlaydi.

Oldingi ko’rsatkichlarga qaytish uchun, ko’pchilik anabolik steroidlarni qabul qilishni qayta boshlashadi. Sportdagi yuqori martabaga erishish tugab, bunday preparatlarga ehtiyoj qolmaganida, qandli diabet, semizlik va ruhiy kasalliklar kabi nojo’ya ta’sirlar paydo bo’lishni boshlaydi.

ANABOLIK STEROID BU NIMA?

Steroidlarni qabul qilish tartibi

Zamonaviy sportda sportsmenning holatini, qon tahlilini, puls va qon bosimini o’lchash uchun turli testlar bilan doimiy kuzatib borilishi amalga oshgan. Sport sohasida mutaxassis shifokor yoki endokrinolog salbiy holatlarni oldini olish uchun bir qancha chora-tadbirlarni ko’rib, o’z vaqtida salbiy ta’sirni tezda bartaraf etishi mumkin.

Kunlik tartib, ovqatlanish (ovqatning sifati va miqdori aniq belgilanishi kerak), mashg’ulotlar va qayta tiklanish tartibiga rioya qilish juda muhim. Steroidlarning asosiy vazifasi bu – organizmdagi anabolik va metabolik jarayonlarini tezlashtirish bo’lib, u bodibilderlar tomonidan kuch ko’paytirish, mushaklar massasi va tananing rel’efini bildirish uchun  qo’llaniladi.

Kurs tugagandan keyin ko’rsatkichlarni qanday saqlash kerak

Ko’pchilik, kursni tugatgandan so’ng ham, sport zalida anaboliklar qabul qilgan vaqtdagidek intensiv ya’ni haftada 5-6 kun shug’ullanishni davom ettiradi. Va ana shu yerda xato ketadi. Organizmga bunday og’irlik berish orqali, insonlar zo’riqishadi va qiynalib to’plagan mushaklarining massasini yo’qotishni boshlashadi. Kuch ko’rsatkichlarini saqlab qolish uchun sport zaliga kunora tashrif buyurib, mashg’ulotlar to’plamining asosiysiga alohida urg’u berish kerak.

Tanaga tashqaridan kelib tushadigan yetarlicha kuchli gomeostazni o’zgartirib, sportsmenni haqiqiy ma’noda “sportsmen” qiladi. Agar sportsmen ekzogen gormonlarni aql va ohistalik bilan kamaytirish va o’zining endogen gormonlari darajasini oshirish uchun hech qanday choralar ko’rmasa, atlet preparatni to’xtatganida, u deyarli yana o’zini oldingi holatiga qaytadi.

Testosteron ishlab chiqarishni qanday qilib tiklash mumkin?

Steroidlarni qisqa muddat qabul qilinganida, organizmdan sun’iy gormon chiqib ketganidan so’ng, organizmda testesteron bir necha oy davomida o’zi qayta tiklanadi. Shu bilan birga, faol jinsiy hayot olib borilishiga, jismoniy mashqlarni to’xtatmaslikka va yuqori oqsilli parhezga amal qilish kerak.

Uzoq vaqt davomida, ko’p miqdorda qabul qilinganida, tibbiy aralashuvsiz hal qilib bo’lmaydi. Endokrinolog shifokor tekshiruvdan so’ng, agar moyaklar funksiyasi saqlanib qolingan bo’lsa, testosteron ishlab chiqarilishini qo’zg’atuvchi dorilarni belgilaydi, Agar bezlar butunlay atrofiyaga uchragan bo’lsa, unda umrning oxirigacha qo’llaniladigan gormonal terapiya o’rnini bosuvchi in’eksiya yoki plastir belgilanadi.

Xulosa

Xulosa qilib aytish mumkinki, steroidni qabul qilishga qaror qilganingizda, kelajakda ro’y berishi mumkin bo’lgan sog’liq bilan bog’liq muqarrar muammolarni unutmasligingiz kerak. Muntazam ravishda to’liq tibbiy ko’rikdan o’tish muhim bo’lib, bu tanadagi o’zgarishlarni o’z vaqtida bilish va sintetik gormonlardan foydalanishni to’xtatish imkonini beradi.

Steroidlar – bu yordam ham, zarar ham, yetkazishi mumkin dorilardir. Ularni bekor qilgandan keyin pushaymon bo’lmaslik uchun ularni nimaga mo’ljallanganligini va to’g’ri qo’llanilishini tushunish kerak.

Buni ham o’qing

Testosteron propionat – preparat haqida umumiy ma’lumot va nojo’ya ta’siri

Genetics

Deka-Durabolin (Nandrolon dekanoat)

Genetics

Ekvipoyz (Boldenon) – preparatning ta’rifi va uning nojo’ya ta’sirlari

Genetics

Insulin – preparat haqida umumiy ma’lumot

Genetics

Masteron – Drostanolonning savdo nomi

Genetics

Anabolik steroidlar turlari

Genetics

Saytdan foydalanishni davom ettirish orqali, siz Konfidensiallik siyosatiga mos ravishda cookie-fayl va boshqa ma’lumotlarning to’planilishi va foydalanilishiga o’z roziligingizni bildirasiz. Roziman Batafsil