Genetics.uz
Image default
Tarjimai hol

Aleksiya Klark – Instagramdagi “Mashg’ulotlar qirolichasi”

Aleksiya Klark – haqiqiy Amerika sport sanami. Qo’shma Shtatlarning aholisining ko’pchiligi butun fitnes sanoatini aynan ushbu qiz timsolida tasavvur qilishadi, chunki u fitnesga ulkan hissa qo’shdi va ko’plab ayollarning muvaffaqiyatga erishishlariga yordam berdi. Uning sport sohasidagi tajribasi va bilimlarning katta hazinasi sportchiga ajoyib murabbiylik karyerasini qurishda va unga yuqori daromad keltiradigan biznesni yo’lga qo’yishda yordam berdi.

Tarjimai holi

Fitness sanoatining bo’lajak yulduzi 1990 yil may oyining oxirida tug’ilgan. Qizning tug’ilgan joyi AQShning janubi-g’arbiy qismida joylashgan Arizona shtati hisoblanadi.

Sportchi o’z oilasi va shaxsiy hayoti haqida deyarli gapirmaydi. Biroq, u eng kichik farzand ekanligi ma’lum. Uning ota-onasining yana ikki farzandlari: Chad va Dag Klark o’g’illari bor.

Aleksiya quvvatga to’la va harakatchan bo’lib o’sdi. U erta bolalikdan jismoniy faollikni yaxshi ko’rardi, lekin uning potensiali faqatgina maktab yillaridagina yuzaga chiqdi. Bu yerda qizaloq sport bilan shug’ullanib, jismoniy tarbiya darslariga mamnuniyat bilan qatnar edi. Fitnes-sanami o’zida tug’ilganidan beri raqobat ruhi borligini aytgan. U tez-tez maktab musobaqalarida ishtirok etardi, rekordlar o’rnatishni, o’z imkoniyatlarini yaxshilashni yaxshi ko’rardi. Biroq, qizcha uchun sport faqat sevimli mashg’ulotligicha qolib ketaverdi. Bu sohada jiddiy karyera qurish haqida hech o’ylamagan.

18 yoshida o’rta maktabni tugatgandan so’ng, sportchi oliy o’quv yurtiga o’qishga kiradi. Arizona Davlat Universiteti talabasi sifatida u raqamli marketingni o’rgandi. Biroq, tez orada bu narsa u hayotini bog’lashni istagan mutaxassislik emasligini tushunib yetadi.

Mashg’ulotlarning boshlanishi va murabbiylik faoliyati

Aleksiya Klark - Instagramdagi "Mashg’ulotlar qirolichasi"

Bo’lajak yulduzga universitetda hammasidan ko’p sport zali yoqardi. Dastlab, mashg’ulotlar shunchaki stressni yengillashtiradigan va bo’sh vaqtni yaxshi o’tkazishning oddiy usuli edi. Biroq, keyinchalik oddiy qiziqish jiddiy ishtiyoqqa aylandi. Fitnes qizning kundalik turmushining muhim qismiga aylandi va u hatto jismoniy faoliyat bilan shug’ullanmagan kunlarda kayfiyatning yomonlashishini seza boshladi. Sport ichki energiyani tashqariga chiqarishga va hayotga yangicha qarashga imkon beradigan barcha kasalliklar uchun choraga aylandi.

Klark hech qachon fitnes mashg’ulotlarini kasbga aylantirishni rejalashtirmaganini tan oladi. Universitetdagi o’qishni tugatib, diplom olgach, u marketing bo’yicha mutaxassis bo’lib, obro’li kompaniyada ishlay boshladi. Lavozim, haqiqatda, obro’li va katta daromad keltirar edi, lekin sportchining unga bo’lgan sevgisi yo’q edi. Ish joyida bo’la turib, topshiriqlarni bajarayotib, qiz tez-tez mashq qilish haqida fikr yuritib, bo’sh qolgan daqiqalarda fitnes haqida ma’lumotlarni qidirar edi. Kunlarning birida, bo’lajak yulduz endi marketing bilan shug’ullanmaslikka qaror qildi. U ishdan bo’shadi va xususiy murabbiy sifatida ishlay boshladi.

Qiz, fitnes sohasida o’z faoliyatini boshlaganida, u asabiylashmaganini tan oladi. Kasbining istiqboli va davomiy ekanligiga shubhalarga qaramasdan, sportchi o’z qobiliyatlariga ishonch hosil qilgan edi. Uning so’zlariga ko’ra, mashinada sayohat paytida otasi bolalarini ruhlantirish o’z-o’zini rivojlantirishliklari uchun audio yozuvlarni qo’yib berishni yaxshi ko’rardi. Bu qizga biror narsaga bo’lgan kuchli qiziqish maksimal foydalanish kerak bo’lgan hayot in’omi ekanligini tushunishga yordam berdi.

Aleksiya Klark - Instagramdagi "Mashg’ulotlar qirolichasi"
Siz kimningdir hayotini o’zgartirish qobiliyati bilan tug’ilgansiz, uni behuda sarflamang.
Aleksiya Klark

Fitnesga bolgan kuchli qiziqishni dastlab do’stlari va qarindoshlar payqashdi. Ular tez-tez Aleksiya yangi mashqlarni sinab ko’rayotganini, ularni muayyan kombinatsiyalarga aylantirayotganini va o’z qomati ustida ishlayotganini ko’rishlari mumkin edi. Aynan uning yaqinlari sport borasida maslahat so’rab murojaat qilishgan ilk odamlar edi. Ko’plab do’stlari sportchining uyidan uzoqroqda yashardilar, shuning uchun birgalikda mashq qilish qiyin edi. Hatto masofadan turib ham ularga yordam berish maqsadida u Instagramda akkaunt ochdi va bu yerda o’z mashqlarini joylashtira boshladi. Qizning so’zlariga ko’ra, avvaliga uning obunachilari orasida faqat do’stlari va oila a’zolari bor edi. Bir muncha vaqt o’tgach, minglab odamlar uning profilni kuzata boshladilar.

Fitnes sanami o’zini hali ham sport zalida shunchaki mashq qilayotgan Arizonalik qizcha kabi his etishini tan oladi. Uni ortidan ergashayotgan odamlarning soni hayratda soladi, lekin sportchi ularga yordam berishga muvaffaq bo’lganidan xursand va sevgan ishi bilan shug’ullana olish imkoniyatidan minnatdor.

Bugungi kunda qiz professional, yuqori malakali murabbiy. U odamlar bilan ishlaydi, ularga shaxsiy dastur tanlaydi va ularni maqsadlariga erishishga undaydi. Zamonaviy insonning kundalik yumushlarini tushungan holda, sportchi sport zalida va uyda mashq qilish uchun mos bo’lgan tizimni ishlab chiqdi.

Aleksiya Klarkdan motivatsiya

Aleksiya Klark - Instagramdagi "Mashg’ulotlar qirolichasi"

Qiz duch kelgan eng katta qiyinchiliklaridan biri – maqsadlarga erishishda g’ayratli va qat’iyatli bo’lish zaruriyati. U avvaliga o’zining hayotida hech qanday mashq qilishni istamagan davrlar ham bo’lganini tan oladi.

Sportchi sport zaliga tashrif buyurib, bu yerda bir xil odamlarni uchratayotganini sezdi. Ular oylar, yillar davomida bu yerga qatnashadi, mashg’ulotlarga ko’p kunlarini sarflashadi. Zalga tashrif buyuruvchilar barqaror odatni shakllantirgandilar va qiz bundan turmush tarzini yaratishga qaror qildi.

Mijozlar murabbiydan motivatsiyani qo’llab-quvvatlashni so’rashganda, u har doim mashg’ulotlardan olinadigan qimmatli natijalarini esdan chiqarmaslikni maslahat beradi. Odamlar ma’lum bir maqsad uchun sport zaliga borishadi, mashq qilishni ortiq istamagan daqiqalarida siz o’zingiz uchun najotni aynan shu maqsaddan topishingiz kerak bo’ladi. Sportchi sog’liqni saqlash va o’zini mukammallashtirshni unutmaslikka chaqiradi. Insonni mashg’ulotlarni boshlashga majbur qilgan narsa siri bu – qat’iyat va matonat. Aynan maqsadlar fitnesni odatga aylantirishga yordam beradigan narsa hisoblanadi.

Fitnes sanoati yulduzining fikriga ko’ra, muntazamlikni shakllantirish sportni tark etish ehtimolini kamaytirishga yordam beradi. Kundalik bir soatlik mashg’ulotlar odat tusiga kirganda, inson shug’ullanmagani uchun yengillik his qilishni bas qiladi. Aksincha, odatiy mashg’ulotlarning yetishmasligi tashvish, vijdonni kemiruvchi his sifatida qabul qilinadi.

Klark motivatsiyani saqlab qolish uchun qo’llaydigan asosiy prinsipi bu – xilma-xillikdir. Odamlar ko’pincha zerikarli bo’lgani uchun ham sport bilan shug’ullanishni to’xtatishadi. Trener mashg’ulotlar dasturlarini muntazam ravishda o’zgartirib turish kerak, deb hisoblaydi. Xilma-xillik yaxshi natijalarga erishishga yordam beradi va mushaklar yangi mashqlar bilan faolroq ishlaydi. Har kuni takrorlanadigan bir xil harakatlar muvaffaqiyatga olib kela olmaydi va, aksincha, ko’p hollarda mashq qilish istagini so’ndiradi.

Fitnes-model karyerasi

Aleksiya Klark - Instagramdagi "Mashg’ulotlar qirolichasi"

Sport bilan shug’ullanish va zaldagi mashg’ulotlar sportchiga estetik tana tuzilishiga ega bo’lishga yordam berdi. Fitnes sohasidagi yutug’idan oldin ham, sportchining do’stlari modellik biznesida katta salohiyatga ega ekanini tezda angladilar. Jurnallarda suratga olishda ishtirok etish sportchi uchun foydali tuyuldi. Shunday qilib, u mashhur bo’lib, sportdagi karyerasini boshlay oldi.

O’rta maktabdagi o’qishni tugatgandan so’ng, u ko’pincha modellar talab qilinadigan turli agentliklar va kompaniyalarning suhbatlarida tez-tez paydo bo’lardi. Tez orada yosh sportchining fotosuratlari jurnal sahifalarida chop etila boshlandi. Aleksiya qomatini “Glamour”, “Good Morning America”, “Men’s Health” kabi jurnallarning nashrlarida ko’rishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar yulduzi

Sportchining profilidagi ilk nashrlar 2013 yilda paydo bo’ldi. Unda model o’z mashg’ulotlari va turmush tarziga bag’ishlangan fotosuratlar va videolarni nashr etar edi. Avvaliga uning Instagram sahifasi uning muvaffaqiyatini kuzatib boradigan va yangi sport maslahatiga umid qilgan do’stlar va qarindoshlari uchun mo’ljallangan edi. Biroq, boshqa odamlar ham sportchining hayotiga qiziqish bildira boshlashdi. Tez orada uning profili bir necha ming obunachiga ega bo’ldi. Ommaning xayrixohligi va hurmatiga sazovor bo’lgach, u asta-sekinlik bilan ijtimoiy tarmoqlar yulduziga aylana boshladi.

Bugungi kunda qizning Instagramdagi sahifasi deyarli ikki million obunachini yig’a oldi. Uning fotosuratlari va videolari minglab “layk”lar to’playdi. Bu yerda sportchi o’zini zaldagi mashg’ulotlarini, uning o’quvchilarining natijalarini joylashtirib boradi, shuningdek, o’z fikrlarini va hayotiy voqealarini ham baham ko’radi.

Shaxsiy hayoti

Aleksiya Klark - Instagramdagi "Mashg’ulotlar qirolichasi"

Bugungi kunda fitnes sanamining oilaviy holati noma’lumligicha qolmoqda. U o’z shaxsiy hayotining tafsilotlarini muxlislar bilan baham ko’rishga intilmaydi, uni bir chetga surib qo’yishni afzal ko’radi.

Ma’lumki, Aleksiyaning ikkita iti bor. Rodeziya rijbekining ismi – Mak, ingliz buldoginiki esa – Roksidir. Sportchi itlarini juda yaxshi ko’rishini va ularsiz yashay olmasligini tan oladi.

Mashg’ulotlar va antropometriya

Aleksiya Klark - Instagramdagi "Mashg’ulotlar qirolichasi"
Fitnes bilan shug’ullanish uchun eng muhimi – nima uchun o’zingizni o’zgartirishni xohlayotganingizni aniqlash.
Aleksiya Klark

Qiz har kuni shugullanishga harakat qiladi – haftada yetti marta. U kunni ertalab 4:30 qarshi oladi va sport zalida mashaqqatli mashg’ulotlarni murabbiy va model sifatida birlashtirishga harakat qiladi. Sportchining asosiy tamoyili – xilma-xillik. U, an’anaviy krosssfit bilan yuqori intensiv intervalli mashg’ulotlarni aralashtirish orqali o’z uslubini yaratishni yaxshi ko’radi.

Shu bilan birga, qiz haddan ortiq yuklama olmaslikka harakat qiladi. Agar sportchi og’ir mashqlarni bajara olmasa, u turli harakatlarni amalga oshirishga e’tibor qaratishni afzal ko’radi.

Atletning antropometrik ma’lumotlari quyidagicha:

  • bo’yi – 167 sm;
  • vazni – 52 kg.

Klark intervyusida uning sevimli mashg’ulotlari bu – parkda itlari bilan sayr qilish va jiyanlari bilan o’ynash ekanligini aytib o’tgan. Shu bilan birga, sportchi velotrenajyor mashqlarning muxlisi emas.

Aleksiya Klark parhezi

Aleksiya Klark - Instagramdagi "Mashg’ulotlar qirolichasi"

Qiz kundalik hayotda ma’lum bir parhezga rioya qilmasligini tan oladi, lekin o’zining menyusini iloji boricha toza qilishga harakat qiladi. Buning uchun u fastfud, qizil go’sht va yuqori darajada qayta ishlangan mahsulotlarni ratsionidan chiqarib tashlaydi.

Aleksiya tanani shakllantirish jarayonida oziq-ovqatning qiymati haqida bir necha bor ta’kidlab o’tgan. U spagetti-skvosh, rukola, kurka go’shti qiymasini yaxshi ko’radi. Qiz biron-bir “zararli” narsani iste’mol qilishni istasa, u o’ziga ozgina qora shokolad yoki chipsni ruxsat beradi.

Bugungi kunda Aleks Klark Amerikadagi mashhur fitness murabbiyi bo’lib qolmoqda. Uning dasturlari ko’plab ijobiy izohlarni yig’moqda.

Buni ham o’qing

Rich Piananing tarjimai holi

Genetics

Arnining ajoyib yuksalishi – Ironman jurnali, 1967 yil

Genetics

Larri Skott – birinchi “Mister Olympia”

Genetics

Li Prist – “Oq Afsona”

Genetics

“Yirtqich” laqabli Kay Grin

Genetics

Ronni Koleman – Barcha davrning eng buyugi

Genetics

Saytdan foydalanishni davom ettirish orqali, siz Konfidensiallik siyosatiga mos ravishda cookie-fayl va boshqa ma’lumotlarning to’planilishi va foydalanilishiga o’z roziligingizni bildirasiz. Roziman Batafsil