Genetics.uz
Image default
Farmakologiya

Anabolik steroid va IO’Gdan foydalanilganda, qorin shishishining sabablari – doktor Jorj Tuliatosning fikri

Xalqaro bodibilding federatsiyasi (IFBB) faxriylari orasida juda ham yoqimsiz ko’rinish bo’lgan qorin bo’rtishi kabi holat juda keng tarqalgan.

Ushbu ko’p faktorli fenomenni keltirib chiqaradigan bir nechta mexanizmlar mavjud:

1-Organomegaliya

Anabolik steroid va IO’Gdan foydalanilganda, qorin shishishining sabablari - doktor Jorj Tuliatosning fikri

Inson o’sish gormoni (IO’G) Somatomedin (IO’F-1) orqali skelet mushaklari va boshqa to’qimalarning (lablar, quloqlar, til, milk) gipertrofiyasi/giperplaziyasiga olib kelishi ma’lum. Bu hodisa, albatta, Somatotropinning yuqori dozalari (> 8 ME/kuniga) uchun xosdir. Ichki organlar (oshqozon, yurak, o’pka, jigar, ingichka va yo’g’on ichak, buyraklar) IO’F-1 ga nisbatan juda ko’p retseptorlarga ega, bu esa ularning hajmini oshiradi. Bu ta’sir darhol namoyon bo’lmaydi, u doza va ta’sir muddati davomiyligi bilan belgilanadi. Shuning uchun uzoq vaqt davomida rekombinat IO’G ni me’yoridan ortiq iste’mol qilinishi qorinning kattalashishiga olib keladi. Boshqacha aytganda, organomegaliya (barcha organlarning kattalashuvi) rivojlanadi.

2 – Yog’ yig’ilishi

Anabolik steroid va IO’Gdan foydalanilganda, qorin shishishining sabablari - doktor Jorj Tuliatosning fikri

Qorin bo’shlig’i organlari va qorinyog’ o’rtasida visseral yog’ to’planishi sodir bo’ladi. Katta va kichik qorinyog’ – bo’shlig’ining bargchalari bo’lib, ichki organlarni ularga mos keladigan tomirlar va nervlar bilan o’rab turadi. Qorinyog’ qorin bo’shlig’i organlari (qorin bo’shlig’ida) orasidagi bo’shliq va sinuslarni hosil qiladi.

Yog’ birikishi asosan sinergik ravishda IO’G bilan ta’sir o’tkazadigan insulin sabab bo’lgan lipogenez (yog’larning yig’ilishi) tufayli sodir bo’ladi. Har ikkala gormon ham glyukoza metabolizmini tartibga soluvchi qo’shimcha ta’sirga ega. Shunday qilib, Somatotropin qon zardobida glyukoza darajasini (jigardagi glyukoneogenez orqali) oshiradi va insulin bu ko’rsatkichni pasaytiradi (va jigarda glikogensintaz fermentini faollashtiradi). Ko’rinib turibdiki, ular uglevod almashinuviga qarshi ta’sir ko’rsatadi. Shunga ko’ra, IO’G giperglikemiya va jigar glikogenini qonga (glikogenoliz jarayoniga) chiqarishga yordam beradi.

Ayni vaqtda, insulin gipoglikemiyaga olib keladi hamda jigar va mushaklarda glikogen hosil bo’lishini kuchaytiradi. Insulin qarshiligining rivojlanishi bilan tananing insulin va glyukoza metabolizmiga to’g’ri javob berish qobiliyati kamayadi. Giperglikemiya, giperinsulinemiya va oxir-oqibat qandli diabetning 2-turi (insulinga bog’liq diabet) bilan namoyon bo’lgan zanjir hosil bo’ladi.

Ma’lumki, rekombinatli IO’G ning surunkali ishlatilishi insulinga sezuvchanlikning pasayishiga olib keladi va shuning uchun bu gormonga bo’lgan ehtiyojning o’sishiga sabab bo’ladi, natijada organizmning tartibga solish qobiliyatining pasayishi kuzatiladi. Bunday holda insulin qarshiligini kamaytiradigan dori-darmonlarni tayinlash talab etiladi. O’sish gormonining lipolitik faolligi odatda teri osti yog’ to’qimasida insulin qarshiligining salbiy oqibatlariga qarshi kurashish uchun yetarli bo’lsa-da, lipoliz visseral yog’ birikmalariga nisbatan yetarli darajada samarali emas.

IO’G va insulinning kombinatsiyasi sabab bo’ladigan qorin hajmining kattalashuvi individual xususiyatlarga ko’ra belgilanadi. Sezuvchanlik va o’z-o’zidan visseral yog’ hosil bo’lish ehtimoli parhez turi (trans yog’lar, rafinadlangan shakar insulinning katta miqdorda chiqarilishiga olib keladi), kardio mashg’ulotlar, kuch talab etiladigan yuklamalar, qo’llaniladigan insulin turi va qo’shimchalardan foydalanish kabi turli omillarga bog’liq.

3 – Shish

Anabolik steroid va IO’Gdan foydalanilganda, qorin shishishining sabablari - doktor Jorj Tuliatosning fikri

Ekzogen insulin suyuqlik va natriyni ushlab turish davrini oshirish orqali elektrolitlar muvozanatini buzadi, bu esa to’qimalarning shishishi va bo’rtib chiqishiga olib keladi. Suvni ushlab turish nafaqat teri osti qatlamida, balki butun tanada ham sodir bo’ladi, shuning uchun ko’pchilikda ayniqsa, insulinni muntazam ravishda qo’llanganda, in’eksiyadan so’ng qorin bo’shlig’ida suyuqlik to’planadi.

4 –Ovqatlanish

Anabolik steroid va IO’Gdan foydalanilganda, qorin shishishining sabablari - doktor Jorj Tuliatosning fikri

Katta miqdorda taom iste’mol qilish qorinning kattalashishiga sabab bo’ladigan yana bir omil hisoblanadi. Ko’p miqdorda oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish hazm qilishda qiyinchiliklarga olib keladi, bu esa ichakning shishishiga sabab bo’ladi.

5 – Anabolik steroidlar

Anabolik steroid va IO’Gdan foydalanilganda, qorin shishishining sabablari - doktor Jorj Tuliatosning fikri

Tabletka shaklidagi anabolik steroidlarni surunkali qo’llash (17-alkillangan preparatlar) normal ichak florasi funksiyasini pasaytiradi va o’zgartiradi. Ushbu o’zgarishlar ichak buzilishlari, ich qotishi, ortiqcha gaz hosil bo’lishi va ichakning shishishiga olib keladi. Atsidofil laktobakteriyalarning probiotik shtammlarini ichiga olgan bioqo’shimchalar yoki kefir va organik yogurtdan foydalanish katta ahamiyatga ega bo’lishi mumkin.

6 – Ovqat hazm qilishning buzilishi

Anabolik steroid va IO’Gdan foydalanilganda, qorin shishishining sabablari - doktor Jorj Tuliatosning fikri

Glyutenga nisbatan yuqori sezuvchanlik va laktozani qabul qila olmaslik kabi ovqat hazm qilish buzilishi ichakda gazning ko’payishiga olib keladi. Bunday hollarda sut mahsulotlari va bug’doy mahsulotlarini iste’mol qilishdan saqlanish kerak.

7 – Qizil go’sht

Anabolik steroid va IO’Gdan foydalanilganda, qorin shishishining sabablari - doktor Jorj Tuliatosning fikri

Qizil go’shtni ortiqcha iste’mol qilish va ratsionda oziq-ovqat tolasining yetishmasligi yo’g’on ichakka yuklamani oshiradi va toksinlarning paydo bo’lishi natijasida yallig’lanishni keltirib chiqaradi. Natijada, qorin shishishiga sabab bo’luvchi gaz (gazning asosini azot tashkil qiladi) shakllanishi kuchayadi. Oshqozon-ichak traktida ovqat hazm qilish va so’rilishini yengillashtirish uchun kletchatkaga boy sabzavot va mevalarni iste’mol qilish kerak. Bu ichak peristal’tikasini yaxshilaydi va shu bilan ich qotishi va ichakning shishishini oldini oladi.

8 – Qorin ko’ndalang mushaklari

Anabolik steroid va IO’Gdan foydalanilganda, qorin shishishining sabablari - doktor Jorj Tuliatosning fikri

Qorin bo’shlig’ining ko’ndalang mushaklarining zaiflashishi ham muhim rol o’ynaydi. Ushbu mushak qorin bo’shlig’ining kattaligini cheklovchi va chov kanalining shakllanishida ishtirok etadigan ko’ndalang mushak-pay plastinasini nazarda tutadi. Bu chov bog’lamasidagi qovurg’a va bel o’rtasidagi oxirgi oltita qovurg’a bel mushak pardasidan boshlanib va deyarli innervatsiya mavjud bo’lmagan oq chiziqda tugaydi. Ko’ndalang mushak tashqi egri va to’g’ri qorin mushaklari ostida joylashgan. U tananing holatini barqarorlashtirishga yordam beradi, tananing burilishlari va bukilishida ishtirok etadi, qorin bo’shlig’i presining ajralmas qismi bo’lib, qorin bo’shlig’i ichki bosimini shakllantirishga yordam beradi. Ko’ndalang mushak tolalari boshqa mushaklar harakat qilishdan oldin qisqaradi, bu esa tananing harakatlari uchun asos yaratadi. Mushakning joylashuvi va shakli tufayli uning qisqarishi qattiq silindrning shakllanishiga va bel-ko’krak fassiyasining cho’zilishiga olib keladi; shunday qilib, qorin bo’shlig’i ichki bosimini oshirish uchun sharoit yaratiladi. Mushak asosan bel atrofida qo’llab-quvvatlovchi halqa vazifasini bajaradi. Qorin bo’shlig’ining ko’ndalang mushaklari relaksatsiyasi qorin bo’shlig’idagi bosimning sezilarli darajada oshishi va natijada qorin kattalashuviga sabab bo’luvchi ko’plab mashqlar (o’tirib-turish, oyoqlarni ko’tarib-tushirish, tik tortinish va qadam tashlashlar) natijasi bo’lishi mumkin.

Qorin bo’shlig’i kattalashganda to’qimalarning hajmini kamaytirish uchun vazn yo’qotish tavsiya etiladi. Bunga ochlik bilan davolanish va kaloriya cheklovi yordamida erishish mumkin. Kam ovqat iste’mol qilish Insulin chiqarilishini kamaytiradi. Yetakchi sportsmenlar vaziyatni keskin o’zgartirish va musobaqalarda yanada estetik tashqi ko’rinishga erisha olishgan holatlar mavjud. Shishgan qorin V shaklidagi tana tuzilishi va frontal turishning uchta elementini (old tomondan turish, old tomondan eng keng va old tomondan ikkita bitseps) buzishi mumkin.

Diafragma orqali nafas olish qo’llanadigan “qorin bo’shlig’i uchun vakuum” nafas olish mashqlarini bajarish, abdominal mushaklarini relaksatsiya holatida nazorat qilishga yordam beradi. Tashqi egri mushaklariga e’tibor berish o’rniga, to’g’ri qorin mushaklarini kuchaytirish uchun mashqlarga ko’proq e’tibor berish to’g’riroq bo’lardi. Shu usul bilan bel atrofini minimumga yetkazish mumkin bo’ladi.

Buni ham o’qing

Proviron (mesterolon) – ta’siri kuchsiz bo’lgan eng avvalgi steroid

Genetics

Ekvipoyz (Boldenon) – preparatning ta’rifi va uning nojo’ya ta’sirlari

Genetics

Andriol (Testosteron undekanoat) — Testosteronning eterifikatsiyalangan shakli

Genetics

Vinstrol (stanozolol) – steroidning ta’rifi va ta’siri

Genetics

Prolaktin – ayol gormonining tabiati va uning inson o’sish gormoni bilan aloqasi

Genetics

Anabolik steroidlar turlari

Genetics

Saytdan foydalanishni davom ettirish orqali, siz Konfidensiallik siyosatiga mos ravishda cookie-fayl va boshqa ma’lumotlarning to’planilishi va foydalanilishiga o’z roziligingizni bildirasiz. Roziman Batafsil